Buqalamun
281
Bu hikoya muhabbat haqidagi suhbatning
boshlanishiga turtki bo‘ldi.
– Muhabbat qanday tug‘iladi, – dedi Alyox-
in, – nega Pelageya o‘zining ichki va tashqi fazi-
latlariga mos keladigan o‘z tengini emas, balki
aynan ana shu
badbashara Nikanorni sevib
qoldi. Uni bizda hamma shunday deb ataydi.
Muhabbatda shaxsiy baxtga erishishning bar-
cha jihatlari muhim – afsuski, bularning bari
noaniq, bu mavhumlik ustida qancha xohla-
sangiz shuncha bosh qotirish mumkin. «Buyuk
kuchga ega sir» deya berilgan ta’rif shu kunga
qadar muhabbat haqida aytilgan yagona inkor
etib bo‘lmas haqiqatdir. Muhabbat haqida yo-
zilgan va aytilgan
gaplar yechimi topilmagan
javobsiz savollar majmuasidir. Topilgan isbotlar
o‘nta boshqa hayotiy misollarga to‘g‘ri kelmay-
di, menimcha, ularning har birini qo‘shmasdan
alohida sharhlash kerak. Shifokorlarga o‘xshab
har bir voqea ustida bitta-bitta bosh qotirish
kerak.
– To‘ppa-to‘g‘ri, – tasdiqladi Burkin.
– Biz ruslar tarbiyali odamlarmiz, yechimi to-
pilmayotgan muammolarga befarq qarab turol-
maymiz. Odatda muhabbatni shoirona so‘zlar
bilan ta’riflaydilar, atirgullarga qiyos qilishadi.
Biz esa o‘z sevgimizni savollarga ko‘mib tash-
laymiz hamda ular orasidan
eng zerikarlilarini
tanlab olamiz. Talabalik chog‘larimda Mosk-
vada yashardim. U yerda mening hayotdagi
hamrohim bor edi, yoqimtoy ayol har gal uni
bag‘rimga bosib quchganimda u bugun bozor-
Anton Chexov
282
da mol go‘shtining narxi necha funt turishi-yu
va men unga oyiga qancha to‘lashim kerakligi
haqida hisob-kitob qilardi.
Muhabbat savdo-
sida bu – to‘g‘rimi yo noto‘g‘ri, mantiqlimi yo
mantiqsiz, bunday muhabbat nimaga olib bo-
rarkin, deya tinmay o‘zimizdan so‘raymiz. Bu
yaxshimi yo yomonligini bilmayman-u, biroq
xalaqit berishi, qoniqtirmasligini va yoqmasli-
gini bilaman.
U xuddi nimanidir aytib berishni istayotgan-
dek tuyilardi. Yolg‘iz yashaydigan odamlarning
qalbida hamisha so‘zlashga arzigulik nimadir
bo‘ladi. Shaharda bo‘ydoqlar
atayin hammom-
ga, restoranlarga borib, hammom xizmatchilari
va ofitsantlarga juda qiziqarli hikoyalarni aytib
berishadi. Qishloqda esa bundaylar o‘z do‘st-
lari hamda mehmonlari oldida yurakdagilarini
to‘kib solishadi. O‘sha kuni derazadan tashqa-
rida kulrang osmon, yomg‘irda ivigan daraxtlar
ko‘zga tashlanayotgandi. Bunday ob-havoda
gapirish-u tinglashdan boshqa biror ish qilish
amri mahol edi.
– Men Sofinada yashayman va anchadan
beri xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullanman, – deya
o‘z hikoyasini boshladi Alyoxin. – To‘g‘rirog‘i,
institutni tugatganimdan beri. Ziyoli bo‘lganim
uchun yuqori
lavozimlarda ishlashim kerak,
ammo dadam meni o‘qitaman, deb qarzga bo-
tib qolgandi. Ana shu qarzni to‘lamasam bu
yerdan ketmayman, degan qarorga kelganim
uchun ham qishloqqa qaytdim va oddiy odam-
lar kabi ishlay boshladim. Agar dehqonlar yoki