7-ma’ruza: bipolyar tranzistorlarning ishlash prinsipi. Zonaviy diagrammalar. Baza, emitter va kollektor toklarini hisoblash. Emitter va kollektor o‘tishlarning effektivligi. Tok bo‘yicha kuchayish koeffitsienti



Download 222,21 Kb.
bet1/16
Sana23.01.2022
Hajmi222,21 Kb.
#406545
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
7-ma\'ruza


7-MA’RUZA: BIPOLYAR TRANZISTORLARNING ISHLASH PRINSIPI. ZONAVIY DIAGRAMMALAR. BAZA, EMITTER VA KOLLEKTOR TOKLARINI HISOBLASH. EMITTER VA KOLLEKTOR O‘TISHLARNING EFFEKTIVLIGI. TOK BO‘YICHA KUCHAYISH KOEFFITSIENTI. TRANZISTORLAR PARAMETRLARINI G‘ALAYONLANISH NAZARIYASI BO‘YICHA HISOBLASH. BIPOLYAR TRANZISTORLARNING STATISTIK XARAKTERISTIKALARI.

Tranzistorning hosil qilinishi.
Tarkibida butun yarimo‘tkazgich hajmi bo‘yicha tekis taqsimlangan Nd konsentratsiyali donor kirishma mavjud bo‘lgan yarimo‘tkazgichli kristallni qarab chiqamiz (3.1a-rasmga qarang). Kristallning biror yon qirrasi (x0 tekislik) orqali Na akseptorli kirishma diffuziyasi o‘tkazilayotgan bo‘lsin, akseptorli kirishma konsentratsiyasidan katta bo‘lsin (Na>Nd). So‘ngra kristallning xuddi shu qirrasi orqali kichik diffuziya koefitsientiga ega bo‘lgan katta konsentratsiyali donor kirishma (Nd>>Na) kiritiladi. Bunday ikkilamchi diffuziya natijasida yarimo‘tkazgichning butun hajmi uch sohaga bo‘linadi. Chetki chap soha elektronlarning katta konsentratsiyasiga ega n-turdagi o‘tkazuvchanlikka ega bo‘ladi. O‘rta soha kam konsentratsiyali kovaklarga ega p turdagi o‘tkazuvchanlikka va eng chetki o‘ng soha elektronlar konsentratsiyasi kichik bo‘lgan n tipdagi o‘tkazuvchanlikka ega bo‘ladi (3.1b-rasm). Turli o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan har bir soha o‘rtasida p-n o‘tish mavjud bo‘ladi. Tashqi kuchlanish qo‘yilmagan, muvozanat holatida bo‘lgan bunday tuzilishlarning energetik zona diagrammalari 3.1v-rasmda tasvirlangan. Turli o‘tkazuvchanlik sohalariga ega bo‘lib, ular ikkita p-n o‘tish orqali ajratilgan uch qatlamli tuzilishlar—bipolyar tranzistorlar nomini oldi (ikki qutbli). Tranzistorning kuchli legirlangan sohasi-emitter, markaziy sohasi-baza, baza va emitter o‘rtasidagi p-n o‘tish emitter o‘tishi nomini oldi. Tranzistorning boshqa chetki sohasi kollektor sohasi, baza va kollektor o‘rtasidagi o‘tish kollektor o‘tish deb ataladi. Har bir p-n o‘tishiga tashqi kuchlanish berilgan holda tranzistor tuzilmasini qarab chiqamiz. Baza-emitter o‘tishiga bu o‘tishni to‘g‘ri yo‘nalishda siljituvchi Ye be kuchlanish, kollektor o‘tishiga esa teskari siljish kuchlanish Yebk. beramiz. Tranzistorning bunday ulanishi 3.2-rasmda ko‘rsatilgan. Emitter o‘tishiga to‘g‘ri kuchlanish berilganda p va n soha o‘rtasidagi potensial to‘siq pasayadi.





Download 222,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish