Anesteziologiya asoslari haqida tushuncha


Bemorning umumiy ahvolini aniqlash



Download 85,25 Kb.
bet16/20
Sana03.07.2022
Hajmi85,25 Kb.
#737258
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
ANESTEZIOLOGIYA ASOSLARI HAQIDA TUSHUNCHA

Bemorning umumiy ahvolini aniqlash. Anesteziolog rejalashtirilgan anesteziya va operatciyadan kamida 3-5-7 kun avval, shoshilinch (urgent) anesteziya holatlarda esa bevosita aralashuvdan oldin bemorni ko’rishi shart. Qabul qilingan reja bo’yicha bemorning anamnezi surishtiriladi. Markaziy nerv sistemasi tomonidan topilgan o’zgarishlar psixo-emotcional noturg’unlik, kechirilgan miya jarohati, insult, tutqanoq kasalligi, alkogolizm va shu singari patologiyalarni aniqlash bemorni tayyorlash, premedikatciya belgilash va anesteziologik taktika tanlashda jiddiy yo’llanma beradi. Allergologik va farmakologik anamnezni aniqlash, allergik holatlarning qaytalanishi, medikamentlarga bo’lgan yuqori sezuvchanlikdan kelib chiquvchi asoratlarning oldini olish uchun sharoit yaratadi. Bir qator tug’ma kasalliklar - porfiriy, mikroglossiya, yurak poroklari, o’pka polikistozi va shu kabilar anesteziyaning har bir bosqichiga xos taktik usullar qo’llashni talab qiladi.
Ob`ektiv ko’rik o’tkazilganda bemorning og’iz, burun va tomoq tuzilishi, periferik venalarning borligi, yuz va bo’yinning anatomik xususiyatlari, ko’krak qafasining tuzilishi kabilarga katta ahamiyat berilishi kerak.
Bemorning umumiy ahvolini baholashda laboratoriya va funktcional tekshiruv usullari keng ma`lumot beradi. Urgent tarzdagi jarrohlik aralashuvlarini o’tkazishdan oldingi minimum laborator tekshirishlariga qon va siydikning umumiy tahlili, qon tarkibidagi mochevina, glyukoza, kaliy va natriy kontcentratciyalarini o’rganish, qonning gruppasi va rezus mansubligi kabilarni aniqlash kiradi. Anesteziyadan oldin ko’krak qafasi organlarini rentgenologik tekshirish va elektrokardiografiya o’tkazish shart hisoblanadi. Rejalashtirilgan jarrohlik aralashuvlaridan avvalgi laborator va funktcional tekshirishlar keng miqyosda o’tkaziladi va ularning ko’rinishi patologik holatning mohiyatidan kelib chiqadi.
Nafas olish sistemasining faoliyatini baholash uchun oddiy ko’rish, palpatciya, perkussiya va auskultatciyalardan tashqari, funktcional testlar (spirografik ko’rsatkichlar) bilan bir qatorda qon va alveola gazlari miqdori aniklanadi.
Qon aylanish sistemasi faoliyatini baholashda oddiy klinik tekshirishlar (anamnez, perkussiya, auskultatciya, EKG, rentgenografiya va h.k.) bilan bir qatorda reografiya, markaziy va periferik gemodinamik ko’rsatkichlar, aylanib yurgan qon va uning komponentlari miqdorini tekshirish zarur bo’ladi.
Endokrin sistemasining funktcional va patologik holati o’ziga xos anesteziologik taktika qo’llashni talab qiladi. Endokrin patologiyasi bo’lgan bemorlarda giper- yoki gipoglikemiya, adrenokortikal etishmovchilik, giper yoki gipotireoz singari og’ir holatlar ro’y berish xavfi bor. Bu asoratlarning oldini olish uchun bemor endokrinolog ishtirokida bafurja tekshiriladi va bo’lajak anasteziya va operatciyaga obdon tayyorlanadi.
Ko’p patologik holatlar, ayniqsa o’tkir jarrohlik kasalliklari og’ir gomeostatik siljishlarni yuzaga keltiradi.
Keltirilgan o’zgarishlarni aniklash uchun markaziy vena bosimi, reografiya, gemoglobin, gematokrit, qon va uning tarkibiy qismlari, qon va siydik elektrolitlari miqdori va osmolyarligi, kislota-ishqor ko’rsatkichlari va ularning gaz tarkibi kabi tekshirishlarni o’tkazish zarur bo’ladi.
Kasallik, anesteziologik va jarrohlik amaliyoti omillari jigar va buyrak faoliyatlariga jiddiy ta`sir ko’rsatadi. Bilirubin, bromsulfalein, vafoverdin, aldolaza, transaminaza, protrombin, oqsillar fraktciyasi va shu singari testlar jigarning funktcional holati to’g’risida axborot beradi. Siydikning umumiy analizi, siydik va qon tarkibidagi mochevina va kreatinin kontcentratciyasi, Reberg tekshiruvi, radioizotop renografiya, ultratovush yordamida tekshirishlar asosida buyrak faoliyatiga baho beriladi.
Jarrohlik kasalligi va hamroh patologiya, anesteziya, operatciya va ularning oqibatlari birgalikda bemorning hayoti uchun turli darajada xavf-xatar tug’diradi. Anesteziya va amaliyot xavfi darajasini aniqlashda quyidagi omillardan foydalaniladi:
1. Bemorning umumiy ahvoli.
2. Bo’lajak operatciyaning rejalashtirilishi yoki shoshilinchligi.
Z. Bemorning yoshi.
4. Operatciyaning hajmi va bajarilishi uchun sarf bo’ladigan vaqt.
5. Operatciya o’tkaziladigan organning o’rni va uning hayotiy ahamiyati.
6. Jarroh va anesteziologning malakasi.
Anesteziya va operatciya jarayonida bemor hayoti uchun xavf-xatar tug’diruvchi omillar juda ham ko’p. Bularga yurak-qon tomir va o’pka kasalliklari, endokrin va nerv sistemasi patologiyasi va hokazolar kiradi.
Umumiy anesteziya asoratlari, ularning oldini olish va intensiv davolash



Download 85,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish