Аплв1тот1 Jill. V b tk kaffTAlv grant bulalari


0 ‘ п i п ch i b o b



Download 0,7 Mb.
bet237/327
Sana25.09.2021
Hajmi0,7 Mb.
#185471
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   327
Bog'liq
Kapitan Grant bolalari

524

0 ‘ п i п ch i b o b
MILLIY DARYo
Ertasiga ertalab, tongotar paytida daryo betini ni-hoyatda quyuq tuman qopladi. Havoni to ‘yg‘izgan bug'ning bir qismi kecha salqini ta ’siridan quyuqlash-di va daryo ustini quruq bulut bo‘lib qoplab oldi. Ammo ko‘p o‘tmay quyosh nuri pag‘a -pag‘a bo‘lib yotgan bu quyuq pardani yorib o‘tdi, keyin yarqirab chiqqan quyosh nigohi ostida tuman tarqab ketdi. Tuman bosib yotgan sohil ochildi-da, Vaykato daryosi o'zining butun tongi chiroyini namoyish qila bosh-ladi.
Butalar bosib yotgan uzun tor til ikkala daryo tu-tashadigan joyda ensiz burun bo'lib tugallanardi. Tez oqar, shoshqin Vaypa suvi chorak mil joygacha Vaykato suvi bilan qo‘shilmay oqib borardi. Lekin katta, tinch oqar daryo sho‘x daryoni bari bir o‘ziga bo‘ysundirib olar, uning suvini o‘z suvlariga qo‘shib, xotirjamlik bilan Tinch okeanga oqizib ketar edi.
Tuman tarqalgach, Vaykatoning oqimi bilan yuqoriga qarab borayotgan yerliklarning uzun tor qayig‘i ko‘rindi. Uzunligi yetmish fut, eni besh fut va chuqurligi uch fut keladigan bu qayiq kaxikatea de­ gan mahalliy archa yog'ochidan o‘yib yasalgan bo‘lib, ko'tarilib turgan tumshug‘i bilan venetsiyaliklarning gondolasiga o'xshab ketardi. Qayiqning tagiga qirqquloq xashagi solingan. Qayiq sakkizta eshkak yordami bilan tez suzib borar, uning quyruq tomoni-da quyruq eshkagini boshqarib bir kishi o'tirardi. U qirqlarga borgan, baland bo‘yli, ko‘krakdor, go'sht-dor, oyoq va qo'llari baquw at bir kishi edi. Ajin bosib ketgan do‘ng peshonasi, o‘qrayib qarashi, basharasin-ing ko‘rimsizligi bu odamni qo‘rqinchli bir kishi qilib ko‘rsatardi.
U maorilarning ko‘zga ko'ringan yo'lboshchila-ridan biri edi. Bu uning basharasi bilan badaniga mo-hirlik bilan tushirilgan tatuirovkadan ko‘rinib turar-di. Qiyg‘ir burnining teshiklari yonidan ikkita qora aylanma chiziq boshlanar va sariq ko‘zlari yonidan o‘tib, peshonasida tutashardi-da, qalin sochlari ichiga kirib yo‘qolar edi. Oppoq tishlari ko'rinib turgan og‘zi atrofida har xil rangli chiziqlar tortilgan, shun-ingdek iyagi orqali to baquw at ko'kragigacha jin-galak-jingalak qilib chiroyli chiziqlar tushirilgan .


525

Bunday tatuirovka — moko — yangi zelandiyalik­ lar rasmida odamning amal darajasini farq qilish uchun xizmat qiladi. Bunday faxriy belgilarga faqat bir qancha janglarda ish ko‘rsatgan odamlar munosib bo‘ladi, lekin qullar bilan past tabaqa kishilariga moko belgilari chizishga mutlaqo huquq berilmaydi. Mashhur boshliqlar ularning badaniga tushirilgan mokoning tugalligi, aniqligi va xarakteri bilan ajralib turadilar; ko‘pincha ularning badaniga hayvon rasm-lari solingan bo'ladi. Yerliklarning boshliqlaridan ba’zilari moko chizish azobiga o'zlarini besh marta-gacha duchor qiladilar. Yangi Zelandiyadagi dong chiqargan odamlarning badani rasmga to‘lib ketgan bo‘ladi.
Yana shuni ham aytib o'tish kerakki, maorilar mokosi unga bo‘lgan izzat-hurmatni oshirish bilan birga o‘zi uchun foydali ham, chunki u odamning te-risini qalin qilib, ob-havo o'zgarishlari bilan chivin-larning jivillatib chaqishini pisand qilmaydigan holga keltiradi.
Qayiqni boshqarib borayotgan boshliqning darajasi baland ekaniga shubha yo‘q. Maorilar moko chizish uchun ishlatadigan o 'tk ir albatros suyagi uning mag‘rur betida chuqur iz qoldirib, besh m arta rasm chizgan edi. Boshliqning egnida formium degan o‘simlikdan to'qilgan va it terisidan burma hoshiya qilingan plashch bor edi. Oldiga peshband tutib oigan, peshbandida yaqinda bo‘lib o‘tgan janglardan qolgan qon izlari ko‘rinib turardi. Qulog‘iga ko‘k nefrit par-chasi, b o ‘y n i g a esa xurofotchi yangi zelandiyaliklar juda inobatga oladigan muqaddas tosh — punamular-dan marjon taqib oigan. Boshliqning yonida ingliz miltig‘i bilan ikki damli, uzunligi o‘n sakkiz dyuym keladigan boltaga o‘xshash och yashil qurol — patu-patu yotardi.
Boshliqning oldida darajasi unchalik baland bo‘lmagan to ‘qqiz jangchi o'tirardi. Ularning qovog'i soliq, o‘zlari qurollangan. Ulardan ba’zilari, aftidan, yaqinda yarador bo‘lgan edilar, yaralari azob berayot-gandek ko‘rinardi. Hamma jangchilar formiumdan to‘qilgan plashchlariga o'ralib, qimir etmay o‘tirar, oyoqlari ostida uchta qopog‘on it yotardi. Eshkakchilar, aftidan, boshliqning qullari yo xiz-matkorlari edi. Ular kuch bilan eshkak tortishar, un-cha shiddatli bo'lmasa ham, har holda qarshidan urib


526

turgan daryo oqimiga qarshi ketayotgan qayiq ancha tez suzib borardi.


Qayiqning o'rtasida oyoqlari bog‘langan, lekin qo‘llari yechiq o‘nta yevropalik asir bir-birining pinji-ga suqilib o‘tirardi. Bular Glenarvan, Elen, Meri Grant, Robert, Paganel, mayor, Jon Mangls, Styuard va ikki matros edi.
Kecha kechqurun kichkina otryad quyuq tuman orasida adashib, bilmasdan juda ko‘p yerliklar turgan lager o‘rtasida tunash uchun to‘xtadi. Yarim kecha-ga yaqin uxlab yotgan sayohatchilarni tutib, asir oldilar vá qayiqqa o‘tqazdilar. Maorilar hozircha ularga hech qanday yomonlik qilganlari yo‘q, lekin endi qarshilik ko‘rsatish befoyda edi, chunki qurollari bilan o‘q-dorilari yerliklar qo‘liga o'tib ketdi, agar sayohatchilarning qarshilik qilmoqchi bo'layotganlik-larini sezib qolsalar, yerliklar ularni o‘z qurollari bilan otib tashlaydilar.
Yerliklar o‘zaro so'zlashganlarida ular og'zidan chiqqan inglizcha so‘zlardan asir tushganlar bu maori-larning ingliz qo‘shinlari tomonidan tor-mor keltirilib,


527

endi Vaykato daryosining yuqori tomoniga ketishayot-ganini bilib oldilar. Ularning boshlig'i 42- polkka qat-tiq qarshilik ko'rsatib va jangda eng yaxshi jangchi-laridan ajrab, endi bu daryo bo ‘y ida yashaydigan aholi-ni jangga chaqirish va yangi qo'shin to'plab, bosqinchilar bilan hali ham kurash olib borayotgan bo'ysunmas Vilyam Tom-songa qo‘shilish maqsadida ketayotgan edi. Boshliqning nomi Kai-Kumu bo‘lib yerliklar tilida bu: «Dushmanining go'shtini yeydigan odam» degan ma’noni bildiradi. U dovyurak, bahodir odam edi, lekin shafqatsizligi ham jangovarligidan qo-lishmasdi. Bunday odamdan shafqat kutib bo'lmasdi. Kai-Kumuning ismi ingliz soldatlariga yaxshi ma’lum bo‘lib, yaqinda uning boshi uchun Yangi Zelandiya gu-bernatori tomonidan pul mukofot va’da qilingan edi.
Bu dahshatli zarba Glenarvanning boshiga zoriqib kutgani Oklendga yetay deb turgan bir vaqtda tushdi, Oklendga yetib olsa, Glenarvan o‘z vatani Shot-landiyaga qaytgan bo'lardi.
Lekin beparvo, xotirjam chehrasiga qarab, hech kim uni azob chekyapti deb o‘ylamasdi. Og‘ir vaziyat-ga tushib qolgan vaqtlarda Glenarvanning ruhi tush-masdi. U xotini va hamrohlariga o'rnak bo‘lishi ker-akligini, ularga dalda berish lozimligini yaxshi tushu-nardi, agar shart -sharoit talab qilib qolsa, boshqalarning qutqarilishi yo‘lida hatto eng oldin jonidan kechishga ham tayyor edi. Bu dovyurak kishi dahshatli xavf qarshisida ham hamrohlarini shunday yowoyi o‘lkaga boshlab kelganiga bir lahza bo'lsin afsus qilmadi.
Glenarvanning ham rohlari ham unga munosib odamlar edi. Ular Glenarvanning olijanob fikrlariga o'rtoq edilar, shu sababdan ularning mag‘rur, xotir­ jam chehralariga qarab, o‘limga ketayotgan odamlar deb o ‘ y la b bo'lmasdi. Glenarvanning maslahati bilan ular bo'layotgan hamma ishga beparvo qarashga, mutlaqo e’tibor qilmaslikka ahd qildilar. Bu o‘zlariga nisbatan yerliklarda hurmat uyg‘otishning birdan-bir usuli edi. Yerliklarning hammasida, ayniqsa maori-larda o‘zining qadriga yeta bilish hissi kuchli bo'ladi, bu his ularni hech vaqt tark etmaydi. Ular o'zini mar-dona va xotirjam tutgan odamlarni hurm at qiladilar. Glenarvan hamrohlari o‘zlarini ana shunday tutsalar, yangi zelandiyaliklar ularga qo‘pol muomala qil-masligini bilar edi.


528

Qayiq yo‘lga tushgandan beri barcha yow oyilar singari kam gap bo'lgan maorilar o'zaro bir-ikki og‘iz so‘zlashdilar xolos, lekin shuning o‘zidanoq Glenarvan ularning ingliz tilini yaxshi bilishlarini anglab qoldi. U yangi zelandiyaliklar boshlig‘idan bu-larni nima qilishmoqchi ekanini bilib olmoqchi bo‘ldi.
— Bizni qayoqqa olib ketyapsan, boshliq? — deb so'radi u Kai-Kumudan; uning tovushida zarracha ham qo'rquv ohangi sezilmasdi.
Boshliq unga sovuqqina qilib bir qarab qo‘ydi-yu, hech narsa deb javob bermadi.

— Bizni nima qilmoqchisan? — deb unga yana savol berdi Glenarvan.

Kai-Kumuning ko‘zlari chaqnab ketdi, u viqor bi­ lan:
— Vatandoshlaring rozi bo‘lsa, ayirbosh qilaman. Yo‘q desa o‘ldiraman, — deb javob berdi.

Glenarvan boshqa savol berib o‘tirm adi, lekin qal-bida yana umid tug'ildi. Demak, maorilarning al-laqanday boshliqlari inglizlar qo'liga tushib qolgan, shuning uchun yerliklar ayirboshlash yo'li bilan ularni qaytarib olmoqchi. Bundan chiqdiki, qutulish-ga ko‘p bo'lmasa ham, har holda umid bor, juda umid-siz bo'lmaslik kerak.


Qayiq esa hamon daryoning yuqorisiga qarab tez suzib borardi. Tabiati ancha yengil bo‘lgan Paganel sog* qolishdan butunlay umidini uzib qo‘ygan edi, en­ di esa bunga yana umid qila boshladi. Endi uning nazarida, m aorilar sayohatchilarni inglizlarning oldingi postlariga yetib olish zaruratidan qutqargan-day, shu ma’noda asirlik hatto foyda keltirganday tuyulardi. Geografiya olimi taqdiriga tan berib, Vaykato ularni qanday past-tekislik va vodilardan olib o‘tib borayotganini kartadan ko‘ra boshladi.
Elen bilan Meri Grant qo'rquvlarini yashirib, Glenarvan bilan gaplashardilar, eng tajribali fiziono-mist ham bu ayollarning chehrasiga qarab, ular azob chekyapti deb o'ylamagan bo‘lardi.

Vaykatoni Yangi Zelandiyaning milliy daryosi de­ sa bo‘ladi. Maorilar bu daryo bilan faxrlanib yuradi-lar. Bu daryo ikki yuz mil masofada shimoliy orolning eng serunum va ko‘rkam joylaridan, ya’ni Vellington viloyatidan to Oklend viloyatigacha bo‘lgan yerlardan oqib o‘tadi. Bu daryo bo'yida yashaydigan barcha kuchli, sarkash qabilalar uning nomi bilan ataladi. Bu


529


qabilalar hammasi bir jon- bir tan bo‘lib, bosqinchi-larga qarshi ko‘tarilganlar. Vaykatoda ajnabiylar ke-masi deyarlik ko‘rinmaydi. Uning to'lqinlarida faqat orolliklarning balandtumshuq qayiqlari suzib yuradi. Uning muqaddas sohillari o'rtasida suzib yurishga kamdan-kam turistlar ju r’at qila oladi. Vaykatoning yuqori oqimiga esa kelgindi yevropaliklar uchun mut-laqo yo‘l yo‘q. Paganel Yangi Zelandiyaning bu buyuk daryosini yerliklar qanday yaxshi ko'rishlarini bilar edi. Shuningdek, u bironta tabiyotshunos Vaypa va Vaykato qo'shilishadigan yerdan yuqoriga chiqma-ganini ham bilardi. Lekin Kai-Kumu ularni qayerga olib borarkin? Boshliq bilan uning jangchilari «Taupo» degan so‘zni tez-tez takrorlayotganlariga e’tibor qilmaganida geografiya olimi buni aslo bilol-magan bo‘lardi. U kartaga qarab, yerliklar aytayot-gan ism geografiya yilnomalarida mashhur bo‘lgan ko'lning nomi ekanini bilib oldi. Taupo ko‘li orolning eng baland qismida. Oklend viloyatining janubida edi. Vaykato o‘sha ko‘ldan boshlanadi. Geografiya olimi kartaga qarab, Vaykato Vaypa bilan qo'shiladigan yerdan Taupo ko‘ligacha bo'lgan oraliq bir yuz yigir­ ma milcha kelishini aniqladi.
Paganel yowoyilar tushunib qolmasin uchun Jon Manglsga fransuz tilida murojaat qilib, qayiqning qanday tezlikda suzib ketayotganini belgilab berishni iltimos qildi. Yosh kapitan qayiq soatiga taxminan uch mildan suzib borayotganini aytdi.
— Bo'lmasa, — dedi geografiya olimi, — agar biz kechasi tunash uchun to ‘xtab-to‘xtab yo‘l yursak, sa-farimiz to‘rt kuncha davom etadi.
— Inglizlarning postlari qayerdaykin-a? — deb so'radi Glenarvan.

— Buni aytish qiyin, — deb javob berdi Paganel. — Ammo harbiy harakatlar Taranaki viloyatida olib bori-layotgan bo‘lsa kerak, deb taxmin qilish mumkin. Shuning uchun qo‘shin ko'lning narigi tomonida, tog'ning orqasida, qo‘zg‘olon avj oigan yerda to'plan-gan bo‘lsa kerak, deyman.


— Iloyo shunday bo‘lsin! — deb qo‘ydi Elen. Glenarvan yosh xotini va Meri Grantga ma’yus

qarab qo‘ydi. Bechoralar shafqatsiz yerliklar ixti-yorida edi; ularni yowoyi bir o‘lkaga olib ketayotgan edilar, u yerda esa hech kim ham yordamga kelolmay-di. Lekin Kai-Kumu o'ziga tikilib qarab turganini sez-




530

gan Glenarvan bu asir ayollardan biri uning xotini ekanini yovvoyilar boshlig‘i fahmlab qolishidan cho‘chib, hayajonini bosib oldi -da, tamom sovuqqon-lik bilan daryo sohillarini tomosha qila boshladi.
Qayiq ikki daryo tutashadigan joyidan yarim mil yuqoridagi qirol Potatauning sobiq poytaxti yonidan to‘xtamay o‘tib ketdi. Vaykato daryosida boshqa bironta qayiq ko‘rinmasdi. Daryo bo‘yida u yer-bu yerda buzilib yotgan chaylalar bu yerlarda yaqinda dahshatli janglar bo‘lib o‘tganidan guvohlik berib tu-rardi. Daryo b o ‘y i d a g i qishloqlar tashlab ketilgan joy-larga o‘xshab qolgandi. Bo‘m-bo‘sh, kimsasiz yerlarga faqat suv qushlari bir oz jon kirgizib turardi. Ana, qanoti qora, qorni oq, qizil tumshuq botqoq qushi — taparunga havoga uchib chiqdi-da, daraxtlar orqasiga o‘tib, ko'zdan g‘oyib bo'ldi. Beso‘naqay, ko‘rinishi-dan o‘lgudek nodon ko‘kqo‘ton — matuku bilan op-poq, oyog'i qora, sariq tumshuq ko‘rkam oqqo'ton — kotuku o‘tib borayotgan qayiqqa xotirjam qarab turibdi. Daryoning sohili tik bo‘lgan joylarda suv chuqur oqadi, maorilar tilida «kotare» deb ataladigan bir shrikun Yangi Zelandiya daryolarida millionlab bo'ladigan mayda-mayda ilonbaliqlarni poylab yotar­ di. Suv betidagi butalarga qo'nib olib, chiqib kelayot-gan tong quyoshi nurida m ag'rur popishaklar va chi-royli yowoyi tovuqlar o'zlariga oro berib o'tirishardi. Bu qushlarning hammasi qonli urush quvib yuborgan yoki qirib tashlagan odamlardan qolgan joylarda ozodlik nash’asini surmoqda edilar.
Oldin Vaykato bepoyon past-tekisliklar orasidan keng yoyilib oqib o‘tadi, lekin yuqoriga chiqib bo-ravergan sari daryo oldin adirlar, keyin tog‘lar siqishtirib qo‘ygan vodidan oqib o'tadi. Paganelning qo‘lidagi kartaga qaraganda, daryolar tutashgan joy-dan o‘n mil yuqorida, daryoning so‘l sohilida Kiri-Kiriroa degan qishloq bo'lishi kerak edi. Qishloq haqiqatan ham bor ekan. Kai- Kumu bu qishloqda to‘xtamadi. U asirlarga maorilar kechasi bostirib kel-ganlarida tortib olingan o‘z oziqlaridan berishni buyurdi. Yangi zelandiyaliklar boshlig‘i bilan uning jangchilari va qullari o‘zlarining odatdagi ovqatlari
— yeb bo'ladigan qirqquloq, pishirilgan ildiz va ikkala orolda ham juda ko‘p bitadigan kapanas degan kartoshkadan yeb qorin to‘yg‘azdilar. Maorilarning ovqati ichida hech qanday go'shtlik taom yo‘q edi,


531

asirlarning go‘sht konservalari ham aftidan ularni qiziqtirmadi.
Soat uchda daryoning o‘ng sohilida Pokaroa tog* tizmalarining xarobaga aylangan qal’a devorlariga o'xshaydigan tarm oqlari ko‘rindi. Ularning qirra cho'qqilarida bir vaqtlar maorilar qurgan o‘tib bo'lmas qal’alar — palarning harobalari ko‘rinib tu-rardi. Ular katta -katta burgut inlariga o‘xshardi.
Qayiq vulqon chiqarib tashlagan va Vaykatoning suvi oqizib kelgan jilvir toshlar tik qirg‘oq hosil qil-gan yerga kelib to‘xtaganda, quyosh or-qasiga botib bormoqda edi. Bu yerda bir necha daraxt o‘sgan edi, tunash uchun maorilarga shu yer ma’qul bo‘ldi.
Kai-Kumu asirlarni sohilga tushirishni buyurdi. Erkaklarning qo'llarini bog'ladilar, ayollarning qo‘li ilgarigicha yechiq qoldi. Ularning hammasini manzil-ning o'rtasiga joylashtirdilar, atrofga esa shunday ko‘p gulxanlar yoqib tashladilarki, ulardan o‘tib bo‘lmas to'siq hosil bo‘ldi.
Kai- Kumu asirlarga ularni ayirbosh qilmoqchi ekanini bildirmasdan oldin Glenarvan bilan Jon Mangls qochish planini muhokama qilayotgan edi­ lar. Qayiqda ekanlarida qochish mumkin emasdi, lekin ular kechasi yuz berishi mumkin bo‘lgan har xil tasodiflardan foydalanib qochishga, bugun tunash uchun to'xtaganda sohilda urinib ko'rmoq-chi edilar.
Lekin Glenarvan yangi zelandiyalik boshliq bilan gaplashganidan keyin bundan voz kechish ma’qulroq bo‘lib qoldi. Sabr qilish kerak edi. Maorilar bilan oli-shish yoki notanish o‘lka orqali qochishdan ko‘ra asir­ larni ayirbosh qilish orqali tutqunlikdan qutulishga umid ko‘proq edi. A sirlarni ayirbosh qilishning cho‘zilib ketishiga sabab bo‘ladigan yoki unga xalaqit beradigan shart-sharoitlar yuz berishi mumkin, lekin har holda muzokaralarning natijasini kutish kerak. Rostda, o‘nta qurolsiz odam o‘ttizta qurollangan yer-likka teng kela olarmidi? Buning ustiga, Glenarvan Kai- Kumu qabilasidan ko'zga ko'rinarli biror boshliq asir tushgan bo‘lsa kerak, uning hamqabilalari har qanday qilib bo‘Isa ham uni qutqazib olishni istaydi-lar deb o‘ylar edi, bu fikri asossiz ham emasdi.
Ertasiga ertalab qayiq daryoning yuqori qismiga qarab kechagidan ham tezroq suzib ketdi. Ertalab soat o‘nda daryoning o‘ng tomonida yastlanib yotgan past-


532

tekisliklardan oqib keladigan Paxoyvena soyining Vaykatoga quyiladigan joyida birpas to ‘xtab o‘tdilar. Bu yerda Kai-Kumuning qayig‘i oldiga o‘ntacha yer-lik tushgan boshqa bir qayiq suzib keldi. Jangchilar pala -partish: — «Ayre-may- ra», ya’ni: «Eson-omon kel» deb so‘rashgan bo‘ldilar; so‘ng ikkala qayiq yon-ma-yon suzib keta boshladi. Aftidan, yangi qo‘shilgan qayiqdagi maorilar yaqin orada inglizlar bilan jang qilgan edilar. Dabdala bo'lib ketgan kiyimlari, qonga belangan qurollari va titilib ketgan kiyimlari ostidan ko'rinib turgan qonli yaralari shundan darak berardi. Jangchilar jim o‘tirishar, hammasining qovog'i soliq edi. Ular barcha yowoyilarga xos bir bosiqlik bilan o'zlarini yevropaliklarga e’tibor bermayotgandek tu-tardilar.
Choshgohda g'arbdan M aungatotari tog'ining cho‘qqilari ko‘rindi. Vaykato oqib o'tadigan vodi toraydi, tik sohillar orasiga qisilgan azim daryo tog‘ daryosidek sho'xlik qila boshladi. Lekin eshkakchilar zo‘r berdilar, eshkak tortish ohangiga moslab allaqan-day ashula boshladilar, natijada qayiq ko‘pirib oqa-yotgan daryo to'lqinlarida yana ham tez suzib ketdi. Daryoning tez oqar yeri orqada qoldi, endi Vaykato ilang-bilang qirg'oqlari o'rtasidan yana tinchgina oqib borar edi.
Kechqurun Kai- Kumu qayiqni tor, tik qirg'oq bo‘yida to'xtatishni buyurdi, bu qirg‘oqqa dastlabki tog‘ etaklari tik kelib ulanar edi. Bu yerda qayiqdan tushgan yerliklardan yigirmatachasi tunash uchun joylashayotgan edi. Daraxtlar tagida gulxanlar yonib turardi. Darajasi Kai -Kumuga teng keladigan bir boshliq shoshilmasdan kelib, «shongui» qildi, ya’ni burnini uning burniga ishqab, Kai -Kumu bilan do'st-larcha salomlashdi. Asirlarni yana lager o‘rtasiga joy-lashtirib, tong otguncha hushyorlik bilan qo‘riqlab chiqdilar.
Ertasiga ertalab Vaykatoning yuqori oqimi sari yana o'sha qiyin safar boshlandi. Daryoning, mayda tarmoqlaridan yangi-yangi qayiqlar chiqib kelaverdi. Ularda oltmishtacha jangchi bor edi. Aftidan, bular ingliz o‘qlaridan ozmi-ko‘pmi jarohatlanib, endi o‘z tog‘lariga qaytib kelayotgan oxirgi qo‘zg‘olon qat-nashchilari edi. Biri ketidan biri tizilib kelayotgan qayiqlardan ahyon-ahyonda ashula eshitilib turar,


533

jangchilardan birontasi m aorilarni istilochilarga qarshi kurashga chorlovchi ashula boshlab qolardi:
Papa ra tiv a ti tidi
I dunga n ei...
Ashulachining baland va jarangdor ovozi tog'larda aks sado berardi. Har bir banddan ke- yin yerliklar do'mbira chalganday, ko'kraklariga mushtlab, jango-var naqoratni takrorlar edilar. Eshkakchilar yangi g'ayrat bilan eshkak tortishar, qayiqlar esa daryo oqi-mining qarshiligini pisand qilmay, suv yuzida suzib borardi.
Shu kuni Vaykatoda g'alati bir holni tomosha qi­ lish mumkin bo'ldi. Kunduz soat to'rtlarda Kai-Kumuning baquw at qo‘li bilan boshqarilayotgan qayiq tezligini kamaytirmay tor daraga dadil kirib bordi. Daryo suvi suzib kelayotgan qayiqlarga juda xavfli bo‘lgan son-sanoqsiz orolchalarga shovillab borib urilardi. Falokat bosib, qayiq shu yerda to‘nta-rilib ketsa hammaning halok bo‘lishi turgan gap, chunki jon asrab bo‘ladigan joy yo‘q: qaynab turgan sohil balchig'iga qadam qo'ygan har qanday odam ham mutlaqo halok bo‘ladi.
Gap shundaki, Vaykato bu yerda juda ko‘p vaqt-lardan beri turistlarning diqqatini tortib kelayotgan issiq buloqlar orasidan oqib o'tadi. Temir oksidi so-hildagi balchiqni qip-qizil rangga bo'yagan; u yerda bir sajen ham qattiq yer topib bo'lmaydi. Havo achchiq oltingugurt hidi bilan to‘la. Yerliklar buni pisand qilmas edilar, lekin asirlar yer yoriqlari orasi­ dan chiqayotgan va yer osti gazlari ta ’siri ostida yorilib pufaklardan ajralayotgan nafasni bo‘g‘uvchi bug‘lardan juda qiynaldilar. Lekin oltingugurt hidini olib kelib bo‘g‘ayotgan bu kulrang bug‘lardan nafas olish qiyin bo'lgani bilan, bu ajoyib manzarani suqlanib tomosha qilmay iloj yo‘q edi.
Qayiqlar quyuq bug* buluti orasiga kirib ketdi. Ular oppoq paxtadek bo‘lib daryo ustini qoplab turar-di. Ikki qirg'oqda yuzlab geyzerlar qaynab yotardi, ulardan ba’zilari bug* purkar, ba’zilaridan esa suv otilardi. Bug' bilan suv yaratgan bu manzaraning xil-ma-xilligiga qarab, uni inson qo‘li bilan yaratilgan va allaqanday sirli bir mexanizm yordami bilan yuriti-ladigan fontanlar deb o‘ylash mumkin edi. Suv bilan bug1havoda bir-biri bilan aralashib, quyosh nuri osti-


534

da kamalakning barcha ranglarida tovlanib ko‘rinar-di.
Vaykato bu yerda yer osti o‘tining ta ’sirida uzluk-siz qaynab turadigan tagi bo'sh joydan oqib o‘tadi. Daryodan sharq tarafda, sal nariroqdagi Rotorua ko‘li tomonda, ba’zi mard sayohatchilar ko‘rgan issiq bu-loqlar va bug‘lanib turadigan Rotomaxan hamda Tetarata shalolalari guvullab yotardi. Bu atrof geyz-erlar, kraterlar va past-baland tepaliklardan iborat edi. Yangi Zelandiya-ning harakatda bo‘lgan ikki vulqoni — Tongariro bilan Vakarining kraterlaridan o‘ziga yo‘l topib chiqib ketolmagan ortiqcha gazlar mana shulardan chiqib turadi.
Qayiqlar ikki milcha joyni suv ustida suzib yurgan ko‘kish bug‘lar orasidan o‘tdilar. Nihoyat bu oltin­ gugurt bulutlari tarqab ketdi-da nafasi bo‘g‘ilib ket­ gan asirlar daryo suvining nami bilan muzdek bo‘lib turgan toza havodan nafas olib, yengil tortdilar. Oltingugurt buloqlari orqada qoldi.
Kech kirguncha qayiqlar eshkakchilarning g‘ayrat qilishi natij asida, daryoning Gipapatua va Tamatea degan ikki tez oqar joyidan suzib o'tdilar. Kechqurun Kai -Kumu Vaypa bilan Vaykato tutashadigan yerdan yuz mil joyda tunash uchun to‘xtadi. Shu vaqtgacha halqa yasab, sharqqa qarab borayotgan daryo bu joy­ dan Taupo ko'liga yaqinlashar edi.

Ertasiga daryoning o‘ng tarafida tog‘ ko‘rindi. Jak Paganel kartaga qarab, uning balandligi uch ming fut chiqadigan Taubara tog‘i ekanini aniqla-di.


Choshgoh vaqtida qayiqlar karvoni Vaykatoning tarmoqlaridan biri orqali Taupo ko‘liga kirib bordi. Ko‘l bo‘yidagi kulbalardan birining tomida bir parcha latta hilpirab turardi. Yerliklar uni shodlik qiyqiriqlari bilan tabrikladilar — bu ularning milliy bayrog'i edi.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish