Anesteziologiya asoslari haqida tushuncha


Barbituratlar anesteziyasi



Download 85,25 Kb.
bet8/20
Sana03.07.2022
Hajmi85,25 Kb.
#737258
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
ANESTEZIOLOGIYA ASOSLARI HAQIDA TUSHUNCHA

Barbituratlar anesteziyasi

Anesteziyaning muhim qismi-narkotik uyquni vujudga keltirish uchun barbituratlardan natriy tiopental va geksenal qo’llaniladi. Natriy tiopentali 1-2,5% li eritma ko’rinishida, 5-6mg\kg hisobida t\i yuboriladi.


Anestetikning yuqori kontcentratciyali eritmalari nafas olish va qon aylanish faoliyatlarini susaytiradi.
Bemorning venasiga natriy tiopentalining 2-3 ml eritmasi 30-40 sek mobaynida yuboriladi. Anestetikka nisbatan yuqori sezuvchanlik namoyon bo’lmasa, uning qolgan dozasi yuboriladi. Induktiv anestetik sifatida natriy tiopentali 200-400 mg miqdorda ishlatiladi va uning umumiy dozasi 1000 mg dan oshmasligi lozim. Barbituratlardan foydalanilganda o’pka sun`iy ventilyatciyasi o’tkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo’lishi shart.
Barbituratlar narkotik holati tez va qo’zgalishsiz hamda uch bosqichda namoyon bo’lib, 10-15 min davom etadi.
Birinchi bosqichda bemorning hushi yo’qoladi. Nafas olish va ko’z qorachig’ining reaktciyasi susayadi va bu bosqich 1-2 min davom etadi.
Narkotik holatning ikkinchi bosqichida tomoq va halqum reflekslari kuchayadi, nafas aritmiyasi va apnoe ro’y berishi mumkin, vagus nervi tonusining oshishi va xavfli reflekslar namoyon bo’lishi ehtimol. Og’riq sezgisi saqlanib qoladi. Bu vaqtda traxeya intubatciya qilinsa, laringospazm ro’y berishi va yurak faoliyati buzilishi mumkin.
Barbiturat anesteziyaning uchinchi bosqichi jarroxlik bosqichi deyiladi. Ko’z soqqasi markaziy holatni egallaydi, uning qorachig’i torayib yorug’likka reaktciyasi susayadi. Shu holatda kerakli operatciya hajmi bajariladi. Anesteziya sathi chuqurlashtirilsa, nafas olish yuzakilashadi va asosan diafragma hisobiga bo’ladi. Arterial qon bosimi pasaya boshlaydi, mushaklar bo’shashadi. Anesteziyaning yanada chuqurlashishi natijasida nafas olish to’xtaydi, ketidan yurak urishi ham to’xtaydi. Lekin uzluksiz kuzatish tufayli bunga yo’l qo’yilmaydi. Tarkibida oltingugurt moddasi borligi sabab natriy teopentali anesteziyasi bronxospazm va bronxial astma kasalligi bor bemorlarda qo’llanilmaydi. Geksenal ko’p xususiyatlari bo’yicha natriy tiopentalidan deyarli farq qilmaydi. Geksenal 1-5%li eritma ko’rinishida ishlatiladi. Anestetik 5-6 mg\kg dozada yuboriladi. Maksimal dozasi-1000 mg.
Geksenal asosan induktiv anestetik sifatida ishlatiladi. Geksenal induktciyasi tez va qo’zg’alishsiz yuzaga keladi. Anestetik yuborilgandan boshlab 30-60 sek.o’tgach bemor hushini yo’qotadi. Geksenal anesteziyasining klinik bosqichlari natriy tiopentalinikidan farq qilmaydi. Geksenal ta`siridan vujudga keluvchi nafas faoliyatining buzilishi va boshqa asoratlarning yorqinligi natriy tiopentalinikiga nisbatan kuchsizroq namoyon bo’ladi. Geksenalning 5% li eritmasi m/oga ham qilinishi mumkin, masalan tutqanoq sindromida.



Download 85,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish