Anton Chexov
256
qilsam yaxshiroq bo‘larkin, deb
bosh qotirasan,
oqibati nima? Bir tomondan xalq nodon, yov-
voyi xalq. Men unga eng yaxshi operetkalarni,
feeriyalarni qo‘yib bersam, borib turgan lapar-
chilarni sahnaga chiqarsam-u, unga yoqma-
sa! Xalq bunga tushunmaydi-da! Xalqqa mas-
xarabozlik yoqadi,
u eng past, kishining ko‘ngli-
ga urgan tomoshalarni talab qiladi! Endi bu
osmonni qarang! Har kuni kechqurun yomg‘ir
yog‘adi! O‘ninchi maydan beri yog‘adi, butun
may tinmay yog‘di, iyun yog‘di, jonga tegdi-ku,
axir! Odamlar boqqa kirmay qo‘yishdi, kirim
yo‘q, ijara haqini qanday to‘layman? Artistlar
yollaganman, ularga qanday haq to‘layman?
Ertasi kuni kechqurun
osmonni yana bulut
bosdi. Butun umidini yo‘qotgan Kukin aqldan
ozgan odamday qah-qah otib so‘zlardi.
– Ha, mayli! Yog‘sa yog‘aversin! Menga qol-
sa butun bog‘chani suv olib ketsin, meni ham
qo‘shib olib ketsin! Bu dunyoda ham, u dunyo-
da ham baxtsiz o‘taqolay!
Artistlar meni sudga
berib, kesdirib yuborishsin! Sud ham gapmi,
Sibirga surgun qilishsin! Dorga osib o‘ldirishsin
meni! Ha-ha-ha!..
Uchinchi kuni ham xuddi shunday bo‘ldi.
Kukinning gaplarini Olenka jim o‘tirib, jid-
diy tinglar, goho uning ko‘zlariga yosh kelardi.
Borib-borib Kukinning baxtsizligi Olenka ning
yuragini ezdi, qiz uni yaxshi ko‘rib qoldi. Kukin
pakana, oriq, za’faron yuzli, sochlarini ho‘l tar-
ab yuradigan odam edi; ovozi ingichka bo‘lib,
gapirganda lablarini burib gapirardi, uning afti-
Buqalamun
257
da hamma vaqt umidsizlik, norozilik aks etardi.
Shularga qaramay, u, Olenkada haqiqiy, chuqur
sevgi uyg‘otdi. Olenkaning o‘zi
biron kishini
sevmasdan yurolmasdi. Eng oldin o‘z otasini
yaxshi ko‘rar edi, otasi endi og‘ir kasal bo‘lib,
qorong‘i qilib qo‘yilgan uyda nafasi bo‘g‘ilib
yotardi; keyin yilda bir-ikki marta Bryanskdan
kelib-ketib yuradigan xolasi ni yaxshi ko‘rib qol-
di. Undan oldin esa gimnaziyada o‘qib yurgan
vaqtlarida, fransuz tili o‘qituvchi sini sevib qol-
gan edi. Olenka mulo yimgina, xushfe’l, ko‘ngli
ochiq, to‘ladan kelgan, do‘ndiqqina,
yuvosh qiz
edi. Uning anorday qip-qizil yuziga, qop-qora
xol tushgan oppoq yumshoq bo‘yniga, biror-
ta yoqimli so‘z eshitganida chehrasida paydo
bo‘ladigan jilmayishiga ko‘zi tushgan erkaklar
bir jilmayib: «Chakki emas...» deb qo‘yardilar.
Mehmonga kelgan xotinlar esa gapning o‘rtasi-
da birdan uning qo‘lidan ushlab:
– Jonginam! – demasdan qo‘yishmasdi.
U tug‘ilib-o‘sgan va meros qog‘ozida uning
ismiga yozilgan
uy shaharning chetida, Si-
ganskaya Sloboda degan joyda, «Tivoli» bog‘-
chasining yonida edi. Har kuni kechqurun
yarim kechagacha bog‘dan musiqa ovozlari
va mushaklarning paqillab otilishi eshitilardi,
mushaklarning paqillashini eshitib u «Kukin o‘z
taqdiri bilan olishmoqda, eng yovuz dushma-
ni bo‘lmish – hamma
narsaga beparvo qarov-
chi tomoshabinlarning ko‘nglini olmoqda», deb
o‘ylardi, yuragi orziqib ketar, uyqusi kelmas,
tongotar paytida Kukin uyga qaytib kelganda