O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
KIMYO KAFEDRASI
«NEFT VA GAZ KIMYОSI» FANIDAN
LABORATORIYA ISHLARINI BAJARISH BO‘YICHA
USLUBIY KO‘RSATMA
FARG‘ONA 2022
LABORATORIYA TAJRIBALARINING ASOSIY ELEMENTLARI
1. Texnika xavfsizligi.
Neft mahsulotlarni, erituvchilar va tez alangalanuvchi moddalar bilan ishlayotganda quyidagi ehtiyot choralariga rioya qilinishi zarur:
Neft mahsuloti va tez alangalanuvchi moddalar solingan idishlarni olovga yaqin keltirmaslik kerak.
Qurilmani yig‘ish vaqtida uning qismlarini bir-biriga biriktirilgan yernini zichlab ulash shart.
1.3. Tez alangalanuvchi moddalarni (benzin, organik aralashmalar va boshqalar) faqat yopiq eletroplitka yoki suv hammomida qizdirilishi lozim.
Neft mahsulotlari alangasini o‘chirish uchun suvni qo‘llab bo‘lmaydi. Yonayotgan moddani o‘chirish uchun qum yoki karbonat kislotali o‘t o‘chirgichdan foydalanish kerak. Yonib turgan buyumni kigiz bilan yopib o‘chiriladi. Olov alangalanishi bilan tezda gaz kranlarini berkitish lozim. Hamma yonuvchan moddalarni yonayotgan buyumning yonidan tezda olish kerak.
2. Elektr asboblari va qurimalari bilan ishlash tartibi
Elektr asboblari va qurilmalari bilan ta’minlangan elektr uskunalarini ishlatish qoidasi:
2.1. Laboratoriyalarda tez alangalanuvchi moddalar va aralashmalar bilan birga izolyatsiyasiz simlar bilan jihozlangan elektr-asboblaridan va tuzatilmagan vilkalardan foydalanib bo‘lmaydi.
2.2. Simlar yoki elektr asboblari yonganda tezda elektr tokini o‘chirish va yong‘in o‘chiruvchi vositalardan unumli foydalanish kerak (o‘to‘chiruvchi, asbestli salfetkalar).
3. Gazlar bilan ishlash qoidalari
3.1. Gaz bilan to‘ldirilgan ballonlar, gazometrlar va boshqa idishlarni issiqlik manbalaridan muxofaza qilish zarur.
3.2. Yonuvchan gazlar bilan ishlovchi asboblar jipslangan va olovdan muxofaza qilingan bo‘lishi shart.
3.3. Standart gaz ballonlari devorga yoki mahsus bog‘ichlar yordamida laboratoriya stoliga mustahkam biriktirilgan bo‘lishi lozim.
4. Zaharli moddalar bilan ishlash qoidasi
Kimyo laboratoriyalarida tez-tez zaharli moddalar bilan ishlashga to‘g‘ri keladi, agarda ehtiyotsizlik qilinsa, natijada zaharlanish mumkin. Bunday voqea sodir bo‘lmasligi uchun quyidagi ehtiyot choralarini qo‘rish lozim:
4.1. Aralashmalar va uchuvchan zaharli moddalar bilan ishlashni havo tortuvchi qurilmalar ichida olib borish kerak.
4.2. Aralashmalar va uchuvchan zaharli moddalarni sachratmasdan ehtiyotlik bilan idishga kuyish kerak.
4.3. Zaharli moddalarni pipetka orqali tortayotganda og‘iz bilan emas, rezina koptok-tortqich (grusha) dan foydalanish darkor.
5. Kislotalar va ishqorlar bilan ishlash qoidasi
Kislotani suyultirish vaqtida suvni kislotaga emas, kislotani suvga qo‘shish kerak.
Ishqorni suyultirish paytida suvni sekinlik bilan tomizish zarur, shuningdek, uni to‘xtovsiz aralashtirib haddan tashqari qizdirib yubormaslik kerak.
Kislotadan kuyib qolganda kuygan joyni kuchsiz soda eritmasi bilan yuvish lozim, ishqordan kuyib qolgan joyni esa-suv yoki kuchsiz kislota eritmasi (sirka, limon kislota) bilan yuvish zarur. Ishlatilgan zaharli moddalar, kislotalar va ishqorlar, hamda tez alanga oluvchi moddalarni rakovinaga emas, balki mahsus belgilangan idishga to‘kish darkor.
6. Laboratoriya qurilmalarini yig‘ish va tayyorlash
Qurilmalarni yig‘ishdan avval ularni biriktiruvchi naychalarning, yig‘uvchi jihozlarning va x.k. tozaligini tekshirish lozim, chunki tajriba natijasi tozalikka bog‘likdir. Kimyoviy moddalardan ifloslangan, idish va asboblarni yuvish uchun xrom eritmasi qo‘llaniladi. Metall apparaturani (kublar, reaktorlar va h.k.) agarda ular yengil ochiladigan bo‘lsa, kerosin yoki benzin bilan yuvib, so‘ng havoda quritish kerak. Yuqoridagi tekshiruvdan so‘ng laboratoriya ishini bajarish uchun qurilmani yig‘ishni boshlayverish mumkin.
Asbobni yoki qurilmani yig‘ishni boshlashdan oldin, ularning qurilmasi va sxemasi bilan tanishish kerak. +urilmani yig‘ish vaqtida shlifli asboblarni qo‘llash yaxshiroq, probkalar va kranlarni vaqti-vaqti bilan moylab turish lozim. Ish vaqtida shlifli tutashmalar kimyoviy moddalarning bug‘lari bilan uchrashganda shlifdagi surkov moylariga kimyoviy ta’sir-etmasligi kerak.
Shishali apparatni yig‘ish vaqtida, shunga alohida e’tiborni qaratish lozimki, apparatlarning sinishga olib keluvchi priborlarning alohida qismlarini «kuchlanish» dan saqlash kerak. Apparatlarning shishali qismlarini mustahkamlash uchun shtativni qo‘lchalariga yupqa asbestdan qo‘yish lozim.
7. Tajriba natijalarini qayta ishlab chiqish
Laboratoriyada ishlayotganda o‘lchov asboblarida va torozida juda aniqlik bilan ish bajarish zarur. Hom ashyoda komponentlarni shunday aniqlik bilan olish kerakki, bunda moddiy balansdagi hatolikning hissasi 1/10 foizdan oshmasin.
Tekshirishni amalga oshirishda kimyo jarayonidagi yo‘kotishni ham alohida hisobga olish zarur, ayniqsa ular ketma-ket bosqichli bo‘lsa. Barcha mahsulotlarni hajmi yoki massasini o‘lchash mumkin bo‘lsa, u holda tajribadagi barcha yo‘qotishlar mahsulot balansida alohida hisobga olinadi.
Bevosita tajriba vaqtida olingan o‘lchovlar va torozida tortishlarning natijalarini, shuningdek, hisoblashning oxirgi natijalari va ish daftaridagi oraliq yozuvlarni ham ish hisobotiga kiritish darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: |