Buqalamun: hikoyalar. / Anton Chexov. T.: Yangi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/84
Sana26.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#156712
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   84
Bog'liq
Anton Chexov. Buqalamun [@e kutubxona]

Anton Chexov
258
o‘zining yotoq bo‘lmasida turib derazani qoqar
parda orqasidan yuzi va bir yelkasini ko‘rsatib, 
mehribonlik bilan jilmayib qarar edi...
Kukin taklif qildi, ular nikoh o‘qitishib, 
er-xotin bo‘lishdi. Kukin, Olenkaning bo‘ynini 
va yumshoqqina to‘la yelkalarini ko‘rib, o‘zida 
yo‘q sevindi va:
– Jonginam! – dedi.
Kukin o‘zini baxtiyor sezardi, ammo to‘yda kuni-
tuni yoqqan yomg‘ir uni ancha xafa qilgan edi.
To‘ydan keyin ular uchun yaxshi kunlar 
boshlandi. Olenka kassada o‘tirib chipta so-
tar, bog‘cha tartiblariga qarab yurar, hisob-ki-
tob ham shuning qo‘lida edi; artistlarga oylikni 
ham u to‘lar, uning qip-qizil anordek chehra-
sini va yoqimli mayin jilmayishini goh kassa 
darchasida, goh sahna orqasida, goh bufetda 
ko‘rish mumkin edi. Olenka o‘zining hamma 
tanishlariga – dunyoda eng yaxshi va eng ke-
rakli narsa teatr, faqat teatrda kishi rohatlana-
di, bilimdon bo‘loladi, – derdi.
– Ammo bunga xalq tushunmaydi! – derdi 
u. – Xalqqa masxarabozlik ko‘rsatsangiz yoqa-
di! Kecha kechqurun biz «Faustning teskarisi» 
degan spektaklni qo‘yuvdik, deyarli hamma lo-
jalar bo‘sh qoldi. Vanichka ikkimiz birorta be-
maza narsani qo‘yib ko‘rsatsak, odam liq to‘lib 
ketadi. Ertaga Vanichka ikkimiz «Do‘zaxga 
tushgan Orfey»ni qo‘yamiz, kelinglar.
Teatr haqida, aktyorlar haqida Kukin nima 
desa Olenka ham shuni qaytarardi. Kukin kabi 
u ham xalqni befarq va nodonligi uchun yomon 
ko‘radi, repetitsiyalarga aralashadi, aktyorlar-


Buqalamun
259
ning harakatlarini, so‘zlarini tuzatadi, musiqa-
chilarni tergaydi, mahalliy gazetada teatrni yo-
monlab birorta maqola bosilib qolsa yig‘laydi, 
keyin tahririyatga borib izoh beradi.
Artistlar uni yaxshi ko‘rishardi, unga «Va-
nichka ikkimiz» va «Jonginam» deb ot qo‘yishgan 
edi. Olenka ularga rahm qilib, oz-moz pul qarz 
berib turar, agar ularning ba’zilari pulni qay-
tarmay, aldab ketishsa hech kimga bildirmay 
yig‘lar, ammo eriga aytmasdi.
Qishda ham ularning turmushi yaxshi edi. 
Ular shahar teatri binosini butun qishga ijara-
ga olib, goh malorosslar truppasiga, goh fokus-
chiga, goh shu yerning teatr havaskorlariga 
qisqa muddatga ijaraga berishar edi. Olenka 
kun sayin semirardi, vaqti xushligidan kun-
dan-kunga ochilardi, qish bo‘yi ish o‘ngidan 
kelib, daromad yomon bo‘lmasa-da, Kukin 
«zarar ko‘payib ketdi» deb noligani-noligan edi, 
yuzi tobora sarg‘ayar va o‘zi ozar edi. Kechalari 
yo‘talib chiqardi, Olenka unga malina guli va 
lipa daraxtining gulini qaynatib ichirar, ko‘kra-
giga atir surtar, o‘zining yumshoq jun ro‘moliga 
o‘rab qo‘yardi. Uning sochlarini silab:
– Tanimdagi jonimsan, – derdi u yurakdan. 
Truppa to‘plash uchun Kukin, ro‘za kezida, 
Moskvaga ketdi. Olenka usiz butun huzur-halo-
vatini yo‘qotdi, kechalari mijja qoqmay, deraza 
oldida yulduzlarga qarab chiqardi. Shunday 
paytlarda o‘zini katakda xo‘rozsiz qolib, uy-
qusiz, bezovtalanuvchi tovuqdek his etardi. 
Kukin Moskvada uzoq turib qoldi, yuborgan 


Anton Chexov
260
xatida hayitga yetib kelishini yozib, «Tivoli» ro-
hat bog‘chasini ijaraga olish to‘g‘risida harakat 
boshlashni buyurgan edi. Biroq chin arafa kuni 
kechqurun birov bochkani gumburlatib urgan-
dek darvozani xunuk qoqa boshladi. Uyqudan 
zo‘rg‘a ko‘zini ochgan oshpaz yalangoyoq loy 
kechib, darvozani ochgani yugurdi.
– Darvozani oching tezroq! – dedi yo‘g‘on 
ovoz li kishi darvoza orqasida turib. – Sizga tele-
gramma bor!
Olenka ilgarilar ham eridan telegramma olib 
turardi, biroq bu safar o‘tirgan yerida qotib qol-
di. U titroq qo‘llari bilan telegrammani ochib 
o‘qidi:
«Ivan Petrovich bugun to‘satdan o‘lib qoldi, am-

Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish