(3.21)
Yaqqolroq ko‘rinish uchun (3.21) munosabatni:
(3.22)
ko‘rinishda yozish mumkin. (3.22) munosabatdan ko‘rinadiki, yuqori samaradorlikka ega emitter olish uchun, jpe>>jne shart bajarilishi lozim. Bu shartning bajarilishi uchun emitter o‘tishga qanday talablar qo‘yilishini qarab chiqamiz. Hisoblash munosabatlarini soddalashtirish uchun, kollektor o‘tishda kuchlanish nolga teng deb hisoblaymiz (Uk0). Bu holda emitter o‘tish orqali oqib o‘tadigan to‘la tokni, jejpejne , to‘g‘ri siljitilgan diod orqali o‘tayotgan tok sifatida qarash va diod tokining elektron va kovakli tashkil etuvchilari uchun yozilgan ifodadan foydalanish mumkin:
; (3.23)
(3.23) ifodani (3.22) munosabatga qo‘yib, p va n sohalar o‘tkazuvchanligi uchun ma’lum bo‘lgan , munosabatlardan foydalanib va elektronlar harakatchanligi , kovaklar harakatchanligi , hamda baza sohasida ular bir xil deb hisoblab quyidagini olamiz:
(3.24)
(3.24) ifodadan ko‘rinadiki, emitter o‘tishning maksimal samaradorligi uchun, emitter sohasi baza sohasiga nisbatan yetarlicha ko‘proq legirlangan bo‘lishi kerak. Zamonaviy tranzistorlarda emitter sohasidagi zaryad tashuvchilar konsentratsiyasi 1016-1017 sm-3 ni tashkil qiladi, bu holda baza sohasidagi zaryad tashuvchilar konsentratsiyasi esa 1012-1013 sm-3 ni tashkil qiladi xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |