Glenarvan birdan peshonasiga shartta urdi.
— Kim biladi deysiz! — dedi u. — Bordi-yu, odam bo‘lsa-chi!
— Uning odammi yo hayvon ekanini mana hozir bilamiz-da, — dedi mayor.
Shu payt ular oldiga Vilson bilan Olbinet keldilar; keyin to‘rt kishilashib devor tagini qaziy boshladilar: Jon Mangls xanjarini ishga soldi, boshqalar esa yer-dan ko'chirib oigan toshlar yoki quruq qo‘llari bilan yerni kavlay ketdilar. Myulredi yerga cho‘zilib yotib oldi-da, eshik o‘rniga tutib qo'yilgan bo‘yraning tagi ni sal ko‘tarib, yerliklarni kuzata boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |