Ertalab soat to‘rtlarda allaqanday shitirlagan tovush mayorning diqqatini o‘ziga jalb qildi, tovush chaylaning orqa devori taqalgan qoya tarafdan eshiti-layotgandek edi.
Mayor aw al bunga e’tibor bermadi, lekin shitir-lash ha deganda tinavermagach, mayor unga quloq so la boshladi, bir ozdan so‘ng qiziqib qolib, yaxshiroq eshitish uchun yerga yotib, quloq berdi. Uning
nazarida, devor orasida allakim yerni kavlayotgan-dek, toshni yo'nayotgandek tuyuldi.
Mak-Nabbs shitirlagan ovoz anig eshitilayotganiga ishonch hosil qilgach, sekin yurib Glenarvan bilan Jon Mangls oldiga bordi-da, rutubatli o‘ylarini bo'lib, ularni chaylaning to'riga olib keldi.
— Quloq solinglar, — dedi u shivirlab va engash-inglar deb imladi.
Shitirlagan tovush tobora aniqroq eshitila bordi. Endi allaqanday o'tkir qurol siqig‘iga dosh berolmay g ‘ijirlab ko‘chayotgan va pastga tushib ketayotgan mayda toshlarning tovushi aniq eshitildi.
— Allaqanday bir hayvon in kavlayapti, — dedi Jon Mangls.
Do'stlaringiz bilan baham: |