Mundarija kirish I asosiy qism I. Qon tomirlarining anatomik tuzilishi I. Qon tomirlarining funksional klassifikatsiyasi I. Qon tomirlari fiziologiyasi I. Katta va kichik qon aylanish doirasi tomirlari
MUNDARIJA Kirish
I Asosiy qism
I.1 Qon tomirlarining anatomik tuzilishi
I.2 Qon tomirlarining funksional klassifikatsiyasi
I.3 Qon tomirlari fiziologiyasi
I.4 Katta va kichik qon aylanish doirasi tomirlari.
I.5 Tomirlarda qon oqishining boshqarilishi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish Tomirlar tizimi organizmda muhim vazifani bajaradi.Ularning ichida suyuqlik (qon,limfa) oqadi.Bu suyuqlik hujayra,to’qimalar hayoti uchun kerak bo’lgan ozuqa moddalar va kislorodni (arteriyalar) yetkazib beradi,ulardan organizm uchun keraksiz moddalarni ekskretor a’zolarga (venalar)olib borib tashqariga chiqaradi.Tomirlar ichidagi suyuqlik tarkibidagi qarab ikki qismga:qon tomirlar va limfa tomirlarga bo’linadi.Qon tomirlar teri va shilliq pardalar epiteliyida,sochlarda,ko’z olmasining shox pardasida va bo’g’imlar tog’ayida bo’lmaydi.
Qon tomirlar tizimida qon oqadi.Bu tizimga arteriyalar,venalar,mikrotsirkulyator tizim va yurak kiradi.Bu tizim organizmda modda almashinuvini ta’minlaydi.Qon tomirlar tizimining markaziy a’zosi yurak hisoblanadi.U ritmik ravishda qonni harakatga keltiradi.Yurakdan boshlanib organizmga tarqaladigan tomirlar arteriyalar deb ataladi.Bu nomni birinchi bo’lib eramizdan oldingi uchinchi asrda yashagan Gippokrat bergan bo’lib(aer-havo,tereo-saqlayman) degan ma’noni bildiradi.Hujayra va to’qimalardan qonni yurakka olib keluvchi tomirlar venalar deyiladi.
1
Arteriya va venalar o’rtasidagi mikrotsirkulyator qism:arteriola,prekapillyar,kapillyar,postkapillyar va venulalardan iborat.Odam tanasida ikkita (katta va kichik)qon aylanish doirasi tafovut qilinadi.Kichik (o’pka) qon aylanish doirasi o’pkada qonni kislorod bilan boyitish uchun xizmat qiladi.U o’ng qorinchadan o’pka poyasi bo’lib boshlanib o’pkaga yetib kelib o’ng va chap o’pka arteriyasiga bo’linadi.
Qon tomirlar tizimi filogenezi.Past tabaqali hayvonlarda yurak bo’lmasdan,ularda qon tomirlarining qisqarishi hisobiga harakat qiladi.Umurtqali hayvonlarda yurak urib turuvchi a’zo sifatida paydo bo’ladi va filogenez bo’ylab murakkablashib boradi.Baliqlarning yuragi ikki kamerali bo’lib,qon qabul qiluvchi bo’lmacha va haydovchi qorinchadan iborat.Yurakdan vena qoni oqib o’tib,jabra arteriyalari vositasida baliq jabralariga boradi va u yerda kislorod bilan to’yinadiAmfibiyalar quruqlikka chiqishi munosabati bilan ularda jabralar bilan birga o’pka vujudga keladi.Shu sababli yurak bo’lmachasi to’siq vositasida ikki bo’lakka bo’linib uch kamerali yurak paydo bo’ladi.Oxirgi jabra arteriyasidan o’pka arteriyasi paydo bo’lib,qonni yurakdan o’pkaga olib borib gaz almashinuvini ta’minlaydi.Reptiliyada o’pka va nafas paydo bo’lganidan so’ng qon aylanish doirasi kelgan.
2