T o* r t i n c h i b o b
SU V O STI TO ShL A R I
Og‘ir safar esa davom etardi. 2-fevralda, «Makari» yo‘lga chiqqaniga olti kun bo'lsa ham Oklend sohillari hali ko‘rinmasdi. Shamol orqa tarafdan — janubi-g'arbdan esardi. Ammo kemaga qarshidan kelayotgan dengiz oqimlari xalaqit berar, shuning uchun u juda sekin ilgarilab borardi. Dengiz to‘lqinlanib turardi. «Makari» qattiq chayqalib borar, butun tanasi qisir-lardi; kema to‘lqinlar ichiga munkib ketar, undan o'zini zo‘rg ‘a ko'tarib olardi. Vantlar, bakshtaglar va shtaglar tarang tortilmagani uchun machta mahkam turmas, kema qattiq chayqalganda esa, ular lopil-lardi.
Baxtdan bo‘lib, shoshilishni yomon ko‘rgan Bill Galley ko‘p yelkan ochmagan edi, bo'lmasa machtalar allaqachon sinib tushgan bo'lardi. Har holda Jon
476
Mangls bu shaloq kemaning bir amallab portga yetib olishidan umidini uzmasdi, lekin hamrohlari bu ke-mada qanday yomon sharoitda ekanliklarini o'ylash unga og‘ir edi.
Ammo na Elen, na Meri Grant, tinmay urib turgan yomg'ir rubkadan chiqishga yo‘l qo'ymasa ham, hech narsa deb nolishmas edi. Rubka esa dim, kemaning chayqashi ham u yerda kuchliroq seziladi. Shuning uchun, yomg'ir yog'ib turganiga ham qaramay, ular tez-tez palubaga chiqishardi, bunday vaqtlarda ularni faqat shamolning qattiq urib berishigina yana tor rubkaga qaytib kirishga majbur etardi, bu rubka esa yo'lovchi tashishdan ko‘ra tovar tashishga mosroq edi, yo‘lovchi ayollar to ‘g‘risida- ku gapirmasa ham bo'ladi.
D o'stlar bir amal qilib, ayollarning ko‘nglini ochishga urinishardi. Paganel ularga o‘z hikoya-laridan so‘zlab bermoqchi bo‘lib ko‘rdi, lekin foydasi bo'lmadi. G'amginlik bilan qaytib ketayotganlari sa-yohatchilarga og‘ir ta ’sir etardi. Ana shuning uchun oldin geografiya olimining pampaslar va Avstraliya haqidagi hikoyalarini qiziqib tinglagan sayohatchilar, endi Yangi Zelandiya to‘g‘risida gap bo‘lganda, uning hikoyalariga qiziqishmasdi. Axir ular bu g'am gin mamlakatga ularni g'ayratga m indiruvchi biror maqsadsiz, o'zlari istab emas, balki yaramas zarurat natijasida ketayotgan edilar.
«Makari»dagi yo‘lovchilar ichida hammadan ham Glenarvanga achinardi kishi. U rubkada kamdan - kam o'tirar, bunga sabri chidamasdi. Tabiatan yuragi tor-roq va tez diqqati oshib ketadigan bu odam tor rub kaga sig'ib o‘tira olmasdi. U urib turgan to'lqinlarga ham, quyib turgan yomg'irga ham e’tibor bermay, bu tun kunni, hatto kechaning ham bir qismini palubada o‘tkazardi. Eduard goh kema panjarasiga tayanib tu rar, goh atrofni bosib yotgan tumanga tikilib, paluba da u yoqdan-bu yoqqa yurardi. Tuman bir oz tarqal-gan vaqtlarda Glenarvan uzun durbinni qo'lidan qo‘ymasdi. U tilsiz to ‘lqinlardan gap so‘rayotgandek tuyulardi; bir qo‘l siltashda tuman pardasini yirtib tashlamoqchi bo'layotgandek, ufqni bosib ketgan to‘p-to‘p bug‘larni surib tashlamoqchi bo'layotgandek ko'rinardi. U, boshiga tushgan kulfatlar bilan aslo ke-lisha olmas, nihoyatda qattiq azob chekayotgani basharasidan ko‘rinib turardi. U g'ayratli, baxtli va
477
dasti uzun kishi edi, endi esa birdan baxtsiz va qo‘li qisqa bo‘lib qoldi.
Jon Mangls Glenarvanni yolg'iz qo‘ymadi, u butun qiyinchiliklarni Glenarvan bilan birga tortishdi. Shu kuni Glenarvan tuman siyraklashganidan foydalanib dengizga, ayniqsa diqqat bilan tikildi.
— Yerni qidiryapsizmi, ser? — deb so‘radi Jon Mangls.
Glenarvan yo‘q deganday bosh chayqab qo'ydi.
— Har hollda, bu kemadan tushadigan vaqtni sabrsizlik bilan kutayotgan bo'lsangiz kerak, — dedi yosh kapitan. — Biz Oklend chiroqlarini bundan o'ttiz olti soat burunoq ko'rishimiz kerak edi.
Glenarvan hech narsa demadi. U hamon qo‘lidagi uzun durbin bilan shamol esib turgan tomonga qarar-di.
— Yer u tomonda emas, — dedi Jon Mangls. — 0 ‘ng tomonga qarang, ser.
— 0 ‘ngga qarab nima qilaman, Jon? — dedi Glenarvan. — Men yerni axtarayotganim yo‘q.
— Bo‘lmasa nimani axtaryapsiz, ser?
— Kemamni! «Dunkan»imni! — deb javob berdi Glenarvan, g‘azab bilan. — Axir u mana shu atrofda
qaroqchilik qilib yurgan bo'lishi kerak- da! Áytyapman- ku sizga, Jon, u shu orada, Avstraliya bi lan Yangi Zelandiya oralig‘ida. Yuragim sezib turib-di, biz u bilan albatta uchrashamiz.
— Yaxshisi, uchrashmaganimiz tuzuk, ser!
— Nima uchun, Jon?
— Hozir biz qanday ahvolda ekanimizni unut-mang, ser. Agar «Dunkan» bizni quvib qolsa, bu shaloq kemada biz nima ham qila olamiz? Biz undan qochib qutula olmaymiz ham.
— Qochamiz deysizmi, Jon?
— Ha, ser! Lekin mehnatimiz zoye ketgan bo‘lardi! Biz qo‘lga tushar va o‘sha ablahlarning asiri bo‘lib qo-lardik, Ben Joys esa hech qanday jinoyatdan ham qaytmasligini ko‘rsatdi. Gap bizning hayotimiz to ‘g‘risida borayotgani yo‘q — biz oxirgi nafasimiz-gacha kurashgan bo'lardik. Lekin, ser, ayol ham-rohlarimizni o'ylang!
— Bechora ayollar! — deb shivirladi Glenarvan. — Yurak-bag‘rim pora-pora bo‘lib ketdi, Jon, hatto ba’zan juda umidsizlikka tushib qolyapman. Nazarimda, bizni yangi-yangi balolar kutib turgan-
478
dek, taqdir bizga qarshi turgandek tuyuladi, shuning uchun ba’zan qo'rqib ketaman.
— Siz-a, ser?
— Men o‘zimdan qo‘rqmayman, Jon, o‘zim yaxshi ko‘radigan va siz ham yaxshi ko'radigan odamlar uchun qo'rqaman.
— Xotirjam bo‘ling, ser,— deb javob berdi yosh kapitan.— Qo‘rqadigan hech gap yo‘q. «Makari»-ning suzishining mazasi yo‘q, lekin har holda suzib bo-ryapti. Bill Galley to ‘pos bir hayvon, lekin men shu yerdaman-ku, agar sohilga yaqinlashish xavfli bo‘lib qolsa, kemani yana ochiq dengizga buraman. Demak, bu jihatdan xavf kam, ehtimolki butunlay yo‘q. Lekin «Dunkan» bilan uchrashib qolish xavfli, shuning uchun, ser, agar siz «Dunkan»ni qidirayotgan bo'lsangiz bundan maqsad u bilan to‘qnashishdan qochish, undan nari yurish bo‘lishi kerak.
Jon Mangls haqli edi: «Dunkan» bilan uchra-shuv «Makari» uchun falokat bo‘lardi. Qaroqchilar baha-zo‘r talon-toroj qila oladigan yerlar bo'lganidan atrof juda xavfli edi. Baxtdan bo'lib, o‘sha kun kechgacha ham kema ko‘rinmadi, «Makari» Tufold qo‘ltig ‘idan chiqqanidan keyingi oltinchi tun ham hech qanday xavfdan darak bermay kirdi.
Ko‘rinishidan, bu juda dahshatli bo'lishi kerak edi. Kechqurun soat yettida birdan qorong'u tushdi.
Havoning avzoyi buzuq. Hatto piyanista Bill Galleyning ham dengizchilik instinktni uyg‘onib qol-di. Kapitan ko'zlarini ishqalab, katta qizil soch boshi-ni silkitib-silkitib kayutasidan chiqdi -da, ba’zi kishi-lar es-hushini yig'ib olish uchun bir stakan suv ich-ganday, kuch bilan o'pkasini to'ldirib havo yutdi, so‘ng yelkanlarni ko'zdan kechira boshladi. Shamol kuchayar, o‘z yo‘nalishini g‘arb tomonga bir rumb o‘zgartirib, kemani Yangi Zelandiya sohillari tomon surib borardi.
Bill Galley og'ziga kelganini qaytarmay, mat-roslarni so‘kib, bramselni yig‘ib olishni buyurdi. Jon Mangls kapitanning buyrug‘ini ma’qulladi, lekin uning o‘ziga hech narsa demadi. U bu qo‘rs bilan hech narsa to ‘g‘risida gaplashmaslikka ahd qildi. Ammo na Glenarvan, na yosh kapitan palubadan ketmadilar. Ikki soatdan so‘ng shamol yana ham kuchaydi, Bill Galley marsel yelkanini kichraytirishni buyurdi. Agar «Makari»da amerika sistemasida ishlangan ikki qavatli
479
reyalar bo'lmaganda, besh kishilik komanda bilan bu ishni amalga oshirish qiyin bo‘lardi. Tepadagi reyani tushirish bilan marsel yelkani juda kichkina bo‘ldi-qol-di.
Yana ikki soat o'tdi. Dengiz tobora qattiq to'lqin-lanardi. To'lqinlar kemaga shitob bilan urilar, kema go‘yo suv osti toshlariga borib urilayotgandek tuyu-lardi. «Makari»ning og'ir tanasi to‘lqinlar ustiga zo‘rg‘a ko'tarilar, shuning uchun orqadan kelib urgan to'lqinlar paluba ustidan oshib o‘tib ketardi. Remaning so‘l bortiga bog'lab qo‘yilgan qayiqni ana shunday to'lqinlardan biri dengizga surib ketdi.
Jon Mangls xavotir bo‘la boshladi. Aslida bu juda ham kuchli bo‘lmagan to‘lqinlar boshqa har qanday kema uchun xavfli emas, lekin yuki og‘ir «Makari» birdan cho'kib ketishi mumkin edi, chunki u har sa far to‘lqinlar orasiga sho‘ng‘iganda palubasiga juda ko‘p suv bostirib kirardi, palubaning atrofida yetarli darajada tarnovlari bo‘lmaganidan, suv darrov chiqib ketolmasdi, bundan esa kemaning cho‘kib ketish xav-fi tug‘ilardi. Suvning chiqib ketishini osonlashtirin uchun bortning tepasidan boita bilan teshiklar ochish foydali bo‘lardi, lekin Bill Galley bunday ehtiyot choralari ko‘rishni istamadi. Ammo bari bir «Makari» uchun undan ham kattaroq xavf tug'ilib qoldi, bu xavfning oldini olish vaqti esa o‘tgan edi.
Bortning shamol kelib urayotgan tarafida turgan Jon Mangls bilan Vilson kechasi soat o‘n bir yarim-larda birdan allaqanday qalati guvullagan tovush es-hitib qoll^ilar. Ularda dengizchilik instinkti uyg‘on-di. Jon matrosning qo‘lidan mahkam tutdi.
— To'lqin toshga urilyapti! — dedi u.
— Ha, — dedi Vilson, — to'lqinlar qoyalarga borib urilyapti. — Ikki kabeltovdan uzoqda emasga o‘xshaydi-ya?
— Ha, shuncha joyda. Bu — yer.
Jon bort ustidan engashib, qop-qora to‘lqinlarga tikilib qaradi.
— Lot tashla, Vilson, lot!
«Makari»ning tum shug‘ida turgan kema xo‘jayini yuz bergan ahvolga tamom beparvo edi. Vilson bakda o‘rog‘liq turgan lotni olib, dengizga tashladi. Arqon uning barmoqlari orasidan sirg'anib, pastga tusha boshladi. Uchinchi tugunga kelganda lot to ‘xtadi.
— Uch sajen! — deb qichiqirdi Vilson.
480
— Kapitan, toshlarga yaqin kelib qolibmiz! — deb qichqirdi Jon, Bill Galley yoniga yugurganicha kelib.
Jon Mangls Galleyning yelkasini qisib qo‘yganini sezdimi-yo‘qmi — bunnig ahamiyati yo‘q, lekin yosh kapitan rulga otildi, rumpelni burib yubordi, Vilson esa lotni tashlab, kemani shamolga to ‘g‘rilash uchun marselni torta boshladi. Jon Mangls kuch bilan itarib yuborgan rul oldidagi matros kutilmagan bu hujum-dan angrayib qoldi.
— Bo‘shat! Bo‘shat! — deb qichqirardi yosh kapi tan, kemani suv osti toshlaridan nari olib ketish uchun boshqa tarafga burar ekan.
Kema yarim minutcha o‘ng biqini bilan suv osti toshlariga urilay-urilay deb suzib bordi, shunda tun qanchalik qorong'u bo'lmasin, Jon to 'rt sajencha joy-da oppoq o'rkach otib quturayotgan to'lqinlarni ko‘rib qoldi. Nihoyat, kemaning qanday xavf ostida qolganini tushungan Bill Galley esini yo‘qotib qo'ydi. Zo‘rg‘a kayfi tarqagan matroslar kapitan ulardan ni-ma talab qilayotganini aslo tushunolm as edilar. Uning bir-biriga yopishmagan gaplari, bir-biriga zid buyruqlari bu to‘pos piyanistaning aslo sovuqqonlikni bilmasligidan darak berardi. Galley nihoyatda hayron qoldi: u yer hali o‘ttiz-qiriq mil masofada deb o‘ylar-di, yer esa nihoyati sakkiz mil joyda ekan. Oqim ke mani odatdagi yo'lidan chetga surib ketibdi, ojiz mu-taassib — kapitan esa buni bilmay qolgan edi.
Jon Mangls tezlik bilan o'tkazgan manevr natijasi-da «Makari» suv osti toshlariga borib urilmadi. Lekin Jon Mangls farvaterni bilmasdi. Ehtimol, suv osti toshlari kemani har tarafdan o‘rab yotgandar? Shamol kemani to‘g‘ri sharqqa surib borardi, shuning uchun kema har minutda boshqa biror suv osti qo-yasiga borib urilishi mumkin edi.
Ko‘p o‘tmay to‘lqinning toshg borib urilayotgani o‘ng tarafdan eshitila boshladi. Jon Mangls yana suv osti toshlariga chap berib o‘ta boshladi. Kemaning tumshuq tarafidan birin-ketin qoyalar chiqib kelaver-di. Qanday qilib bo‘lmasin ochiq dengizga qaytib chiqish kerak edi. Lekin bunday yelkanlari kam qaltis kema bilan kerakli tomonga biror falokatsiz qayrilib bo‘larmikin? Muvaffaqiyat qozonishga umid kam, lekin shunday manevr qilmasdan iloj yo‘q.
— Rulni bur! Oxirigacha! — deb qichqirdi Jon Mangls Vilsonga.
16 K apitan G rant bolalari. 481
«Makari» suv osti toshlarining yangi qatoriga yaqinlashib keldi. Toshlarga urilgan to‘lqinlar ko‘pik-lanib yotardi. Og'ir kutish minutlari yetib keldi. Oppoq ko'pik bosgan to‘lqinlar fosfor nurlari yorit-gandek yarqirab ketar dengiz quturib o‘kirardi.
Vilson bilan Myulredi egilib kuchlarining boricha rulni burdilar. Birdan kema qattiq silkinib ketdi. «Makari» suv osti toshiga urilgan edi. Vater-shtaglar uzildi, shuning uchun fok-machta bo‘shashib qoldi. Jon Manglsning miyasidan yalt etib kemani boshqa biror falokatsiz burib olib bo'larmikan?» degan fikr o‘tdi.
Yo‘q, kemani eson- omon burib olishning iloji bo'lmadi -shamol birdan tinib, kema to‘xtab qoldi. Bostirib kelgan zo‘r to'lqin uni surib ketdi va dast ko‘tarib suv osti toshlariga urdi. Fok- machta o'zining butun asbob -uskunalari bilan qulab tushdi. Kema kilining orqa qismi bilan suv osti toshiga ikki marta urildi-da, o‘ng yonboshiga o‘ttiz gradus qiyshayib, qimirlamay yotib qoldi.
Rubkadagi oynalar chil-chil sindi. Yo'lovchilar palubaga yugurib chiqdilar, ammo palubaga to'lqinlar kelib urilayotgani uchun unda qolish xavfli edi. Jon Mangls kema uzil- kesil qumga o'tirib qolganini sezib, yo‘lovchilardan rubkaga qaytishni iltimos qildi.
— To‘g‘risini aytavering, Jon, — dedi Glenarvan, sovuqqonlik bilan yosh kapitanga.
— To‘g‘risini aytsam, ser, ahvol mana bunday; ke ma cho‘kib ketmaydi. Kemani to‘lqinlar parcha-par-cha qilib tashlaydimi-yo‘qmi — bu boshqa masala, ammo zarur choralar ko‘ra olishimiz uchun vaqt yetarli.
— Hozir yarim kechami?
— Ha, ser, shuning uchun tong otguncha kutib turishimiz kerak.
Suvga qayiq tushirib bo‘lmaydimi?
— Kuchli to‘lqinlar quturib turgan bunday zim-ziyo kechada qayiq tushirishning foydasi yo‘q. Buning ustiga, sohilning qaysi tarafda ekanini ham bilmaymiz.
— Xo‘p, Jon, tong otguncha shu yerda qolamiz.
Bu payt Bill Galley o‘z kemasining palubasida tel-balardek u yoqdan-bu yoqqa yugurib yurardi. Uning matroslari es-hushini bir oz yig‘ishtirib olib, araq solingan bir bochkani ochib ichishga tushdilar. Mast
482
bo‘lib olishgach, ular har qanday noma’qulchilik qi-lishdan ham toymaydilar, deb o‘yladi Jon . Kapitan o‘z komandasini tinchitadi deb umid qilib bo‘lmasdi
— bu ojiz odam sochlarnii yular, qo‘llarini qarsillatar va faqat straxovaniya qilinmagan yukini o‘ylardi.
— Harob bo'ldim! Xonavayron bo‘ldim! — deb qichqirar edi Galley, u bortdan bu bortga chopib.
Jon Mangls unga dalda berib o‘tirm adi. U, o‘z hamrohlariga qurol-yaroqlarni tayyor tutinglar deb maslahat berdi, so‘ng hammalari zarur bo‘lib qolsa, matroslarning esini joyiga tushirib qo‘yishga hozirlik ko'rdilar. Matroslar esa araq ichishar, og‘ziga kel-ganini qaytarmay so'kinishar edi.
— Ablahlardan birontasi rubkaga yaqin kelib ko‘rsinchi, itdek otib tashlayman, — dedi xotirjamlik bilan mayor.
Matroslar ularni ayab o'tirm asliklarini tushundi-lar shekilli, sayohatchilarni talashga bir urinib ko‘rib, ish chiqmagach, allaqayoqqa g‘oyib bo‘ladilar. Jon Mangls bu piyanistlarni o'ylamay ham qo‘ydi. U sabrsizlik bilan tong otishini kutardi.
Kema qimir etmay turardi. Shamol pasaya bordi. Dengiz sekin-asta tinchlana boshladi. Aftidan, ke-maning korpusi yana bir necha soat to‘lqinlarga dosh bera olardi. Quyosh chiqish paytida Jon Mangls so-hilni ko‘rib olmoqchi edi. Unga yetib olish qiyin bo‘lmasa, kemada omon qolgan birdanbir qayiq ko-mandani ham, yo‘lovchilarni ham sohilga chiqarib qo‘yadi. Qayiq sohilga bir necha m arta borib kelishi lozim bo‘ladi, chunki unga to‘rt kishidan ortiq odam sig‘masdi. Kemaning katta qayig'ini esa, aw al aytga-nimizdek, to‘lqin yuvib ketgan.
Jon Mangls qanday xatarli ahvolda qolganlarini o‘ylar ekan, kema bortiga suyangancha, jo‘sh urayot-gan serko'pik to ‘lqinlarning guvullashiga quloq solar-di. U atrofni bosib yotgan qop-qorong‘u zimistondan biror narsani ilg‘ab olishga urinib, dengizga tikilar va tezroq yetib olishni orzu qilib kutishgan, ayni vaqtda mehmondo'st bo'lmagan yer qancha masofadaykin, deb o‘zi-o‘zidan so‘rar-di. Suv osti toshlari ko‘p joy-larda sohildan bir necha mil uzoqda bo‘ladi. Yengilgina, nimjon qayiq shuncha yerni bosib o'tish-ga dosh berarmikan?
Jon Mangls, tong yorishini kutib, yuz bergan ahvol haqida bosh qotirayotgan vaqtda, u tinchlantir-
483
gan yo‘lovchi ayollar o‘z koykalarida uxlab yotar edi-lar. Kemaning qimirlaymay turishi natijasida bir necha soat dam olish imkoniyati tug‘il-di. Glenarvan, Jon Mangls va ula^rning boshqa hamrohlari o‘lgudek mast komandaning ovozi eshitilmay qolgani uchun jindek-jindek mizg'ib olishga qaror qildilar. Kechasi soat birda qumga o‘tirib qolgan «Makari»da jimlik cho‘kdi.
Ertalab soat to‘rtlarda sharq tarafdan tong yori-shib kela boshladi. G'ira-shira tong yorug'ida bulut-lar oqardi. Jon Mangls yana palubaga chiqdi. Ufqni tuman pardasi to'sib turardi. Uzoqdan nimaligi aniq ko'rinmagan allanarsalar ertalabki bug‘ ichida suzib yurgandek ko‘rinar, dengiz suvi asta jimir-lardi.
Jon Mangls kuta boshladi. Sekin-asta tong yo-rishib, sharq taraf qizil tus oldi. Tuman pardasi sekin-asta ko‘tarilib, suvdagi qora qoya toshlar ko‘rina boshladi. So‘ng suv yuzini qoplagan ko'pik chizig'i ortida bilinar -bilinmas bir chizq paydo bo'ldi, uning tepasida mayak singari allaqanday o'tkir yorug‘liq ko‘rindi — bu tog‘ cho‘qqisini yoritib yuborgan, lekin o‘zi hali ko ‘rinmayotgan quyosh edi. Yer o‘sha tomonda, to‘qqiz milga yetar-etmas joyda edi.
— Yer! — deb qichqirdi Jon Mangls.
Uning ovozidan uyg‘onib ketgan hamrohlari kema palubasiga yugurib chiqdilar va ufqda ko'rinib turgan yerga jim gina tikilib qaray boshladilar. Bu yer mehmondo‘stmi, falokatlar keltirarmi, har holda u sayohatchilarga boshpana berishi kerak edi.
— Bill Galley qani?— deb so'radi Glenarvan.
— Bilmadim, ser,— deb javob berdi Jon Mangls.
— Matroslarichi?
— Ular ham kapitanidek g ‘oyib bo‘ldi.
— Ular ham kapitandek o‘lgudek mast bo'lsalar kerak, — deb qo‘shib qo‘ydi Mak-Nabbs.
— Izlab topinglar, — dedi Glenarvan. Ularni bu kemada tashlab ketib bo‘lmaydi-ku, axir.
— Myulredi bilan Vilson bakdagi hujraga tushib darhol qaytib chiqdilar, chunki u yerda hech kim yo‘q ekan. Keyin ular kemaning hamma yog‘ini rosa qidirdilar, hatto tryumga ham tushib chiqdilar, lekin na Bill Galley, na uning matroslari hech qayerda yo‘q edi.
484
— Nima? Hech kim yo‘qmi? — deb so'radi Glenarvan.
— Dengizga yiqilib tushgan bo'lmasinlar yana?— deb so'radi Paganel.
— Bo'lshii mumkin,— dedi ularning g‘oyib bo‘lib qolganidan juda xavotirga tugan Jon Mangls. Keyin kemaning quyruq tomoniga yurar ekan: — Qayiq-qa! — deb qichqirdi.
Vilson bilan Myulredi qayiqni suvga tushirish uchun uning ketidan yurdilar, lekin qayiq yo‘q — u g‘oyib bo'lib qolgandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |