Anesteziologiya asoslari haqida tushuncha



Download 85,25 Kb.
bet4/20
Sana03.07.2022
Hajmi85,25 Kb.
#737258
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
ANESTEZIOLOGIYA ASOSLARI HAQIDA TUSHUNCHA

Anesteziya - nafas apparatlari ishlatilgandan so’ng zararsizlantirilishi, tozalanishi, dezinfektciyalanishi va sterilizatciyalanishi kerak. Tozalash bilan to’qimalar bo’lakchalari (shilliq, qon, balg’am va boshq.) yuvib tashlanadi, bakterial zararlanish darajasi kamaytiriladi. Lekin tozalash bakteriyalarni yo’q qilmaydi. Nafas konturi (nafas qopchasi, niqoblar, shlanglar va h.k.) qismlarga ajratilgach, oqar suvda yuviladi va 15 daqiqaga issiq yuvuvchi eritmaga ivitib qo’yiladi. So’ngra shu eritmada ularning har birini 25-30 soniya davomida paxta-dokali tamponlar bilan yuviladi. Bu ishni cho’tka va shunga narsalar bilan bajarish taqiqlanadi, chunki cho’tka qillari nafas konturiga, keyin bemorning nafas yo’llariga tushib qolishi mumkin. Yuvilgan detallarni avval oqar suvda, keyin distillangan suvda chayqaladi va sterial choyshab ustiga yoyib quritiladi. Dezinfektciyani distillangan suvda qaynatish, maxsus kimyoviy preparatlar (formaldegid, 3% vodorod perekisi, 70% etil spirti, 0,5% xlorgeksidin, 3% xloramin va boshqalar) bilan ishlov berish yo’llari bilan amalga oshirish mumkin.

Ingalyatcion anesteziya (narkoz)


Hozirgi kunda narkotik holat markaziy nerv sistemasi neyronlararo sinaptik o’tkazuvchanligining falajlanishiga bog’liq deb tushuntiriladi. Narkoz paydo qiluvchi moddalar neyron membranalari bilan fizikaviy hamda kimyoviy bog’lanishi tufayli neyronlararo sinaptik o’tkazuvchanlikni susaytiradi. Narkoz paydo qiluvchi moddalar membrana lipidlariga, oqsillariga, membranani qoplagan suyuklikka ta`sir ko’rsatadi, shu tufayli membranalar faoliyati izdan chiqadi, ularda qaytar ultrastruktur o’zgarishlar paydo bo’ladi. Keyingi ma`lumotlarga ko’ra neyronlar membranasi lipid qatlamidagi fosfolipidlarda fizikaviy hamda kimyoviy o’zgarishlar paydo bo’lishi bilan sinapslararo o’tkazuvchanlik falajlana boshlaydi, fosfolipidlar narkotik moddalar tufayli gel holatidan suyuq kristall holatga o’tadi, natijada membranalardan ionlarning o’tishi qiyinlashadi,chunki ionlarni fosfolipidlar faqat gel holatida o’tkazadi.


Narkoz paydo qiluvchi moddalar hujayralar ichida kaltciy ionlarini kamaytiradi, membranalar giperpolyarizatciyaga uchraydi, kaliy ionlariga nisbatan kanalchalarda o’tkazuvchanlik oshib boradi, shunga ko’ra neyronlar qo’zg’aluvchanligi kamayib boradi.
Ba`zi ma`lumotlarga ko’ra narkoz paydo qiluvchi moddalar presinaptik ta`sir ko’rsatadigan ta`sirlovchi mediatorlar (atcetilxolin) ning ajralib chiqishini kamaytiradi. Lekin shuncha ko’p taxminlar bo’lishiga qaramasdan, narkoz holatining kelib chiqishini, narkotik moddalar ta`sir mexanizmini tushuntiradigan to’la-to’kis nazariya bugungi kunda mavjud emas.
Markaziy nerv sistemasi bo’limlari bir-biridan tuzilishi va faoliyati bo’yicha farq qiladi, shuning uchun narkotik moddalarga nisbatan sezuvchanligi bilan ham farq qiladi. Masalan, miya po’stlog’i, retikulyar formatciyaning yuqoriga ko’tariluvchi sistemasi sinapslari narkotik moddalarga o’ta sezuvchan bo’ladi, uzunchoq miya sinapslari sezuvchanligi kamroq bo’ladi.
Narkoz paydo qiluvchi moddalarning falajlovchi ta`siri miya po’stlog’idan boshlanadi, keyin o’rta miya, undan keyin orqa miyaga o’tadi, narkozdan uyg’onishda oldin orqa miya faoliyati, keyin o’rta miya, oxirida miya po’stlog’i faoliyati tiklanadi, es-hush asliga qaytadi.
Ingalyatcion narkoz uchun qo’llaniladigan moddalar fizikaviy hamda kimyoviy xususiyatlariga ko’ra 2 turga bo’linadi:

  1. uchuvchan suyuqliklar-efir, ftorotan;

  2. gazli moddalar-azot (1)-oksid, tciklopropan.

Narkoz paydo qiluvchi moddalar alohida narkoz apparatlari bilan qo’llaniladi, chunki nafas olinayotgan havoda moddalarning kerakli kontcentratciyasini aniqlab turish lozim. Ingalyatcion narkoz paydo qiluvchi moddalar nafas yo’llari, traxeya orqali yuborilganda, ular o’pkaga, o’pkadan diffuziya yo’li bilan qonga o’tadi. Moddaning qonga o’tishi-adsorbtciyasi uning kiritilayotgan havodagi kontcentratciyasiga, nafas olishning chuqurligi va tezligiga, alveolalar yuzasi va o’tkazuvchanligiga bog’liq bo’ladi. Narkotik moddalarning ko’pchiligi organizmda bir tekis taqsimlanadi, o’zgarishga uchramasdan o’pka orqali chiqib ketadi, ularning organizmdan chiqishi-eliminatciyasi ham adsorbtciya uchun keltirilgan omillarga bog’liqdir.

Download 85,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish