Buqalamun: hikoyalar. / Anton Chexov. T.: Yangi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/84
Sana26.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#156712
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   84
Bog'liq
Anton Chexov. Buqalamun [@e kutubxona]

Anton Chexov
172
ovqatini yeb turib ham, jirkanib, «pix-pix»lab 
qo‘yardi.
Kashtanka uyg‘onganidan keyin uydan-uyga 
o‘tib yurar va burchaklarni iskar edi. Faqat unga 
va mushukka hamma uylarga kirib yurishga 
ruxsat berilgandi; g‘oz devorlarga yopishtirilgan 
qog‘ozlari kir bo‘lib ketgan uyning ostonasini 
hatlab o‘tishga ham haqsiz edi. Xavronya Iva-
novna esa hovlining allaqayerida og‘ilda yashar 
va ta’lim paytlaridagina paydo bo‘lardi. Xo‘ja-
yin kech uyg‘onar va choyini ichib bo‘lishi bila-
noq qiliqlarini boshlardi. «П» qamchi va cham-
barak har kuni uyga olib kirilar, har kuni shu 
harakatlar takrorlanardi. Ta’lim uch-to‘rt soat 
davom etar va shu darajagacha borib yetardi-
ki, ba’zan Fedor Timofeich horiganidan xuddi 
mastlarga o‘xshab gandiraklar, Ivan Ivanich 
tumshug‘ini ochib og‘ir nafas olar, xo‘jayin esa 
qip-qizarib ketib, hadeb peshonasining terini 
artardi.
Ta’lim va ovqatlanish tufayli kun juda 
xursandchilik bilan o‘tar, kechqurunlari 
esa Kashtanka zerikar edi. Odatda kech-
qurun xo‘jayin allaqayerga jo‘nar, g‘oz bilan 
mushukni ham o‘zi bilan olib ketardi. Yolg‘iz 
qolgan Tyotka ko‘rpachasiga yotar va g‘ussa-
ga botar edi. G‘ussa, xuddi uyni bosayotgan 
qorong‘ilik sin gari sekin-asta butun borligini 
qamrab oladi. Shunday bo‘lardiki, Kashtan-
kaning vovullashga ham, ovqat yeyishga ham, 
uydan-uyga yugurib yurishga ham, hatto, qa-
rashga ham hushi kelmay qolardi; keyin itmi, 
odammi ekanligi aniq bo‘lmagan ikki narsa 


Buqalamun
173
xayoliga kelardi. Bular istarasi issiq, yoqim-
toy, lekin nima ekanligini anglab bo‘lmaydigan 
narsalar edi; shularni ko‘rganda Tyotka dumi-
ni likillatar, nazarida allaqayerdadir ko‘rgan-
day va sevganday bo‘lardi... Uxlab ketar ekan, 
ulardan har gal yelim, payraxa va bo‘yoq hidi 
kelayotganday tuyilardi.
Kashtanka yangi hayotga juda ko‘nikib, 
ozg‘in, suyaklari chiqib turgan xonaki itdan 
to‘q va sho‘x ko‘ppakka aylangach, yangi egasi 
odatdagi ta’lim oldidan uni silab qo‘ydi-da, 
shunday dedi:
– Tyotka, endi ishni boshlasak ham bo‘lar. 
Bekor yurish yetar. Seni artist qilmoqchiman... 
Xo‘sh, artist bo‘lging keladimi?
Shunday qilib, u Kashtankaga turli hunar 
o‘rgata boshladi. Birinchi darsda Kashtanka 
keyingi oyoqlarida tik turishni o‘rgandi. Bu 
hunari o‘ziga ham juda yoqdi. Ikkinchi dars-
da keyingi oyoqlarida sakrab, egasi ushlab tur-
gan qandni og‘zi bilan olishi kerak edi. Keyingi 
darslarda esa o‘yin tushishni, egasining atro-
fida  tizginlangan  holda  yugurishni,  musiqaga 
jo‘r bo‘lib ulishni, qo‘ng‘iroq chalishni, to‘ppon-
cha otishni o‘rgandi. Oradan bir oy o‘tgach 
«Misr piramidasida» bemalol Fedor Timofeich-
ning o‘rnini bosadigan bo‘ldi. U jon-dili bilan 
ta’lim olar, muvaffaqiyatlaridan esa nihoyatda 
xursand edi: tilini osiltirib egasi atrofida tizgin-
langan holda yugurish, chambarak orasidan 
sakrash va keksa Fedor Timofeichga minib 
yurish unga juda xush yoqardi. Har bir muvaf-
faqiyatli chiqqan harakatdan zavqlanib qattiq 


Anton Chexov
174
vovullar, egasi esa hayron bo‘lar, u ham zavq-
langanidan qo‘llarini bir-biriga ishqab:
– Iste’dod, iste’dod! – deb qo‘yardi. – Haqiqiy 
iste’dod! Bu o‘yinlaring, albatta, hammaga 
manzur bo‘ladi! – deb qo‘yardi.
Shunday qilib Tyotka «iste’dod» degan so‘zga 
o‘rganib qoldi va har gal egasi shu so‘zni ayt-
ganda irg‘ib turar, go‘yo bu so‘z o‘z ismi bo‘lib 
qolganday atrofga alanglab qo‘yardi.
6
NOTINCH KECHA
Tyotka tush ko‘rdi, tushida qorovul supurgi 
ko‘tarib, quvlab yurgan emish. Tyotka qo‘rqqa-
nidan uyg‘onib ketdi.
Uy jimjit, qop-qorong‘i va juda dim edi. 
Burgalar talardi. Tyotka ilgari hech qachon 
qorong‘idan qo‘rqmasdi, lekin endi negadir 
yuragini vahima bosdi hamda vovullagisi kel-
di. Qo‘shni xonada xo‘jayinning chuqur nafas 
olgani eshitildi, oradan biroz vaqt o‘tgach, og‘il-
xonadagi cho‘chqa xurilladi, yana jimlik cho‘kdi. 
Ovqat haqida o‘ylasang ko‘ngling ancha yengil 
tortadi. Shuning uchun ham Tyotka bugun Fe-
dor Timofeichning ovqati (orasidan tovuqning 
oyog‘ini o‘g‘irlab olganini va mehmonxonada 
shkaf yonidagi o‘rgumchak in qo‘ygan va chang 
bosgan burchakka yashirganini o‘yladi. Hozir 
borib xabar olib kelsa zarar qilmas edi: tovuq 
oyog‘i turganmikan, yo yo‘qmi? Egasi topib olib
yeb qo‘ygan bo‘lishi ham mumkin. Lekin tong 



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish