Buqalamun
263
ustiga chirmashib chiqishlari kechalari uning
tushiga kirib chiqardi. Olenka tushida bular-
ni ko‘rib, bexosdan qichqirib yuborardi. Pus-
tovalov esa uni:
– Olenka, nima bo‘ldi senga, jonim? O‘zingni
bosib ol! – deb ovuntirardi.
Eri nimani o‘ylasa u ham shuni o‘ylardi.
Agar eri uy juda isib ketdi desa, yoki ishning
mazasi qochdi desa, u ham xuddi shuni deydi.
Eri hech qanaqa o‘yin-kulgi, ko‘ngil ochishlarni
yoqtirmas, hayit kunlari ham uydan chiqmas
edi. Olenka ham uyda o‘tirardi.
– Uyda o‘tirganlaring o‘tirgan, – deyishar-
di tanish-bilishlari.– Teatrgami, ot o‘yingami
borib, yozilib kelsangiz-chi, jonginam!
– Vasichka ikkovimizning teatrga borishga
vaqtimiz bormi? – deb javob berardi u, ulug‘vor-
lik bilan. – Biz mehnatkash odammiz, bunday
behuda narsalarga beradigan bo‘sh vaqtimiz
yo‘q. Teatrga borib nima ham orttirardik?
Shanba kunlari kechqurun Pustovalov
Olenka bilan birgalashib bomdod namoziga,
hayit kunlari esa peshin namoziga bori shadi,
cherkov
dan ham birga qaytishadi, ikkovi-
ning chehrasi ochiq, atrofga xushbo‘y hid so-
chib kelishadi. Olenkaning shohi ko‘ylagining
shitirlashi quloqqa yoqadi; uyga qaytib kelib,
so‘lqildoq non va har xil murabbolar bilan choy
ichishadi, keyin pirog yeyishadi. Har kun tush
paytida karam sho‘rva va qo‘y go‘shtidan yoki
o‘rdakdan pishirilgan qovurma, ro‘za kunlari
esa qovurilgan baliqning hidi hovlidagilar yoki
ko‘chadan o‘tuvchilarning dimog‘ini qitiqlab,
Anton Chexov
264
ishtahasini ochib yuborar edi. Kontorada doim
samovar qaynab turadi, xaridorlar choy va te-
shikkulchalar bilan mehmon qilinadi. Haftada
bir marta er-u xotin birgalashib hammomga
borib, ikkovlari qip-qizil bo‘lib, uyga qaytishadi.
– Xudoga shukr, turmushimiz yomon
emas, – derdi Olenka tanishlariga. – Vasich-
ka ikki mizni yetkizgan kunga hammani ham
yetkaz sin.
Pustovalov mol keltirish uchun Mogilev
gubernasiga ketgan vaqtlarida Olenka juda
zerikadi, kechalari uxlamay yig‘lab chiqadi.
Hovlidagi uylardan birida turuvchi, polkda ot
shifokori bo‘lib xizmat qiladigan Smirnin de-
gan yosh yigit ba’zan kechqurunlari unikiga
kelib turadi. Smirnin unga u yoq-bu yoqdan
so‘zlab beradi yoki ikkovi qarta o‘ynaydi, bun-
dan Olenka ancha ovunadi. Smirninning o‘z
oilasi haqidagi hikoyalar uni ayniqsa qiziqti-
rardi. U uylangan bo‘lib, bir o‘g‘li ham bor
edi, ammo xotini unga xiyonat qilgani uchun
ajrashib ketgandi, shuning uchun xotinini
juda yomon ko‘rardi, o‘g‘liga atab har oyda qirq
so‘m pul yuborib turadi. Olenka bu gaplarni
eshitib, uh tortib, unga achindi. Smirnin bilan
xayrlashayotib:
– Xudo o‘z panohida saqlasin. Kelganingiz
uchun rahmat, ilohim hamisha sog‘-salomat
bo‘ling... – derdi va uni sham bilan zinagacha
kuzatib qo‘yardi.
Gapirganda ham eriga taqlid qilib, ulug‘vor-
lik bilan gapirardi, ot shifokori allaqachon uyi-
ga kirib ketgan bo‘lsa-da, ketidan chaqirib:
Buqalamun
265
– Xotiningiz bilan yarashib qo‘ya qolsangiz
ham bo‘lardi, Vladimir Platonich! O‘g‘lingiz tu-
fayli gunohini keching... Bola boyaqish hamma
gapga tushunsa kerak, – derdi.
Pustovalov safardan qaytib kelganda Olen-
ka unga ot shifokorining barbod etilgan tur-
mushini hikoya qilib berar, keyin ikkovlari
birgalashib achinishar, bosh chayqar, otasini
sog‘ingan o‘g‘li haqida gapirishar, shundan ke-
yin ikkovlari baxtiyor holda o‘rinlaridan turib,
burchakdagi sanamga qarab, Xudodan bola ti-
lab, iltijo qilar edilar.
Olti yilgacha Pustovalovlarning turmushi
tinch, sevinch va totuvlikda o‘tdi. Qish kun-
laridan birida omborda issiq choy ichib, terlab
o‘tirgan Vasiliy Andreyevich xaridorga mol so-
tish uchun telpaksiz tashqariga chiqdi, shunda
shamollab, betob bo‘lib qoldi. Olenka uni eng
o‘tkir shifokorlarga qaratgan bo‘lsa ham, to‘rt
oy yotgandan keyin dard ustun kelib vafot etdi.
Olyonka yana beva qoldi.
– Kimga tashlab ketding, meni sevgilim! – deb
ho‘ngrab yig‘lardi u, erini ko‘mgandan keyin. –
Men bechora sensiz qanday turay bu dunyoda?
Rahmingiz kelsin, yaxshilar, men yetimning
dardiga davo topinglar-ey... – derdi.
U motam tutib, qora kiydi, shlyapa va
qo‘lqop
ni butunlay kiymay qo‘ydi, ko‘chaga
kamdan-kam chiqadigan bo‘ldi, chiqsa ham
cherkovga yoki erining qabriga borish uchun
chiqardi, bo‘lak vaqtlarda tarki dunyo etgan
odamday uyda o‘tirardi! Olti oy deganda motam
kiyimlarini tashlab, deraza darchalarini ochadi-
Do'stlaringiz bilan baham: |