Buqalamun: hikoyalar. / Anton Chexov. T.: Yangi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/84
Sana26.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#156712
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84
Bog'liq
Anton Chexov. Buqalamun [@e kutubxona]

Anton Chexov
286
qilingan dalillarga asoslanib, qonunga muvofiq 
ko‘rib chiqish kerak, deb hisoblardi. 
– Biz siz bilan yondirmaganmiz, – dedi u yum-
shoq ohangda. – Siz bilan bizni qamoqqa tiqish-
mayapti-ku. Gunohsizlarni qamashmaydi. 
Er-xotinlar men tortinmasdan ko‘proq 
yeb-ichishim uchun oddiy ikir-chikirlarni ba-
hona bilan birgalikda tashqariga chiqishar, 
hattoki qahvani ham birga tayyorlashdi. Lu-
ganovich va Anna Alekseyevna bir-birlarini 
so‘zsiz tushu 
nishlarini sezish qiyin emasdi. 
Ular tinch-totuv yashayotganlari va mehmon 
kutishni yaxshi ko‘rishlarini ham tushundim. 
Tushlikdan so‘ng biz royalda to‘rt qo‘llab o‘yna-
dik, kech tushib qoldi va men uyimga jo‘nadim. 
Bu bahorning boshlarida edi. Shundan so‘ng 
yoz bo‘yi Sofinadan tashqariga chiqmadim. Ke-
lishgan, boy va ziyoli xonim, shaharga borish 
haqida o‘ylashga esa vaqtim ham yo‘q edi. Shun-
chaki, qalbimda uning mayin soyasi yashirinib 
yotardi. Kech kuz vaqtlarida shaharda xayri-
ya spektakli qo‘yildi. Men gubernatorlar joyiga 
chiqdim (meni u yerga tanaffus paytida taklif 
qilishdi) qarasam, gubernator xotinining yoni-
da Anna Alekseyevna o‘tiribdi. Takrorlanmas, 
go‘zal chehra, shirin hislarni junbishga kelti-
radigan maftunkor va mehribon ko‘zlarga qar-
ab yana qandaydir yaqinlikni tuyaman. Biz bir-
ga o‘tirdik va yo‘lakda yurdik.
– Ozibsiz, – dedi u, – betobmidingiz?
– Ha. Yelkamni shamollatibman va yomg‘irli 
kunda yaxshi uxlolmayman.


Buqalamun
287
– Xuddi toliqqanga o‘xshaysiz. Bahorga uyi-
mizga kelganingizda yoshroq va mehribonroq 
ko‘ringandingiz. Ruhan yengil va qiziqarli inson 
edingiz. Ko‘p gapirganingiz yodimda, menga yo-
qib qolganingizni yashirmayman. Negadir yoz 
bo‘yi sizni ko‘p esladim. Bugun teatrga kelayot-
gan chog‘imda ham menga xuddi uchratadi-
gandek tuyildi. – U kulib yubordi.
– Lekin bugun horg‘insiz, – takrorladi u. – Bu 
esa sizni qari ko‘rsatarkan. 
Ertasiga men Luganovichlarnikida nonush-
ta qildim. Undan so‘ng ular dala-hovlilariga 
yaqinlashayotgan qishga tayyorgarlik ko‘rish 
maq 
sadida kelishdi, men ham er-xotinlarga 
hamroh bo‘ldim. Shaharga qaytgach, kamin ol-
dida o‘tirib, yarim tungacha tinch oila davrasi-
da issiq choy ichib suhbatlashib o‘tirdik, yosh 
ona har zamon-zamonda tashvishlanib, uxlab 
yotgan qizidan xabar olish maqsadida bosh-
qa xonaga chiqardi. Shundan so‘ng men doim 
shaharga kelganimda, albatta, ularnikida meh-
mon bo‘lardim. Luganovichlar menga o‘rga-
nib qo lishdi, men ham... Odatda hech qanday 
ogoh lantirishlarsiz tashrif buyurardim. 
– Kim ekan? – uzoq xonalardan biri menga 
yoqimli, chiroyli tovush eshitilardi.
– Bu Pavel Konstantinovich, – javob berardi 
oqsoch yoki enaga. 
Anna Alekseyevna yonimga har doim tash-
vishlanib chiqar va:
– Nega uzoq vaqtdan beri ko‘rinmay ketdin-
giz? Nima bo‘ldi, tinchlikmi? 


Anton Chexov
288
Uning yoqimli qarashlari, uzatgan mehri-
bon qo‘llari, uy ko‘ylagi, soch turmagi, ovozi, 
oyoq tovushlari menda yangi taassurotlarni 
uyg‘otar, u hayotimda uchragan eng g‘aroyib 
va men uchun qadrli ayol edi. 
Biz uzoq suhbatlashardik yoki uzoq jim tu-
rardik. Har kim o‘z hayoti haqida o‘ylardi. U 
menga royalda musiqa chalardi. Agar uyda 
hech kim bo‘lmasa kutishga to‘g‘ri kelardi, men 
enaga bilan gaplashib, bola bilan o‘ynardim 
yoki xonadagi divanda uzala tushib, gazeta 
o‘qirdim. Anna Alekseyevna kelishi bilan uni 
birinchi bo‘lib kutib olardim, agar bozorlik qilib 
qaytgan bo‘lsa, qo‘lidan yuklarini olardim. Ne-
gadir men bu ishni xuddi yosh bolaga o‘xshab 
cheksiz quvonch va mehr bilan bajarardim. Yu-
mushi yo‘q xotin o‘ziga dard sotib oladi, degan 
maqol bor. Luganovichlarning tashvishlari yo‘q 
edi, mana ular men bilan do‘stlashishdi. Agar 
uzoq vaqt shaharga kelmasam yo betob bo‘lib 
qolsam yoki biror narsa yuz bergan bo‘lsa, ular 
juda ham tashvishga tushishardi. Ko‘p tillarni 
biladigan, ziyoli odam ilm yoki badiiy ijod bi-
lan shug‘ullanadigan odam qishloqda charxpa-
lakda aylanayotgan olmaxonga o‘xshab, tinim 
bilmay ishlayman, biroq cho‘ntakda sariq cha-
qam ham yo‘q. Ular mening iqtisodiy ahvo-
limdan yaxshi xabardor edilar. Shu sabab bu 
er-xotinlarga men, hatto quvonchli daqiqalarda 
kulsam ham o‘z dardlarimni yashirish uchun 
shunday qilayotgandek tuyilaverardim. Buni 
esa ularning sinovchan qarashlaridan sezish 
qiyin emasdi. Er-xotinlar ayniqsa, menga chin-



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish