497
Y e t t i n c h i b o b
XATARLI SOHIL
Paganel keltirgan faktlarni isbotlab o'tirishning hojati yo‘q edi. Yangi zelandiyaliklarning shafqatsi-zligiga shubha bo‘lishi ham mumkin emas. Bu orol-larning sohiliga chiqish xavfli edi. Lekin xavf bundan yuz marta ko‘proq bo'lganda ham orolga tushilmasa bo‘lmasdi. Jon Mangls tez orada pachoq-pachoq bo‘lib ketadigan bu kemani iloji boricha vaqtliroq tashlab ketish zarurligini tushunar edi. Biri muqar-rar va ikkinchisi ehtimol bo‘l-gan ikki xavfdan qaysi birini tanlash kerakligi o‘z-o‘zidan ma’lum emasmi? Sayohatchilarni biror kema olib ketishiga umid bog‘lash qiyin, chunki «Makari» Yangi Zelandiyaga keladigan kemalar yo‘lida emas. Ular odatda yo shi-molroqdan — Oklendga, yo janubroqdan — Yangi Plimutga qatnaydilar, «Makari» esa xuddi shu ikkala yo‘lning o'rtasida, Ika-na-Maui orolining bo‘m-bo‘sh sohili yonida qumga o‘tirib qolgan. Bu sohillar xatar-li, unga odam kamdan -kam keladi. Kemalar bu yerga kelishdan qochadilar, bordi -yu shamol surib kelsa, ular bu yerdan iloji boricha tezroq qochishning payi-dan bo'ladilar.
— Qachon yo‘lga tushamiz? — deb so'radi Glenarvan.
— Ertaga soat o‘nda, — deb javob berdi Jon Mangls: — soat o‘nda suv ko‘tarila boshlaydi-da, solimizni sohilga surib ketadi.
Sol ertasiga, 5-fevral kuni ertalab soat sakkizlarda bitdi. Jon Mangls uni iloji boricha qulay va pishiq qilib qurishga butun kuchini sarf qildi. Langarlarni tashlab kelish uchun qurilgan sol ham odamlarni, ham anchagina oziq-ovqatni sohilga yetkazib qo‘ya ol-maydi, albatta. To'qqiz mil masofani suzib o‘tishga chidayoladigan pishiq sol kerak. Bunday solni faqat machtalardan qurish mumkin.
Vilson bilan Myulredi ishga kirishdilar. Ular take-lajni buzib oldilar, keyin grot-machtani ham qulatdi-lar.
Machtaning pastki qismi, stenga va bram-stengani arralab bo‘laklarga bo'ldilar. Endi solning asosiy qismlari suvga tushirilgan edi. Ularni fok-machtan-ing siniqlariga qo'shdilar. Bu uzun xodalarning ham-masini bir-biriga arqon bilan qattiq bog'ladilar, Jon
Mangls ular orasiga oltita bo‘sh bochka o'rnatishni buyurdi — bu bochkalar solni suvdan sal yuqori ush-lab turishlari kerak edi.
Vilson bu mustahkam fundament ustiga kema pan-jarasidan pol qoqdi. Shuning uchun suv sol ustida to'xtab qolmay, dengizga oqib tushib ketaveradigan bo‘ldi. Solning atrofiga mahkam qilib bo‘sh bochkalar bog‘lab, uning sahnini kattaroq to‘lqinlardan saqlay-digan bortga o'xshash to‘siq hosil qilindi.
0 ‘sha kuni ertalab Jon Mangls shamol dengizdan qirg‘oqqa qarab esayotganini ko‘rib, solning o'rtasiga machta o‘rnatishni buyurdi. Machtani vint yordami bilan o‘rnatdilar-da, unga yelkan ko'tardilar. Solni boshqarish mumkin bo‘lsin uchun uning orqa tomoni-ga yuzi keng katta eshkak o‘rnatdilar.
Shunday havsala bilan qurilgan sol to'lqinlarning zarbiga dosh berishi kerak edi. Lekin birdan shamol-ning yo'nalishi o'zgarib qolsa, solni boshqarib bo‘ladi-mi, u sohilga yetib ola oladimi? Gap ana shunda edi.
Soat to‘qqizda solga to Oklendgacha yetadigan oz-iq-ovqat ortdilar, chunki bu unumsiz o‘lkada yeydi-gan biror narsa topishga umid bog‘lab bo‘lmas edi.
Olbinet kemadagi safar vaqtida yeyish uchun oi gan ovqatdan faqat ozgina go‘sht konserva qolgan edi, xolos. Bu, albatta, kamlik qilar edi. Kemadagi jo'ngina oziq-ovqatdan olishga to‘g‘ri keldi: undan oddiygina dengiz suxarisi bilan ikki bochka tuzlangan baliq oldilar. Bundan oshpaz juda hijolatda qoldi.
Oziqlarni dengiz suvi kirmaydigan qilib ishlangan yashiklarga joyladilar, keyin ularni solga olib tushib yo‘g‘on arqonlar bilan machta tagiga bog'lab qo‘ydi-lar. Miltiqlar bilan o‘q-dorilarni xavfsiz yerga joy ladilar. Baxtdan bo'lib, sayohatchilarimiz karabin va to‘pponchalar bilan yaxshi qurollangan edilar.
Mabodo shu kungi suv ko‘tarilishidayoq sohilga yetolmay qolsalar, yanagi suv ko'tarilishini kutib, langarda turish uchun langarlardan birini ham solga ortib oldilar.
Soat o‘nda suv ko‘tarila boshladi. Kuchsizgina shi-mol-g‘arbiy shamol esib, dengiz yuzi jimirlab turardi.
— Hamma narsa tayyormi? — deb so‘radi Jon Mangls.
— Hammasi taxt, kapitan! — deb javob berdi Vilson.
— Bo'lmasa solga! — deb qichqirdi Jon Mangls.
Elen bilan Meri Grant dag‘al arqon narvondan tushib, machta tagidagi oziq-ovqat yashiklari ustiga o'tirdilar. Hamrohlari ularning atrofiga joylashdilar. Vilson rulni qo'liga oldi. Jon Mangls arqonlar yoniga borib turdi. Myulredi solni kemaga bog‘lab qo‘yish-gan arqonni uzib yubordi. Yelkanni ko‘tardilar, sol ko‘tarilayotgan suv va shamol kuchi bilan sohilga qarab suzib ketdi.
Sohil to‘qqiz mil narida. Bu masofa uncha uzoq emas; yaxshi eshkakchilar eshkak otib turgan qayiqda bu masofani bor-yo‘g‘i uch soat ichida bosib o‘tish mumkin. Bu masofani sóida suzib o‘tish uchun ko'proq vaqt lozim bo'ladi, albatta. To‘g ‘ri, agar shamol to'xtamay esib tursa, suvning shu bir ko‘tar-ilishidayoq sohilga yetib olsa bo'ladi, lekin shamol tinib qolsa, suv pasaya boshlagach, solni yana dengiz ga surib keta boshlaydi, u holda langar tashlab, keyingi suv ko'tarilishini kutish lozim bo‘ladi. Demak, ahvol ancha chatoq, shuning uchun Jon Mangls juda xavotirlandi.
Shunday bo'lsa ham u ishi muvaffaqiyat bilan tu-gashiga ishonardi. Shamol kuchayib bordi. Soat o‘ndan suv ko'tarila boshlagani uchun sohilga kunduz soat uchgacha yetib olish zarur, aks holda langar tashlab to'xtash kerak bo'ladi, bo‘lmasa suv solni yana dengizga surib ketishi mumkin.
Dastlab ish yaxshi bordi. Suv osti toshlarining qora gavdasi va sarg'ish qumloq sayozliklar sekin-asta ko‘tarilib kelayotgan suv to‘lqinlari ostida qolib ketdi. Rulga ko‘pda bo‘yinsunmay ha deb boshqa taraflarga ketib qolayotgan solni suv ostiga kirib yashirinayotgan toshlar orasidan olib o'tish uchun nihoyatda hushyor va usta bo'lish kerak edi.
Soat o‘n ikki bo‘ldi, sol hali sohildan besh mil joy-da edi. Osmonning shimol -sharq tomonida g'alati bir tog‘ ko‘zga tashlanar edi; u boshini orqasiga tashlab qiyshanglayotgan maymunga o‘xshardi. K artada ko‘rsatilishiga qaraganda bu o‘ttiz sakkizinchi paral-lelga joylashgan ikki ming fut balandlikdagi Pirongiya tog‘i edi.
Soat o‘n ikki yarimda Paganel o‘z hamrohlarining diqqatini barcha toshlar suv ostida qolib ketganiga jalb qildi.
— Faqat bittasi qoldi, — dedi Elen.
500
— Qani? — deb so'radi Paganel.
— Huv ana, — dedi Elen, soldan bir milcha narida qorayib turgan nuqtani ko‘rsatib.
— Rost-a, — dedi geografiya olimi. — Kelinglar, urilib ketmaslik uchun uning turgan joyini eslab olay-lik: ha demay suv uni ham ko‘mib yuboradi.
— U tog‘ning shimol tarafida ekan, — dedi Jon Mangls. — Ko‘zingga qara, Vilson, uni chetlab o‘t.
— Xo‘p bo‘ladi, kapitan! — deb javob berdi m at ros, katta rul eshkagini kuch bilan bosar ekan.
Yarim soat ichida yana yarim mil masofani suzib o‘tdilar. Qiziq, haligi qora nuqta hali ham to ‘lqinlar ichida ko'rinib turibdi. Jon Manls unga diqqat bilan tikilardi, kapitan uni yaxshiroq ko'rish uchun Paganeldan uzun durbinini so‘rab oldi. So‘ngra bir minutcha o‘sha narsaga qarab turib:
— U tosh emas ekan, — suv bilan birga ko'tarilib, birga tushyapti, — dedi.
— «Makari»ning biror parchasi bo‘lmasin yana? — deb so'radi Elen.
— Yo‘q, — dedi Glenarvan, uning bironta bo‘lagi-ni suv bunchalik uzoqqa olib ketolmaydi.
— Ey, shoshm anglar, shoshmanglar! — deb qichqirib yubordi Jon Mangls. — Bildim nimaligini — bu qayiq-ku!
— Kemadagi qayiqmi? — deb so‘radi Glenarvan.
— Ha, ser, xuddi o‘sha, lekin to'ntarilib yotibdi.
— Bechoralar! — deb yubordi Elen. — Halok bo‘lishibdi!
— Ha, halok bo‘lishibdi, — deb uning so‘zini tas-diqladi Jon Mangls, — halok bo'lishlari turgan gap edi-da, chunki o‘sha tungidek to ‘lqinlanib yotgan dengizda, shunday qop-qorong‘u kechada suv osti toshlari orasida sog‘ qolish mumkin emasdi.
Yo‘lovchilar yaqinlashib kelayotgan shaloq qa-yiqqa tikilib, bir necha minut jim qoldilar. Aftidan, u qirg‘oqdan to‘rt mil joyda to'ntarilib ketgan edi, mat-roslardan bittasi ham omon qolmagan bo'lsa kerak.
— Har qalay, bu qayiq bir korimizga yarar, — deb q o ‘y c li Glenarvan.
— Albatta, — deb javob berdi Jon Mangls. — 0 ‘sha tomonga bur, Vilson.
Matros kapitanning buyrug‘ini bajardi, lekin shamol pasaya boshlagani uchun sol qayiq yoniga faqat soat ikkida yetib bordi.
501
Solning old tomonida turgan Myulredi qayiqni epchillik bilan bort chekkasiga tortib oldi.
— Bo‘shmi? — deb so‘radi Jon Mangls.
— Ha, kapitan, — deb javob berdi matros. — Qayiq teshik, bizga xizmat qila olmaydi.
— Demak yaramas ekan-da? — deb so'radi Mak-Nabbs.
— Yaramaydi, — dedi Jon Mangls. — 0 ‘tindan boshqa narsaga ishlatib bo'lmaydi.
— Esiz, — deb qo‘ydi Paganel. — Unda biz Oklendga yetib olgan bo‘lardik-a!
— Nima ham qilardik, janob Paganel, ko‘nishga majburmiz, — dedi Jon Manls. — Dengiz mana bun-day to'lqinlanib turganda bu shaloq qayiqdan o'zimizning solimiz ham tuzuk. Ko‘rdingizmi, salgina zarb bilan to‘kilibdi-qo‘yibdi... Ser, xullas, bu yerda bizning boshqa qiladigan ishimiz yo‘q.
— Ketdik bo'lmasa, Jon, — dedi Glenarvan.
— To‘g‘ri sohilga bur, Vilson! — deb buyurdi yosh kapitan.
Suv ko'tarilishi yana bir soat davom etishi kerak edi. Bu vaqt ichida yana ikki mil masofani bosib o‘tishga ulgurdilar. Lekin shu payt shamol deyarlik tinib qoldi: endi u sohil tarafdan esa boshlaydiganga o‘xshardi. Sol to‘xtadi. Lekin ko‘p o‘tmay, pasaya boshlagan suv uni ochiq dengizga surib keta boshladi. Bir sekundni ham qo‘ldan berish mumkin emas.
— Langarni tashla! — deb qichqirdi Jon Mangls. Tayyor turgan Myulredi darhol langarni tashladi.
Sol yana ikki sajenga orqaga qaytdi, keyin uni tarang tortilgan arqon ushlab qoldi. Suvning keyingi ko'tar-ilishi kech ¿urun soat o‘nda boshlanishi kerak edi, Jon Mangls solda kechasi yo‘l bosishga qarshi bo'lgani uchun sayohatchilar ertalab soat oltigacha shu yerda qolishlari kerak edi. Ular sohildan uch mil kelar-kel-mas yerda to'xtagan edilar.
Dengizda katta-katta to‘lqinlar yurib turar, ular sohil tomonga o‘tib ketayotganday tuyulardi. Glenarvan kechasi bilan shu yerda qolishlarini eshit-gach, Jon Manglsdan sohilga yetib olish uchun ana shu to'lqinlardan foydalansa bo'lmaydimi, deb so‘ra-di.
— Sizni optik aldov yanglishtiryapti, ser, — deb javob berdi unga yosh kapitan. — Bu to ‘lqinlar sizga sohil tomonga surilayotgandek tuyulyapti, xolos: asl-
502
da esa ular hech qayoqqa surilayotgani yo‘q. Shu to'lqinlar ustiga bir parcha yog'och tashlang, suv ka-maya boshlamaguncha u hech qayoqqa ketmaydi. Yo‘q, ser, biz faqat sabr -toqat bilan kutishimiz kerak.
— Ovqat yeb olishimiz ham kerak, — deb qo'shib qo‘ydi mayor.
Olbinet oziq-ovqat solib qo‘yügan yashikdan dar-rov bir necha bo'lak qoq go‘sht bilan ozgina suxari ol-di. Oshpaz ovqatning xili kamligidan xijolatda edi, ammo hamma zo‘r ishtaha bilan ovqatlandi, sol qat-tiq-qattiq chayqalib turgani uchun ko‘ngillari uncha ovqat tusamaganiga qaramay, sayohatchi ayollar ham ko'pchilikdan chetda qolmadilar.
Shuni ham aytish kerakki, kuchli to‘lqinlar kelib urishi natijasida langarga bog‘langan arqon ushlab turgan solning qattiq-qattiq chayqalishi kishini juda holdan toydirar edi. Sol qisqa, lekin shitob bilan uri-layotgan to'lqinlar zarbi ostida sakrab-sakrab ketardi; sol suv osti toshlariga ham bunday qattiq urilmas. Ba’zan u haqiqatan ham toshga kelib urilgandek bo‘lardi. Arqon siltab-siltab tortardi, shuning uchun yosh kapitan uni har yarim soatda bir sajendan uza-ytirib turdi. Agar shunday qilinmasa, arqon shartta uzilib, suv solni ochiq dengizga surib ketishi mumkin.
Jon Manglsning xavotirligini tushunish oson: ar qon minut sayin uzilib ketishi yo langar joyidan qo‘zg‘alib qolishi mumkin. Har ikki holatda ham say-ohatchilar qiyin ahvolda qolgan bo‘lar edilar.
Kech bo'ldi. Nurning sinishi natijasida cho‘ziq ko‘rinayotgan qip-qizil quyosh gardishi ufqning nariyog‘ida g‘oyib bo‘lay deb turibdi. G‘arb tomonda uzoq-uzoqlarda suv yuzi eritilgan simobday yaltirar-di. U tomonda osmon, dengiz va hali ham joyidan qimirlamay turgan «Makari»dan boshqa hech narsa ko'rinmasdi.
Birpas g‘ira-shira bo‘lib turdi-yu, birdan qorong'u tushib, shimol va sharq tomonda ufqqa tutashib tu r gan qirg‘oq qorong‘ulik ichida ko'zdan q‘oyib bo'ldi.
Kema halokatiga uchragan sayohatchilarimiz bu tor solda, bunday qop-qorong‘u zimistonda qanday siqilganlarini aytmaysizmi! Ba’zilarini yomon tushlar ko‘rishga olib boradigan og‘ir mudroq bosdi, ba’zilari esa kechasi bilan mijja qoqmay chiqdilar. Tong otgan-da hammalari juda ezilib ketgan edilar.
Yana suv ko'tarila boshladi, yana ochiq dengizdan
503
shamol qo‘zg‘aldi. Ertalab soat olti. Vaqt g‘animat — bir m inutni ham bekor o‘tkazib bo‘lmaydi. Jon Mangls yo‘lga tushishga tayyorlana boshladi, langar-ni ko'tarishni buyurdi. Lekin langarning ilmoqlari ar-qonning ha deb siltab tortaverishi natij asida qum ichiga chuqur o'rnashib qolgan edi. Brashpil bo‘lma-gani uchun Vilson bir amallab bunyodga keltirgan chig'ir yordami bilan ham langarni tortib olib bo‘lma-di.
Yarim soatcha urinishgani bekor ketdi. Nihoyat tezroq yo‘lga chiqish payida bo'lgan Jon Mangls ar-qonni uzib tashlashni buyurdi. Langardan ajrar ekan, yosh kapitan bu safargi suv ko‘tarilishida ham sohil-ga yetib ololmasalar, bir joyda to'xtab turish imkoniyatidan mahrum bo‘lar edi. Lekin Jon Mangls ortiq kutib o‘tirishni istamas edi, shuning uchun bol-ta bilan arqonni shartta uzib, solni shamol bilan oqim ixtiyoriga topshirdi. Oqimning tezligi soatiga ikki mil edi.
Elkanni ko'tardilar, sol sekin-sekin qirg‘oq tomon-ga jila boshladi; yer ko'tarilib kelayotgan quyosh nurlari ostida hali aniq ko'rinmasdi.
Suv osti toshlarini ustalik bilan chetlab o‘tib ket-dilar. Lekin dengiz tomondan esib turgan shamol tez-tez sekinlab qolar, sol nihoyatda sekin jilib borayot-ganidan, go‘yo joyidan qimirlamayotganga o‘xshardi. Qanchadan-qancha xavf-xatarlarga uchrash mumkin bo'lgan Yangi Zelandiya sohiliga yetib olish ana shun-day mashaqqat bo‘ldi!
Har holda, soat to‘qqizda qirg‘oqqa yetib olish uchun bir milcha joy qoldi. Tik sohilga borib uri-layotgan to ‘lqinlar ko‘piklanib yotardi. Sohilga chiqish uchun qulay joy topish kerak. Shamol tobo-ra susayib borib, oxiri taqqa to‘xtadi. Yelkan xal-tadek osilib qoldi va machtaga shalp-shalp urila boshladi. Jon uni tushirishni buyurdi. Endi solni qirg'oqqa faqat ko‘tarilayotgan suv surib borar, uni boshqarishning iloji yo‘q edi. Buning ustiga katta-katta suv osti o‘tlari solning suzishini battar sekin-lashtira boshladi.
Jon ertalab soat o‘nda sol deyarlik jilmay qolgani-ni ko‘rdi, qirg‘oqqa yetib olish uchun esa yana uch ka-beltovcha masofa bor. Langar yo‘qligi uchun solni to‘xtatishning iloji yo‘q. Nahotki, pasaya boshlagan suv ularni yana ochiq dengizga surib ketsa?
504
Jon Mangls m ushtini qisib, sira yetib bo‘lma-yotgan quruqlikka g ‘azab bilan qarab tu rar edi.
Baxtdan bo‘lib — endi bu haqiqatan ham baxt edi — sol bir narsaga urildi-da, to‘xtab qoldi. U so-hildan yigirma besh sajen joyda sayoz yerga duch ke-lib to'xtagan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |