Venalarning arteriyalardan farqi.Vena qon tomirlari arteriyalardan ma’lum bir xususiyatlari bilan farqlanadi:
1.Arteriyalar tekis silindr shaklida bo’lib,venalarning tashqi ko’rinishi tekis bo’lmaydi,ular goho kengayib,goho toraygan bo’ladi.Kesmada arteriya yumaloq,vena yassi ko’rinadi.
2.Venalarning soni arteriyadan ko’p,chunki o’rta va kichik o’lchamli arteriyalar ikkita yo’ldosh vena bilan birga yuradi.Ko’p sohalarda (kichik chanoq bo’shlig’I,umurtqa kanali ichida) venalar yaxshi rivojlangan chigallar hosil qiladi.Shuning uchun venalarning umumiy hajmi arteriyalardan ikki marta katta.Venalarning yo’nalishi arteriyalarga o’xshab tekis bo’lmay egri-bugridir.
3.Arteriyalardan farqli qo’l va oyoq venalari ikki guruhga:chuqur va yuza venalarga bo’linadi.Chuqur venalar arteriyalar bilan birga joylashsa,yuza venalar teri osti nervlari bilan birga joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |