Titroq tutishi-uzoq davom etuvchi amaliyot mobaynidagi issiqlik yo’qotish va sovuqdan ta`sirlanish oqibatidir. Titroq tutishiga termoregulyatciya markazining depressiyasi va mushaklar termogenezining buzilishi sabab bo’ladi. Titroq tutishining oldini olish uchun amaliyot xonasida 22—24°S haroratni saqlab turish, infuzion eritmalar haroratini tana haroratiga tenglashtirish, maxsus moslamalar vositasida bemorni isitish talab qilinadi.
Tutqanoq tutishi gipoksiya va miya shishishi belgisi, insult, tromboemboliya, gipoglikemiya, metabolik atcidoz va alkaloz, gipokaltciemiya oqibatlari bo’lishi mumkin. Tutqanoq sindromi intensiv terapiyasi normal gaz almashinuvini ta`minlash, kislota-ishqor muvozanatini tiklashdan iborat. Tutqanoqni yuqotish uchun 5-10 mg seduksen, 30 -50 mg/kg hisobidan natriy oksibutirati yoki 5—6 mg/kg dozada geksenal, 20—40 mg laziks yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |