Buqalamun
293
Baxtgami yoki baxtga qarshimi hayotimizda
baribir ertami-kechmi tugamaydigan narsa ning
o‘zi yo‘q. Luganovichni shimoliy
guberniyaga
boshliq qilib yuborishdi. Ayriliq onlari keldi. Uy
jihozlari, otlar va dala-hovlini sotish kerak edi.
Dala-hovliga borganimizda oxirgi marta yashil-
ga bo‘yalgan uyning tomiga va boqqa mehr bi-
lan nazar tashladik. Hamma xafa edi. Men esa
faqatgina dala-hovli bilan xayrlashishga to‘g‘ri
kelmasligini yaxshi anglardim. Avgustning
oxirida Anna Alekseyevnani shifokorlar tavsi-
ya qilishganidek Qrimga jo‘natishga qaror qil-
gandik. Ko‘p o‘tmay
Luganovich bolalari bilan
o‘zining shimoliy guberniyasiga yo‘l oladi.
Biz Anna Alekseyevnani ko‘pchilik bo‘lib ku-
zatdik. U eri va bolalari bilan xayrlasharkan,
uchinchi qo‘ng‘iroq chalinishiga bir daqiqa qol-
gandi. Men u unutib qoldirgan oxirgi jomadon-
ni javonga joylashtirish uchun kupega qarab
yo‘l oldim.
Xayrlashish kerak edi... Kupeda yolg‘iz qol-
ganimizda ko‘zlarimiz to‘qnashdi. Kuch ikki-
mizni ham tark etgandek bo‘ldi. Men uni
bag‘rimga bosdim. U esa ko‘kragimga yuzlari-
ni bosdi va ko‘z yoshlarni to‘xtatib bo‘lmasdi.
Uning
yuzlarini, bo‘yinlari va qo‘llarini o‘par-
kanman, sevishimni tan oldim. Oh, biz naqadar
baxtsiz edik. Yuragimni yondirayotgan darddan
azob chekarkanman, shuncha yil o‘zimni oddiy
va arzimas yolg‘onlar bilan aldab kelganligim-
ni, bular esa meni sevishga qanchalar to‘sqin-
lik qilganligini tushundim. Muhabbat bu –
Anton Chexov
294
ulug‘ tuyg‘u. Baxtmi yo baxtsizlikmi, gunohmi
yo savobmi, deb
bosh qotirish shart emas, u
bulardan-da muhimroq ekanligini ang
ladim.
Bunday ishlarda aqlga emas, ko‘ngilga taya-
nish kerak.
Men uni oxirgi marta o‘pdim va biz bir umr-
ga ayrildik. Poyezd yo‘lga tushdi. Men qo‘shni
bo‘sh kupeda o‘tirib, birinchi stansiyagacha
yig‘ladim. Keyin Sofinagacha yayov ketdim...
Alyoxin so‘zlayotganda yomg‘ir tinib os-
monda quyosh charaqlab turardi. Burkin va
Ivan Ivanovich ayvonga chiqishdi. Bu yerdan
bog‘ning go‘zal ko‘rinishi ko‘zga tashlanayot-
gandi. Quyosh esa ko‘zguga o‘xshab nur so-
chardi. Ular havas va
achinish aralash hozir-
gina mehrli, ma’yus ko‘zlari bilan ularga bo-
qib, samimiyat o‘z muhabbat tarixini so‘zlab
bergan odam taqdiri haqida o‘ylayotgandilar.
Chindan ham g‘ildirakda aylanayotgan olma-
xonga o‘xshab, bir chekka qishloqchada qolib,
yo ilm, yo boshqa ish bilan shug‘ullanganida,
balki hayoti hozirgidan yaxshiroq bo‘lardimi?
Kupeda yosh ayolning yuz-ko‘zlaridan, bo‘yin-
laridan o‘pib xayrlashayotgan chog‘da xayolan
uning g‘amgin yuzini tasavvur qildilar. Ikkisi
ham o‘sha ayolni shaharda bir necha marotaba
uchratishgan, Burkin u bilan tanish edi va uni
nihoyatda chiroyli deb bilardi.