Umumta’lim darslarda eshituv qoldig’ini rivojlantirish mazmuni va metodikasi



Download 272,43 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi272,43 Kb.
#234922
Bog'liq
Umumta’lim darslarda eshituv qoldig’ini rivojlantirish mazmuni va metodikasi

Umumta’lim darslarda eshituv qoldig’ini rivojlantirish mazmuni va metodikasi

Abdurahimova M.

Abdulakova Z.

Eshitish qobiliyatini rivojlantirish uchun mashqlar: Tilni idrok etishda eshitish muhim o’rin tutadi. Eshitish biologik hamda nutqiy bo'lishi mumkin. Biologik eshitish yordamida inson nonutqiy, inson ovoziga xos bo’lmagan, ya’ni atrofdagi tovushlarni (qushlarning sayrashi, shamolning huvillashi, hushtak chalinishi, hayvonlarning ovozlari, mashina signali, yomg’irning shitirlashi, qo’ng’iroqning jiringlashi va hokazo) farqlaydi. Inson nutqiy eshitish orqali esa, atrofidagi odamlar ovozlarini ajratadi, ular nima haqida gapirayotganlarini mazmunan tushunadi. Nutqiy eshitish bola yozma nutqni sifatli o'zlashtirishida yaxshi ta'sir ko’rsatadi.

Eshitish qobiliyatini rivojlantirishda bilish zarur bo‘lgan amallar: • shartli harakat reaksiyasini shakllantirish; • atrof muhitdagi, olamdagi tovushlar bilan tanishtirish; • tovushlarni taqlid qilishda ularni farqlash; • bir bo‘g‘inli va ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarni farqlash; • odam ovozini boshqa nonutqiy ovozlardan farqlash; • maishiy tovushlarni tanish; • ovozlarning turli holatlari (tez–sekinligi, baland–pastligi, uzun–qisqaligi)ni aniqlash; • alohida so‘zlar va gaplarni eshitib farqlash; • nutqning ritmik intonatsiyasini farqlash.

Umumta’lim darslarida o’quvchilarning eshituv qoldig’ini rivojlantirishda darsning kirish qismidan boshlashimiz mumkin. Masalan o’qituvchi dars boshlaganda o’quvchilardan: -Bugun havo qanday? -Hozir qaysi fasl? -Hozir qaysi oy? -Bugun nechanchi sana? -Bugun haftaning qaysi kuni? -Bugun kim navbatchi? kabi savollarni ekran ortidan so’rashi mumkin. Bunda albatta o’quvchilar ovoz kuchaytiruvchi moslamalardan foydalanishadi. O’quvchilar eshituv idrokiga tayangan holda savollarni eshitib, ham daktil, ham imo-ishora va albatta og’zaki nutq orqali javob qaytarishadi.

Eshituv qoldig’ini hamma darslarda rivojlantirib borish maqsadga muvofiq bo’ladi. Ona-tili va o’qish darslarida matn bilan ishlaganda, atrofimizdagi olam darslarida ham tevarak-atrof bilan tanishtirishda nutqiy va nonutqiy tovushlarni idrok etish va farqlashga o’rgatishimiz mumkin bo’ladi. Musiqa va ritmika fanlarida ham enb bolalar musiqani eshitib, uning ritmiga mos ravishda harakat qilishlari, musiqiy asboblardan chiqadigan tovushlarni eshitib, bir-biridan farqlashga o’rganadilar.

Eshituv qoldig’ini o’yin orqali rivojlantirish. o’yinlarni amalga oshirishdan oldin, bolajonlarni tovush–ovoz chiqarayotgan predmetlar (o’yinchoqlar, temir, shisha, yog'och, qog'oz) ularning nomlari, tovushlari bilan tanishtirish lozim. Bolajonlarga o’yin– topshiriqni bajarish shart–sharoitlarini aniq tushuntirib bering. Har safar o’yin oldidan bolakay vazifani to'g'ri tushunib olganiga ishonch hosil qiling. . «Nimaning ovozi yangradi?». O’qituvchi yoki tarbiyachi turli tovushlar chiqaruvchi uch yoki to'rtta o'yinchoq (baraban, shiqildoq, qo'ng'iroqcha, hushtak va hokazo)larni tanlaydi va ularning nomi hamda qaysi o’yinchoq qanday tovush chiqarishi bilan bolalarni tanishtiradi. Bola yuqoridagilarni egallaganidan so'ng, o'yinni boshlash mumkin. Bolakay ko'zlarini yumadi. So’ng o'yinchoqlardan biri yangraydi. Bolakay qaysi o’yinchoq jaranglaganini va nomini bilishi kerak  

«Ovozidan tanib ol». Stol ustida shishadan, yog'ochdan, temirdan, qog'ozdan (va boshqalar) yasalgan buyumlar bor. Bolajon ko'zlarini yumadi. O’qituvchi yoki tarbiyachi predmetlarni navbat bilan qo’liga oladi va turli xil tovushlarni: kalitlarni jaranglatib, kitobni varaqlab, qalamni stolga urib taqillatib, gazetani xishillatib, suvni piyoladan piyolaga quyib shildiratib chiqaradi. Bola ovoz chiqarilgan predmet nomini ko’rmasdan eshitib aytishi lozim.

«Mehmonlarni kutib ol!» Bu o’yinni amalga oshirish uchun uchta o'yinchoq: quyoncha, ayiqcha va maymuncha va unga mos uchta ovoz chiqaruvchi o'yinchoq–shiqildoq, qo'ng'iroqcha, hushtak tanlab olinadi. O’qituvchi yoki tarbiyachi bolakayga, hozir uning yoniga mehmonlar kelishini aytadi. O’qituvchi yoki tarbiyachi quyoncha shiqildog’i bilan, ayiqpolvon hushtakchasi bilan, maymunjon qo’ng’iroqchasi bilan tashrif buyurishlarini aytib ogohlantiradi. Bolakay orqasiga o’giriladi, o’qituvchi yoki tarbiyachi o’yinchoqlar (shiqildoq, qo'ng'iroqcha, hushtak)dan birini olib ovoz chiqaradi. Bolakay ovozni eshitib, qaramasdan qaysi mehmon kelayotganini aytishi lozim.


Download 272,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish