Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


-rasm. Suvlarni yopiq turda tozalash qurilmasi



Download 16,05 Mb.
bet81/148
Sana22.12.2022
Hajmi16,05 Mb.
#894064
TuriУчебник
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   148
Bog'liq
DARSLIK NGKMJ (5555)5555

10.5-rasm. Suvlarni yopiq turda tozalash qurilmasi
1-oqova suvni tashish chizig‘i; 2, 7- germetikli sig‘imlar; 3-gofrlangan gidrofobli plastinkalar; 4-neft haydovchi nasos; 5-neftni o‘tqazgich; 6-; 8-ShNSga suv uzatish nasosi.
Neft konlarini ishlatish jarayonida va neftning tarkibidagi suvning tarkibini bu qurilma yordamida oshirish uchun qo‘shimcha sig‘imlar (2 va 7) montaj qilinadi. Lekin konlardagi quduqlarning suvlanishini oshishi va neft konlarini so‘nggi bosqichda ishlatishda neftni tayyorlash qurilmasini qo‘shimcha sig‘imlarni (2 va 7) montaj qilish asosida kengaytirish tejamkorsiz hisoblanadi.
Konlarni ishlatishda 10.6-rasmda keltirilgan neftni tayyorlash qurilmasini qo‘llash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Neft konlarini ishlatishning so‘nggi bosqichlarida neftni va suvni tayyorlashning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: 1) emulsiyani parchalashda deemulgatorlarning sarfini qisqaotirish; 2) neftni suvsizlantirishga va tuzsizlantirishga beriladigan issiqlik sarfini qisqartirish; 3) eng muhimi neftning yengil fraksiyalarining yo‘qotilishini kamaytirish; 4) neftni va suvni tayyorlash qurilmalarini qurilishini arzonlashtirish va ularni ishlatishga qisqa muddatlarda kirish.

10.6.-rasm. Oqova suvlarni yopiq tizimda tayyorlash qurilmasi:
1 – suvni birlamchi ajratuvchi rezervuar; 2 – neftli qavati bo’lgan rezervuar-tindirgich; 3 – tozalangan suv uchun sig’im; 4 – nasos. Chiziqlar: I – kondan keluvchi suvlangan neft; II – NTQdan chiquvchi suv; III – NTQga yuboriluvchi neft emulsiyasi; IV – QBSga yuboriluvchi suv


10.7-rasm. Quduq mahsulotlar yuqori suvlangan (>50%) konlarda neftni va suvni tayyorlash qurilmasining sxemasi: 1-kondagi yig‘ish kollektori ; 2-ajratgich-depulsator; 3-bosimni rostlagich; 4-rostlovchi shtutser; 5-ajratgich; 6-xomashyo rezervuarlari; 7-taqsimlovchi kollektor; 8, 22-rezervuarlar-tindirgichlar; 9, 18, 19, 21, 24-markazdan qochma nasos; 10-SFMlarni uzatishda qo‘llaniladigan qo‘shuvchi nasos; 11-issiqlik almashgich; 12-ajratgichlar-deemulsatorlar; 13-tomchi hosil qilgich; 14-ejektor; 15-tindirgich; 16-aralashtirgich; 17-xomashyo rezervuarlari; 20-suvuzatma; 23-neft uchun sig‘im.

Yuqorida keltirilgan asosiy masalalar sxemada qoniqarli bajarilgan (10.7-rasm) va rasmdagi jarayonlarning ketma-ketligini ko‘rib chiqamiz. Kondan keladigan neftgaz va suvning aralashmasi yig‘ish kollektori 1 orqali ajratgich-depulsatorga kirib keladi va uning konstruksiyasi har xil bo‘lishi mumkin. Ajratgich-depulsatordagi 2 bosim doimiy ravishda 0,5 MPa tartibida bosim rostlagichi 3 ushlab turiladi. Neftsuv aralashmasi ajratgich-depulsatordan 2 rostlovchi shtutser 4 orqali o‘tadi va ajratgichga 5 yo‘naltiriladi, u yerda ejektor yordamida 14 gazni olish hisobiga doimiy past bosim (0,01 MPa ) saqlab turiladi.


Ajratgich-depulsatorda 2 va ajratgichda 5 ajralib chiqqan gaz ejektorga 14 yo‘naltiriladi, u yerda ular aralashtiriladi va undan keyin esa kompressor stansiyasiga yoki GQIZga tashiladi. Neft-suv aralashmasi ajratgichdan 5 o‘z oqimi bilan suvni sathi ostida xomashyo rezervuarlarini 6 taqsimlash kollektoriga yo‘naltiriladi, unda neftni yengil fraksiyalarini yo‘qotilishini va qatlam suvlarini havodagi kislorod bilan kontaktini oldini olish uchun suzuvchi (yoki pontonlari) qopqog‘i mavjud. Xomashyo rezervuaridan 6 sathlarning farqi hisobiga neft o‘z oqimi yordamida rezervuar-tindirgichga 8 oqib o‘tadi va u yerdan markazdan qochma nasos 9 yordamida olinadi va issiqlik almashtirgich 11 orqali ajratgichlar-depulsatorlarga 12 yo‘naltiriladi. Ajratgichlarda-depulsatorlarda 12 emulsiya o‘choqda gazni yoqishdagi qizdirilgan quvurlarning devoridan olinadigan issiqlik hisobiga qizdiriladi. Emulsiyalarni parchalanishini jadallashtirish uchun issiqlik almashtirgich 11-deemulsatorlarning 12 tizimiga markazdan qochma nasosning 9 kirish qismiga qo‘shma haydovchi 10 nasos yordamida SFM beriladi. Qizdirish natijasida deemulsatorda 12 neftdan ajralgan gaz ejektorga 14 olib chiqiladi va GQIZga tashiladi.
Qaynoq neft deemulsatordan 12 o‘zining bosimi ostida bu issiqlik almashgichlarning quvurlari orqali oqayotgan xom neftni qizdirish uchun issiqlik almashgichlarning 11 quvurlar oralig‘iga uzatiladi. Qaynoq neft issiqlik almashtirgichdan o‘tgandan keyin sovutiladi, sovuq (xom neft) qizdiriladi. Sovutilgan neft tomchi hisil qilguchga 13 yo‘naltiriladi, u yerda tindindirgichga 15 kirib keladigan neftdan qo‘shimcha suvni ajralishi sodir bo‘ladi. Tindirgichdan 15 suv issiqlikalmashgich 11 orqali tashlanadi, qaysiki chuchuk suv qizdiriladi va keyin esa nasosning kirish 19 qismiga kiradi. Nasos 19 chuchuk suvni aralashtirgichga 16 uzatadi, u yerda neft bilan suv jadal aralashtiriladi va neftning tarkibidagi qoldiq tuz ham yuvib chiqariladi. Tuzsizlantirilgan neft chuchuk suv bilan aralashma sifatida ajralish uchun (tindirish uchun) xomashyo rezervuariga to‘planadi. Neft tovar rezervuaridan: suzuvchi qopqoq orqali nasoslar yordamida bosh inshootga 18 olinadi va neftni qayta ishlash zavodiga beriladi, suv esa kanalizatsiyaga olib ketiladi. Neft emulsiyalarini parchalanishini jadallashtirish uchun tindirgichdan 15 va deemulsatordan 12 suv uzatmasi orqali 20 olinadigan neftga rostlovchi shtutserning 4 oldidan tarkibida SFM bo‘lgan issiq qatlam suvi qo‘shiladi.
Qatlam suv xomashyo rezervuaridan 6 va rezervuar-tindirgichdan 8 rezervuarga 22 yakuniy neft tomchilarini tindirish uchun tashlanadi. Rezervuarga 22 to‘plangan neft o‘z oqimi bilan sig‘imga 23 kirib keladi, u yerdan nasos yordamida 24 olinadi va ajratgichga 5 uzatiladi.
10.7-rasmdagi 6,8 va 22 rezervuarlar mahalliy relefga mos holda ±0, manfiy 6 va manfiy 15 bo‘lib, suyuqlik o‘z oqimi bilan bir rezervuardan boshqasiga kirib keladi. Agarda mahalliy rel’ef belgisi tekis bo‘lganda yuqoridagi ko‘rsatmaga mos kelmaydi, shuning uchun suyuqlikni bir rezervuardan ikkinchisiga tashish uchun nasoslar o‘rnatiladi. Qatlam suvi rezervuardan 22 nasos yordamida 21 ga haydaladi va ShNS ga tushadi, eng so‘nggida-haydovchi yoki yutuvchi quduqlarga beriladi.
Neft konlarini so‘nggi bosqichda ishlatishda neftni va suvlarni tayyorlash qurilmasi quyidagi tartibda ishlaydi. Yuqorida tushintirish bergan bayonnomamizdan ma'lumki, bu yerda qumtutqich, neftni tutqich, ko‘l-tindirgich va filtrlash qurilmalari mavjud emas, inshoot uchun katta mablag‘ sarflangan.
Bundan tashqari bayon qilingan neftni va suvni tayyorlash qurilmalarida neftni havodagi kislorod bilan kontaktlashmaydi va rezervuarlarda gazli fazoni bo‘lishi mavjud emas, qopqoqni suzishi evaziga jihozlarning jadal korroziyalanishi chiqarilgan va yengil fraksiyalarni yo‘qotilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Konlarni so‘nggi bosqichda ishlatishda quvur ichi deemulsiyani qo‘llab, neftni yig‘ish tizimida neft emulsiyasini parchalanishi sodir bo‘ladi, unda tabiiy holda issiqlik almashinish qurilmasi 11, ajratgichlar-deemulsatorlarni 12, tomchi hosil qilgichlarni 13 va tindirgichlarni 15 o‘rnatishni zarurligi tushib qoladi, amalda neftni va suvni tayyorlashga sarflanadigan xarajatlar qisqaradi. Quvur ichi deemulsiyalash yengil neft qazib olinadigan konlarda qo‘llash maqsadga muvofiq hamda kam miqdorda asfalten va smola, qatlam suvlari, vodorod ko‘rsatgichi pH=7,5 va undan yuqori bo‘lganda, ishqorli muhitda qo‘llanilmaydi. Neft va suvni tayyorlash juda oddiy sxemada olib boriladi, qizdirmasdan neft-suv aralashmasi neftga va suvga xomashyo rezervuarlarida 6, rezervuar-tindirgichlarda 8 va tovar rezervuarlarida 17 ajratiladi.


Download 16,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish