To’rtinchi daraja-o’ta chuqur narkoz. Bunda qorachiqlar kengaygan bo’ladi, nafas diafragma orqali olinadi, qon bosimi pasayib ketadi, teri ko’karadi, tcianoz paydo bo’ladi. Bu daraja og’ir hisoblanadi, endi narkotik modda yuborilishi to’xtatiladi. Yordam chora-tadbirlari qo’llanmasa, narkozning to’rtinchi davri falajlovchi davrga o’tishi mumkin. Bunda bosh miyaning muhim belgilari, ya`ni uzunchoq miyadagi nafas, qon tomir markazlari faoliyati tobora susayib boradi, nafas yuza bo’ladi hamda siyraklashadi, puls oldinga tezlashib, keyin sekinlashadi, noritmik bo’lib qoladi, arterial bosim pasayib ketadi, nafas, yurak to’xtab, bemorda klinik o’lim holati yuzaga kelishi mumkin. Bordiyu to’rtinchi daraja yuzaga kelsa keskin choralar ko’riladi.
Narkotik modda yuborish to’xtatilgandan keyin narkozdan uyg’onish to’rtinchi davri boshlanadi. Efir narkozidan uyg’onish davri ancha cho’ziladi (30 daqiqagacha boradi). Markaziy nerv sistemasi faoliyati to’liq tiklanishi uchun bir necha soat kerak bo’ladi. Efirning og’riq qoldirish xususiyati ancha vaqt saqlanib qoladi. Efir narkoz davridan nafas yo’llarining kuchli ta`sirlanishi tufayli reflektor yo’l bilan vagus nervining markazi qo’zg’alib, keskin bradikardiya hosil bo’lishi tufayli hatto yurak to’xtab qolishi ham mumkin. Laringospazm deyarli ro’y bermaydi. Lekin aspiratciya bo’lishi xavfi bo’ladi.
Niqobli anesteziya
Niqobli ingalyatcioi anesteziya oddiy moslamalar yoki maxsus anesteziya jihozlari yordamida o’tkaziladi. Esmarx niqobi, ftorotan va trilen bug’latgichlari kabi oddiy moslamalar bilan o’tkaziladigan anesteziya oddiy niqobli ingalyatcion anesteziya deb ataladi.
Niqobli anesteziyaning zamonaviy ko’rinishi maxsus bug’latgich va dozimetri, sun`iy nafas olish moslamalari bor jihozlar yordamida o’tkaziladi va jihoz niqob usulli ingalyatcion anesteziya deb ataladi.
Anesteziyani boshlashdan oldin ballondagi kislorod mikdori, jihoz va moslamalarning ishga yarokliligi, nafas olish sistemasining germetikligi, barcha zarur dori-darmonlarning borligi tekshiriladi.
Niqob vositali anesteziyani o’tkazish uchun bemorning amaliyot stoliga bir qo’li va sonining o’rta qismidan enlik tasma yordamida bog’lab qo’yiladi. Bog’lanmagan qo’l arterial qon bosimi va pulsni nazorat qilish, venaga infuziya qilish hamda anesteziya preparatlarini yuborish uchun ishlatiladi. Bemor 1-2 min davomida toza kisloroddan nafas oladi. So’ngra anestetikli aralashmadan ingalyatciya qilinadi. Ingalyatciyaning boshida aralashma tarkibidagi anestetikning miqdori kam bo’lishi shart. Bemor niqob orqali nafas olishga moslashgan va anestetikka ko’nikkach, aralashma tarkibidagi anestetikning miqdori oshirib boriladi. Nafas yo’llari o’tkazuvchanligini ta`minlash uchun og’iz yoki burun havo o’tkazgich naylari ishlatiladi. Niqobli ingalyatcion anesteziya qisqa vaqt davom etuvchi va mushaklar relaksatciyasi talab qilmaydigan amaliyot va muolajalarni og’riqsizlantirishda keng foydalaniladi. Niqob vositali anesteziyada nafas yo’llari o’tkazuvchanligining buzilishi mexanik asfiksiyaga olib keladi. Tilning tanglayga tegib qolishi, pastki o’zgaradi. Nafas faoliyatining o’zgarishi ikki fazali bo’ladi, avval giperventilyatciya kuzatiladi, ketidan esa gipoventilyatciya va qisqa vaqtli apnoe ro’y beradi. Yurak urishining tezlashishi, arterial qon bosimining pasayishi kuzatiladi. Ko’z muguz pardasi va qorachiq reflekslari yo’qoladi. Skelet mushaklari bo’shashib, amaliyotlarni bajarish uchun qulay sharoit tug’iladi. Anesteziyadan uyg’onish tekis va keskin ro’y beradi. Anesteziya mobaynida allergik asorat ro’y berishi mumkin. Allergik reaktciya mayda toshmalar, og’ir hollarda anafilaktik shok ko’rinishida namoyon bo’lishi mumkin. Bu asorat ro’y berganda antigistamin, kortikosteroid, diuretik preparatlar, qon tomirlar tonusini oshiruvchi, yurak faoliyatini yaxshilovchi dorilar yuborilishi bilan bir paytda o’pka sun`iy ventilyatciyasi ham ishlatilishi mumkin.
Ftorotanli narkoz.
1951 yilda Angliyada Saklin tomonidan ftorotan (flyuotan) sintezlangan.
Fizik-ximik tuzilishi: Ftorotan (flyuotan, golotan 1.11-triftor-2 xlor 2-bron etan) Xloroformni eslatuvchi, hidli, rangsiz tiniq suyuqlikdir. Qaynash temperaturasi 50,2 O S. Bu preparatning narkotik ta`sirining yaxshiligi, nafas olish sistemasiga zararli ta`sir qilmasligi sababli anesteziologiyada keng ko’lamda qo’llanilmoqda. Stabilizatorli qora flakonlarda chiqariladi. Ishqorlar bilan reaktciyaga kirishmaydi.
Klinikasi va qo’llanilishi:
Ftorotanli narkozning kechishini 4 bosqichga bo’lish mumkin.
Boshlang’ich
Qo’zg’alish
Xirurgik
Uyg’onish
1. Boshlang’ich bosqichga: Hamma narkoz turlariga o’xshab, bemor yuziga maska taqiladi bu maskadan kislorod o’tadi, keyin ftorotanli bug’lanuvchi kran ochiladi, sekin astalik bilan bir minut davomida preparat kontcentratciyasini 2-3 hajm oshirib boriladi.
Efirdan farqli ravishda ftorotan bilan nafas olganda bemorda yomon hissiyotlar sezilmaydi. Narkozning bu bosqichida nafasning sekinlashuvi qorachiqlarning yorug’likga bo’lgan reaktciyasining yaxshiligi, sekin nistagm kuzatiladi. Bu bosqich 1,5-3 minutgacha davom etadi, bosqich oxirida bemor es-hushini yo’qotadi.
Qo’zg’alish bosqichi: Bu bosqich amaliy jihatdan bo’lmaydi. Faqatgina ba`zi bemorlarda oyoq-qo’llarning harakati, jarrohlik stolidan turishga urinish, nafas olishning tutulishi kabilar kuzatiladi. Bu bosqich 30-60 sekund davom etadi, keyin bemor tinchlanadi.
Xirurgik bosqich :3ta fazaga bo’linadi. Bu bosqichda 2-3fazada xirurgik operatciyalar qilinadi.
Yuzaki
O’ rta
Chuqur
Bu fazalarni ko’z sklerasi, mushak tonusining o’zgarishi, nafas olish, puls va arterial bosim orkali differentciyalash mumkin.
1- fazada
a) kon`yuktivial refleks yo’qolishi
b) ko’z olmasi harakatining to’xtashi
v) ko’z qorachig’ining yorug’likka nisbatan reaktciyasi saqlanishi.
g) skleraning ho’lligi.
d) mushaklarning bo’shashishi (chaynov, yuqori va pastki mushaklar)
e) A/B pasaya borishi
2 - fazada
a) ko’z qorachig’i juda tor.
b) yorug’likga nisbatan reaktciyasi yo’qoladi.
g) sklera ho’lligi.
d) qorin mushaklaridan tashqari barcha mushaklar bo’shashuvi.
e) qovurg’alararo mushaklarning bo’shashuvi oqibatida nafas olishning sekinlashuvi va diafragma ekskurtciyasining o’sishi.
j) A/B pasayishi
3 - fazada
a) qorachiq kengayadi.
b) sklera ho’lligini yo’qotadi.
v) mushaklar butunlay bo’shashgan.
g) A/B pasayadi
d) teri quruq va issiq.
e) tirnoq falangalari qizg’ish rangda .
Uyg’onish bosqichi.
4. Bosqich-bu davr efirga nisbatan ftorotanli narkoz berilgan bemorlarga qisqa kechadi 5-15 minut oralig’ida bo’ladi, boshqa bemorlarda qusish va ko’ngil aynishi bo’ladi.
Organizmga ta`siri:
Anestetik-nafas olish yo’llariga yomon ta`sir qilmaydi, shilliq qavatlar sekretciyasini susaytiradi, yutqin va hiqildoq reflekslarini sekinlashtiradi, bu esa traxeyani intubatciya qilish uchun oson kechadi. Bronxlarni kengaytiradi. Ftorotan narkoz chuqurligi vaqtida nafasni sekinlashtiradi. Buning oqibatida nafas olish hajmi kamayadi, xirurgik bosqich boshlanishida nafas olishni sekinlashuvini kompensatciya qiladi, alveolyar gipoventelyatciya kelib chiqadi.
Ftorotan narkozining yurak - qon tomir sistemasiga asosan miokardning qisqarish funktciyasiga to’g’ri depressiv ta`siri yurak ishining sekinlashuvidir. 10% hollarda adashgan nerv markazi stimulyatciyasi va qorincha bo’lmacha o’tkazuvchanligi sekinlashishi oqibatida pul`s sekinlashadi. Arterial gipotenziyani keltirib chiqaruvchi faktorlarga: yurak ishining sekinlashuvi, vazomator markaz depressiyasi, periferik qon tomir qarshiligining kamayishi, kam hollarda ganglionar blokada kiradi.
Ftorotanning spetcifik ta`sirlari oqibatida kelib chiquvchi holatlar.
Gipoksiya natijasida hosil bo’luvchi qorinchalar ekstrasistoliyasi.
Giperkapniya.
Giperadrenalinemiya.
Yurakning adrenalin va noradrenalinga nisbatan yuqori sezgirligi
Jigarga ta`siri: ftorotanning gepatotoksik ta`siri aniqlanmagan.
Buyrakga ta`siri nefrotoksik ta`siri aniqlanmagan, buyrak qon aylanishi sekinlashuvidan vaqtinchalik oligouriya kelib chiqadi.
Afzallik tomonlari:
Havo, kislorod, azot (1) oksidi aralashmasi bo’lgan holda toza ftorotan portlamaydi.
Yuqori nafas yo’llariga yomon ta`siri yo’q.
Hikildoq va halqumga spazmolitik ta`sir qiladi.
Narkozga kirish va chiqish hollarining tezligi.
Yuqori kontcentratciyada kislorodni ishlatish mumkin.
Mikrotcirkulyatciyani yaxshilaydi.
Ximik stabillik o’zgarmas.
EEG ning aniq ko’rinishi narkozning chuqurligini ifodalab beradi.
Kamchiliklari:
yuqori dozada tez zaharlanish.
Noradrenalin sekretciyasining kamayishi va miokard depressiyasi oqibatida gipotoniyaning rivojlanishi.
Anesteziyaning chuqurligi oqibatida nafas olish sekinlashishi.
Kardiotoksiklik: ya`ni miokardning qisqarish qobiliyatining susayishi, yurak ishining kamayishi, miokardning katexolaminlarga sezuvchanligining oshishi oqibatida aritmiyaning rivojlanishi.
5. Jigarga ta`sir qilish mumkin, agarda takroriy ftorotan qo’llansa.
Qo’llanilishi:
a) portlovchi anestetiklar bo’lsa, ular o’rniga ftorotanli narkoz qo’llaniladi.
b) bronxial astma yoki bronxo-laringospazmni oldini olish maqsadida qo’llaniladigan zakis azot ta`sirini kuchaytirish.
v) o’pka operatciyasida.
Qarshi ko’rsatmalar:
a) jigar kasalliklari.
b) gipotoniya bilan kechuvchi va kuchaygan yurak etishmovchiligi.
v) narkoz apparatlari va spetcifik bug’lantirgichlar bo’lmaganda.
g) anesteziologning tajribasi, kvalifikatciyasi bo’lmaganda.
Enfluran, metoksifluran ham ftorli narkotik moddalar qatoriga kiradi. Enfluran kuchli narkotik, uning ta`sirida narkoz holati tez boshlanadi va bu holatdan tez chiqiladi, mushaklar yaxshi bo’shashadi. Bu modda nafas va miokard faoliyatini susaytirishi hamda miokardning katexolaminlarga sezuvchanligini oshirib aritmiyalarga olib kelishi mumkin. Enfluran biotransformatciyaga kamroq (5—10%) uchraydi.
Metoksifluran kuchli narkotik hamda analgetik faol modda, narkoz holati yaxshi relaksatciya bilan o’tadi. Narkoz holatiga kirish (10—15 daqiqa) va holatdan chiqish muddatlari (15—20 daqiqa) ftorotanga nisbatan davomliroq kechadi. Narkozdan keyin uzoq vaqt analgeziya saqlanib turadi. Buyraklarga zaharli ta`sir ko’rsatishi tufayli bu modda kam qo’llanadi. Ftorli narkotik moddalar alangalanmaydi. Ingalyatcion anestetiklar asosan (90% dan ortiq) o’pka, qolgan qismi buyraklar, oshqozon – ichak va teri orqali chiqariladi. Hozirgi vaqtda ingalyatcion anestetiklar ko’p tarkibli og’riqsizlantirishning bir qismi sifatida o’pka sun`iy ventilyatciyasi va miorelaksantlar bilan birga ishlatiladi. Bunday usul ingalyatcion anestetiklar dozasini kamaytirishga, mumkin bo’lgan nojo’ya ta`siri va asoratlarini oldini olishga imkoniyat yaratadi.
Azot (I) oksidi anesteziyasi
Azot (I) oksid - kattalar va bolalar anestezialogiyasida ko’p qo’llaniladigan gazli modda. Narkoz uchun azot (I) oksid kislorod bilan aralashgan holda ishlatiladi. Azot (I) oksid yuza narkoz paydo qiladi, skelet mushaklari tonusi etarli bo’shashmaydi, shuning uchun azot (I) oksid miorelaksantlar va boshqa narkotik moddalar (ftorotan) bilan birga qo’llanadi. Azot (I) oksidni yuborish to’xtatilsa, bemor narkozdan tez uyg’onadi, bu modda organizmdan o’zgarmasdan o’pka orqali chiqib ketadi. Azot (I) oksid kichik kontcentrattciyalarida og’riq qoldiruvchi sifatida - miokard infarktida, chiqqan suyaklarni joylashtirishda, og’riqli muolajalarni o’tkazishda qo’llanadi. Azot (I) oksid kichik kontcentrattciyasi kayf berishi mumkin, shuning uchun hushchaqchaqlik, xursandchilik gazi deb ataladi. Azot (I)oksidi qo’llanganda aralashmada kislorod hajmi 20% hajmdan kamayib ketsa organizmda kislorod etishmovchiligi - gipoksiya boshlanadi, bunda skelet mushaklari tortishib, ko’z korachiqlari kengayadi, qon bosimi pasayib ketadi, oqibatda bemorda noxush holat bo’lishi mumkin.
Tsiklopropan - alangalanuvchi gaz, lipidlarda yaxshi eriydi, o’pkadan tez so’riladi, narkoz holati 2-3 daqiqadan keyin boshlanib qo’zg’aluvchi davrisiz o’tadi. Narkotik ta`sir doirasi keng.
Tsiklopropan vagus nervi markazi tonusini oshiradi, bronxospazm, narkozga kirish davrida laringospazm ro’y berishi mumkin. Tsiklopropan bradikardiya paydo qiladi, miokardning katexolaminlarga sezuvchanligini oshiradi. Tsiklopropan yuborilganda qon tomirlar tonusi oshib, arterial bosim ko’tarilishi mumkin, bu tciklopropanning qon tomirlariga to’g’ridan-to’g’ri ta`sir qilishi bilan bog’liq. Tsiklopropan xolinomimetik xususiyatga ega bo’lgani uchun (bradikardiya, so’lak, bronxlarda shilliq ajralishi) narkozdan oldin atropin bilan premedikatciya qilinadi.
Ingalyatcion narkozning afzalligi va kamchiliklari.
Afzalligi shuki, ingalyatcion narkoz paydo qiladigan moddalar alohida retceptorlar bilan birikma hosil qilmaydi, shuning uchun uni boshqarish mumkin.
Kamchiliklari: bu moddalarni qo’llash alohida maxsus apparaturani va dozimetrlarni talab qiladi, ba`zi moddalar davomli qo’zg’alish davrini yuzaga keltiradi, narkozdan chiqish davri sekinroq va ayrim asoratlar bilan o’tadi.
Noingalyatcion anesteziya
Noingalyatcion anesteziya asosan anestetiklarni venaga yuborish orqali amalga oshiriladi. Suyak ichiga in`ektciya qilish bilan noingalyatcion anesteziyani bajarish jarayoni qattiq og’riqqa sabab bo’lishi va boshqarilishi qiyinligi tufayli deyarli qo’llanilmaydi. Anestetiklarni ichirish va huqna tarzida to’g’ri ichakka yuborish tajribasi asosan pediatriya anesteziologiyasida qo’llaniladi.
Vena orqali anesteziya. Anestetik modda bevosta qon tomirga yuborilgani tufayli kam miqdorda sarflanadi va organizmga toksik ta`siri deyarli sezilmaydi. Bemor anesteziya holatiga yoqimsiz sezgilarsiz va tez kiradi. Bu usuldan maxsus moslama va jihoz bo’lmagan taqdirda ham foydalanish mumkin. Vena ichi anesteziyasi qisqa muddatli va kichik hajmli amaliyot va muolajalarni og’riqsizlantirishda ishlatiladi. Vena ichi anesteziyasi ko’p komponentli anesteziya amalga oshirilishining asosiy usuli hisoblanadi. Bemor behush, o’pka sun`iy ventilyatciyasi o’tkazish uchun sharoit bo’lmagan, nafas yo’llarining o’tkazuvchanligi buzilgan holatlarda vena ichi anesteziyasi ehtiyotkorlik bilan bajariladi. Bugungi kunda vena ichi anesteziyasi total vena ichi anesteziyasi nomi bilan yuritiladi.
Noingalyatcion narkotiklar ta`sir muddatining davomliligi bo’yicha uch guruxga bo’linadi:
Ta`sir muddati qisqa (15 daqiqagacha ) moddalar- ketamin, propanidid
Ta`sir muddati o’rtacha ( 20-50 daqiqa ) moddalar- natriy tiopental, predion, geksenal
Uzoq muddat ta`sir etuvchi ( 60 daqiqadan ortiqroq ) moddalar- natriy oksibutirat
Do'stlaringiz bilan baham: |