11-mavzu. QON TOMIR TIZIMI FIZIOLOGIYASI REJA: 1.Qon oqishining fizikaviy qonunlari, qon tomirlarida qonning harakati va bosimi. 2. Arteriyalarda qon oqishi va uning bosimi, venalarda qonning oqish tezligi va bosimi, kapillyarlarda qon aylanish. 3. Qon harakatini nerv va gumoral boshqarilishi, qonning asosiy funktsiyasi. 4. Hayvonlarning har xil guruhlarida qonning miqdori va tarkibi. 5.Qon plazmasining tarkibi va xususiyati, qon ivish jarayoni. Tayanch so’z va iboralar:Qon oqishining fizikaviy qonunlari. Qonning tomirlarida harakatlanishi gidrodinamika qonuniyatiga asoslangan-dir. Ammo turli organizmdagi hamma xodisalar, shu jumladan qonning harakat-lanishi turli biologik sharoitlarda ro’y beradi. Shuning uchun organizmdagi fizik qonunlar o’ziga xos hususiyatga egadir. Arteriyalar devori elastik bo’lganidan qon uzluksiz oqadi. Buni hujayralari tojda ko’p, masalan: shisha banka, 2 nayga biriktiriladi, naychalar arteriyada shishadan qilingan, 2-esa rezinadan qilingan bo’lib, uchi toraytirilsa, bankadan ikki naychaga bo’lib-bo’lib suv qo’yilsa, ikki naychadan suv uzluksiz oqib chiqadi. Rezinka naychaga suv bo’linib-bo’linib kirsa ham, uni uzluksiz oqib chiqishiga sabab shuki, rezina naychaning devori elastik bo’ladi. Rezina naychaga suv kirganda naycha devori cho’ziladi. Suv kirishi, to’xtashi, bilan rezina naycha devorlarini cho’zadigan bosim ham yo’qoladi. Endi rezina nay devorlari o’zini elastikligiga ko’ra avvalgi holatiga qaytib, suvga ta’sir qiladi va uni uzluksiz itarib chiqara boradi, so’ngra rezina naychaga yana suv kiradi, bu suv ham naycha devorlarini cho’zadi. Bu xol rezina naychalarida suyuqlikning bir tekis oqishiga sabab bo’ladi. Yurak qisqarar ekan arteriyalarga qonni otib chiqaradi. Qon arteriyalarga bo’linib-bo’linib chiqadi, qorincha sistemasidan keyin atreriyadagi bosim juda oshib ketadi. Arteriyalarning devori cho’ziladi. Sistoladan diostola boshlanadi. Diostola davrida tomirlar devori elastikligiga ko’ra avvalgi xoliga keladi. Tomirlar devori qancha taziyiq qilib uni yanada ilgariga suradi va qon tomirlaridan bir tekis oqishini ta’minlaydi.
Turli tomirlardagi qon bosimi barobar emas; arteriyalardagi bosim ortiqroq, venadagi aksincha bo’ladi. Yurak qorinchalaridan uzoqlashgan sari qon bosimining qay tariqa o’zgarishini kuzatib borilsa, bakni yaqqol tasavvur qilish mumkin. Qorinchalar sistolasi vaqtida qon aorta bilan o’pka arteriyasiga zo’r bosim bilan otilib chiqadi. Natijada aortadagi bosim eng yuqori darajaga yetadi, bu aorta simob ustuni bilan 130-140 mm bosim 10-12 mm ga pasayib, 60-70 mm teng bo’lib qoladi. Mayda arteriya va arteriolalarda bosim ayniqsa ko’p pasayib, 60-70 mm barobar bo’lib qoladi. Kapillyarlarda esa qon bosimi yanada kamayib, 30-40 mm ga kelib qoladi. Mayda venalardagi qon bosimi 10-12 mm bo’ladi, yirik venelarda esa qon bosimi hatto manfiy, ya’ni atmosfera bosimiga qaraganda simob ustuni hisobi bilan pastroq bo’lib qoladi.
Chap qorinchadan uzoqlashgan sari qon bosimining sekin-asta pasayishiga va venalarda hatto manfiy bosimga aylanishiga sabab nima?
Bosim qonning tomirlar devoriga ishqalanib duch keladigan qarshilikni yengishiga, shuningdek qon zarrachalarining bir-biriga ishqalanishini yengishiga sarf bo’ladi. Yuqorida ko’rsatilgandek, arteriyadagi bosim salgina kamayadi, arteriolalarda va qisman kapillyarlardagi bosim juda ham pasayadi. Buni sababi shuki mayda tomirlarda va kapillyarda qon juda katta qarshilikka uchraydi. odam gavdasidagi hamma kapillyarlar, uzunasiga ulansa, taxminan 100000 km ga teng bo’ladi
Qon tomirlar tizimi fiziologiyasi. Qon tomirlarning faoliyat tasnifi. qonning qon tomirlardagi harakatini o'rganuvchi fan gemodinamika gidrodinamikaning bir qismi. Gidrodinamika qonuniyatiga ko'ra, naylarda suyuqlikning oqishi suyuqlik harakatini yuzaga keltiruvchi bosim (ya'ni nayning boshi va oxiridagi) farqiga va oqayotgan suyuqlikka ko'rsatilayotgan qarshilikka bog’liq. Bu kuchlarning birinchisi - bosimlar farqi - suyuqlikni harakatga keltirsa, ikkinchisi - gidravlik qarshilik suyuqlik harakatiga to'sqinlik qiladi. Bosimlar farqining qarshilikka nisbati vaqt birligida naylardan oqayotgan suyuqlik hajmini, ya'ni suyuqlik oqimining hajm tezligini belgilaydi. Bu bog’lanish quyidagi tenglama bilan ifodalanadi. Qon tomirlarda qon oqishiga qarshilik tomirlarning uzunligi, diametri va qonning yopishqoqligiga bog’liq. Turli tomirlardagi qarshilikni ularning uchi va oxiridagi qon bosimi farqidan bilish mumkin: qon oqimiga qarshilik qancha katta bo'lsa, tomirda qonning harakatiga shuncha ko'p kuch sarflanadi, binobarin, bu tomirdagi bosim shuncha ko'p pasayadi. Qon oqishining chiziqli va hajm tezligi. Chiziqli tezlik qon zarrachalarining tomirda siljish tezligini ifodalaydi. Uning o'lchash birligi – mm.s yoki sm.s. Hajm tezlik, u qon tomirdan vaqt birligida oqib o'tgan qonning hajmini ko'rsatadi va ml.s da o'lchanadi. Aorta yoki kovak venalar orqali, o'pka arteriyasi va va o'pka venalari orqali bir daqiqada o'tadigan qon hajmi bir xil. Yurakdan ketayotgan qonning miqdori, unga kelayotgan qon miqdoriga teng. Katta va kichik qon aylanish doirasining butun arterial tizimi orqali bir daqiqada o'tgan qon hajmi bir xil. Chiziqli tezlik tomirlarning umumiy kengligiga (eniga) bog’liq. Qon tomirlar tizimining eng tor joyi aorta. Arteriyalar shoxlanganda, har bir tarmoq o'zini ajratgan arteriyaga nisbatan torroq bo'lishiga karamaydi, tarmoqlar yig’indisining kengayganligi kuzatiladi. Kapillyarlar to'ri hammadan keng, chunki barcha kapillyarlar diametrining yig’indisi aorta diametridan tahminan 600-800 marta katta. Shunga binoan, aortada qon kapillyarlardagiga qaraganda juda tez harakatlanadi. Qon yurakdan uzluksiz ravishda chiqmay, balki otilib-otilib chiqqani uchun arte-riyalardagi qon oqimi bir tekisda bo'lmaydi. Arteriola, kapillyar va venalarda qon oqimi uzluksiz - doimiydir. Buning sababi arteriyalar devorining tuzilishida.
Qon tomirlari bajaraligan faoliyatga ko'ra 6 turga bo'linadi:
1) amortizatsiyalovchi, tekislovchi (elastik turdagi) qon tomirlar;
2) rezistiv (qarshilik ko'rsatuvchi) qon tomirlar;
3) sfinkter (jumrak) qon tomirlar;
4) almashinuv qon tomiralar;
5) hajmli qon tomirlar;
6) ulovchi (shuntlovchi) qon tomirlar.
Qon umumiy hajmining 84 % katta qon aylanish, 16 % kichik qon aylanish doirasiga to'g’ri keladi. Katta qon aylanish doirasi arteriyalarida umumiy qon hajmining 18 % saqlanadi, shundan 3 % arteriolalarga to'g’ri keladi. Kapillyarlarda qonning tahminan 6 % saqlanadi va ko'p qismi (64 %) venalarda bo'ladi.
Arteriyalarda qon oqishi va uning bosimi. Qon oqimining pulsga bog’liq o'zgarishlari. Yurak qisqarganda qon chap bo'lmadan aortaning yuqoriga ko'tariluvchi qismiga faqat haydalish davrida chiqadi. Bu erda qon oqishi tezligi aorta qopqoqlar ochilganda tez ortib, davrning 1/3 o'tganida eng yuqori darajaga etadi. Haydalish davrining oxiriga borib qon oqishi to'xtaydi. Bo'shashish davri boshlanishidan aorta qopqoqlari berkilishigacha o'tgan vaqt orasida qon chap qorinchaga qayta oqadi. Diastola vaqtida ko'tariluvchi aortada qon harakat qilmaydi. Tinch holatda bo'lgan odamning ko'tariluvchi aortasida qon oqish tezligi haydalish fazasining boshlarida 100sm/s dan ko'proq bo'ladi. Bu davr butun olinganda, qon oqishining o'rtacha tezligi 70sm/s atrofida bo'ladi. Yurakdan uzoqlashish bilan oqish tezligining o'zgarish amplitudasi asta-sekin kamayadi. Ammo, ko'krak aortasida va periferik arteriyalarda ham diastola vaqtida qonning orqaga oqishi kuzatiladi. Arteriyalarning oxirgi shohlarida va arteriolalarda qonning pulslanib oqishi asta-sekin uzluksiz qon oqishiga o'tadi.