O' n b i r i n ch i b o b
TAUPO KO'LI
Tarixdan ilgarigi zamonlarda Yangi Zelandiya orolining markazida g'orlarning o'pirilishi natijasida uzunligi yigirma besh mil va kengligi yigirma mil ke ladigan tagsiz bir jar paydo bo'lgan. A trofdagi tog‘lardan oqib tushgan suvlar uni tagsiz ko‘lga ay-
535
lantirganlar, chunki shu vaqtgacha tushirilgan bironta lot ko‘lning tagiga yetgan emas.
Taupo ko‘li deb ataladigan bu g'alati ko‘l dengiz sathidan bir ming ikki yuz ellik fut balandlikka joy-lashgan va balandligi ikki ming sakkiz yuz fut keladi gan tog'lar bilan o‘rab olingan. Uning g‘arb tarafida baland-baland qirra cho'qqili qoyalar qad ko‘tarib tu-radi; shimol tarafida uzoqdan yonbag'rida pastakkina o'rmon o‘sib yotgan tog‘ cho'qqilari ko‘rinib turadi; sharq tarafida keng nishab qumloq sohil cho‘zilib ket gan, undan yo‘l o‘tadi va ko‘m-ko‘k butalar orasida chiroyli jilvir toshlar yaltillab ko‘rinib turadi; janub tarafda o‘rmon-o‘rmonning orqasida esa vulqonlar-ning konussimon cho‘qqilari ko‘zga tashlanadi. Qattiqligi jihatidan okean siklonlaridan qolishmaydi-gan kuchli bo'ronlar bo‘lib turadigan bu kattakon suv havzasini qurshab turgan mahobatli manzara ana shunday.
Bu atrof go'yo yer osti o‘ti ustiga qurilgan kattakon qozondek biqillab qaynab yotadi. Yer titrab turadi, pechkaga qo'yilganda qobig'i nihoyatda shishib ketgan pirog singari yerning qobig‘i ham ko‘p joylaridan yo-rilib-yorilib ketgan, u yoriqlardan esa yer osti bug'lari otilib chiqadi. Shubhasizki, agar yig‘ilib qolgan yer osti bug‘lari ko‘ldan yigirma mil naridagi Tongariro vulqonining krateridan chiqib turm aganda, bu ni-shablikning hammasi yer osti o‘chog‘iga qulab tushgan bo'lardi.
0 ‘t purkab turadigan mayda- mayda tepachalar orasida qad ko'tarib, tutun va o‘tga ko‘milib yotadigan Tongariro vulqoni ko‘lning shimoliy sohilidan ko'rinib turadi. Tongariro juda murak-kab orografik sistemaga mansub vulqon. Uning nariyog‘idagi pasttekislik o‘rtasida boshqa bir vulqon, konussimon boshi to‘qqiz ming fut balandlikda, bulutlar orasida ko‘rinmay ke-tadigan Ruapau vulqoni qo'qqayib turadi. Uning qadam yetmas cho'qqisiga hali na bironta odam, na biror hayvon chiqolgan emas, uning krateri ichiga bironta kishi nazar tashlay oigan emas. Tongariro vulqoniga kelsak, so‘nggi yigirma yil ichida olimlar uning cho'qqisini uch m arta o‘lchab ko‘rganlar.
Bu vulqon to‘g‘risida juda ko‘p afsonalar to'qil-gan. Sayohatchilar bunday fojiali ahvolda bo‘lmagan-larida Paganel o‘rtoqlariga juda bo'lm aganda, masalan, qo'shni va do‘st bo‘lgan ikki vulqon,
536
Tongariro bilan Taranakining xotin talashib urishib qolgani to‘g‘risidagi afsonani so‘zlab bergan bo‘lardi, albatta. Kunlardan bir kun barcha vulqonlar singari jahldor bo'lgan Tongarironing g'azabi qaynab ketib, Taranakini bir uribdi. Kaltak yegan va tahqirlangan Taranaki Vangani vodisidan qochib ketibdi, yo‘lda ikkita adir tushirib qoldirib, nihoyat dengiz sohiliga yetib kelibdi; u hozir dengiz bo'yida Egmont tog‘i no-mi bilan bir o‘zi shumshayib turar emish.
Lekin geografiya olimi hozir afsona so‘zlab beradi-gan, do‘stlari esa bunga quloq soladigan holda emas di. Ular taqdirning taqozosi bilan kelib qolishgan Taupo koiining shimoli-sharq sohiliga indamay qarab o‘tirishardi.
Kai-Kumu qayig‘ini bir kichkinagina ko'rfazdan olib o‘tdi, ko'lning ichkarisiga ancha yorib kirgan qir-rali bir burunni aylanib o‘tdi -da, sharqiy sohilga, ik ki ming futdan ham baland keladigan Mango tog'i-ning dastlabki tarmoqlaridan biri etagiga kelib to'xta-di. Bu yerda Yangi Zelandiyaning qimmatbaho zig'iri bo'lgan formiumlar o'sib yotgan dala bor edi. Yer liklar uni «xarakeke» deb ataydilar. Bu foydali o‘sim-likning chiqitga chiqadigan narsasi bo‘lmaydi. Uning gulidan ajoyib asal olinadi. Tanasidan mum bilan kraxmal o'rnini bosadigan yopishqoq bir modda chiqadi. Formium -ning bargidan bundan ham yaxshi-roq narsa olinadi: u ho‘l vaqtida qog‘oz o‘rnini bosa-di, qurib qolganda esa pilik o‘rnida ishlatiladi. Uning barglarini eshib, kanop arqon va to‘rlar to'qiladi. Tolasidan esa odeyallar, bo'yralar, plashchlar va pesh-bandlar to‘qiladi. Qizil yoki qora rangga bo‘yalgan formium matasi maorilarning eng qimmat baho va eng chiroyli kiyimi hisoblanadi.
Bu qimmat baho formium ikkala orolning hamma yerida: dengiz sohilida ham, ko‘l va daryolar sohilida ham uchraydi. Bu yerda esa uning yowoyi butalari butun- butun dalalarni bosib ketgan. Uning agava guliga o‘xshab ketadigan qizg‘ish-jigar rang gullari uzun-uzun va tig ‘ kabi o‘tkir quyuq barglari orasidan mo‘ralab turardi. Ular ustida formium dalalarining doimiy mehmonlari bo'lgan chiroyili nektariylar gala-gala bo‘lib uchib yurishar va gullarining asal maza sharbatidan shimib lazzat qilishardi. Ko‘l suvida, af tidan, o‘rgatilgan ko‘k va yashil xolli qora o'rdaklar suzib yurardilar.
537
Chorak mil narida, tog‘ning tik yonbag‘rida, mao-rilarning olib bo'lmas qal’asi — pa ko‘rinib turardi. A sirlarni birin-ketin sohilga tushirdilar, keyin jangchilar ularning oyoq-qo‘llarini yechib, qal’aga olib ketdilar. So'qmoq yo‘l oldin formium dalasi o‘rtasidan bordi, keyin yashnab yotgan chakalakdan o‘tdi. Bu yerda bargi to‘kilmaydigan va mevasi qizil bo‘ladigan kaykatealar ham, yerliklar «ti» deb atashadigan avstraliya dratsenlari ham, mevasidan matolarni qoraga bo‘yash uchun foydalaniladigan guyuslar ham o‘sib yotar edi. Asirlar bilan jangchilar yaqinlashib kelganda, chakalakdan patlari metall sin gari yaltillagan yirik kaptarlar, ko‘k kurklyushlar va qizg‘ish tojli chug‘urchuqlar galasi duv etib uchib ketdi.
Anchagina aylanma yo‘ldan yurib, Glenarvan, Elen, Meri Grant va ularning hamrohlari paga kirib keldilar. Qal’a uch qator inshootlar bilan o‘rab olin-gan edi. Birinchi inshoot balandligi o‘n besh fut ke ladigan va qo‘rg ‘on atrofiga gir aylantirib qoqilgan pishiq nayza xodalardan iborat edi; ikkinchi inshoot ham xuddi o‘shanday xodalardan qurilgan; uchinchi ichki inshoot esa toldan qurilgan bo‘lib, ora -orasidan m iltiq otish uchun teshiklar qoldirilgan edi. Qal’aning ichkarisida maorilarning o'ziga xos bir necha imoratlari bilan tekis qilib solingan qirqtacha kulba bor edi.
Ikkinchi inshoot xodalarining uchiga o'rnatib qo‘yilgan odam kallalari asirlarda qo‘rqinchli taas-surot qoldirdi. Elen bilan Meri qo‘rquvdan ham ko‘ra nafratdan teskari qarab oldilar. Bular janglarda o‘ldirilgan, go‘shtini esa g'oliblar yeb yuborgan dush-man qabila boshliqlarining kallasi edi.
Kai-Kumuning uyi paning to'rida, pastroq marta-bali yerliklarning kulbalari o‘rtasida edi. Uyning ol-dida ochiq maydon bor bo‘lib, yevropaliklar uni har-biy mashqlar maydoni deb atagan bo‘lardilar. Boshliqning uyi bir-biriga novdalar bilan bog'langan xodalardan qurilgan bo‘lib, ichkarisiga formiumdan to'qilgan bo‘yra qoplangan edi. U bo‘yi yigirma fut, eni besh fut va balandligi o‘n futli bir xona edi, boshqacha qilib aytsak, bu yangi zelandiyaliklar bosh-lig'ini qondira oladigan uch ming kubofutli bir bino edi.
Bu imoratning eshik o‘rnida xizmat qiladigan bit-
538
tagina teshigi bor edi. U ham pishiq bo'yra bilan to‘sib qo‘yilgandi. Uyning tomi eshik tepasini bekitib turadigan qilib chiqarib ishlangan, bu yerda yomg'ir suvini to ‘xtatib qoladigan chuqurcha ishlangan. Starapillarning uchiga bir necha rasm o'yilgan. Peshtoqlarga yerlik ustalarining qo‘li bilan anchagina narsalarning rasmi — navdalar, barglar, har xil simvolistik maxluqlarning rasmlari o‘yilgan. Uyning tagi, uyning atrofidagi yerdan yarim fut balandroq qilib shibbalab ishlangan supa. Qo‘g‘a poyasidan yasalgan panjara bilan ustiga tifa o'sim ligining mayin va yupqa barglaridan to‘qilgan odeyal yopil-gan, qirqquloq solingan to ‘shak krovat xizm atini o‘tardi. Kulbaning o‘rtasida bir chuqurcha bor: bu o‘choq. Tomning o‘rtasidagi teshik mo‘ri vazifasini bajaradi. 0 ‘choq yoqilganda chiqqan quyuq tutun oldin uyning devorlarini rosa qoraytirib, keyin o‘sha teshikdan chiqib ketadi. Kai-Kumuning kulbasi yoni-da omborlar joylashgan, unda boshliqning zapas oziq-ovqatlari — uning dalasida pishgan formium, kar-toshka va yemishlik qirqquloq hosili saqlanadi. Olov yoqib, cho‘g‘ida har xil ovqat pishiriladigan pechlar ham shu yerga qurilgan. Sal nariroqqa qurilgan chog'roq to‘siqlar ichida cho‘chqalar bilan echkilar boqiladi; Yangi Zelandiya orollarida kam uchraydigan bu foydali jonivorlarni bir vaqtlar kapitan Kuk orol iqlimiga o‘rgatib tashlab ketgan edi. U yer -bu yerda ovqat izlab izg‘ib yurgan itlar ko'rinib qolardi. Ko‘rinishidan, maorilar ularning go'shtini yesalar ham, boqishni o‘ylaniasdilar.
Glenarvan bilan uning hamrohlari boshliqning asirlar to‘g‘risida biror farmon berishini kutib, al-laqanday bir bo‘sh kulba yonida mana shu manzarani tomosha qilib turardilar.
Bu vaqt ularni o‘rab oigan bir to'da kam pirlar og‘ziga kelganini qaytarmay, asirlarni qarg‘ardilar. Bu alvastilar qo'llarini musht qilib, «la’nati yevro-paliklar»ga daf qilib kelishar, chuvvos ko‘tarib, do‘q urishardi. Ularning qalin labidan uchgan bir necha in gliz so‘ziga qarab hukm qilganda kam pirlar darhol o‘ch olishni talab qilishardi.
Kampirlarning ulishlari va do‘qlari orasida Elen xotirjam dek turardi. Erining tutaqib ketishidan qo'rqib, u o‘zini qo‘lga olish uchun butun kuch-quv-vatini sarf qildi. Bechora Meri hushidan ketay deb tu-
rardi. Qiz uchun jonini ham berishga tayyor bo‘lgan Jon Mangls uni suyab turardi. Uning o‘rtoqlari yog‘ilayotgan bu do‘q va qarg‘ishlarga har xil muno-sabatda bo‘ldilar: mayor singari og‘ir odamlar buni nazar-pisand qilmadi, Paganel singari yuragi torroq-lar esa bunga tobora tutoqib bormoqda edilar.
Glenarvan xotinini bu avishqa kam pirlarning zahridan qutqarish uchun Kai-Kumuning oldiga bor-di-da, jirkanch alvastilar olomonini ko‘rsatib:
— Haydab yubor bularni, — dedi.
Maorilar boshlig‘i o‘z asiriga tikilib qaradi-yu, javob bermadi, lekin ayyuhannos solayotgan kampir-larga jim bo‘linglar, deb ishora qildi. Glenarvan tashakkur bildirgan bo'lib, boshini sal egib qo‘ydi-da, shoshilmay hamrohlari yoniga qaytdi.
Bu orada pa ichida yuzga yaqin yangi zelandiyalik to‘plandi: ular orasida chollar ham, o‘rta yashar kishilar ham, o'sm irlar ham bor edi. Ulardan ba’zilari qovog‘i soliq, lekin xotirjam holda Kai- Kumuning buyrug'ini kutishar, ba’zilari esa so'nggi janglarda halok bo‘lgan o‘z qarindoshlari yoki do‘stlarining g'amida ko‘z yoshi qilar edilar.
Vilyam Tomsonning chaqirig'i bilan jangga ot-langan maori boshliqlaridan o‘z ko'li sohiliga faqat Kai-Kumu qaytib kelgandi, u yangi zelandiyaliklar Vaykatoning quyi oqimida mag‘lubiyatga uchragani-ni, qo‘zg‘olonning tor-mor keltirilganini o‘z qabilasi-ga hammadan oldin xabar qildi. Uning boshchiligi os-tida o‘z vatanini himoya qilish uchun jangga otlangan ikki yuz jangchidan faqat ellik kishi qaytib keldi. To‘g‘ri, ulardan ba’zilari inglizlarga asir tushib qoldi, ammo jang maydonida yiqilgan jangchilardan qan-chadan-qanchasi yana qaytib turmadi!
Kai- Kumu qaytib kelgandan keyin yerliklarni qamrab oigan cheksiz dilxastalikning sababi ana shu edi. Ular oxirgi jang oqibatidan tamom bexabar edi lar, shuning uchun bu xabar ularning hammasiga yashin urgandek qattiq ta ’sir qildi.
Yowoyilar hammaga ko‘rsatib g‘am chekardilar. Mana hozir ham halok bo‘lgan jangchilarning qarindosh-urug‘lari, ayniqsa ayollar o‘tkir chig‘anoq toshlar bilan yuz va yelkalarini tirnashga tushdilar. Tirqirab chiqayotgan qon ko‘z yoshlari bilan aralashib oqardi. Chuqurroq yaralar g ‘amning kattaligidan darak berardi. Qonga belangan, aqjdan ozayozgan
540
yangi zelandiyalik ayollarga qarab turish dahshatli edi.
Yerliklarning dilxastaligiga yana bir sabab bor edi-ki, bu ularning nazarida katta ahamiyatga ega: uning qarindoshi yoki do‘sti halok bo‘lganidan tashqari, uning suyaklari ham oilaviy qabrga ko‘mil-may qoladi. Bu esa, maorilarning e’tiqo-dicha, u dun-yodagi hayot uchun zarur. Yerliklar udupaga, ya’ni «shon- sharaf makoni»ga odamning chirib ketadigan tanasini emas, balki suyaklarini ko‘madilar, ko'mish-dan oldin ularni hafsala bilan qirib tozalaydilar, par-dozlaydilar, hatto laklaydilar. Qabr tepasiga xuddi m arhumning o‘z tanasida bo'lganidek tatuirovka solingan haykallari o‘rnatiladi. Endi esa ularning qabri bo‘sh qoladi, ko‘mish marosimida qilinadigan urf-odatlar qilinmaydi, o‘ldirilgan jangchilarning suyaklarini esa yowoyi itlar g‘ajib ketadi, yoki ular ko‘milmay jang maydonida qolib ketaveradi.
Ularning g‘ami ana shu sababdan yana ham ortib ketdi. X otinlarning do'qiga yevropaliklar boshiga yog'dirilayotgan erkaklarning la’natlari ham qo'shil-di. Qarg‘ishlar tobora avj olar, do‘qlar borgan sari qat-tiqlashar edi. Baqiriq - chaqiriqlarning ur-kaltakka ay-lanib ketishi ham hech gap emasdi.
Kai-Kumu o‘z qabilasidagi aqldan ozayozgan mu-taassiblarni tiyib qo'yishga ko‘zi yetmadi shekilli, asirlarni paning narigi burchidagi, jar yoqasidagi bir maydonchaga qurilgan ibodatxonaga qamab qo‘yishni buyurdi.
Ibodatxona balandligi yuz fut chiqadigan tog‘ bag‘riga taqab solingan bir kulba edi. Bu muqaddas xonada yerliklarning ruhoniylari — ariklar — yangi zelandiyaliklarga din o'rgatadilar. Keng, hamma yog‘i berk bu kulbada muqaddas qushning haykali tu-rardi.
G‘azabdan esini yeb qo‘yayozgan yerliklarning hatnlasidan o‘zini vaqtincha bexatar sezgan asirlar formium b o‘yralar ustiga cho'zildilar. Holdan toygan va ezilib ketgan Elen erining ko‘kragiga bosh qo‘ydi. Glenarvan uni mahkam quchoqladi.
— Dadil bo‘l, azizim Elen, — deb takrorlardi u. A sirlarni qamab ketishlari bilanoq Robert
Vilsonning yelkasiga mindi-da, har xil tumorlar osib qo‘yilgan devor bilan ship orasidan boshini chiqarib, tashqarini kuzata boshladi.
541
yerdan Kai-Kumu uyigacha bo'lgan yerlar baha-zo‘r ko‘rinib turardi.
— Ular o‘z boshlig'i atrofiga to‘planishdi, — dedi bola, pas tovush bilan. — Qo‘llarini paxsa qilib gapirishyapti... Uvullashyapti... Kai-Kumu allanarsa demoqchi bo‘lyapti...
Robert bir necha minut jim qoldi, keyin yana davom etdi:
— Kai-Kumu allanarsalar deyapti... Yowoyilar tinchlanishdi... Quloq solib turishibdi...
— Maorilar boshlig‘ining bizni himoya qilishidan biror maqsadi borga o'xshaydi, — dedi mayor. — U bizni o‘z qabilasining boshliqlariga ayirbosh qil-
moqchi. Lekin jangchilar bunga rozi bo'lisharmikan?
— Ha, — dedi bola, yana tovush berib, — ular boshliqqa bo‘ysundilar... tarqab ketishyapti...
Ba’zilari o‘z chaylalariga kirib ketishyapti... Ba’zilari qal’adan chiqib ketishdi...
— Rostdanmi? — deb so‘radi mayor.
— Rost, mister Mak-Nabbs, — deb javob berdi Robert, — Kai-Kumuning yonida faqat biz bilan qa-yiqda kelgan jangchilar qolishdi... Ana, bittasi biz-ning kulbaga kelyapti...
— Tush pastga, Robert, — dedi Glenarvan.
Shu payt Elen qaddini rostlab, erining qo'lidan ushladi.
— Eduard, — dedi u, qat’iy qilib, — men ham, Meri Grant ham bu yowoyilar qo‘liga tirik tush-masligimiz kerak!
U shunday deb, Glenarvanning qo‘liga o‘qlangan
to ‘pponcha tutqazdi. Shodlikdan Glenarvanning ko‘zlari chaqnab ketdi.
— To‘pponcha! — deb yubordi u.
— Ha! Maorilar asir ayollarni tintishmas ekan. Lekin bu to‘pponchani ularga qarshi ishlatish uchun berganim yo‘q. U bizning o‘limimizga xizmat qilishi kerak, Eduard.
— Berkiting to'pponchani, Glenarvan, — dedi shoshib Mak-Nabbs. — Hali vaqti bor.
Eduard to‘pponchani kiyimi ostiga yashirib qo‘ydi. Kulbaning eshigi o‘rniga tutib qo‘yilgan bordon ochilib, bir yerlik kishi kirdi-da, asirlarga orqamdan
yuringlar, deb ishora qildi.
Glenarvan bilan hamrohlari bir-birlariga yaqin
542
yurib, pa maydonidan o‘tdilar va Kai-Kumu qarshisi-da to'xtadilar.
Boshliqning atrofida uning qabilasidagi eng ko‘zga ko‘ringan jangchilar to ‘plangan edilar. Ular orasida Poxayvena soyi Yaykatoga quyiladigan yerda Kai-Kumuga qo‘shilgan maori turardi. U qirqlarga borgan, baquw at, qovog‘i soliq, qahrli bir kishi edi. Uning ismi Kara-Tete bo‘lib, bu yangi zelandiyaliklar tilida «qahri qattiq» degan ma’noni bildiradi. Nozik tatuirovkasiga qaraganda, u o‘z qabilasida darajasi baland odam edi, hatto Kai -Kumu ham unga bir qadar hurmat ko‘rsatardi. Lekin tuzukroq zehn solib qara-gan odam bu ikkala boshliq o‘rtasida raqobat borligi-ni sezgan bo‘lardi. Kara -Tetening obro'si balandligi Kai-Kumuning g ‘ashini keltirayotgani mayorning nazaridan qochmadi. Ularning ikkalasi ham Vaykato sohilida yashaydigan katta -katta qabilalarning boshi-da turishar, ikkalasi ham bir xil huquqqa ega edi. Kai-Kumu o‘z o‘rtog‘i bilan gaplashayotganda lablari kulib tursa ham, ko‘zlarida cheksiz adovat o‘tlari chaqnardi.
Kai-Kumu Glenarvanni tergov qila boshladi.
— Sen inglizmisan? — deb so'radi u.
— Ha, — deb javob berdi Glenarvan, u o‘zini ing-liz deb tanitsa, ayirboshlash ishi yengillashadi deb o'ylagan edi.
— 0 ‘rtoqlaringchi? — deb tergovni davom ettirdi Kai-Kumu.
— 0 ‘rtoqlarim ham xuddi menga o‘xshash ingliz-lar. Biz kema halokatiga uchragan sayohatchilarimiz. Agar seni qiziqtirsa, shuni ham aytib qo‘yay> bizning birontamiz ham urushda qanashganimiz yo‘q.
— Buning ahamiyati yo‘q! — deb dag‘allik bilan uning so‘zini bo‘ldi Kara-Tete. — Har bir ingliz biz ning dushmanimiz. Sening vatandoshlaring bizning orolni kuch bilan bosib oldilar! Ular bizning yerlari-mizni o‘ziniki qilib oldilar! Qishloqlarimizga o‘t qo‘ydilar!
— To‘g ‘ri qilmabdilar, — dedi Glenarvan jid-diy. — Men buni sening qo'lingda bo'lganim uchun aytayotganim yo‘q, o'zim shunday deb o‘ylaganim uchun aytyapman.
— Quloq sol, — deb davom etdi Kai-Kumu: — bizning Nui-Atua xudomizning oliy darajali ru-honiysi Togonga sening birodarlaring qo'liga tushib
Do'stlaringiz bilan baham: |