Dunyoga kelar ekanmiz, har doim biz o`zimiz xohlagan va orzu qilgan narsalarga
intilib yashaymiz.Yoshlikdagi orzular kelajakda kim bo`lishimiz va bunga qanday
erishishimiz haqida qayg`uramiz. Zamon o`zgarib borar ekan va ulg`ayib borar
ekanmiz, maqsadlarimiz ham o`zgarib boradi. O`zim haqimda gapiradigan bo`lsam,
mening ham juda ko`p orzularim bo`lgan. Nega “bo`lgan” deganimni sababi, agar siz
orzularingiz sari harakat qilmasangiz, aniq maqsad qo`yib unga intilmasangiz ular
shunchaki, orzu bo`lib qolaveradi. O`z orzuimizga ershish yoki erishmaslik faqat o`z
qo`limizda. Hamma qatori o`qishni oddiy maktabda boshladim. 2013-yili 4-sinfni
tugatib, uzimizni tumanda joylashgan davlat ixtisoslashtirilgan maktab internatiga
o`qishga kirdim. O`sha vaqtlarda men ilk muvaffaqiyatim bo`lgan edi, chunki biz
tomonlarda letsiyga kirgan va o`qayotgan o`quvchiga boshqachada e`tibor berishardi.
Bu menga qo`shimcha motivatsiya berardi. Aniq fanlarni va chet tilini chuqur
o`zlashtira boshladim. Va yildan yilga maqsadimga erishish uchun ko`plab yo`llarni
bosib o`tdim. 2020-yilda TATU ga kontrak asosida o`qishga qabul qilindim. Qayerga
o`qiyotganimga kimgadir aytganimda , hamma menga “dasturchimisan?”
“kompyuterchimisan?” “kompyuter ustasimisan?” shunga o`xshash ko`plab savollar
berishardi. Vaholanki, men TATUda iqtisodiyot yo`nalishida o`qiyman. Menga
dasturchilikni nima ekanligini tushunishga va uni o`rganishga ruhalantirgan ham
aynan TATU va shu savollarga qo`rqmasdan javob beraolish bo`ldi. Hayotda
maqsadlarim juda ko`p. Iqtisodiyot fakultetida o`qiyotgan bo`lsam ham, faqat
iqtisodchi bo`lishni emas ,balki yetuk dasturchi bo`lishni ham maqsad qilib quydim.
Hozirgi 21 asrda hamma narsaning yechimi dasturlashga borib taqaladi. Va bu meni
kelajakda muvaffaqiyatli dasturchi bo`lishga undaydi.
PDP IT akademiyasi taklif etayotgan “UNICORN” granti juda ham muvaffaqiyatli
loyihalardan biri bo`ladi deb o`ylayman. Chunki har tomonlama berilayotgan ishonch
va keng imkoniyatlar yoshlarga katta turtki beradi deb hisoblayman. Men ushbu
grantdan foydalanib, dasturlash sohasini jiddiy o`rganmoqchiman. Ushbu grantning
yana bir asosiy sabablaridan biri bu grantning moliyaviy tomoni. Hammaga
ma`lumki, talab yuqori bo`lgan sohani o`rganish ma’lum darajada moliyaviy mablag`
kerak. Grantda esa bu faktor hisobga olinganligi ayni muddao.
Agar shu grantni qo`lga kiritsam va kursni muvaffaqiyatli tamomlasam, xorijiy yoki
yirik mahalliy kompaniyalarda faoliyat olib bormoqchiman. Faoliyatimni dastlabki
yillarini ko`proq amaliy loyihalarga yo`naltirib ko`proq tajriba orttirmoqchiman. Va
albatta FAANG kompaniyalariga ishga kirish uchun hamma skillarimni rivojlantirib
portfolioimni boyitmoqchiman. Kelajakda esa oldin aytganimdek, faqat dasturchilik
bilan ya’ni faqat kod yozish bilan band bo`lmoqchi emasman, balki tijorat sohasida
ham uzimni sinab ko`raman.