543
À
qoldi — u hozir pakekaslarning1 asiri. Xudo uni qutqarishimizni talab qiladi. Men sening yuragingni sug‘urib olishni istar edim, sening kallang bilan o'rtoqlaring kallasi doim shu qal’a devorlariga san-chilib turishini istar edim ... lekin Nui-Atua amr qildi!
Shu so'zlarni aytar ekan, hozirgacha o'zini tutib turgan Kai- Kumu g'azabdan titrab ketdi, basharasi-dan cheksiz qahr-g‘azab aks etdi. Bir necha minutdan so‘ng u yana tilga kirdi.
— 0 ‘zing nima deysan shunga, inglizlaring seni bizning Togonga bilan ayirbosh qilishga rozi bo‘ladi-larmi?
Glenarvan bunga darhol javob bermadi; u inda-may turar, maorilar boshlig'ini diqqat bilan ko'zdan kechirardi.
— Bilmadim, — dedi u, nihoyat.
— Javob ber, — deb davom etdi Kai-Kumu: — sening joning bizning Togonganing joniga arziydimi-yo‘qmi?
— Arzimaydi, — deb javob berdi Glenarvan: — men o‘z vatanimda boshliq ham, ruhoniy ham emas-man.
Bu javobdan ajablangan Paganel Glenarvanga juda hay ron bo‘lib qaradi.
Aftidan, Kai-Kumu ham hayron bo'lib qolgan edi.
— Demak, sen bunga shubha qilasan shunday-mi? — deb so‘radi u.
— Bilmadim, — deb takrorladi Glenarvan.
— Demak, inglizlaring seni bizning Togonga bilan ayirbosh qilishga rozi bo'lmaydilar?
— Mening bir o‘zimga ayirbosh qilmaydilar, ham-mamizga ayirbosh qilsalar ehtimol.
— Biz, maorilar kishini boshma-bosh ayirbosh qilib o‘rganganmiz.
— Bo‘lmasa, mana bu ikki ayolni o‘sha ruhoniyga ayirbosh qilishdan boshla, — deb taklif qildi Glenarvan, Elen bilan Meri Grantni ko‘rsatib.
Elen eri tomonga otilmoqchi bo‘ldi-yu, lekin mayor uni to'xtatib qoldi.
— Bu ikkala ayolning, — deb davom etdi Glenarvan, Elen bilan Meri Grant oldida hurm at bilan bosh egib, — o‘z mamlakatida hurmat e’tibori juda bal and.
1Pakekas — yevropalik.
544
Boshliq o‘z asiriga sovuqqina qarab qo‘ydi. Lablarida achchiq zaharxanda ko‘rindi, lekin u g‘az-abini bosdi va o‘zini zo‘rg ‘a tiyib turib javob berdi:
— Sen Kai-Kumuni yolg‘on gaplar bilan aldamo-qchi bo‘lyapsanmi hali, la’nati yevropalik? Sen Kai-Kumu odamlarning qalbini o ‘qiy olmaydi deb o‘ylaysanmi? — Boshliq Elenni ko'rsatdi: — Anovi sening xotining-ku!
—Yo‘q, mening xotinim, — deb qichqirdi Kara-Tete va boshqa asirlarni nari turtib, Elenning yelkasi-ga qo‘lini qo‘ydi.
Elen bundan oppoq oqarib ketdi.
— Eduard! — qichqirdi Elen qo'rquvdan o'takasi yorilib.
Glenarvan indamay qo‘lini ko‘tardi. 0 ‘q tovushi yangradi. Kara-Tere o‘lik holda yerga quladi.
0 ‘q tovushini eshitib, chaylalardan juda ko‘p yer-liklar chopib chiqdilar, pa maydonchasi birpasda odamga liq to ‘ldi. Bechora asirlar tomonga yuzlarcha qo‘llar cho'zildi. Glenarvanning qo‘lidan to'ppon-chani bir zumda yulib oldilar. Kai-Kumu unga g ‘alati qilib bir qarab qo‘ydi. Keyin bir qo‘li bilan qotilni to‘sib, ikkinchi qo‘lini yuqoriga ko‘tardi-da, «la’nati pakekas» ustiga otilmoqchi bo‘lib turgan olomonni to‘xtatdi.
Uning baland ovozi shovqin-suronni bosib tushdi:
— Tabu! Tabu!
Bu so‘zni eshitgan yerliklar olomoni go‘yo bir g'ayri-tabiiy kuch to‘xtatib qolganday Glenarvan bi lan uning hamrohlari qarshisida taqqa to‘xtab qoldi.
Bir necha minutdan keyin asirlarni yana o‘sha tu r ma vazifasini bajargan ibodatxonaga qamab qo'ydilr. Ammo ular ichida na Robert, na Paganel bor edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |