Anton Chexov
266
gan bo‘ldi. Ba’zan ertalab u-bu keltirish uchun
oshpaz ayol bilan bozorga chiqqanini odam-
lar ko‘rishdi, biroq endigi turmush qanday,
uy ichida nima gaplar bor – bu haqda odam-
lar faqat gumon bilan gapirishar edi. Masalan,
odamlar uning o‘z bog‘chasida ot shifokori bi-
lan birga choy ichib o‘tirganidan, shifokorning
unga gazeta o‘qib berishidan va yana pochtada
bir tanish xotin bilan uchrashib, unga:
– Shahrimizda to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan veteri-
nariya nazorati yo‘q, kasalning ko‘pligi ham
shundan. Anavi sutdan, manavi otdan, sigir-
dan yuqub kasal bo‘pti, degan hodisalar ko‘pa-
yib ketdi. Inson sihatiga qanday g‘amxo‘rlik
qilinsa, jonivorlarni ham shunday boqish ke-
rak, – deb aytgan gapidan uning nima haqida
o‘ylashiii gumon qilardilar.
U, ot shifokorining aytganini aytar, u nima-
ni o‘ylasa shuni o‘ylar edi. Olenkaning sevgisiz
yashay olmasligi va yangi baxtni o‘z hovlisidan
topib olganligi hammaga ravshan edi. Boshqa
xotin bo‘lganda uni hamma qoralardi, ammo
Olenka haqida hech kim yomon fikrda emas,
uning hayotidagi voqealar hammaga ma’lum
va ravshan edi. U ham, ot shifokori ham o‘za-
ro munosabatlarida yuz bergan o‘zgarishlar
haqida hech kimga bir og‘iz so‘z aytmaslikka
tirishar edilar, biroq Olenka hech qanday sir-
ni yuragida saqlab yurolmasdi. Agar shifokor-
ning polkdagi hamkasblari mehmonga kelish-
sa Olenka ularga choy quyib yoki ovqat tortib,
qora molga kelgan vabodan yoki shahar kush-
xonasidan gap boshlardi, shifokor esa uyal-
Buqalamun
267
ganidan qip-qizarib ketardi. Mehmonlar tarqa-
lishib ketgach, shifokor uning qo‘lidan ushlar-
di-da, g‘azablangani holda:
– Tushunmagan narsang haqida og‘iz ochma,
deb necha marta aytdim senga! Hamkasblarim
yig‘ilishganda va o‘z ishimiz ustida so‘zlash-
ganimizda sen zinhor aralashma! Odamni ze-
riktirib yuborasan, axir! – derdi.
Olenka unga taajjubilanib qarar va xavotir-
lanib:
– Volodichka, bo‘lmasa nimani gapiray? –
deb so‘rardi.
Va ko‘ziga yosh olib, ot shifokori bag‘riga oti-
lar, jahli chiqmasligini so‘rab yalinardi; ikkisi
ham o‘zini baxtiyor deb his etardi.
Biroq, bu baxt ko‘pga bormadi. Ot shifokori
o‘z polki bilan birga jo‘nab ketdi, uning polki
boshqa yoqqa, Sibir tomonga ko‘chirilgan edi.
Olenka yana yolg‘iz qoldi.
Endi u butunlay yolg‘iz qolgan edi. Otasi al-
laqachon o‘lib ketgan, uning kreslosi chordoq-
da bir oyoqsiz chang bosib yotardi. Olenka
ham ozib ketgan, husni ham qochgan, ko‘cha-
da ko‘rganlar ham unga ilgarigidek boqmas
va jilmayib qaramas edi. Eng yaxshi yillar –
yoshlik vaqtlari o‘tib, endi uning uchun qan-
daydir yangi turmush, bundan bu yog‘i nima
bo‘lishini bilish qiyin bo‘lgan davr boshlangan
bo‘lsa kerakki, yaxshisi bu to‘g‘rida o‘ylamaslik
lozim edi. Kechqurunlari Olenka eshik oldiga
chiqib, «Tivoli» rohat bog‘chasida chalinayot-
gan musiqani, mushaklarning paqillab yorili-
shini eshi tib o‘tirar, ammo bu tovushlar endi
Anton Chexov
268
unda hech qanday tuyg‘u uyg‘otmasdi. U, o‘z
hovlisiga bee’tibor tikilib o‘tirar, hech narsani
o‘ylamas, ko‘ngli hech nimani istamasdi, ke-
chasi uyga kirib yotardi. Uyqusida yana o‘zi-
ning bo‘sh hovlisi tushiga kirardi. Ovqatni ham
birov zo‘rlab yedirayotganday yer edi.
Eng yomoni shu ediki, unda ortiq hech qan-
day fikr qolmagan edi. U o‘z atrofida xilmaxil
buyumlarni ko‘rar, nimalar bo‘layotganiga aqli
yetar. Ammo ular haqida nima deb o‘ylashni
va nimalarni gapirishni bilmasdi! Hech qan-
day fikrga ega bo‘lmaslik naqadar og‘ir! Bir shi
shaning tikka turganini, yoki yomg‘ir yog‘ishi-
ni, yoxud aravaga tushib ketayotgan mardikor-
ni ko‘rib turasan-u, biroq shishaning nimaga
kerakligini, yomg‘irning nimaga yog‘ishini,
mardikorning nega aravaga tushib borishi-
ni, ularda qanday ma’no borligini o‘lsang ham
ayta bilmasang! Kukin va Pustovalov bor vaqti-
da, ot shifokori borida Olenka ularning ma’no-
siga yetardi, har narsa ustida fikr yuritolardi,
endi uning o‘ylarini va yuragini xuddi hovlini
bosgan zimziyo qorong‘i va bo‘shliq qoplagandi.
Go‘yo chuqur soyga g‘arq bo‘lib ketayotganday
uni dahshat bosardi.
Bu orada shahar har tarafga qarab kenga-
yib ketdi, Siganskaya Sloboda endi ko‘cha tusi-
ni oldi. «Tivoli» rohat bog‘chasi va yog‘och-tax-
ta omborlari bo‘lgan joylarga yangi imorat-
lar tushib, ancha-muncha tor ko‘chalar hosil
bo‘lgan edi. Muncha ham vaqt tez o‘tib boradi!
Olenkaning uyi eskirgan, tunuka tomi zanglab
ketgan, saroy ham bir yoqqa qarab yonbosh-
Do'stlaringiz bilan baham: |