Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


Siquv kompressor stansiyalarining asosiy jihozlari



Download 16,05 Mb.
bet79/148
Sana22.12.2022
Hajmi16,05 Mb.
#894064
TuriУчебник
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   148
Bog'liq
DARSLIK NGKMJ (5555)5555

10.5. Siquv kompressor stansiyalarining asosiy jihozlari
Oqava suvlar tindirgichdan suv bilan chiqadigan neft tomchilaridan va mexanik aralashmalardan (qum, temir oksidi va boshqalar) tozalanadi. 10.2 – rasmda oqava suvlarni tozalash qurilmasining ochiq sxemasi ko‘rsatilgan.
Uning ishlash tartibi quyidagicha: tindirgich va deemulsator ajratgichlarida neftdan ajratilgan suv avtomatik ravishda neft qopqoniga (1) tushadi. So‘ng tindirgich «ko‘l»larga (3) oqib boradi. Tindirgich «ko‘l»lardagi suv nasoslar (4) yordamida qumli filtrlardan (5) o‘tib tozalangan suv sig‘imlariga (6) o‘tadi. Bu sig‘imlardan oqava suvlar nasos qabuliga (7) boradi va ko‘pqatorli nasos stansiyalariga (KNS) uzatiladi. Bu yerda oqava suvlarni qatlamga haydash uchun katta bosimlar (14,7-19,62 MPa) hosil qilinadi.
Neft qopqonlaridan diametri 80 mkm dan katta bo‘lgan neft tomchilari yig‘ilib, nasos (2) yordamida yana qaytadan tindirgich va deemulsator – tindirgichlarga uzatiladi.
Suv tezligining tez pasayishi natijasida tindirgich - «ko‘l»larda (3) neftning 30-40 mkm li tomchilari yig‘iladi va mexanik aralashmalar cho‘kadi. Oqava suvlarni tozalashning oxirgi bosqichi qum filtrlardir (5). Qum filtrlarida ma’lum vaqt oralig‘ida cho‘kib qolgan mikrozarrachalarni yuvib turish kerak. Buning uchun tozalangan suv sig‘imi (6) dagi suv nasos (8) yordamida qum filtrlariga uzatiladi. Filtrli tozalanishda hosil bo‘lgan iflos suv omborlarga (9) tushadi.



10.2 – rasm. Oqava suvlarni tozalash qurilmasining ochiq sxemasi:
Bu ko‘rib chiqilgan qurilmaning kamchiliklari quyidagilar:

  1. neft qopqonlari va «ko‘l» - tindirgichlar temir-betondan quriladi, bu esa katta harajatlar talab qiladi;

  2. bunday qurilma katta maydonda qurilishi lozim;

  3. neft konini ishlash davri mobaynida neftni suvlanishi oshishi bilan bir qatorda bu qurilmaning mahsuldorligi ham oshib borishi zarur;

  4. bu qurilmadagi oqava suvlar havodagi kislorod bilan ta’sirlashib turadi. Natijada bu kislorod oqava suvlarda erib, suv uzatgichlar va nasoslarning korroziyasiga sabab bo‘ladi.

Hozirgi vaqtda oqava suvlarni tozalashning yopiq usuli qo‘llanilmoqda, bunda suv havo bilan ta’sirlashmaydi. Mana shunday qurilmalarning biri 10.3 – rasmda ko‘rsatilgan.
Suvlangan neft yig‘ish kollektori (1) dan aralashtirgich (2) ga boradi. Bu yerda u neftni tayyorlash qurilmasi (12) dan quvvatuzatgich (13) orqali keluvchi deemulgatorli issiq suv bilan aralashadi. Aralashtirgichdan suvlangan neft taqsimlovchi kollektor (3) ga boradi va juda sekin tezlik bilan suvli yostiqdan yuviladi. Suvning asosiy massasi taqsimlovchi kollektorning pastki qismida neftdan ajralib toza holda (6) chiziq bo‘ylab germetiklangan sig‘imlarga (22) boradi. U yerdan nasos (23) bilan qo‘shimcha tozalanmay KNS ga (ko‘p qatorli nasos stansiyalariga ) uzatiladi.




Download 16,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish