Y i g i r m a i k k i n ch i b o b
JAK PAGANELNING OXIRGI PARIShONLIGI
18-martda, «Dunkan»ning Tabor orolidan jo‘nab ketganidan o‘n bir kun keyin, Amerika sohillari ko‘rindi, ertasiga esa kema Talkaguano ko‘rfazida langar tashladi.
Kema bu yerga besh oylik safardan qaytib keldi, bu safar vaqtida sayohatchilarimiz o‘ttiz yettinchi paral-leldan sira og‘ishmay, butun yer sharini aylanib chiqdilar. Sayohatchilar Klubi yilnomalariga yozil-maydigan bu ajoyib sayohat ishtirokchilari Chilida bo'ldilar, pampaslardan, Argentina respublikasidan o‘tdilar. Atlantik okeanda, Tristan-da-Kunya orollari-da, Hindu okeanida, Amsterdam orollarida, Avstra-liyada, Yangi Zelandiyada, Tabor orolida va Tinch okeanda sayohat qildilar. Lekin ularning mehnatlari zoye ketmadi: ular «Britaniya»da halokatga uchragan dengizchilarni qutqarib, o‘z vatanlariga olib kelmoqda edilar.
Glenarvanning chaqirig‘iga javoban ekspeditsiya-ga chiqqan shotlandiyaliklardan birontasi ham halok bo‘lmadi. Ularning hammasi o‘z ko'hna Shotlandiya-lariga sog‘-salomat qaytib kelmoqda edilar. Bu eks-peditsiya qadim zamonlarda «ko‘z yoshsiz janglar» deb atalgan janglarga o‘xshab ketardi.
«Dunkan» yoqilg‘i g'amlab olib, Patagonya sohili bo‘ylab yo‘lga tushdi-da, Gorn burunini aylanib o‘tib, Atlantik okeaniga chiqdi.
Bironta ham safar bunday yaxshi sharoitda o‘tma-gan bo‘lsa kerak. Kema limmo-lim baxt to‘ladek tuyu-lar, endi unda bironta ham sir qolmagan edi. Jon Manglsning Meri Grantga bo'lgan muhabbatidan tort-ib, hammasi ochiq-ravshan.
Yo‘g‘-e, sira tushinib bo'lmaydigan yana bir sir bor edi, o‘sha sir Mak-Nabbsga sira tinchlik bermas-di. Nima uchun Paganel doim kiyimlarining hamma tugmalarini solib, sharfini qulog'igacha yetkazib o‘rab yurdi? Mayor bu g'alati odatning sababini tezroq bilgisi kelardi.
Shuni ham aytish kerakki, Mak-Nabbsning shun-chalik surishtirishiga, imo-ishoralariga, shubha qil-ishiga qaramay, Paganel tugmalarini biron marta yechmadi. Ha, u tugmasini «Dunkan» ekvatordan o‘tayotgan, paluba taxtalari orasiga surib qo‘yilgan mum ellik gradusli issiqda erib ketganda ham yech madi.
— U shunday parishonki, o‘zini Peterburgda deb o‘ylaydi, — der edi mayor, Paganelning havo hatto termometr simobi ham muzlab qoladigan darajada sovuqdek keng plashchiga o'ralib yurishini ko‘-rib.
Nihoyat, to‘qqizinchi may kuni, Talkaguano ko'rfazidan yo‘lga chiqqanlariga ellik uch kun bo‘ldi deganda, Jon Mangls Klir buruni chiroqlarini ko‘rdi. Kema avliyo Georg kanaliga kirdi, Irland dengizidan o‘tdi-da 10-mayda Klayd ko‘rfaziga yetib qoldi. Ertalab soat o‘n birda «Dunkan» Dumbartonda langar tashladi, kechasi soat ikkida esa, yo‘lovchilar tog'lik-larning «ura» sadolari ostida Malkolm qasriga kirib bordilar.
Garri Grant bilan uning ikki o‘rtog‘i xalos etilishi, Meri Grant bilan Jon Manglsning qadimiy avliyo Mungo soborida nikoh qilinishi, Robertning Garri Grant va Jon Mangls singari mard dengizchi bo‘lib yetishishi, shuningdek ular bilan birga, Glenar-vanning yordami bilan, kapitan Grant planini amalga oshirish ustida ishlashi taqdir ekan. Lekin Paganelning dunyodan toq o‘tishi ham taqdirdan edi-mi? Yo‘q, unday bo‘lmasa kerak.
Haqiqatan ham, olimimiz shunday qahramonliklar ko‘rsatib, dong taratib qolaverishi mumkin emasdi. Uning parishonligi Shotlandiya aristokratlari orasida juda mashhur bo‘lib ketdi. Geografiya olimini bir-bir-
laridan talashib, mehmondorchilikka aytar, u esa hamma aytilgan yerlarga borib ulgurolmasdi.
Ana shunda mayor Mak-Nabbsning xolavachchasi bo'lmish o‘ttizlarga kirgan, juda sho‘x, lekin soddadil, hali ancha chiroyli bir ayol tentak geografni yaxshi ko‘rib qoldi-da, unga o‘z yuragini topshirdi. Uning bir million mablag‘i bor edi, lekin bu to‘g‘rida hech kim hech narsa demadi.
Paganel miss Arabellaning nozik tuyg'ulariga be-farq qaramas, lekin buni o‘zi ochiq aytolmasdi.
Biri-biri uchun yaratilgan bu ikki qalb o‘rtasida mayor turdi. U hatto Paganelning uylanishi geo grafiya olimi yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan «oxirgi parishonlik» bo‘lishini aytdi.
Lekin afsus! Paganel shoshib qolganidan hech narsa deyolmas edi.
— Nahotki, miss Arabella yoqmasa sizga? — deb so'radi Mak-Nabbs.
— Nimalar deyapsiz, mayor! U juda chiroyli, — der edi Paganel, — haddan tashqari chiroyli! To‘g‘risini aytsam, miss Arabella bundan ko‘ra biroz xunukroq bo'lganda, yana ham yaxshiroq bo'lardi. Men uning juda bo'lmasa bitta kamchiligini topishni istardim!
— Xotirjam bo'ling, — deb javob berardi mayor, — kamchiliklari topiladi, topilganda ham an-chagina topiladi. Eng to‘kis ayolning ham o‘ziga yarasha kamchiliklari bo‘ladi. Demak, Paganel, ish pishdi deyaveramizmi?
— Nima deyishimni ham bilolmay qoldim, — deb javob beradi Paganel.
— Ayta qolsangizchi axir, olim do‘stim, nega bun-cha ikkilanasiz?
— Men miss Arabellaga loyiq emasman, — deb javob berardi geografiya olimi doim.
U shu gapidan sira qaytmadi.
Nihoyat bir kun mayor geografiya olimini shunday qistoqqa oldiki, u juda qat’iy sir saqlashni o‘tinib, mayorga bir g‘alati sirni ochdi, bu bir kun kelib, politsiyaga olimimizning belgilari kerak bo‘lib qolsa, juda ham yaxshi xizmat qiladigan sir edi.
— Rostdanmi! — deb yubordi mayor.
— Ha, rost, — deb javob berdi Paganel.
— Lekin buning nima ahamiyati bor, olijanob do'stim?
— Siz shunday deb o'ylamaysizmi?
— Aksincha, bu bilan siz yana ham boshqacharoq odam bo‘libsiz. Bu sizning shaxsiy fazilatlaringizga qo'shimcha bo‘libdi. Bu sizni boshqa odamlardan yana ham ajratib turadigan bir belgi bo'libdi. Arabella xud-di ana shunaqangi odamga tegish to‘g‘risida orzu qilib yurardi.
Mayor shunday dedi-yu, pinagini ham buzmay, jiddiy qiyofada chiqib ketdi, Paganel esa g‘oyat havotirlikda qoldi.
Mak-Nabbs bilan Arabella o‘rtasida qisqagina suh-bat bo‘ldi.
Ikki haftadan keyin Malkolm qasrida Jak Paganel bilan miss Arabellaning to‘yi dabdaba bilan o‘tkazildi. Kuyovga qarab ko‘zingiz quvnardi, lekin u butun tugmalarini solib oigan, kelin esa, juda chiroyli edi.
Agar mayor Paganelning sirini Glenarvanga, Glenarvan esa Elenga so‘zlab bermaganida, Elen esa o‘z navbatida buni missis Manglsga xabar qilmagani-da Paganelning sirini hech kim bilmagan bo‘lardi. Qisqasi, bu sir missis Olbinetgacha borib yetdi shun-dan so‘ng esa hammaga oshkor bo'ldi.
Paganel maorilar qo‘lida uch kun asirlikda bo'lganda, tatuirovka qilingan — oyog‘idan yelkasi-gacha rasm solingan, ko‘kragiga qanotlarini keng yozib va tumshug'i bilan uning yuragini cho'qib tur gan katta kivi qushining surati tushirilgandi.
Paganelning ana shu, faqat ana shu sarguzashti-gina uni juda katta qayg‘uga soldi. U yangi ze-landiyaliklarning bu qilmishlarini sira ham kechira olmaydi. Olim juda ko‘p martalar chaqirishlariga qaramay, o‘z vatani Fransiyaga qaytib bormadi, lekin bunga juda achinar edi. U o‘zi sekretar bo‘lgan ge ografiya jamiyati karikaturachilari va gazeta askiya-bozlarining kulgisi ostida qolmasam edi deb, andisha qilardi.
Kapitan Grantning vataniga qaytib kelishini shot-landiyaliklar umumxalq ahamiyatiga ega bo‘lgan hodisadek bayram qildilar. Garri Grant butun qadimiy Kaledoniyada juda mashhur odam bo'lib qol di. Uning o‘g‘li Robert otasiga va kapitan Jon Manglsga o‘xshagan dengizchi bo‘lib yetishdi, hozir u Glenarvan homiyligi ostida otasining Tinch okeanda-gi orollarda Shotlandiya koloniyasi tashkil qilish planlarini amalga oshirish ustida ishlamoqda.
JAHON SARGUZASHT ADABIYOTI
JYUL VERN
KAPITAN GRANT BOLALARI
Rom an
Toshkent
«Sharq» nashriyot-matbaa
aksiyadorlik kompaniyasi
Bosh tahririyati
2004
Muharrir B. Eshpo'latov
Badiiy muharrir M. Samoylov
Texnik muharrir D. Gabdraxmanova
Musahhih J. Toirova
Diopozitivdan bosishga ruxsat etildi 02.12.04. Bichimi 84x108 /32. Ofset bosma. «Shkolnaya» garni-turasi. Shartli bosma tabog‘i 33,6. Nashr bosma tabog‘i 36,7. Adadi 5.000 nusxa. Buyurtma № 938. Bahosi keli-shuv asosida.
«Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosmaxonasi. 700083, Toshkent shahri, Buyuk Turon ko‘chasi, 41.
Vern, Jyul.
Kapitan Grant bolalari. Roman. / «Jahon sargu-zasht adabiyoti» turkumi. S.Muhammadjonov tarjimasi
So'zboshi: Tohir Malik /// Tahrir hay’ati: Bobur Alimov va boshq./ — T.: «Sharq», 2004. — 640 bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |