Buqalamun
251
U o‘rnidan turgan ediki, Varenka tanidi va
uning odam kuladigan yuziga, g‘ijimlangan
paltosiga va kalishlariga qarab, ishning aslidan
bexabar, u qoqilib yiqilgandir, deb o‘ylab, o‘zini
to‘xtatolmasdan, butun binoni boshiga ko‘tarib
kula boshladi:
– Ha-ha-ha!
Shu qahqaha bilan hamma ish tamom bo‘ldi;
uylanish ham, Belikovning dunyoda yashashi
ham, Varenkaning nima deganini eshitolmadi
va hech narsani ko‘rmay qoldi. Uyiga qaytgan-
dan so‘ng, eng avval stol ustidagi portretni olib
qo‘ydi, so‘ngra yotog‘iga kirib yotganicha o‘rni-
dan qaytib turmadi.
Uch kundan so‘ng mening oldimga Afana-
siy kelib, xo‘jayinimning ahvoli og‘ir, shifokor
cha qirtirsammikan, deb so‘radi. Men Belikovni
ko‘rgani bordim. U parda orqasida ko‘rpaga
o‘ranib yotardi; bir narsa so‘rasang yo «ha», yo
«yo‘q» deb javob berardi, boshqa hech narsa
demasdi. U yotadi, uning yonida xafa, qovog‘i
solingan Afanasiy yuradi va og‘ir-og‘ir uh torta-
di; og‘zidan esa xuddi bochkadan chiqqanday
buruqsab araq hidi keladi.
Bir oydan so‘ng Belikov o‘ldi. Uni hamma-
miz, ya’ni ikki gimnaziya bilan seminariya bir-
galashib ko‘mdik. Endi tobutda yotarkan, yuz
ifodasi yumshoq, yoqimli va hatto bir daraja
quvnoq bo‘lib, go‘yo axir kelib hech qachon
ichidan chiqmaydigan g‘ilofga tushgani uchun
sevingandek edi. Chindan ham maqsadiga yet-
gan edi! Xuddi uni hurmatlaganday – ko‘mish
Anton Chexov
252
kuni havo aynib, yomg‘ir yoqqan va hamma-
miz kalish kiyib, soyabon ushlab chiqqan edik.
Ko‘mish marosimida Varenka ham ishtirok
etdi va o‘likni go‘rga tushirilar ekan, qattiqqi-
na yig‘ladi. Shundan men payqadimki, xoxol
ayollari yo qahqaha otib kular, yo qattiq yig‘lar
ekanlar, o‘rta bir kayfiyat ularda bo‘lmas ekan.
Iqror bo‘lmog‘im kerakki, Belikov singari
odamlarni ko‘mish ko‘p zavqli bir ishdir. Go‘ris-
tondan qaytayotganimizda chehralarimiz ochiq
va betakalluf edi, haligi zavq, ya’ni bolalik vaq-
timizda, kattalar bir joyga ketib, uyda yolg‘iz
o‘zimiz qolgach, bog‘chaga chiqib bir necha
soat erkin-erkin chopishgan vaqtimizdagi kabi
hislarni hech kim izhor qilishni istamas edi.
Oh, erkinlik, erkinlik! U nasib bo‘lishi to‘g‘risi-
dagi zaif bir umid, hatto bir shama ham qalbga
madad beradi. Shunday emasmi!
Biz go‘ristondan kayfimiz chog‘ bo‘lib qayt-
dik. Oradan bir hafta o‘tar-o‘tmas, turmush
yana o‘z iziga tushib oldi: yana o‘sha farmo yish
bilan man qilinmagan, lekin tamoman rux-
sat ham berilmagan ma’nisiz hayot boshlandi:
hammasi aslicha qoldi. Chindan ham Belikovni
ko‘mdik, lekin unga o‘xshagan g‘ilof bandalari
yana qancha bor, yana qancha bo‘lajak!
– Gap shunda-da! – dedi Ivan Ivanovich va
trubkasini tortdi.
– Bunaqalardan yana qanchasi paydo bo‘la-
di! – deb ta’kidladi Burkin.
Gimnaziya muallimi tashqariga chiqdi. Bu
past bo‘yli, semiz, boshida bir tuki yo‘q, uzun
Buqalamun
253
qora soqoli beliga yetayozgan odam edi, u bilan
birga ikkita it ham chiqdi.
U osmonga qarab turib:
– Oyni ayting, oyni! – dedi.
Yarim kecha bo‘lib qolgan edi. O‘ng tomon-
da butun qishloq ko‘rinar, uning uzun ko‘cha-
si besh chaqirimlarga cho‘zilib ketgan, ham-
ma yoqda jimlik, chuqur uyquga tolgan: na bir
harakat sezilar, na bir tovush eshitilar, hatto
tabiatda bu qadar jimlik bo‘lishiga odamning
ishongisi kelmas edi. Oydin kechada, sodda
uylari, g‘aramlari, uyquga tolgan majnuntollari
bilan qishloqning keng ko‘chasini ko‘rganda,
kishining ko‘ngli ham taskin topadi, odamning
ko‘ngli tun pardasida mehnatdan, tashvish-
dan va qayg‘u-hasratlardan bekinib olgach,
o‘zining shu jimligida juda yuvosh, mungli va
go‘zal bo‘ladi; yulduzlar ham unga mehribon-
lik bilan qaraganday, yer yuzida ortiq yovuz-
lik degan narsa qolmasdan, hamma saodatga
to‘yganday tuyiladi. Qishloqning chap tomoni
dala ufqlargacha cho‘zilgan, bu oydin dalada
ham na bir harakat ko‘rinadi va na bir sado
eshitiladi.
– Gap shunda-da! – deb takror qildi Ivan Iva-
novich. – Biz shaharda – dimda va tiqilinchda
yashashimiz, keraksiz qog‘ozlar yozib, qarta
o‘ynashimiz – bular ham bir g‘ilof emasmi? Bu-
tun umrimizni dangasa va takasaltang odam-
lar, esi past va o‘yindan boshqani bilmaydigan
ayollar o‘rtasida o‘tkazishimiz, bo‘lar-bo‘lmas
afsonalar gapirib, eshitishimiz, bu ham bir
Anton Chexov
254
g‘ilof emasmi? Agar xohlasangiz yana bitta juda
ibratli voqeani aytib beraman.
– Yo‘q, endi uxlash kerak, – dedi Burkin. –
Ertaga qolsin!
Ikkalasi ham saroyga kirib, pichan ustiga
yotdi. Ikkovi ham o‘ranib yotib, endi ko‘zlari
uyquga ketgan ham ediki, birdaniga oyoq to-
vushi keldi... Saroy yonida allakim yurar edi!
Biroz yuradi-da, to‘xtaydi, biroz o‘tgach, yana
yura boshlaydi... Itlar huradi.
– Bu yurgan Mavra, – dedi Burkin.
Oyoq tovushi tindi.
Ivan Ivanich narigi yonboshiga aylanib yotib:
– Yolg‘on gapirganlarini eshitib va ko‘rib tu-
rish, – deb g‘uldiradi, – shu yolg‘onga chida-
ganing uchun seni ahmoq deganlarini eshitish,
ozor va haqoratlarga bardosh qilish, nomusli
va erkin odamlar tomonida bo‘lganingni ochiq
aytishga botina olmasliging, o‘zing ham yolg‘on
gapirib, yolg‘ondan kulib turishing, butun bu
hollarning bir burda non, issiqqina bir joy, bir
chaqaga arzimaydigan allaqanday amal uchun
bo‘lishi, chidab bo‘lmaydigan hol; yo‘q, bundan
so‘ng bu xilda yashash mumkin emas!
– Siz endi, Ivan Ivanovich, boshqa maqomga
tushdingiz, – dedi muallim. – Qo‘ying endi, ux-
laylik.
O‘n daqiqadan so‘ng Burkin qattiq uyqu-
ga ketdi. Ivan Ivanich bo‘lsa hadeb u yon-
boshidan-bu yonboshiga ag‘anab, uh tortardi.
So‘ngra o‘rnidan turib yana tashqariga chiqdi
va eshik oldiga o‘tirib, tamaki chekdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |