Buqalamun
179
likopchaga engashtirdi va tumshug‘ini
suvga
tegizdi, ammo g‘oz suvdan ichmadi. U qanoti-
ni yana ham kengroq yozdi, boshi likopchada
qolaverdi.
– Tamom, vassalom! – deb uh tortdi xo‘jayin.
– Tamom. Ivan Ivanichdan ajralib qoldik!
Xo‘jayinning yuzidan yaltiroq tomchilar oqib
tushdi, bunaqa tomchilar yomg‘ir
yoqqanda
deraza oynalarida ko‘rinadi. Tyotka bilan Fe-
dor Timofeich nima bo‘layotganiga tushunmay,
uning oyog‘iga tiqilishar va qo‘rqib g‘ozga qa-
rashardi.
– Bechora Ivan Ivanich, – dedi xo‘jayin
g‘amginlik bilan uh tortib. – Men bo‘lsam seni
bahorda dala-hovliga olib ketaman, birgalashib
ko‘m-ko‘k
maysazorda sayr etamiz, deb o‘yla-
gan edim. Bechora jonivor, sodiq o‘rtoq, sendan
ayrilib qoldim-ku! Sensiz endi nima qilaman?
Tyotkaga o‘zi ham xuddi shunaqa bo‘ladi-
gandek, ya’ni nima sababdandir ko‘zi yumilib,
oyoqlari cho‘zilib, og‘zi ochilib qoladigandek,
hamma unga qo‘rqib qaraydigandek tuyildi.
Fyodor Timofeichning miyasi ham shunday
fikrlar bilan band bo‘lsa kerakki, hech qa-
chon qari mushuk bu qadar g‘amgin va ma’yus
bo‘lmagan edi.
Tong yorisha boshladi. Tyotkani qo‘rqitib
chiqqan begona narsa ko‘rinmas edi. Tong
otgandan keyin esa qorovul keldi, g‘ozning
oyog‘idan ko‘tarib allaqayoqqa olib ketdi. Bir-
ozdan so‘ng kampir kirdi va tog‘orani ko‘tarib
chiqib ketdi.
Tyotka mehmonxonaga
chiqdi va shkaf orqa-
siga qaradi: xo‘jayin tovuq oyog‘ini yeb qo‘ymap-
Anton Chexov
180
ti, suyak o‘sha joyda, chang va o‘rgimchak ini
orasida yotardi. Ammo Tyotkaning yuragi siqilar
va yig‘lagisi kelardi. U tovuq suyagini aqalli hid-
lab ham ko‘rmadi. Divanning tagiga kirib o‘tirdi
va ingichka ovoz bilan sekin-sekin ingilladi:
– Ing-ing-ing...
7
MUVAFFAQIYATSIZ CHIQISH
Bir kun kechqurun xo‘jayin devorga
yopishtirilgan qog‘ozlari kir bo‘lib
ketgan uyga
kirdi-da, qo‘llarini bir-biriga ishqab:
– Xo‘-o‘sh...– deb qo‘ydi.
U yana bir nima demoqchi edi-yu, hech nima
demay chiqib ketdi. Ta’lim vaqtlarida xo‘jayini-
ning qiyofasi va ovozining ohangini yaxshi
o‘rgakib olgan Tyotka uning hayajonlanayot-
ganini, tashvishlanayotganini,
jahli chiqayot-
ganga o‘xshaganini ham bilib oldi. Birozdan
keyin u qaytib keldi-da:
– Bugun Tyotka bilan Fedor Timofeichni olib
ketaman, – dedi. – Tyotka, Misr piramadasida
bugun sen marhum Ivan Ivanichning o‘rni-
ni bosasan. Nima bo‘larkin endi! Tayyorgarlik
ko‘rilmagan, mashq qilinmagan, repetitsiya
ham juda oz bo‘ldi! Sharmanda bo‘lamiz! May-
na qilishadi!
Keyin u yana
chiqib ketdi va bir daqiqa-
dan keyin po‘stin va silindrda qaytib kirdi.
Mushukning yoniga kelib, uni oldingi oyoqlari-
dan ushlab ko‘tardi va qo‘yniga, po‘stinining