Anesteziologiya asoslari haqida tushuncha



Download 85,25 Kb.
bet11/20
Sana03.07.2022
Hajmi85,25 Kb.
#737258
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
ANESTEZIOLOGIYA ASOSLARI HAQIDA TUSHUNCHA

Markaziy analgeziya

Anesteziyaning tarkibiy qismlari bo’lgan neyrovegetativ tormozlanish, giporefleksiya va analgeziya analgetiklarning katta dozasini yuborish vositasida vujudga keltirilsa markaziy analgeziya deyiladi. Markaziy analgeziya uchun analgetiklardan morfin, fentanil, dipidolor, promedol kabilar ishlatiladi.


Morfinli markaziy analgeziyani bajarish uchun bemorning venasiga 0,1-0,15 mg/kg dozada seduksen yuboriladi. Azot I oksidi va kislorod (2:1 -1:1) ingalyatciyasi zaminida 5-7 mg morfin venaga yuboriladi. Keyin morfin 3mg/kg hisobidan 5 %li glyukoza eritmasining 500 ml ida eritiladi va har minutda 7-10 tomchidan yuboriladi. Morfinning 3 mg/kg dozasi 3-4 soat davom etadigan amaliyotni va amaliyotdan keyingi 8—12 soatga etadigan og’riqsizlantirishni ta`minlaydi. Traxeya intubatciyasi uchun listenon va uzoq vaqtli relaksatciya yaratish uchun esa tubarin (arduan, pavulon) ishlatiladi. Amaliyotdan keyingi davrda bir necha soat mobaynida uzaytirilgan o’pka sun`iy ventilyatciyasi talab qilinadi.
Morfinli markaziy analgeziya yurak etishmovchiligi bo’lgan bemorlarda, porok va ishemik kasalligi sababli o’tkaziladigan amaliyotlarni og’riqsizlantirish uchun keng qo’llaniladi. Fentanilni markaziy analgeziya yaratish uchun bemorning venasiga 0.5-0,7 mg/kg dozada seduksen azot I oksidi va kislorod (1:1—2:1 nisbatlarida) ingalyatciyasi zaminida yuboriladi. 3-5 mg tubarin va undan keyin 1 ml/kg dozada fentanil (3—4 bulakka bo’lib yoki 5% glyukozaning 500 ml eritmasida) yuboriladi.
Mioplegiya vujudga keltirish va o’pka ventilyatciyasini o’tkazish uchun relaksantlardan foydalaniladi. Markaziy analgeziya faqat o’pka sun`iy ventilyatciyasi zaminida qo’llaniladi. Amaliyotdan keyin uzoq vaqt mobaynida o’pka sun`iy ventilyatciyasi o’tkazilishi lozim.

Ko’p tarkibli anesteziya


Bir paytda bir necha anestetik, analgetik, miorelaksant va shu kabi preparatlarni ishlatish yo’li bilan vujudga keltirilgan anesteziya ko’p tarkibli yoki kombinatcion anesteziya deyiladi.


Anesteziyaning har bir komponentini maxsus preparat yuborish orqali vujudga keltirish va ularning toksik ta`sirini kamaytirish yoki yo’qotishga erishish kombinatcion anesteziyaning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Anesteziya komponentlari, masalan, amneziya geksenal yoki azot I oksidi bilan hosil qilinsa, analgeziya morfin yoki fentanil ta`sirida vujudga keltirilsa, mioplegiya esa relaksantlar bilan yuzaga keltiriladi. Relaksantlar anesteziyani yuzaki sathlarda o’tkazish va o’pka sun`iy ventilyatciyasi vositasida gaz almashinuvini boshqarish uchun qulay sharoit yaratib beradi.
Barbituratlar va azot I oksidi kombinatciyasi kichik hajmli amaliyot va muolajalarni og’riqsizlantirishda ishlatiladi. Premedikatciyadan so’ng natriy tiopentali yoki geksanalning 1%li eritmasidan 500 mg venaga yuboriladi, keyin 1,5-2 mg\kg hisobida ditilin yuboriladi va traxeya intubatciya qilinadi. O’pka sun`iy ventilyatciyasi zaminida azot I oksidi va kislorod aralashmasi 2:1, 3:1 yoki 4:1 nisbatlarda uzatilib boradi.
Anesteziya sathini chuqurlashtirish uchun vaqti-vaqti bilan analgetiklar, mioplegiya uchun esa relaksantlar yuborilishi talab qilinadi.
Barbiturat, azot I oksidi va ftorotan yoki efir tarkibli anesteziya ham yuqorida keltirilgan usul bo’yicha o’tkaziladi.
Barbituratlar bilan azot I oksidi va metoksifluran, azot I oksidi va trilen, viadril bilan azot oksidi, viadril, azot oksidi va efir kombinatciyalari keng qo’llaniladi. Kombinatcion anesteziyaning keng tarqalgan ko’rinishlariga neyroleptoanalgeziya va ataralgeziya kiradi. Anesteziyaning bu turi neyroleptik yoki ataraktik preparatlarning analgetik va miorelaksant bilan kombinatciyasidan vujudga keladi.
Zamonaviy ko’p komponentli (tarkibli) anesteziya.

Og’riq muammosi va umumiy og’riqsizlantirishdagi klinik fanlar: farmokologiya, neyrofiziologiya erishgan yutuqlar yuz yillik tarixni o’z ichiga oladi. Og’riq bu butun markaziy nerv sistemasining reaktciyasi bo’lib bunga orqa miya, po’stloq osti strukturalari va miya yarim sharlarining po’stloqlari ham qatnashadi.


Opoid retceptorlar va ularning ichki mahsulotlari opoid peptidlarning kashf etilishi, og’riq sindromini o’rganishni, analgeziyani ancha ilgarilab yubordi va klinitcistlarga ko’p komponentli anesteziya usullarini yaratish imkonini berdi.
Olib borilgan kuzatuvlar shuni ko’rsatdiki og’riqni qoldirish uchun narkotiklarni massiv dozada ishlatish bilan organizmni butunlay opratcion agressidan xalos qilib bo’lmas ekan. Boshqacha qilib aytganda neyrovegetativ reaktciyalarni faqat narkotiklar orqali bloklab bo’lmaydi. Shuning zaminida ”neyrovegetativ himoya” vositalari ishlab chiqildi va amaliyotga muvoffaqiyat bilan qo’llanildi. Shu bilan birga bosh miya neyronlarida og’riq reaktciyasiga javobgar bo’lgan opoid tipidagi myu, kappa, sigma va delta deb nomlangan retceptorlar topildiki, bular faqat o’ziga xos opoid analgetiklar bilangina bog’lanishi mumkin ekan. Bog’lanishning kuchi va davomiyligi esa bog’lanishning darajasi bilan belgilanadi.
Analgetik samara myu, kappa retceptorlar bog’lanishidan kelib chiqadi. Eyforiya holati esa kappa va sigma retceptorlarini bog’lashga taalluqli. Delta retceptorlar ichki opoidlar (enkefalinlar) bilan bog’lanadi. Morfin, promedol, fentanil kabi opiatlar myu retceptorlarni agonisti hisoblanadi va retceptorni bog’lashi hisobiga og’riqni qoldiradi. Barcha opoid retceptorlarning antagonisti bo’lib naloksan hisoblanadi va uni qo’llaganda opiat hamda opoidlar ta`siri tez bartaraf etiladi.
Ko’p komponentli (tarkibli) zamonaviy anesteziyaning yaratilishi birinchidan ideal anestetik g’oyasidan voz kechishga olib kelgan bo’lsa, ikkinchidan anestetiklarni ko’plab ishlatishdan kelib chiqadigan turli asoratlarni keskin kamayishiga va butunlay yo’qolishiga olib keldi.
Turli guruhdagi dorilarni (neyroleptiklar, ganglioblokatorlar, betta–adrenoblokatorlar va boshqalar) analgetiklar bilan birgalikda qo’llash natijasida bemorni operatcion stressdan mustahkam himoyalash isbotlab berildi va shu bilan zamonaviy ko’p komponentli anesteziyaga asos solindi.

Download 85,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish