Аплв1тот1 Jill. V b tk kaffTAlv grant bulalari


Okean to'lqinlarini soatiga o‘n olti uzel tezlik bi-



Download 0,7 Mb.
bet325/327
Sana25.09.2021
Hajmi0,7 Mb.
#185471
1   ...   319   320   321   322   323   324   325   326   327
Bog'liq
Kapitan Grant bolalari

Okean to'lqinlarini soatiga o‘n olti uzel tezlik bi-


616

Ian yorib borayotgan kema bu vaqt oroldan hali o‘ttiz mil berida edi. Orol qiyofasi sekin-asta ko'rina bosh-ladi. Botib borayotgan quyosh fonida orolning qorasi aniq ko'rinib turardi. U yer-bu yerda quyosh nurlari ostida tovlanib, uncha baland bo‘lmagan tepalar ko‘zga tashlanardi.
Soat beshda, Jon Manglsning nazarida, oroldan bilinar-bilinmas tutun ko‘tarilayotgandek tuyuldi.
— Nima u, vulqon emasmi? — deb so'radi yosh kapitan Paganeldan.
Geografiya olimi o‘zining uzun durbini bilan orol-ga qarab turardi.
— Nima deyishimni ham bilmay qoldim, — deb javob qildi u. — Bu orol kam tekshirilgan, lekin un-ing vulqon ta’sirida yuzaga kelgan bo‘lishi ham ajab emas, albatta.
— Agar uni vulqon yaratgan bo‘lsa, yana o‘sha vulqonning o‘zi uni yemirib tashlashi mumkin emas­ mi, axir? — deb so‘radi Glenarvan.
— Bunday bo'lishi ehtimoldan uzoq, — dedi Paganel. — Orolning mustahkamligiga uning bir necha asrdan beri mavjudligi guvoh bo‘la oladi. 0 ‘rta dengizda paydo bo‘lgan Juliya orolini olsak, bu boshqa masala; u paydo bo'lgandan bir necha oy keyin tamom yo‘q bo‘lib ketdi.
— Xo‘p, — dedi Glenarvan. — Siz nima deb o‘ylaysiz Jon, qorong‘u tushguncha orolga yetib bora olamizmi?
— Yo‘q, ser. Qorong'uda notanish sohilga yaqin olib borib, kemani xavf ostiga qo‘ya olmayman. Men ertalabgacha orol yonida qisqa masofada u yoq-bu yoqqa qatnab turaman, ertaga tong otarda esa, unga qayiq yuboramiz.
Kechqurun soat sakkizda kemadan nihoyati besh mil masofada bo'lgan Mariya-Tereziya oroli dunyon-ing bir chetida qolib ketgan, ko'zga sal-pal chalinadi-gan bir soyadek ko‘rinib turardi.
Soat to‘qqizda orolda ancha yorug* bir o‘t lovul-lab ko‘rindi. U bir tekis yonib turar, qimirlamasdi.
— Ana shu o‘tga qaraganda u yerda vulqon borga o‘xshaydi, — dedi Paganel, uzoqqa diqqat bilan tikilib qarar ekan.
— Lekin u yerda vulqon otilayotgan bo'lsa, bun­ day yaqin masofada biz uning guldurashini eshitgan bo‘lardik, — dedi Jon Mangls, — sharqdan esayotgan

617


shamol ham hech qanday shovqin olib kelayotgani yo‘q.
— To‘g‘ri, haqiqatan ham vulqon yaltillab ko‘rinyapti-yu, lekin ovozi eshitilmaydi, — deb uning so‘ziga qo‘shilishdi Paganel. — Buning ustiga, menimcha, o‘t mayoq singari o‘chib yonayotganga ham o‘xshaydi.
— To‘g‘ri, aytdingiz, — dedi Jon. — Vaholanki bu yerlarda mayoq yo‘q. Ha-a! — dedi u. — Ana — shun-day sohil bo‘yida yana bir o‘t paydo bo'ldi. Qarang! Qimirlayapti! Joyini o‘zgartiryapti!
Jon yanglishmagan edi. Rostdan ham, orolda yana bir o‘t paydo bo'ldi. U bir o‘chib, bir yonib ko'rinar edi.
— Demak, orolda odam yashar ekan-da? — deb so‘radi Glenarvan.
— Aftidan, yowoyilar yashasa kerak, — deb javob berdi Paganel.
— Unda biz botsmanni bu yerga tushirib ketol-maymiz.
— Yo‘q, albatta, — deb gapga aralashdi mayor, — bu yowoyilar uchun ham juda yomon sovg'a bo‘lur edi.
— Bo‘lmasa biz boshqa biror odam yashamaydigan orol topamiz, — dedi Glenarvan. — Men Ayrtonga sog‘-salomat bo‘lasan deb va’da qilganman, so'zimn-ing ustidan chiqmasam bo‘lmaydi.
— Har holda, biz ehtiyot bo‘lishimiz kerak, — de­ di Paganel: — yangi zelandiyaliklarning, bir vaqtlar Kornuel orollarida yashagan odamlar singari, sohilga kemalarni o‘t yoqib o‘chirib chaqirib oladigan vahshiyona odatlari bor. Mariya-Tereziya orolining aholisi ham bu odatni biladiganga o‘xshaydi.
— Sohildan chorak mil berida yur! — deb qichqir-da Jon Mangls, rulda turgan matrosga. — Ertaga er-talab nima gap ekanini bilamiz.
Soat o‘n birda Jon Mangls va yo‘lovchilar o‘z kayutalariga tarqalib ketdilar. Kemaning bak qismida navbatchi matroslar yurishar, quyruq qismida esa rul oldida turgan matrosdan boshqa hech kim yo‘q edi.
Shu vaqt Meri Grant bilan Robert yutga chiqdilar. Kapitan Grantning bolalari kema panjarasiga suyanib, fosfor yorug‘i miltillab yotgan dengizga va «Dunkan» orqasida yarqillab ko'rinayotgan kema iziga g'amgin qarab turar edilar. Meri Robertning ke-

618


lajagi haqida, Robert esa opasining kelajagi haqida o'ylar edi. Ikkalasi ham otasi to‘g‘risida o'ylashardi. Sevikli otalari hayotmikin? Nahotki, uni ko'rish umi-didan voz kechishga to‘g‘ri kelsa? Yo‘q, usiz qanday qilib yashaydilar? Ularning holi nima kechadi? Glenarvan bilan xotini bo‘lmasa, ularning holi hozir nima kechgan bo‘lardi?
G‘am bolani yoshiga nomunosib darajada ulg‘aytirdi. U opasining miyasidan qanday fikrlar o‘tayotganini tushunardi.
— Meri, — dedi u, opasining qo‘lidan ushlab, — hech umidsizlikka tushma. Otam nima deb o‘rgatar edi, esingdami? «Dunyoda har narsani ham mardlik yengadi» derdi u. Kel, biz ham otam singari mard va so‘zimizdan qaytmaydigan bo'lamiz, — bu har qanday to'siqlarni yengish uchun unga quw at berardi. Shu vaqtgacha, opa, sen men uchun ishlading, endi esa, navbati bilan, sen uchun men ishlayman.

— Ukajonim!.. — dedi qiz.


— Meri, men senga bir narsa demoqchiman. Jahling chiqmaydi-a?

— Nega jahlim chiqar ekan, ukam!


— Demak, o‘ylab qo'ygan ishimni qilishga ruxsat berasan, shundaymi?
— Nima demoqchi eding? — deb so'radi, Meri, xavotirlanib.

— Opajon! Men dengizchi bo'lmoqchiman...


— Meni tashlab ketmoqchisan? — deb yubordi Meri ukasining qo‘lini qisib.
— Ha, opa, men otam singari, kapitan Jon singari dengizchi bo‘laman! Meri, opajonim Meri, axir kapi­ tan Jon otamni qidirib topishdan umidini uzgani yo‘q-ku. Uning sadoqatiga men singari sen ham is-honaver. Jon meni ajoyib, mohir dengizchi qilib yetishtirmoqchi, ungacha esa biz u bilan otamni qidirishni davom etdiramiz. Roziman deya qol, jon opa. Otam biz uchun qilishi muqarrar bo'lgan ishni biz, ayniqsa men uning uchun qilishimiz kerak. Endi mening maqsadim bitta: u ham bo‘lsa, dunyoda sog‘ omon bor bo‘lsa, hech vaqt bizni tashlab qo‘ymasligi aniq bo‘lgan otamni qidirish, sira hormay qidirishdir. Meri, opajon, otam qanday mehribon edi-ya!
— Qanday olijanob, qanday ajoyib edi u! — deb qo‘shib qo‘ydi Meri. — Bilasanmi, Robert, u bilan vatanimiz faxrlanardi, taqdir faoliyatini uzib qo‘yma-

619


ganda u vatanimizning ulug‘ kishilari orasidan joy oi­ gan bo‘lardi.
— Bo‘lganda qandoq! — deb qichqirdi Robert. Meri ukasini ko‘ksiga bosdi, shunda bola opasining
ko‘z yoshlari o‘z peshonasiga tomchilab tushayotgani-ni sezdi.
— Meri! Meri! — deb qichqirdi u. — Do‘stlari-miz nima desalar ham, qanchalik sukut qilsalar ham men hali umidimni uzganim yo‘q, uzmayman ham! Bizning otamizdek odam o‘z vazifasini bajarmasdan o‘lmaydi!
Meri Grant hech narsa deyolmadi: u ho'ngrab yig‘lardi. Qiz Garri Grantni yana qidirishni boshlash to‘g‘risidagi fikrdan va yosh kapitanning mislsiz sadoqatidan juda hayajonlanib ketgan edi.
— Demak, mister Jon hali ham umid qilar ekan-da, — deb so‘radi u.
— Ha, — dedi Robert. — U bizni hech vaqt yolg‘iz tashlab ketmaydigan akamizday bo'lib qoldi. Opa, men dengizchi bo‘laman-a, u bilan otamni birga qidi-raman, shundaymi? Rozimisan?
— Rozi bo'lmay ilojim bormi! Lekin ajralish... — deb shivirladi qiz.
— Sen yolg'iz qolmaysan, Meri. Bilaman, buni menga do‘stim Jon aytdi. Missis Glenarvan seni hech qayerga ketqizmaydi. Sen ayol kishisan-ku, axir, opa, shuning uchun buni rad qilmaysan, bunday qilmaslig-ing ham kerak. Bu ko‘rnamaklik bo‘ladi. Erkaklar esa o‘z taqdirini o‘zi yaratishi kerak — bu gapni otam ju ­ da ko‘p takrorlar edi.
— Unda Dendidagi uyimiz nima bo‘ladi? Axir u yerda ajoyib hayot kechirgan edik!

— Biz uni saqlab qolamiz, opajon! Hammasi o'ylab


q o 'y i lg a n , do‘stimiz Jon bilan mister Glenarvan yaxshilab o‘ylab qo‘yganlar. Sen Malkolm qasrida mister Glenarvan bilan missis Glenarvan huzurida ularning qizidek yashaysan. Buni do‘stim Jonga un-ing o‘zi aytibdi, u esa menga aytdi. Sen ularnikida o‘zingni xuddi o‘z uyingdagidek his qilasan, otamiz to‘g‘risida gaplashib turadigan odamlar ham bo'ladi. Vaqti kelib, ajoyib kunlarning birida biz uning o‘zini topib kelamiz. Eh! Juda ajoyib kun bo‘ladi-da u! — de-di o'zida yo‘q xursand Robert.
— Ukajonim, agar bu so'zlaringni otam eshitsa, qanday xursand bo‘lar edi-ya! — dedi Meri. — Xuddi

620


otamning o‘zisan-a, Robert, aziz otamning xuddi o‘zi bo‘libsan!

— 0 Meri!.. — dedi o‘g‘illik g‘ururi bilan bola.


— Lekin mister va missis Glenarvanlarning yaxshiligini biz qanday qaytaramiz? — dedi Meri.
— O, bu oson narsa! — dedi bolalarga xos ishonch bilan Robert. — Biz ularni sevamiz, izzat-hurmat qi-lamiz, ularga shu to‘g‘rida gapiramiz, qattiq-qattiq o‘pamiz, zarur bo‘lib qolsa, ular uchun jonimizni qur-bon qilamiz.
— Yo‘q, yaxshisi ular uchun yasha! — dedi qiz, ukasini o‘pib. — Ularga shunisi ma’qulroq, menga ham.
Kapitan Grant bolalari jim bo'lishdi. Ular xa-yollarga berilib, bir-birlariga qarab turishardi. Fikran ular hali ham yuqoridagi suhbatni davom ettirishar, bir-birlariga savol berishar, javob qaytarishardi. Atrofda dengiz yaslanib yotar, qorong‘ulikda kema vinti ko'pirtirgan suv yaltillab ko‘rinardi.
Shunda birdan g'alati bir hodisa yuz berdi. Opa-ukaning qulog‘iga bir vaqtda goh qorayib, goh yaltil­ lab ko‘rinayotgan to‘lqinlar orasidan allakimning baqirgan ovozi eshitilgandek bo‘ldi, o‘tkir, g‘am aks etgan tovush ularning yurak-yuragiga borib yetdi.
— Yordam beringlar! Yordam beringlar! — deb qichqirardi birov.
— Meri, eshitdingmi, eshitdingmi deyapman? — deb so‘radi Robert.
Ular kema panjarasi ustiga egilib, qorong'ulikka tikildilar. Atrofni poyonsiz zulmat qoplab yotar, hech nima ko'rinmasdi.
— Robert, — deya oldi zo‘rg‘a hayajondan rangi oqarib ketgan Meri, — mening nazarimda... xuddi senga eshitilganday... Ikkalamiz dovdirayapmiz, Robert, ukam...
Lekin yordamga chaqirgan tovush yana eshitildi, bu safar illyuziya shunday kuchli ediki, opa-uka ikkalasi baravariga:

— Otam! Otam! — deb yubordilar.


Bu Meriga ortiqchalik qildi. Juda hayajonlanib ketgan qiz hushini yo'qotib, ukasining qo‘liga yiqildi.
— Yordam beringlar! — deb qichqirdi Robert. — Opa! Ota!.. Yordam beringlar!..
Rul oldida navbatchilikda turgan matros o‘zidan ketib qolgan qizga yordamga otildi. Navbatchilik qi-


621

layotgan boshqa matroslar ham yugurib kelishdi, shovqindan uyg‘onib ketgan Jon Mangls, Elen, Glenarvan yetib keldilar.
— Opam o‘lyapti, otam esa anavi tomonda! — deb baqirdi Robert, to‘lqinlar tomonni ko‘rsatib.

Lekin nima gapligini hech kim tushunmadi.


— Rost, rost, — deb takrorlar edi bola, — otam o‘sha yerda! Ovozini o'zim eshitdim, opam ham eshit-di...
Shu payt Meri o‘ziga keldi va miyasini yo‘qotib, es-xushidan adashgan holda u ham:

— Otam! Otam o‘sha yerda! — deb qichqirdi.


Qiz pan jara ustiga engashib, o‘zini dengizga tash-lashga urinardi.
— Aytyapman-ku sizga, otam o‘sha yerda! — deb takrorlar edi u, qo‘llarini qisib. — Ishonaveringlar, ovozini eshitdim! Uning ovozi to'lqinlar orasidan shikoyatdek, oxirgi vidolashuvdek eshitildi...
Bechora qiz tamom esidan og‘ib qolgandi. Uni kayutaga olib ketishga majbur bo‘ldilar. Elen ham yordam berish uchun uning kayutasiga kirdi.
Robert esa ha deb:
— Otam! Otam o‘sha yerda! Bunga ishonaman, ser! — deb takrorlar edi.
Bu og‘ir ahvolning guvohi bo‘lgan kishilar niho-yat kapitan Grant bolalariga bir narsa eshitilganini tushundilar. Lekin ularga shunday tuyulganini qan-day qilib tushuntirib bo'lardi?
Glenarvan buni tushuntirmoqchi bo‘ldi. Robertning qo'lidan ushlab:
— Otangning ovozini eshitdingmi, o‘g‘lim? — deb so'radi u.
— Ha, ser. To'lqinlar ichidan baqirganini eshit­ dim. U: «Yordam beringlar! Yordam beringlar!» deb qichqirdi.
— Ovozini ham tanidingmi?
— Nega tanimas ekanman? Albatta tanidim, qasam ichaman bunga! Opam ham men singari uning ovozini eshitdi, u ham tanidi. Nahotki, ikkalamiz ham yanglishgan bo‘lsak? Ser, otamga yordam qilay-lik! Qayiq tushiring! Qayiq!
Glenarvan bolani gapidan qaytarib bo‘lmasligiga ishondi. Shunday bo‘lsa ham u bunga yana bir urinib ko‘rmoqchi bo‘ldi-da, rul oldida turgan matrosni chaqirdi.

622


— Gaukins, — dedi Glenarvan, — bu g‘alati voqia miss Grantni shunday hayron qoldirganda, siz rul ol-dida edingizmi?
— Ha, — deb javob berdi Gaukins.
— Lekin siz hech narsa ko'rmadingiz, eshit-ganingiz ham yo‘q, shundaymi?

— Hech narsa eshitganim yo‘q.

— Ana, ko‘rdingmi, Robert!
— Agar u o‘z otasi bo‘lsa, Gaukins hech narsa eshitganim yo‘q demasdi! — deb qichqirdi bola, bat-tarroq. — U mening otam, ser, otam, otam!
Robert jim bo'lib qoldi. Rangi quv o'chib ketgan va holsizlangan Robert ham o‘zidan ketgan edi. Glenar­ van uni kayutadagi o‘rniga olib borib yotqizishni buyurdi, keyin bolaning bunday qattiq xayajonga tush-ganidan qiynalib, og‘ir xayolga botdi.
— Bechora yetimlar, — dedi Jon Mangls, — qan-day og‘ir kunga qoldilar!
— Ha, — dedi Glanarvan, — ularning g‘ami juda og‘ir, shuning uchun ham ikkalasiga baravar otasi-ning tovushi eshitilgan.
— Ikkalasiga-ya? — deb shivirladi Paganel. — Qiziq! Bunday bo'lishini fan e’tirof etmaydi.
Keyin geografiya olimi kema panjarasi osha en-gashib atrofida turgan odamlarga jim turinglar de-gandek qilib qo‘l ko‘tardi-da, diqqat bilan quloq sola boshladi. Atrof jim jit. Paganel dengizda birov bormikin degandek ovozining boricha qichqirdi, lekin javob bo'lmadi.
— Qiziq, qiziq, — deb takrorlar edi geografiya oli­ mi, o‘z kayutasiga tomon borar ekan. — Miyaga o'rnashib qolgan fikrlarning va g‘am-alamning bir xil bo'lishi ham bunga izoh berolmaydi.
Ertasiga, 8-mart kuni ertalab soat beshda, g'ira-shira tong ota boshlashi bilan kema yo'lovchilari, shu-lar qatorida Robert bilan Meri ham — ularni kayuta-da qoldirib chiqishning sira iloji bo'lmadi — «Dunkan» palubasiga yig‘ildilar. Hamma ham kecha kechqurun bir nafasgina ko‘rganlari yerni tomosha qilishni istardi. Uzun durbinlar bilan zo‘r berib orol tomonga qaray boshladilar. Kema orol bo‘yidan bir mil berida uni yoqalab suzib borar, oroldagi barcha ikir-chikir narsalargacha yaqqol ko'rinib turardi.
Birdan Robertning qattiq qichqirgani eshitildi. Bola uch kishi ko‘rinyapti: ikkitasi qirg'oqda alla-

623


narsalar deb baqirib yugurib yuribdi, uchinchisi esa bayroq silkityapti deb takrorlardi.
— Ingliz bayrog‘i! — deb qichqirdi Jon Mangls, uzun durbindan qarar ekan.
— To‘g‘ri! — dedi Paganel, shartta Robertga o‘girilib.
— Ser, — dedi bola, hayajondan titrab, — agar mening orolga suzib ketishimni istamasangiz, qayiq tushirishni buyuring. Tiz cho‘kib so‘rayman, sohilga eng oldin chiqishga ruxsat bering!
Hamma lol bo‘lib qoldi. Bu qanday bo‘ldi! 0 ‘ttiz yettinchi paralleldagi bu orolchada kema halokatiga uchragan uch kishi, uch ingliz bor ekan! Hammalari ham kechasi yuz bergan hodisani eslab, qorong‘ulikda Robert bilan Meri eshitgan ovoz to‘g‘risida o'yladilar. Bolalar biror kishining ovozini eshitgan bo‘lishlari ehtimol, lekin u ularning otasimidi-yo‘qmi? Afsus! Bunday bo'lishi mumkin emas! Shuning uchun ular hammasi bechora yetimchalarning endi qanday holga tushishini o‘ylab, ularning boshiga keladigan yangi kulfatlarga qanday chidaydilar deb yuraklari zirqirar-di. Lekin ularni to‘xtatib qolishning iloji bormidi? Bunga Glenarvanning yuragi betlamadi.

— Qayiq tushiringlar! — deb qichqirdi u.


Bir minutga qolmay, dengizga qayiq tushirildi. Kapitan Grantning bolalari, Glenarvan, Jon Mangls, Paganel qayiqqa tashlandilar, olti matrosning zo‘r berib eshkak otishi natij asida qayiq orol tomonga qarab o‘qdek suzib ketdi.
Sohilga o‘n sajen qolganda Meri yuraklarni ezib yuboradigan tovush bilan:

— Ota! — deb qichqirib yubordi.


Sohilda ikki kishi o'rtasida uchinchi bir novcha, baquwat kishi turardi. Uning sodda va ayni vaqtda jasur kishi ekanligidan dalolat beruvchi nuroniy yuzi ikkala yosh Grantga juda o‘xshab ketardi. U Meri bi­ lan Robert tez-tez tasvirini qiladigan odamning xuddi o‘zi ekanligi shubhasiz edi. Ularning qalbi aldamagan — bu ularning otasi, kapitan Grant edi.
Kapitan Merining ovozini eshitib, qo'llarini oldin-ga cho‘zdi-da, yashin urgandek qumloq sohilga gurs etib yiqildi.

624


Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   319   320   321   322   323   324   325   326   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish