0 ‘ n u ch i n ch i b o b
OXIRGI SOATLAR
Quyosh Taupo ko‘lining narigi tomonidagi tog* cho‘qqilari orasiga bota boshlaganda, asirlarni yana turmaga qamab qo'ydilar. Bechoralar undan quyosh-ning ilk nurlari tog* tizmasining cho'qqilariga tush-ganda chiqishlari kerak edi.
Bu ularning o‘lim oldidagi oxirgi kechasi edi. Nihoyat charchaganlari va dahshatli m inutlar kechi-rayotganlariga qaramay, ular birga oqvatlangani o‘tirdilar.
— O'limning yuziga tik boqish uchun kuch yig‘ib olishimiz kerak, — deb qo‘ydi Glenarvan. — Bu yowoyilarga yevropaliklar o'limdan qo'rqmasligini ko‘rsatishimiz lozim.
Ovqatdan keyin Meri Grant bilan Elen kulbaning bir burchagiga borib, bo‘yra ustiga cho‘zildilar. Har qanday g ‘amni unutdirib yuboradigan orombaxsh uyqu ularni o‘z og‘ushiga oldi. Kechalarni bedor o'tkazib, juda holdan toygan bechora ayollar bir-birlari pinjiga kirib, uxlab qoldilar.
Glenarvan do‘stlarini bir chekkaga olib chiqib, de-
di:
— Aziz do'stlarim, peshonamizda ertaga o‘lish bor bo'lsa, biz o‘limni olijanob maqsadga intilib kelgani-mizni anglagan holda qarshi olishmizga ishonaman.
553
Lekin gap shundaki, bizni bunda faqat o'lim emas, balki azob-qiynoqlar kutadi, sharafimiz poymol qilin-sa ham ehtimol, shuning uchun bu ikki ayol...
Gap shu yerga kelganda Glenarvanning hozirgacha qat’iy bo‘lgan ovozi titrab ketdi. U hayajonini bosib olish uchun bir nafas to'xtadi.
— Jon, — dedi u, bir minutchadan keyin yosh kapitanga qarab, — men Elenga bergan va’damni, siz ham Meriga bergansiz. Endi nima qilmoqchisiz?
— Menimcha, va’damni bajarishga haqli bo'lsam kerak deyman, — dedi Jon Mangls.
— To‘g ‘ri, Jon, lekin siz bilan bizning hech qan-day qurolimiz yo‘q-ku.
— Bir dona bor, — dedi yosh kapitar, unga xanjar ko'rsatib, — men uni Kara-Tete oyog'ingiz ostiga yiqilayotganda qo'lidan tortib oldim. Ser, qaysi bir-miz keyin qolsak, o'shanimiz xotiningiz bilan Meri Grantga bergan va’damizni bajarishimiz kerak.
Oraga chuqur sukunat tushdi. Bu jim jitlikni mayor buzdi.
— Do‘stlarim, — dedi u, — bu oxirgi chorani so‘nggi daqiqalargacha qo‘llamanglar. Men tuzatib bo‘lmas xatolarga tamomila qarshiman.
— Men bunday deganimda, biz erkaklarni nazarda tutganim yo‘q, — dedi Glenarvan. — Bizni qanday o‘lim kutayotgan bo‘lmasin sira qo'rqmay qarshi olamiz. Eh, qani endi bizning yolg‘iz o‘zimiz bo'lsak! Unda men allaqachon: «Do‘stlarim, ular orasini yorib o‘tishga urinib ko‘ramiz! Bu muttahamlarga hujum qilamiz!» deb da’vat qilgan bo'lardim . Lekin xotinim, Meri...
Jon Mangls eshik o'rniga tutib qo‘yilgan bo‘yrani ko‘tarib, ibodatxona eshgini qo‘riqlab turgan maori-larni sanay boshladi: yigirma besh kishi. Ular yoqqan katta gulxan maydonga, atrofdagi kulbalar va pa to'siqlariga vahimali yorug'lik tashlab turardi. Bu yovvoyilarning ba’zilari yerda cho‘zilib yotishar, ba’zilari qimirlamay tik turishardi, ularning soyasi yorqin gulxan sathida qop-qora bo‘lib ko‘rinardi. Lekin hammasi ham o‘zlariga qo‘riqlash topshirilgan kulba tomonga tez-tez qarab qo'yishardi.
Qochib ketmoqchi bo'lgan tutqunning muvaffaqiy-at qozonishga bo‘lgan imkoni uni qo‘riqlayotgan tu r ma nazoratchisinikidan ortiqroq bo'ladi deyishadi. Haqiqatan ham mahbus bunda nazoratchidan ko‘ra
554
ko‘proq manfaatdor. Nazoratchi o‘zining nazorat qilib turish uchun qo‘yilganini unutmaydi. Mahbus qochish to‘g ‘risida soqchi uni qo‘riqlash to‘g ‘risida o‘ylagandan ko'proq o'ylaydi. Mahbuslarning ko‘pin-cha kishini hayron qoldirib qochib ketishiga sabab ana shu.
Lekin bizning tutqunlarni oddiy turma soqchilari emas, nafrat va intiqom hislari qo'riqlab turardi. Asirlarning oyoq -qo‘llarini bog‘lab qo‘ymaganlariga sabab ibodatxonadan chiqadigan birdan-bir yo‘lni yi-girma besh kishi qo‘riqlab turishi edi.
Bu kulba qal’aning eng to‘riga, katta qoyatoshga tirab qurilgan bo'lib, unga faqat qal’a ichidan yo‘l bor edi. Bundan bir tor yo‘l orqali qal’adagi pa maydoniga borilardi. Kulbaning yon tomondagi ikki devori tik qoyalar tepasida qad ko‘targan bo‘lib, tagidan chuqurligi yuz futcha chiqadigan jar boshlanardi. Bu yerdan tushishning iloji yo‘q. Orqa devordan qochish-ning ham iloji yo‘q, chunki u baland qoyaga taqalgan. Undan olib chiqadigan bitta -yu-bitta yo‘l kulbaning eshigi bo‘lib, u pa maydoniga olib boradigan ko‘tarma ko'prik singari tor yo'lga ochilardi. Lekin bu yerda ularni maorilar qo'riqlab turardilar. Shunday qilib, qochishning iloji yo‘q. Turma devorlarini yigirma martalab ko‘zdan kechirib chiqqan Glenarvan buni e’tirof qilishga majbur bo‘ldi.
Ammo bu kechaning har bir soati qanchalik og‘ir bo‘lmasin, har qalay birin-ketin o‘tib borardi. Tog‘lar qop-qorong‘u zimiston ichiga g ‘arq bo‘lgan, osmonda na oy, na yulduzlar ko'rinmasdi. Ahyon-ahyonda ibo-datxona ustunlarini larzaga keltirib, guvullab shamol urib qolardi. Shamol maorilar gulxanini alangalan-tirib yuborar, shunda uning gur etib ko‘tarilgan alan-gasi ibodatxona ichini va unda o'tirgan tutqunlarni bir lazha yoritardi. Bechoralar o‘lim oldi xayollariga cho'mib o‘tirardilar. Chayla ichida qabriston jimligi hukmron.
Do'stlaringiz bilan baham: |