460
I k k i n c h i b o b
SA Y oH A TC hILA R IM IZ YO‘L OLGAN
M A M LA K A TN IN G 0 ‘T M IShI
Ertasiga, 27-yanvarda «Makari» kem asining yo‘lovchilari uning tor rubkasiga joylashdilar. Bill Galley sayohatchi ayollarga o‘z kayutasini bermadi, albatta; lekin bunga achinmasa ham bo‘lardi, chunki Bill Galleydek ayiqning ini ham o‘z egasiga mos edi.
Kunduzi soat o‘n ikki yarimda suvning ko‘tarila boshlashi bilanoq langarni ko‘tardilar. Uni dengiz tagidan zo‘rg‘a tortib oldilar. Janub-g‘arbdan m u’-tadil shamol esib turardi. Birin-ketin yelkanlarni ko'tardilar . Kema komandasidagi besh m atros shoshilmas edi. Vilson ularga yordam bermoqchi bo‘lgan edi, Galley birovning ishiga aralashma deb, dag'allik bilan uni to ‘xtatdi. Galley yana, men har qanday qiyin ahvoldan o‘zim chiqib o‘rganganman, hech kimning yordamiga ham, maslahatiga ham zor emasman, deb qo'shib qo‘ydi.
Keyingi ibora Jon Manglsga qarata aytilgan edi. Matroslarning naqadar beso'naqay ishlayotganlarini ko‘rgan yosh kapitan goh-gohda asta kulib q o ' y a r d i . Jon Mangls Galleyning shamasini tushundi va to ko - mandaning noshudligi nataj asida kema xavf ostida qolmaguncha, uni boshqarish ishiga aralashmaslikka ahd qildi.
Nihoyat, beshta matros xo'jayinning so'kishlari va baqiriq-chaqiriqlari ostida yelkanlarni ko'tarib bo‘ldi, so‘ng «Makari» pastki yelkanlari, marsellar, bramsel-lar, qiya grotlar va kliverlari yordami bilan so‘l tomoniga sal qiyshayib, ochiq dengizga chiqdi. Lekin yelkanlari shuncha ko'pligiga qaramay, kema juda sekin borardi. «M akari»ning to ‘mtoq tum shug‘i, tagining nihoyatda kengligi va orqa tomoninig juda og'irligi uning dengizchilar «kalosh» deb nom berish-gan kemalarning tipik namoyandasi ekanidan darak berardi.
Bunga chidashga majbur edilar. Bularning baxti-ga, «Makari» har qancha sekin yurmasin besh kundan keyin, o‘zog‘i bilan olti kundan keyin Oklend portida langar tashlashi kerak.
Kechqurun soat yettida Avstraliya sohili va Eden portidagi mayak ko'zdan yo‘qoldi. Dengiz anchagina notinch, to‘lqinlar kemani kuchligina chayqar, u og‘ir
461
gavdasi bilan to‘lqinlar orasiga sho‘ng‘ib-sho‘ng‘ib borardi. Yo‘lovchilar qattiq-qattiq chayqalar, bu esa tor rubkada o'tirishni qiyinlashtirardi; ammo kuchli jala quyib turgani uchun palubaga chiqib bo'lmasdi.
Yo‘lovchilarning hammasi ham o‘z fikrlari bilan band. Kam gaplashishar, Elen bilan Meri Grant har zamonda bir -ikki og‘iz so'zlashib qo‘yardilar. Glenarvan bir joyda o'tirolmas, tinmay u burchakdan-bu burchakka yurardi. Mayor qimir etmay o‘tirardi. Jon Mangls Robert bilan birga har zamonda dengizni kuzatgani palubaga chiqardi. Paganel esa bir bur chakka tiqilib olib, allaqanday tushunib bo‘lmaydigan so'zlarni aytib, to‘ng‘illab o‘tirardi.
M uxtaram geografning xayoli qayoqlarda ekan? Uning xayollari taqdir o‘zini olib ketayotgan Yangi Zelandiyada edi. Paganel Yangi Zelandiyaning butun tarixini birma-bir miyasidan o‘tkazar, ko‘zi oldida bu mamlakatnig mudxish o‘tmishi jonlanardi.
Lekin bu mamlakatning tarixida uni ochgan kishi-lar bu o‘lkani qit’a deb o‘ylashlariga asos beradigan biror voqia yoki sabab bo'lganmi? Hozirgi zamon ge-ografi yoki dengizchisi bu orollarni qit’a deb ayta olarmidi? Ko‘rganimizdek, Paganel kapitan Grant-ning xujjatini tahlil qilishga qaytaqayta urinardi. Bu unga allaqanday yopishqoq bir ideya, tashlab bo‘lmas bir yuk bo‘lib qoldi. Bitta so‘zning yordami bilan uning tasaw uri olimni Yangi Zelandiya orollariga olib ketdi. Lekin bir narsa, faqat bir narsa, uning boshini qotirar edi.
— Kontin... kontin... — deyu takrorlar edi u tin may. — Axir bu kontinent, ya’ni q it’a degan so‘z-ku.
Shundan so‘ng u janubiy dengizlar orasidagi bu ik ki katta orolni tekshirgan dengizchilarni eslab ketdi.
1642-yil 13-dekabrda gollandiyalik Tasman Van-Dimen Yerini ochgandan keyin, u vaqtlarda hali no-ma’lum bo‘lgan Yangi Zelandiya sohillariga keldi. Bu sohillar bo‘ylab u bir necha kun suzib yurdi, 17-dekabrda esa uning kemalari keng bir qo'ltiqqa kirdi, qo'ltiqning ichkarisiga ikki orolni bir-biridan ajratib turgan tor bo‘g‘oz ko‘rinib turardi.
Bu orollarning shimoliysi Ika-na Maui oroli bo‘lib, uning ismi zelandachasiga «maori balig‘i» degan ma’noni bildiradi. Janubiy orolning nomi Tavai-puna-mu, bu «yashil nefrit hosil qilayotgan kit» degan ma’noni bildiradi. Avel Tasman sohilga qayiq yubor-
462
di, qayiqlar shovqin- suron ko'tarib kelgan yowoyi-larning ikki qayig'i kuzatuvida qaytib keldi. Bu yovvoyilar o‘rta bo'yli va kulrang sariq badanli odamlar edi; suyaklari turtib chiqqan, ovozlari ke-skin, yaponlarnikiga o‘xshatib bog‘langan, qop- qora sochlariga katta oq pat qadalgan.
Evropaliklar bilan yerliklarning- bu birinchi uchrashuvi ular orasida yaxshi va mustahkam aloqa bog'lashga umid tug‘dirardi. Lekin ertasiga qayiqlar-dan biri sohilga yaqinroq yerdan to'xtash uchun yan gi joy axtarib yurganda, yettita qayiqqa tushib kelgan juda ko‘p yovvoyilar ularga hujum qildi. Qayiq qiyshayib ketib, ichiga suv to'ldi. Qayiqni boshqarib borayotgan botsmanning bo‘ynini nari-beri charxlan-gan nayza sanchib, yarador qildilar. Botsman dengiz-ga qulab tushdi. Olti matrosdan to'rttasi o‘ldirildi. Qolgan ikki matros bilan yarador botsman suzib kemaga yetib olishga muvaffaq bo‘ldilar va omon qoldilar.
Bu mudhish hodisadan keyin Tasman darhol lan-garni ko'tara boshladi. Mushketlardan bir necha m ar ta o‘q uzib, yerliklardan o‘ch oigan bo‘ldi, mushket o‘qlari ularga tegmagan bo'lsa ham ajab emas. Tasman bu qo'ltiqdan jo'nab ketdi, o‘shandan beri bu qo'ltiq Qirg‘in qo‘ltig‘i deb nom oigan. Tasman orol-ning g ‘arbiy sohili bo‘ylab borib, 5-yanvarda uning shimoliy chekkasida langar tashladi. Lekin kuchli to'lqin urib turishi va yowoyilarning dushmanlik bi lan qarshi olishi natij asida Tasman chuchuk suv g‘amlab ololmay, bu o‘lkadan butunlay jo‘nab ketdi-da, unga Gollandiya General shtatlari sharafiga Shtatlar Yeri deb nom berdi.
Gollandiyalik dengichi bu yerlarni bunday nom bi lan atar ekan, bu yerlar Amerikaning janubiy uchida-gi 0 ‘tli Yerdan sharqda joylashgan va o‘sha nom bilan atalgan orollarga chegaradosh deb faraz qilgan, shun-ing uchun u Buyuk janubiy qit’ani ochdim deb o‘yla-gan.
«Lekin o‘n yettinchi asr dengizchisi qilgan xatoni o‘n to'qqizinchi asr dengizchisi bo'lgan Garri Grant mutlaqo qilmasa kerak, — deb ta ’kidlardi o‘ziga-o‘zi Paganel. — Yo‘q, bunday bo'lishi mumkin emas! Bunda mening aqlim yetmaydigan allaqanday bir sir bor!»
Tasmanning kashfiyotini yuz yilcha vaqt ichida
463
hech kim esga olmadi ham. 35°37' kenglikda uning sohillariga fransuz dengizchisi Syurvil kelib qolma-guncha go‘yo Yangi Zelandiya dunyoda butunlay yo‘qdek edi. Dastlab yerliklardan xafa bo'lishga un ing hech qanday asosi yo‘q edi. Ammo keyincha kuch-li shamol qo‘zg‘aldi, dengizda bo‘ron boshlandi ana o‘sha bo'ron vaqtida kasal matroslarni olib kelayot-gan qayiqni dengiz Boshpana qo‘ltig ‘i sohiliga chiqarib tashladi. Bu yerda yerliklar boshlig‘i Nagi-Nui fransuzlarni juda yaxshi kutib oldi, hato ularni o‘zining chaylasida mehmon ham qildi. Syurvilning qayiqlaridan biri o‘g‘irlanm aguncha hamma ish yaxshi bordi. Syurvil qayiqni qaytib berishni qattiq turib talab qilgani bekor ketdi, shundan keyin, u o‘g‘irlik uchun yerliklarning jazosini berib qo‘ymo-qchi bo‘lib, qishloqlardan birini butunlay yondirib yubordi. Bu mudhish va asossiz o‘ch keyinchalik Yangi Zelandiyada qonli intiqomlar yuz berishida kat-ta rol o'ynadi.
1769-yil 6-oktabrda bu yerlarga kapitan Kuk kel-di. U «Endevor» degan kemasini Taue-Roa qo‘ltig‘ida to ‘xtatib, yerliklarning ishonchini qozonishga harakat qilib ko'rdi. Lekin odamlarning ishonchini qozonish uchun aw al ularni o'ziga qiziqtirib olish kerak. Shuning uchun Kuk, sira ikkilanmay, yerlik lardan ikki-uch kishini asir oldi, ularga majburiy rav-ishda yaxshilik qildi. Asirlarga har xil sovg‘a-salom-lar berib, sohilga tushirib yubordi.
20-oktabrda «Endevor» Toko-Malu qo‘ltig‘ida lan-gar tashladi. Bu sohilda ikki yuz kishilik tinch bir qa-bila yashardi. Kemadagi botaniklar shu atrofda foydali tekshirish ishlari olib bordilar, yerliklarning o‘zi o‘z qayiqlarida ularni sohilga tushirib qo‘ydi. Kuk bu yer da atrofiga baland -baland qoziq qoqib, tuproq- tepalar yasab va ikki qator chuqurlar bilan o‘ralgan ikkita qishloqni borib ko‘rdi. Bu esa mahalliy aholining mu-dofaa lagerlari qurishdan xabardor ekanini ko‘rsatar-di. Ularning asosiy mustahkamlangan joyi bir qoya tepasida bo‘lib, bu qoya dengiz suvi ko‘tarilgan vaqt-larda chinakam orolga aylanib qolardi: bu mustahkam oroldan ham yaxshi edi, chunki to'lqinlar uni atrofdan o'rabgina qolmay, bu olib bo‘lmas qo‘rg ‘on joylashgan, balandligi oltm ish fut chiqadigan tabiiy arkning oralariga ham urib turar edi.
Kuk Yangi Zelandiyada besh oy turdi. U ikki orol-
464
ni bir-biridan ajratib turgan bo‘g‘ozda o'zining ismi-ni berib, 31-martda Yangi Zelandiyadan jo‘nab ketdi. U o'zining keyingi sayohatlarida bu yerga yana qaytib kelmoqchi edi.
Haqiqatan ham 1773-yilda dengizchi yana Gouks qo‘ltig‘iga keldi. Bu safar yovvoyilar uni dushmanlik bilan qarshi oldilar.
0 ‘zining uchinchi sayohati vaqtida Kuk bu yer-larga yana keldi, bu yerlarni u allanechuk yoqtirib qolgan edi. Dengizchi bu yerda o‘zining gidrografik ishlarini, albatta, tugatishni istardi. Yangi Zelandiya sohillarini u 1777 -yilning 25 -fevralida butunlay tash-lab ketdi.
1791-yilda Vankuvr Orollar qo‘ltig ‘ida yigirma kun langar tashlab turdi. Shu yigirma kun ichida u na tabiiyot fanlari, na geografiya fani sohasida hech qan-day tekshirish ishlari olib borm adi. 1793-yilda d’Antrkasto Ika -na-Maui orolining shimoliy sohilida yigirma besh mil joyning rasmini oldi. Savdo flotin-ing kapitanlari Gauzen va Dalrimp, ulardan keyinroq Baden, Richardson, Moodilar bu orollar bo‘yida oz-oz-dan to‘xtab o‘tdilar. Yangi Zelandiyada besh hafta turgan doktor Sevej mahalliy aholining urf-odatlari to‘g‘risida ko'pgina qiziq ma’lumotlar to‘pladi.
1805-yilda qabila boshlig‘i Rangi-Xuning zehni o'tkir jiyani Dua-Tara «Argo» kemasida jo‘nab ketdi. Kapitan Badan qo‘mondonligidagi bu kema o‘sha vaqtda Orollar qo‘ltig‘ida langar tashlab turardi.
Dua-Taraning sarguzashtlari kelgusida biror yangi zelandiyalik Gomerning poemasiga syujet bo‘lsa ham ajab emas. Bu sarguzasht azob- uqubat, adolatsizlik va yomon muomalalar bilan to‘la bo‘ldi. Va’daga vafo qilmaslik, qamoq, kaltaklar yaradorlik — bechora yowoyi o‘zining sadoqatiga javoban ana shunday azoblarga uchradi. Bulardan keyin o'zini madaniyatli deb tanitgan odamlar haqida uning tasaw u ri qanday bo'lishi kerak edi!
Dua-Tarani Londonga olib kelib, eng past razryaddagi matros qilib qo‘yishdi. Uni butun koman-da xo‘rlar, kaltaklar edi. Marsden himoya qilmasa, bechora yigit bu azob- uqubatlarga chiday olmagan bo‘lardi. Marsden bu yow oyi yigitning zehni o'tkirligini, mardligini, yowoshligini va hushmuo-mala ekanini ko‘rib, unga qiziqib qoldi. Marsden o‘zi yaxshi ko‘rib qolgan bu yigitga vatanida ekish uchun
465
bir necha qop bug'doy, dehqonchilik asbob uskunalari olib berdi, lekin bularning hammasini bechora yigit-dan o‘g‘irlab qo‘yishdi. Bechora Dua-Taraning boshi-ga yana qamoq va qiynoq balolari yog'ila boshladi, u o‘z ota-bobolari o'tgan mamlakatga faqat 1814 yilda qaytib kelishga muyassar bo'ldi. Ammo u endigina o‘z mamlakatining qiyofasini o'zgartirishga ki-rishmo-qchi bo'lib turganda, yigirma sakkiz yoshida vafot etadi. Shubhasizki, bu tuzatib bo'lmas baxtsizlik Yangi Zelandiyaning madaniy taraqqiyot yo'liga kirishini uzoq yillarga to‘xtatib qo'ydi. Qalbi yaxshi niyatlar va vataniga muhabbat bilan tepgan olijanob, aqlli kishining o‘rnini hech narsa bosolmasdi!
1816- yilgacha Yangi Zelandiyaga hech kim qi-ziqmadi. O'sha yil Tompson, 1817-yilda Nikolas, 1819-yilda Marsden bu ikkala orolning turli yerlarini tekshirdilar, 1820 -yilda esa 84- piyoda askarlar polkining kapitani Richard Kryuys bu orollarda o‘n oy turdi va bu vaqt ichida yerliklarning urf-odati to‘g‘risida ko‘p qimmatli materiallar yig'di.
1824-yilda «Chig‘anoq» kemasining komandiri Dyuperey Orollar qo‘ltig‘ida o‘n besh kun langar tash lab turdi, yovvoyilar u bilan juda do‘stona munos-abatda bo'ldilar.
Undan keyin 1827-yilda inglizlarning «Merkuriy» degan kit ovlovchi kemasi yerliklardan o'zini himoya qilishga majbur bo‘ldi. Xuddi o'sha yili ikki yerda to'xtab o'tgan kapitan Dilsoni yerliklar g ‘oyat mehmondo'stlik bilan qashi oldilar.
1827-yilda «Avstrolyabiya» kemasining koman diri mashhur Dyumon Dyurvil Yangi Zelandiya sohil-idagi yerliklar orasida hech qanday qurolsiz bir necha kun turdi. U yerliklarga sovg‘alar berdi, o‘zi ham sovg‘alar oldi, ularning ashulalarini eshitdi, chay-lalarida tunab qoldi va rasm olishdek qimmatli ish-larni hech qanday qarshiliksiz bajardi, natijada flot uchun juda qimmatli karta chizib berildi.
Bir yildan keyin Jon Jons qo‘mondonligidagi «Gaus» degan ingliz kemasi Orollar qo‘ltig ‘ida to‘xtab o‘tib, Sharqiy burunga yo‘l oldi. Bu yerda in-glizlar Enararo degan xiyonatchi qabila boshlig'idan ko‘p azob-uqubat ko‘rdilar. Jon Jonsning ba’zi yo'ldoshlarini bo‘ yerda juda mudhish qiynoqlar bilan o‘ldirdilar.
Bu bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan voqialardan,
466
do'stona munosabatlarning vaqti-vaqti bilan shafqat-sizlikka almashinib turishidan yangi zelandiyaliklar ko‘pincha o‘ch olish uchungina bunday shafqatsizlik ko‘rsatardilar, degan xulosa chiqarish kerak. Yerliklarning yaxshi yoki yomon munosabatda bo'lishlari bu yerga kelgan kema kapitanlarining muamolasiga bog'liq edi. To‘g‘ri, hech qanday sabab-siz hujum qilish hollari ham uchragan, lekin bular ko‘pincha yevropaliklarning o‘zi aybdor bo‘lgan vaqt-larda o‘ch olish uchun qilinardi. Ammo, baxtga qarshi, bunda mutlaqo aybsiz kishilar jazolanardi.
Dyurvildan keyin Yangi Zelandiyaning etno-grafiyasi butun yer sharini yigirma m arta aylanib chiqqan ko‘chmanchi, daydi ingliz olimi Irl tomonidan boyitildi. U ikkala orolning ham tamom tekshirilmagan joylariga bordi, o'zini yerliklar xafa qilmagan bo‘lsalar ham, u yerliklarning odam go‘shti yeganlarini ko‘p ko‘rdi. Yangi zelandiyaliklar al-laqanday jirkanch ehtiros bilan bir-birlarining go'sh-tini yer edilar.
Xuddi shunday odamxo'rlik manzarasini 1831-yil-da Orollar qo‘ltig‘ida turgan vaqtida kapitan Laplas ham ko‘rgan. Yerliklar orasidagi o'zaro janglar u vaqtlarda juda dahshatli tus oigan edi, chunki endi yerliklar miltiq otishni nihoyatda yax- shi o‘zlashtirib oigan edilar. Shuning uchun ham bir vaqtlar gullab yashnagan, aholisi zich bo'lgan Ika - na-Maui oroli haqiqiy sahroga aylandi. Butun-butun qabilalar yo‘q bo‘lib ketdi.
Yangi zelandiyaliklar bostirib kelgan yevropalik-lardan qochib ketadigan avstraliyaliklarga o‘xshamaydi — ular qarshilik ko'rsatadi, o'zini hi-moya qiladi, istilochilarni ko'rgani ko'zlari yo‘q. Hozirda esa bu kuchli nafrat ularni ingliz emigrant-laridan o‘ch olishga chorlaydi. Paganel Yangi Zelandiyaga tezroq yetib olish istagi bilan yonar ekan, uning tarixini mana shu tarzda bir-bir xotiridan o‘tkazdi. Lekin, afsuski, olim bu orollarni q it’a deb atashga hech qanday asos topmolmadi. Kapitan Grantning hujjatidagi ba’zi so'zlar geografiya olimin-ing miyasida uni yangicha tahlil qilishga har xil taxminlar uyg'otganiga qaramay, «kon-ti» degan ikki bo‘g‘inli bittagina so‘z bunga qattiq turib monelik qi-lar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |