Anton Chexov
226
nima balo bo‘ldiki, cholga ta’sir qildi. Chol
hamma rohiblar bilan bir-bir ko‘z urishtirib,
rangi oqardi va dedi:
– Birodarlar, bu to‘g‘ri aytadi! Chindan ham
bechoralar o‘zlarining nodonliklari va tadbir-
sizliklari orqasida gunohkor va dinsiz halok
bo‘ladilar, biz esa joyimizdan qimirlamaymiz,
go‘yo buning bizga daxli yo‘q. Shaharga borib,
o‘z payg‘ambarlarini unutgan ummatlarning
esiga Iso alayhisalomni solsam bo‘lmaydimi?
Shaharlikning so‘zlari cholni qiziqtirdi: er-
tasiga u asosini qo‘liga oldi, zohidlar bilan
xayrlashdi va shaharga qarab ketdi. Rohiblar
uning musiqasidan, so‘zlaridan va she’rlaridan
mahrum bo‘ldilar.
Bir, ikki oyni ular cholni sog‘inib o‘tkazdilar,
chol kelmadi. Oqibat uchinchi oyning oxirida
hammaga ma’lum bo‘lgan aso tovushi eshitildi.
Rohiblar yugurishib uning istiqboliga chiqdilar
va unga benihoyat ko‘p savollar berdilar, ammo
chol, ularni ko‘rib sevinish o‘rniga kuyinib
yig‘ladi va bir og‘iz ham so‘z aytmadi. Rohiblar
uning juda qariganini va ozganini payqadilar;
uning yuzidan charchaganlik va chuqur qay-
g‘u aks etar edi, yig‘laganida esa tahqirlangan
kishiga o‘xshar edi.
Rohiblar ham yig‘ladilar va undan nima-
ga yig‘layotganini, nima uchun xafa ekanini
so‘radilar. Biroq, u bir og‘iz ham so‘z aytmadi va
hujrasiga kirib, eshikni beklab oldi. U yetti kun
uyidan chiqmadi. Tuz totmadi. Organ chalma-
di, nuqul yig‘ladi. Rohiblar eshigini taqillatsa-
Buqalamun
227
lar, chiqib biz bilan dardlash deb iltimos qilsa-
lar ham, churq etmadi.
Oxir tashqariga chiqdi va rohiblarni to‘plab,
yoshli ko‘z, chuqur qayg‘u va g‘azab bilan so‘ng-
gi uch oy ichida boshidan kechirganlarini aytib
berdi.
U monastardan shahargacha bosgan yo‘li-
ni tasvirlab berganda ko‘zlarida tabassum, to-
vushida osoyishtalik aks etar edi. Aytishicha,
yo‘lida unga qushlar sayrab bergan, uning
uchun ariqlar shildirab oqqan, qalbini shirin,
yosh umidlar hayajonga keltirgan: u, yo‘lda
borar ekan, o‘zini jangga ketayotgan va g‘ala-
ba qozonishiga amin bo‘lgan askarday sezgan,
she’rlar va na’tlar aytib shaharga yetganini bil-
may qolgan.
Biroq, shahar va u yerdagi odamlar to‘g‘risi-
da gapira boshlaganida tutaqib ketdi, ko‘zlari
chaqnadi. U shaharga kirib ko‘rganlarini um-
rida ko‘rgan emas, hatto shunday bo‘lishini
tasavvur qilishga ham jur’at etgan emas.
Shayton naqadar qudratli, yovuzlik qancha-
lik go‘zal ekanini, kishilarning qay darajada
yuraksiz va g‘arib ekanliklarini u umrida birin-
chi daf’a keksaygan chog‘ida ko‘rdi va angladi.
Baxtsiz tasodif bo‘lib, birinchi qadam bosgani
uy buzuqlik makoni bo‘lib chiqdi. Ellik chama-
si puldor kishilar ovqat yer va vinoni me’yor-
siz ichar edi. Vino ichib mast bo‘lgan odamlar
kuylaydilar va xudojo‘y kishi aytgani botinol-
maydigan yaramas so‘zlarni hech ibosiz ayta-
dilar. Cheksiz erkin, tetik, baxtiyor bu odamlar
Anton Chexov
228
na Xudodan qo‘rqadilar, na shaytondan va na
o‘limdan, nimani xohlasalar shuni aytadilar,
shuni qiladilar, ko‘ngillari qayerni tilasa, o‘sha
yerga boradilar. Vino esa haqiqday sof, haddan
tashqari shirin va xushbo‘y bo‘lsa kerak, chun-
ki ichgan kishi rohatlanib kuladi va yana ichgi-
si keladi. Kishi kulganda vino ham kulganday
bo‘ladi, ichilganda quvonch sochib, uchqun
oladi, go‘yo o‘z shirinligida qanday shaytoniy
latofat berkitib turganini o‘zi biladi.
Chol g‘azabdan borgan sayin tutaqib, yig‘lab,
ko‘rganlarini hikoya qilib beraverdi.
– Bazm qurib o‘tirganlar orasida, – dedi, –
stolning ustida yarmi yalang‘och bir buzuq xo-
tin turar edi. Tabiatda bundan ko‘ra go‘zal va
jozibali narsani topish qiyin. Yosh, uzun soch-
li, do‘ndiq, qorako‘z, do‘rdoq labli, hayosiz va
sharmanda, bu palid qandday oppoq tishlari-
ni ko‘rsatib iljayib, xuddi «ko‘rdinglarmi, men
qan day sharmanda va chiroyli», demoqchiday
edi. Shohi kimxoblar burma-burma bo‘lib,
uning yelkasini qoplagan, ammo go‘zallik ki-
yim ostiga berkinishni istamas, bahori sabza
ko‘pib turgan yerni yorib chiqqanday, tashqa-
riga chiqqani intilar edi. Sharmanda xotin vino
ichar, ashula aytar va kim xohlasa o‘shanga
o‘zini taqdim etar edi.
Undan so‘ng chol titrab-qaqshab ot o‘yini
bo‘ladigan maydon, ho‘kiz urishtirish, teatr-
lar, loydan yalang‘och xotinning suratini ya-
saydigan rassomlar korxonasi to‘g‘risida so‘zlab
ketdi. U, ilhom bilan, chiroyli va tiniq tovush bi-
Buqalamun
229
lan, xuddi ko‘zga ko‘rinmaydigan bir torni cher-
tayotganday so‘zlar, rohiblar esa uning atrofini
qurshab, diqqat va ishtiyoq bilan so‘ziga quloq
solar va xursandlikdan entikar edilar... Shay-
tonning barcha jozibasi, yovuzlikning go‘zalli-
gi va jirkanch xotin badanining maftun qiluv-
chi latofatini tasvir qilib bo‘lganidan so‘ng chol
shaytonni la’natladi. Burilib huj
rasiga kirib
ketdi...
Ertasiga ertalab hujrasidan chiqib qarasa
monastirda bitta ham rohib qolmabdi. Ham-
masi shaharga ketib qolibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |