Аплв1тот1 Jill. V b tk kaffTAlv grant bulalari


S a k k i z i n c h i b o b



Download 0,7 Mb.
bet234/327
Sana25.09.2021
Hajmi0,7 Mb.
#185471
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   327
Bog'liq
Kapitan Grant bolalari

S a k k i z i n c h i b o b
SAYOHATChILARIMIZ KELIB QOLGAN
MAMLAKATNING HOZIRGI KUNI
Glenarvan, Robert, Vilson, Myulredi o‘zlarini suvga tashladilar. Sol arqon bilan eng yaqin tosh-larga bog‘landi. Sayohatchi ayollarni qo‘lma-qo‘l uzatib, qirg'oqqa olib chiqdilar, ularning etagi ham ho‘l bo‘lmadi. Ko‘p o'tmay, qurol-yaroq va oziq-ovqatlarni olib, hammalari ularning yuragiga shun-cha g ‘ulg‘ula solgan Yangi Zelandiya qirg‘og‘iga chiqib oldilar.
Glenarvan sohil bo'ylab darhol Oklendga yo‘l olsak derdi, lekin ertalabdanoq osmonni qop-qora bulutlar o‘rab ola boshlab, sayohatchilar sohilga tushganlari-da, ya’ni ertalabki soat o‘n birlarda jala quyib berdi. Yo‘lga chiqib bo‘lmasdi. Biror boshpana axtarishga to‘g‘ri keldi.
Vilson bazalt qoyalari orasidan dengiz to'lqinlari o‘yib ochgan bir g‘or topdi, sayohatchilar oziq-ovqat va qurol-yaroqlar bilan o‘sha g'orga joylashib oldilar. G‘orda bir vaqtlar dengiz to‘lqinlari surib kelgan an-cha-muncha quruq suv o‘tlari bor ekan. Ular sayo-hatchilarga tayyor to‘shak edi — o‘sha quruq o'tlar bilan qanoatlanib qo‘ya qoldilar. G‘orga kiraverishda shox- shabbalar sochilib yotgan ekan; gulxan yoqib, hammalari gulxan atrofida kiyim-boshlarini qurita boshladilar.
Jon Mangls bunday qattiq jala uzoq davom etmas, degan umidda edi. U yanglishdi: jala sira tinmay, bir necha soat quydi, choshgohga yaqin unga yana nihoy-atda qattiq shamol qo'shilishdi. Bunday ahvol har qanday odamning ham xunobini oshirib yubora olardi. Nima ham qilib bo‘lardi deysiz? Hatto ot-ulovi ham bo‘lmagan odamlarning bunday ob-havoda yo‘lga chiqishi aqlga to‘g‘ri kelmagan ish bo‘lardi. Buning ustiga Oklendga yetib olish uchun bir necha kun yo‘l yurish kerak, shuning uchun shaharga o‘n ikki soat


505

kechroq yetib borilsa hech narsa qilmaydi, ishqilib, yerliklar uchrab qolmasa bo'lgani, albatta.
Majburiy ravishda to‘xtab qolganlari bu g‘orda hozir Yangi Zelandiyada bo‘layotgan urush to‘g‘risi-da gap ochildi. Lekin «Makari»da halokatga uchragan sayohatchilarimiz sohilga chiqib olishgan vaqtda bu orollardagi ahvol naqadar jiddiy bo‘l-ganini yaxshi tushunish uchun Ika-na-Maui orolida boshlanib ket-gan qonli urushning tarixini bilish kerak.
1642 -yilda Kuk bo‘g‘oziga Avel Tasman kelib ket-ganidan so'ng bu sohillarga yevropaliklarning ke-malari tez-tez kelib turadigan bo‘ldi, lekin bu yangi zelandiyaliklarning o‘z mustaqil orollarida ozod yashayverishlariga xalaqit bermas edi. Bironta Yeropa davlati hali Tinch okeanda juda muhim strate-gik ahamiyatga ega bo‘lgan bu arxipelagni bosib ol-ishni o‘ylamagan edi. Ba’zi missionerlar, ayniqsa an-glichan missionerlar yangi zelandiyalik qabila boshliqlarini Angliya hukmronligiga bo‘ysunishinglar lozim, degan fikrga o‘rgatmoqchi bo‘lar edilar. Missionerlar o‘z maqsadlariga erishdilar: rosa boplab aldangan boshliqlar homiylik qilishni so‘rab, qirolicha Viktoriya nomiga yozilgan xatga imzo qo'ydilar. Bir oz uzoqni ko‘ra oigan qabila boshliqlari buning ahmo-qlik ekanini tushunar edilar, ana shunday boshliqlar-dan biri qirolichaga yozilgan xat tagiga o‘zining ta-tuirovka belgilarini chizar ekan, bashorat qilib: «Biz vatanimizdan ajraldik. Endi u bizniki emas. Ko‘p o'tmay uni ajnabiylar bosib oladi, biz esa ularning quli bo‘lib qolamiz» degan edi.


  1. to‘g‘ri aytgan edi. 1840-yil 29-yanvarda Ika-na-Maui orolining shimolidagi orollar qo‘ltig ‘ida «Gerold» degan uch machtali ingliz harbiy kemasi paydo bo'ldi. Kema kapitani Gobson Korora-Reka qishlog'iga kelib tushdi. Yerliklar u yerdagi protes-tantlar cherkoviga majlisga chaqirildi. Bu yerda kap-itan Gobson ularga ingliz qirolichasining yorlig‘ini o‘qib berdi, bu yorliqda qirolicha Yangi Zelandiyani o‘z himoyasi ostiga olishga rozi ekanini bildirar edi.

1841-yil 5-yanvarda Para qishlog'ida ingliz rezi-denti yangi zelandiyaliklarning eng k atta qabila boshliqlarini o‘z huzuriga chaqirtirdi. Bo‘lib o‘tgan yig'ilishda xuddi o‘sha kapitan Gobson ularni ingliz

qirolichasiga b o ‘y s i i n i s h zarurligiga da’vat qilib,

qirolicha Yangi Zelandiyani himoya qilish uchun


506


askar va kemalar yuborganini ko‘rsatib o‘tdi-da, siz-larning huquqlaringiz daxlsiz qoladi, sizlar mutlaqo ozod yashayverasizlar, deb ta’kidladi. Lekin kapitan Gobson o‘z so‘zini, sizlar o‘z yerlaringizni ingliz qirolichasiga sotishingiz kerak, deb tugatdi.
Qabila boshliqlaridan ko‘pchiligi ingliz qiroli-chasining himoyasiga o'tish juda qimmatga tushar ekan, deb bu homiylikdan voz kechdilar. Lekin katta-katta va’da hamda sovg‘a -salomlar yowoyilarga kap­ itan Gobsonning dabdabali so‘zla-ridan yaxshiroq ta ’sir qildi, natijada Angliyaning homiyligi barcha shartlari bilan qabul qilindi.
1840-yilgi o‘sha mashhur kundan to «Dunkan» Klayd qo‘ltig‘idan chiqquncha o‘tgan vaqt orasida Yangi Zelandiyada nimalar bo'lgan edi?
Dunyoda Jak Paganel bilmaydigan narsa yo‘q edi, o‘zi bilgan narsalarni esa u hamrohlariga jon deb aytib berardi.
— Missis, — deb Elenga murojaat qildi u, — men ilgari aytgan gapimni yana takrorlamoqchiman: yangi zelandiyaliklar jasur xalq bo‘ladi. Ular Angliyaning talablariga yon berib, ko‘p o'tmay o‘z yerlarining har bir qarichini inglizlardan himoya qila boshladilar. Yangi Zelandiyaning erkaklari mag‘ru r va botir odamlar bo‘ladi. Ularning ba’zilari baland bo‘yli, silliq sochli bo‘ladi, ba’zilari esa bo‘yi pastroq, yag'ri-ni keng, mulatlarga o'xshagan, lekin hammasi ham baquw at, takabbur va jangari bo‘ladilar. Bir vaqtlar ularning Xixi degan m ashhur boshlig‘i bo‘lgan. Bulardan xabardor bo‘lganingizdan keyin siz Ika-na-Maui orolida inglizlarga qarshi olib borilayotgan urush qachonlardan beri davom etib kelayotganiga hayron bo'lmaysizlar. Bu yerda vaykatlar deb ataladi-gan ajoyib bir qabila bor, Vilyam Tomson ana shu qa-bilani o‘z ona yerlarini himoya qilishga otlantirgan.
— Inglizlar hozir Yangi Zelandiyadagi asosiy punktlarga xo'jayin bo‘lib olmaganmilar, axir? — deb so‘radi Jon Mangls.
— To‘g‘ri, qimmatli Jon, — deb javob berdi Paganel. — 1840-yilda kapitan Gobson Yangi Zelandiyani bosib olib, unga gubernator bo‘lganidan beri bu orollarda 1862-yilgacha to‘qqiz koloniya vu-judga keldi, ularning hammasi ham juda qulay yer-larda joylashgan. 0 ‘sha koloniyalardan to‘qqiz viloyat tashkil etildi: shimoliy orolda to‘rt viloyat — Oklend,


507

Taranaki, Vellington, Gauks viloyatlari, janubiy orol-da esa besh viloyat — Nelson, Malboro, Kenterberi, Otago va Sautlend viloyatlari. 1864-yilning 30-iyuni-gacha bu viloyatlarning aholisi hammasi bo‘lib bir yuz sakson ming uch yuz qirq olti kishi hisoblanardi. Ko‘p yerlarda muhim savdo shaharlari paydo bo‘ldi. Aminmanki, Oklendga yetib borganimizda bu janub Korinfining hush manzaraligini ko‘rib lazzatlanmay qolmaysiz. U Tinch okean suvlari ustiga solingan ko‘prikka o‘xshab ketadigan uzun ensiz bo‘yinga joy-lashgan. Oklend aholisi hoziroq o‘n ikki ming kishi hisoblanadi. G‘arbiy sohilda Yangi Plimut, sharqiy sohilda Agururi, janubiy sohilda esa Vellington sha­ harlari qad ko'tardi; ularning hammasi ham savdo-so-tiq rivojlanayotgan, gullab - yashnayotgan shahar hisoblanadi. Janubiy orolga — Tavai-puna-muga kel-ganda esa undagi qaysi shaharni yaxshiroq deyishni ham bilmay qolasiz: bog'lar qo‘yniga ko‘milgan Nelsonni yaxshiroq desammikin, Fransiyadagi singari vinosi bilan dong chiqargan Monpeleni yaxshiroq de­ sammikin, yo Kuk bo‘g‘ozi bo‘yiga tushgan Piktonni yaxshiroq desammikin, yoki butiin dunyodan oltin ax-taruvchilar kelib turadigan boy Otogo viloyatidagi Kraystchyorch, Inverkargil va Dendin shaharlarini yaxshiroq desammikin deb o‘ylab qolasiz. Shunisiga e’tibor beringlarki, do'stlarim, gap yowoyilarning oilalari turadigan bir necha chayla to ‘g‘risida emas, xuddi Parij yoki Londondagidek portlari, soborlari, banklari, doklari, botanika bog'lari, muzeylari, akkil-imatizatsiya jam iyatlari, gazetalari, kasalxonalari, moddiy yordam jamiyatlari, falsafa institutlari, ma­ son jam iyatlari, klublari, xor aytish jam iyatlari, teatrlari, butun jahon miqyosidagi vistavkalar tashkil qilish uchun qurilgan saroylari bo‘lgan haqiqiy sha-harlar ustida boryapti. Agar yanglishmayotgan bo'lsam, 1865 - yilda, qolaversa xuddi men hozir siz-larga shularni hikoya qilib berayotganimda bu yerda, shu mamlaktada butun dunyoning sanoat korxonalar-ida ishlab chiqarilgan buyumlar vistavkasi ochilgan bo‘lishi kerak.
— Yowoyilar bilan urush bo‘lib turgan vaqtda-ya? — deb so‘radi Elen.

— Inglizlarning asablari mustahkam bo‘ladi, — deb javob berdi Paganel. — Ular ayni vaqtda urush ham olib beraveradilar, vistavkalar ham tashkil qilav-




508

eradilar. Bu ularni zarracha ham xijolat qilmaydi. Ular yangi zelandiyaliklarning o‘qlari ostida temir yo'llar ham quraveradilar. Oklend viloyatida ikkita temir yo‘l shoxobchasi qo‘zg‘olonchilar ishg‘ol qilib turgan eng muhim punktlar orqali qurilyapti. Garov o'ynashim mumkin, o'sha yo‘llarni qurayotgan ishchilar yerliklar bilan parovozlarda turib otishadi-lar.
— Lekin bu uzundan-uzoq urush qanday natijalar berdi? — deb so'radi Jon Mangls.

— Bizning Yevropadan yo‘lga chiqqanimizga olti oy bo‘lay deb qoldi, albatta men jo‘nab ketganimizdan keyin nima bo'lganini bilmayman, — deb javob berdi Paganel, — men faqat Avstraliyadan o'tayotganimiz-da Meliboro va Seymur gazetalarida bosilgan ba’zi xabarlarnigina bilaman, xolos. Esimda bor, u vaqtda Ika-na-Maui orolida shiddatli janglar bo‘layotgan edi.

— Bu urush qachon boshlangan o‘zi? — deb so‘ra-di Meri Grant.

— Aziz miss, siz: «bu urush qachon qaytadan qo‘zg‘olgan» deb so‘ramoqchi bo'ldingiz shekilli, — deb javob berdi Paganel, — chunki birinchi marta qo‘zg‘olon 1845-yilda ko'tarilgan. Xo‘sh, bu urush 1863-yilning oxirida qaytadan qo‘zg‘aldi. Lekin mao-rilar bungacha ingliz istibdodini ag'darish uchun an­ cha vaqt tayyorgarlik ko‘rdilar. Yerliklar xalq par-tiyasi saylovlarda maori boshliqlaridan biri bo'lgan Potatau nomzodini o‘tkazish uchun g'ayrat bilan ish olib bordi. Bu partiya o‘sha qari qabila boshlig‘ini qirol qilib, uning Vaykato va Vaypa daryolari oralig‘iga o'rnashgan qishlog‘ini yangi dalvatning poytaxti qilib tayinlamoqchi edi. Potatauning o‘zi un-cha dovyurak bo'lmasa ham, juda makkor chol edi, lekin uning negatixaxua qabilasidan bo'lgan aqlli va g‘ayratli bosh ministri bor edi, bu qabila ajnabiylar istilosi boshlanishidan oldin Oklend bo‘yida yashardi. Vilyam Tomson degan ana shu m inistr ozodlik urushining joni bo‘lib qoldi. U maori qabilalaridan ju ­ da ustalik bilan jangovar otryadlar tuzdi. Uning ta ’siri bilan Taranakidan bo‘lgan bir boshliq tarqoq qabilalarni milliy g ‘oya atrofiga to'plab birlashtirdi. Vaykato viloyatidan bo'lgan boshqa bir qabila bosh-lig‘i Yer ligasi tashkil qildi, bu liga yerliklarni ingliz-larga yer sotmaslikka da’vat qilardi. Ingliz gazeta-lari bu tashvishli alomatlarga diqqatni torta boshladi-


509


lar; hukumat bundan juda tashvishga tushib qoldi. Qisqasi, odamlar ruhiy jihatdan uyg‘ongan, qo‘zg‘olon pishib qolgan edi. Qo‘zg‘olon lov etib alan-galanib ketishi uchun faqat bir uchqun yetishmasdi, yoki, to‘g ‘rirog‘i, yangi zelandiyaliklar bilan ingliz­ larning manfaatlari to'qnash kelmay turgan edi, xo-los.

Glenarvan endigina:

— Bu to'qnashish?.. — deb so‘ramoqchi bo'lgan edi, Paganel.

— ... 1860-yilda Ika-na-Maui orolining janub-g‘ar-biy sohilida, Taranaki viloyatida yuz berdi, — deb javob berdi. — Bir avstraliyalikning Yangi Plimut yaqinida olti yuz akr yeri bor ekan. U o‘sha yerini in ­ gliz hukumatiga sotadi. Yer o‘lchovchilar sotilgan joyni o‘lchagani kelganlarida, qabila boshlig‘i Kingi bunga norozilik bildiradi, keyin esa o'sha janjalli olti yuz akr yerning atrofiga yog'och devor bilan o‘rab, mustahkamlangan lager quradi. Bir necha kundan keyin polkovnik Gold o‘z otryadi bilan kelib bu qal’ani kuch bilan oladi. Xalq urushiga ana o‘sha kuni bir-inchi signal beriladi.


— Maorilar juda ko'pmi o‘zi! — deb so‘radi Jon Mangls.

— Keyingi yuz yil ichida ular kamayib ketdi, — deb javob berdi geografiya olimi. — 1769-yilda Kuk ularning soni to‘rt yuz ming kishiga yetadi deb belgi-lagan edi. 1845-yili protektoratning yerlik aholisi hisobga olinganda esa ularning soni bir yuz to‘qqiz ming kishi chiqqan. Hozirgi vaqtda kasalliklar «oqar-tuvchi» inglizlarning araqxo‘rlik tarqatishi va ularni shafqatsiz ravishda qirishiga qaramay, ikkala orolda to‘qson ming yerlik aholi bor, shulardan o'ttiz mingi jangchilar, mening fikrimcha, bular ingliz qo'shinlar-ini yana ancha vaqtgacha mag‘lubiyatga uchratib yu-radilar.


— Qo‘zg‘olon shu vaqtgacha muvaffaqiyatli bordi-mi? — deb so‘radi Elen.

— Ha. Yangi zelandiyaliklarning mardligi hatto inglizlarning o'zini ham necha marta qoyil qoldirgan. Ular partizanlar urushi olib boradilar, rasmiy qo'shinning kichik-kichik otryadlariga to'satdan hu-jum qiladilar, ko‘chib kelgan ingliz xonadonlarining uy-joylarini talab ketadilar. General Kameron har bir buta ostini diqqat bilan tintib chiqish lozim bo'lgan




510

bu o‘lkada o'zini erkin his qilmas edi. 1863-yilda, uzoq davom etgan qonli kurashdan keyin maorilar Vaykato daryosining yuqorisidagi tik tepaliklar etagi-da, uch qator qilib qurilgan mudofaa istehkomlari nariyog'ida tu rar edilar. Mahalliy agitator pake-kaslar, ya’ni oq tanlilar ustidan g‘alaba qozonishni va’da qilib, barcha aholini o‘z qadrdon yerlarini mu­ dofaa qilishga chaqirardilar. Yerliklarga qarshi ge­ neral Kameron boshchiligida uch ming ingliz soldati jang qilardi; yerliklar kapitan Sprentni vahshiylarcha qiynab o‘ldirganlaridan keyin inglizlar ularga sira shafqat qilmay qo‘ydilar. Qonli janglar bo‘lib turdi. Ba’zi janglar o‘n ikki soatlab davom etardi, lekin maorilar yevropaliklarning zambarak o‘qi yog‘dirib turishlariga ham qaramay, sira chekinmas edilar. Bu erksevar, jasur armiyaning asosi Vilyam Tomson boshchiligidagi vaykato degan nihoyatda yovuz qabila edi. Yerliklarning bu lashkarboshisi dastlab ikki yarim ming jangchiga boshchiliq qildi, keyin u sakkiz ming jangchiga boshchilik qila boshladi, chunki Shongi va Xeki degan otoqli qabila boshliqlari kelib qo'shildi. Bu ozodlik urushida erkaklarga xotinlar ham katta yordam berdilar. Lekin haq ish doim ham g'alaba qozonavermaydi. Uzoq davom etgan qonli janglardan keyin general Kameron har holda Vaykato okrugini ingliz hukmdorlariga bo'ysundira oldi, lekin maorilar qochib ketib, okrug kimsasiz va bo‘m-bo‘sh bo‘lib qolgandi. Bu urush vaqtlarida kishini hayron qoldiradigan qahramonona ishlar bo‘lardi. Masalan, Orakan qal’asida mingta ingliz tomonidan qurshab olingan to 'rt yuzta maori qal’ada na suv, na oziq-ovqat yo‘qligiga qaramay, taslim bo‘lishdan bosh tort-dilar. Kunlardan bir kun choshgoh payti ular qirqinchi polk soldatlari orasidan o‘zlariga qonli yo‘l ochib o'tdilar va botqoqlikda g'oyib bo'ldilar.
— Bu qonli urush oxiri Vaykato okrugini bo'ysundirish bilan tugadimi? —- deb so‘radi Jon Mangls.
— Yo‘q, do‘stim, tugagani yo‘q, — deb javob ber-di Paganel. — Inglizlar Taranaki viloyatiga borib, Vilyam Tomson to'xtagan Matantava qal’asini qur­ shab olishga qaror qildilar. Albatta, bu qal’ani olish-da ular ko‘p talofat ko‘rishlari turgan gap. Esimda, Parijdan jo‘nab ketishimdan salgina oldin gazetalar-dan taranga qabilasi general va gubernatorga


511

bo'ysunishga rozi bo‘libdi, ular esa yerning to‘rtdan uch qismini yerliklarga qoldiribdi deb o‘qigan edim. 0 ‘sha gazetalarda qo‘zg‘olonning bosh rahbari Vilyam Tomson ham taslim bo'lishga tayyorlanyapti, degan xabarlar bor edi. Lekin Avstraliya gazetalarida men buni tasdiqlaydigan bironta xabar o'qiganim yo‘q — aksincha, u gazetalardagi xabarlarga qaraganda, yan-gi zelandiyaliklar bundan keyin ham qarshilik ko'rsa-tishga g‘ayrat bilan tayyorgarlik ko'rmoqdalar.

— Demak, siz bu kurash Taranaka va Oklend viloyatlarida bo‘ladi deb o‘ylaysizmi, Paganel? — deb so'radi Glenarvan.


— Ha, shunday bo‘lsa kerak deb o‘ylayman.

— Ulardan biri «Makari» halokatga uchragandan keyin biz kelib qolgan xuddi mana shu viloyat, a?

— Xuddi shu vlioyat. Biz Kavia gavanidan nihoya-ti bir necha mil joyda sohilga chiqdik, menimcha, u yerda hozir ham maorilarning milliy bayrog‘i hilpirab turgan bo'lsa kerak.

— Bo‘lmasa, shimol tomonga yursak, to‘g‘ri qil-gan bo'lar ekanmiz, — dedi Glenarvan.

— Albatta, — deb unga qo‘shilishdi Paganel. — Yangi zelandiyaliklar yevropaliklarni, ayniqsa ingliz-larni yomon ko‘radilar. Shuning uchun ularning qo'liga tushmaslikka harakat qilamiz.


  • — Ehtimol, biz ingliz qo‘shinining biror otryadiga duch kelarmiz, — dedi Elen. — K atta baxt bo'lardi-da!

— Ehtim6l, — dedi geografiya olimi, — lekin bun-ga mening ishonchim kam. Alohida ingliz otryadlari har bir buta, har bir shox orasida usta merganlar yashirinib o‘tiradigan bu yerlarda yurishni uncha hush ko‘rmaydilar. Men ana shuning uchun qirqinchi polk soldatlari himoyasiga o'tishni umid qilmayman. Ammo Oklendga boradigan yo‘limiz o‘tadigan g'arbiy sohilda bir necha missiya bor, biz o‘sha missiyalarda to‘xtab o‘tishimiz mumkin. Men hatto Goxshtetter Vaykato daryosi bo'ylab o'tgan yo'lga chiqib olishni umid qilib turibman.


— U kim, sayohatchimi? — deb so'radi Robert Grant.
— Ha, o‘g‘lim, u 1858-yilda «Navarra» degan Avstraliya fregatida butun dunyoni sayohat qilgan ilmiy ekspeditsiyaning a’zosi.
— Janob Paganel, — yana so‘radi buyuk geografik


512

kashfiyotlar to‘g‘risidagi fikr miyasiga kelishi bi-lanoq ko‘zlari chaqnab ketgan Robert, — Avstraliyani tekshirgan Byork va S tyuart singari Yangi Zelandiyani tekshirgan sayohatchilar ham bo‘lganmi?
— Bir necha sayohatchi tekshirgan, o‘g ‘lim: masalan, doktor Guker, professor Brizar, tabiiyot-shunos Diffenbax va Yulius Gast. Ulardan ba’zilari sarguzasht axtarib hayotidan ajragan bo'lsa ham, Avstraliya va Afrikani tekshirgan sayohatchilardek mashhur emas.
— Siz ularning sayohati tarixini bilasizmi? — deb so‘radi yosh Grant.

— Bo‘lmasamchi! Ko‘rib turibm an, og'aynim , o‘sha sayohatchilar to‘g‘risida men bilgan narsalarni bilishga qiziqib turibsan, hoziroq aytib berishim mumkin.


— Rahmat, janob Paganel, qulog'im sizda.

— Biz ham eshitamiz, — dedi Elen. — Yomon ha-vo ilmimizni oshirishga birinchi m arta majbur qila-yotgani yo‘q. Shuning uchun, janob Paganel, ham-mamizga hikoya qilib berasiz.


— Xizmatingizga hozirman, — deb javob berdi geografiya olimi. — Lekin hikoyam uzun emas. U Avstraliyada minotavr’ bilan yakkama-yakka jang qil-gan qahramon sayyohlar to ‘g ‘risidagi hikoyaga o‘xshagan bo'lmaydi. Yangi Zelandiya juda kichkina mamlakat. Shuning uchun men hozir hikoya qilib bermoqchi bo‘lgan odamlar sayohatchilar emas, balki oddiy baxsiz hodisalar vaqtida halok bo‘lgan turist-lar, xolos.
— Ismlarini ayting, — deb iltimos qildi Meri Grant.
— Geometr Uitkomb va Charlton Govit, bu Vimmeri daryosi bo‘yida turganimizda aytib berga-nim o‘sha mashhur ekspeditsiya vaqtida halok bo'lgan Byorkni qidirib borgan Govit. Uitkomb bilan Govit ikkovi ikki ekspeditsiyaga boshchiliq qilib, Tavai-puna-mu orolini tekshiradilar. Ularning ikkalasi 1863-yilning boshida Kenterberi viloyatining shimo-
lidagi tog‘lardan yo‘l topish maqsadida Krayst-chyorchdan yo‘lga chiqadilar. Govit viloyatning shi-moliy chegarasida tog‘ tizm asidan oshib o'tib,

1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish