Mavzu: Ayirish sistemasi Reja



Download 436,91 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana15.01.2022
Hajmi436,91 Kb.
#368213
  1   2   3   4
Bog'liq
Amalij-mash-ulot-Ayirish-sistemasi (2)



Mavzu: Ayirish sistemasi 

Reja: 

1.

 



Ayiruvning ahamiyati 

2.

 



Buyraklar haqida umumiy ma’lumot 

3.

 



Buyrak yetishmovchiligi  

4.

 



Buyrak sanchigʻi 

Buyrak

 —  odam  va  umurtqali  hayvonlarda 

siydik

 hosil  qiluvchi  va  uni 



ajratuvchi juft aʼzo; 

loviya


 shaklida,  qorin  boʻshligʻining  orqa  tomonida,  umurtqa 

pogʻonasi bel qismining ikki yonida joylashgan, qorin parda B.larning old yuzasini 

qoplab  turadi.  Old  va  orqa  yuzalari  yassilangan,  har  bir  B.ning  boʻyi  10—12  sm, 

eni  6  sm,  yoʻgʻonligi  3—4  sm,  ogʻirligi  oʻrtacha  140—150  g  .  Oʻng  B. 

tepasida 

jigar


 borligi  tufayli,  chap  B.ka  nisbatan  bir  oz  pastroqsa  yotadi.  B.ning 

yuqori uchi umurtqaga yaqin, pastki uchi esa umurtqadan uzoqroq boʻladi. B.ning 

umurtqaga qaragan ichki tomoni oʻrtasida botik joy boʻlib, u B. darvozasi deyiladi. 

B.ning botiq  yuzasiga buyrak jomi  taqalib turadi. B. darvozasidan  B. 

arteriyasi

 va 


nervlar  kirib,  vena,  limfa  tomirlari  va  siydik  yoʻli  chiqadi.  Bularning  hammasi 

birgalikda  B.  oyoqchasi  deb  ataladi.  B.  ichida  buyrak  usti  bezlari  bor.  Moddalar 

almashinuvi natijasida hosil boʻladigan chiqindi va zararli moddalar organizmdan 

B.  orqali  chiqib  ketadi.  Shu  bilan  birga  B.  organizm  uchun  zarur  miqdordagi  suv 

va  mineral  tuzlarni  saqlab,  tashkariga  chiqarmay  qoʻyadi,  organizmning  ichki 

muhitini  taʼminlaydi.  B.  siydik  bilan  birgalikda  siydikchil  (mochevina),  siydik 

kislota,  tuzlar  va  suvni  chiqarib  turadi.  B.da  biologik  faol  moddalar  (renin, 

prostoglandin  va  boshqalar)  hosil  boʻlib,  ular  qon  tarkibi,  qon  ivishi  va  kon 

bosimini  maromga  solib  turadi.  B.ni  fibroz  parda,  yog  kapsulasi  va  biriktiruvchi 

toʻqimadan  iborat  fassiyalar  oʻrab,  ushlab  turadi.  B.  poʻstloq  va  magʻiz  qismdan 

iborat. Poʻstloq qismining qalinligi 4–13 mm keladi. Bu qism ostida magʻiz kismi 

joylashgan;  u  12—15  ta  konussimon  B.  piramidalaridan  iborat.  Yondosh 

piramidalar  orasiga  poʻstloq  qism  suqilib  kirgan  boʻlib,  B.  ustunchalarini  hosil 

qiladi.  Piramidalar  oʻrtacha  1  mln.  mayda  kanalcha  (nefron)lardan  iborat,  shu 

nefronlarda  siydik  hosil  boʻladi,  bunda  suyuklik  qondan  sizib  oʻtadi  (filtrlanadi), 



qayta soʻriladi va sekresiya roʻy beradi. Har bir nefron B. tanachalari bilan siydik 

kanalchalaridan iborat. Siydik B. tanachalarida filtratsiya yoʻli bilan paydo boʻladi. 

B.  tanachasi  qoʻsh  devorli  kapsula  (Shumlyanskiy—Boumen  kapsulasi)  boʻlib, 

devorlari orasida yoriqsimon boʻshliq bor; siydik chiquvchi naycha (kanalcha) shu 

boʻshliqdan boshlanadi. Kapsulada mayda qon tomirlar koptokchasi (kalavasi) bor. 

Siydik  kanalchalarida  birlamchi  siydik  qayta  soʻriladi,  konsentratsiyasi  oshadi  va 

shakllangan  siydikka  aylanadi.  Siydik  kanalchalari  qoʻshilib,  yirikroq  yigʻuvchi 

kanalchalar  hosil  qiladi.  Siydik  kanalchalardan  B.ning  avval  kichik,  keyin  katta 

kosachalariga  va  nihoyat  B.  jomiga  oʻtadi,  undan  siydik  yoʻli  orqali  qovuqqa 

quyiladi.  B.dan  oʻrtacha  1,5  l  siydik  ajralishi  uchun  organizmdagi  qon  B.dan  bir 

kechakunduzda oʻrtacha 360 marta oʻtib, yetarlicha tozalanib turadi. Buning uchun 

B.ka  keladigan  qon  miqdori  va  bosimi  doimo  yetarli  boʻlishi  kerak.  Agar  qon 

bosimi pasayib  B.ka qon kam kelsa, u renin  modda ajratib qon bosimini oshiradi. 

Bu holat  surunkali qaytarilsa, qon  tomirlar devorining sikilishi tufayli  qon bosimi 

koʻtarilib,  B.  bosimi  paydo  boʻladi.  B.  rivojlanishida  nefron  naychasining  uchi 

berk  boʻlsa,  buyrak  istisqosi  kuzatiladi.  Buyrak  kasalliklarini  nefrologiya 

oʻrganadi. 


Download 436,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish