Buqalamun: hikoyalar. / Anton Chexov. T.: Yangi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/84
Sana26.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#156712
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   84
Bog'liq
Anton Chexov. Buqalamun [@e kutubxona]

Anton Chexov
242
di. Ma’lum bo‘ldiki, Varenka ham erga tegishga 
rozi ekan. Uning akasinikida turishi uncha ham 
quvonch li emas, kuni bilan urishib koyishar 
ekanlar. Mana bir ko‘rinish: ko‘chadan uzun 
bo‘yli va yo‘g‘on gavdali, bahaybat Kovalenko 
o‘tib boradi, ustida gulli ko‘ylak, shapkasi ning 
ostidan chiqib turgan sochlari peshonasiga 
tushib turadi; bir qo‘lida dasta kitob, yana bir 
qo‘lida yo‘g‘on serbutoq tayoq. Ketida singlisi 
boradi, uning qo‘lida ham bir dasta kitob.
Singlisi ovozini baland qo‘yib, akasi bilan 
gap talashadi:
– Sen, Mixaylik, buni o‘qigan emassan. Men 
senga aytaman, ont ichib aytamanki, bu kitob-
ni qo‘lingga ham olgan emassan.
Kovalenko tayog‘ini yerga urib, chuldirab:
– Men deymanki, o‘qiganman! – dedi.
Yo, Xudoyim-e! Yo, Xudoyim-e! Nega jahling 
chiqadi, Minchik! Biz sen bilan muhim masala 
ustida gaplashayotirmiz-ku.
Men senga deymanki, o‘qiganman! – dedi 
Kovalenko yana ham battar chuldirab.
Uyda esa begona odam kelguday bo‘lsa, dar-
rov urish boshlanadi. Bu xil turmush jonga te-
gib, ko‘ngli ro‘zg‘or tusab qilgan shekilli, buning 
ustiga yosh masalasini ham e’tiborga olish ke-
rak, endi er tanlaydigan vaqt o‘tgan, hozir kim-
ga bo‘lsa ham, hatto grek tili muallimiga ham 
tegmay iloj yo‘q. Zotan, ko‘p qizlarimiz uchun 
shu tobda kimga tegishning ahamiyati yo‘q, er 
bo‘lsa bas. Har qalay Varenka bizning Belikov-
ga ochiq mayl ko‘rsata boshladi.
Belikov-chi? U Kovalenkonikiga ham bizni-
kiga qatnagani singari kelib turardi. Unikida 


Buqalamun
243
ham indamasdan o‘tirardi. U indamay o‘tirar, 
Varenka bo‘lsa, unga «Shamol esadi»ni aytib 
berar, yo bo‘lmasa, o‘zining qora ko‘zlari bilan 
Belikovga o‘ychan qarar, yoki birdaniga:
– Ha-ha-ha, – deb kulardi.
Muhabbat ishlarida, ayniqsa uylanishda, 
 ishontirishning o‘rni katta. Hamma o‘rtoqlar 
va barcha xonimlar – hammamiz bir bo‘lib, Be-
likovga uning uylanmog‘i lozimligini, uning ha-
yotida uylanmoqdan boshqa biron muhim nar-
sa qolmaganini aytib, ishontirishga kirishdik, 
hammamiz birdan uni tabrikladik, eng jiddiy 
qiyofa bilan unga har turli bema’ni gaplarni 
aytdik, chunonchi uylanish juda muhim degan 
gaplarni qildik; buning ustiga Varenka ham 
chakki emas, kishining havasi keladigan suluv 
qiz edi; ulug‘ martabali zaxiradagi harbiyning 
qizi bo‘lib, o‘z hovli-joyi bor edi, hammadan 
muhimi Belikovga mehribonlik bilan va chin 
ko‘ngildan qaragan birdan-bir xotin edi. Mana 
shu sabablar tufayli uning boshi aylandi va u, 
endi darhaqiqat uylanmasam bo‘lmas ekan, 
degan xulosaga keldi.
– Mana endi uning kalish bilan soyabonini 
tashlatish mumkin bo‘ladi, – deb qo‘ydi Ivan 
Ivanovich.
– Ko‘ringki, shunday qilish mumkin bo‘lmadi. 
U Varenkaning suratini o‘z stoli ustiga qo‘yib, 
tez-tez menikiga kelib Varenkadan, oila hayo-
tidan hamda uylanishning muhimligidan ga-
pirar edi; tez-tez Kovalenkonikiga ham qatnab 
turardi, lekin bu bilan uning turish-turmushi 
hech bir o‘zgarmadi. Aksincha uylanishga jazm 


Anton Chexov
244
qilish unga yomon ta’sir qilib, ozib-to‘zib ket-
di va o‘z g‘ilofiga yana battarroq kirib olgandek 
bo‘ldi.
Bir kuni u g‘ayritabiiy bir kulish bilan:
– Varvara Savvishna menga yoqadi, har bir 
kishiga uylanmoq kerakligini bilaman, lekin bu 
ishlar birdaniga bo‘lib qoldi. O‘ylab ko‘rish ke-
rak-da, – deb qoldi.
– Nimasini o‘ylaysiz? – dedim unga. – Uyla-
ning, vassalom.
– Yo‘q, uylanish hazil emas, bo‘yningga 
tusha 
digan vazifalarni, javobgarliklarni il-
gari taroziga solib xo‘p o‘lchab ko‘rmoq kerak-
ki, orqasidan bir balosi chiqmasin. Bu narsa 
meni shu qadar tashvishga soladiki, kechalari 
uxlamay chiqaman. Gapning rostini aytsam, 
men qo‘rqaman ham: akasi bilan ikkovining 
fikri­xayollari boshqacharoq, ularning fikr yur-
gizishlari, bilsangiz biroz g‘alati va xarakterlari 
ham juda o‘tkir. Uylanib qo‘yib, biror hodisaga 
ilashib qolasan kishi.
Shunday qilib u, uylanish harakatida bo‘lma-
di, direktor xotinini va hamma xonimlari mizni 
xijolat qilib, to‘yni keyinga surardi; hadeb 
bo‘yniga tushadigan vazifa va javobgarliklar-
ni taroziga solardi, ikkinchi tomondan esa har 
kun deyarli Varenka bilan birga sayr qilishar-
di. Ehtimol bu narsani o‘z mavqeyiga munosib 
deb o‘ylagandir. So‘ngra, ba’zan menikiga ke-
lib, oila hayoti to‘g‘risida gaplashib o‘tirardi. 
Ehtimol, borib-borib, u to‘y harakatiga tushar 
– bizning oramizda bekorchilik va zerikishdan 
bo‘lib turadigan minglab keraksiz va noma’qul 



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish