11-Ma’ruza.
MAVZU: ISHLAB CHIQARISH HARAJATLARI.
Reja:
11.1. Harajatlar tо‘g‘risida tushuncha va ularning guruhlanishi.
11.2. Korxona (firma) iqtisodiy foydasi.
11.3. Korxona faoliyati va uning qisqa muddatdagi harajati.
Tayanch sо‘z va iboralar: boy berilgan imkoniyatlar harajati, iqtisodiy foyda, buxgalterlik foydasi, umumiy harajatlar, doimiy harajatlar, о‘zgaruvchan harajatlar, о‘rtacha harajatlar, chegaraviy harajatlar, о‘rtacha doimiy harajatlar, о‘rtacha о‘zgaruvchan harajatlar.
11.1. Harajatlar tо‘g‘risida tushuncha va ularning guruhlanishi.
Har bir korxona, firma va qolaversa har bir shaxs о‘z ishlab chiqarish faoliyatida maksimum foyda olishga intiladi. Bunga qanday qilib erishish mumkin? Bunga umumiy javob shunday: korxona, firma va о‘z foydasi miqdorini kо‘paytirishni maqsad qilib qо‘ygan har bir shaxs ishlab chiqarish jarayonini shunday tashkil etish lozimki, bir xil hajmdagi ishlab chiqaradigan tayyor mahsulotga imkoni boricha kam ishlab chiqarish omillari sarf etsin, ya’ni ishlab chiqarishni eng kam harajat bilan amalga oshirsin. О‘z-о‘zidan ma’lumki firma, ishlab chiqarish hajmi doimo о‘zgarishda bо‘ladi. Ayrim holda u kengayadi, ba’zida bо‘lsa qisqaradi. Shuning uchun yuqoridagi fikrni boshqacha talqin qilib aytish mumkinki: korxona, firma ishlab chiqarishni shunday tashkil etishi lozimki, unga ishlab chiqaradigan mahsuloti birligiga imkoni boricha kam omillar jalb etilsin.
Ishlab chiqarish omillariga yoki resurslariga qilinadigan sarf harajatlar ishlab chiqarish harajatlari deb ataladi. Shunday ekan ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligi ishlab chiqarish harajatlarini minimum darajaga keltirishdan iborat.
Harajatlar tо‘g‘risida fikr yuritar ekanmiz “boy berilgan imkoniyatlar harajati” degan tushunchani bilishimiz kerak. “Boy berilgan imkoniyatlar harajati” deb biror xil resursdan foyda olish maqsadida foyda olish maqsadida foydalanib lekin, maqbul yо‘lni tanlanmaganligi uchun boy berilgan daromadga aytiladi.
Masalan, birorta tadbirkor ishlab chiqarish faoliyatini malga oshirish uchun 100 ming sо‘m harajat qildi. Yо‘lni oxirida shu faoliyati natijasida 110 ming sо‘m daromad qildi, ya’ni foyda 10 ming sо‘m bо‘ldi. Lekin bu tadbirkor kishi 100 ming sо‘m pulini jamg‘arma bankiga qо‘yganda 15 % yiliga qо‘shimcha berilsa unda 115 ming sо‘m daromad olishi mumkin edi, ya’ni foyda 15 ming sо‘mni tashkil etib boy berilgan imkoniyat harajati 5 ming sо‘mni tashkil etadi.
Mana shu kabi boy berilgan imkoniyatlar harajati har bir firma, korxona, tadbirkor shaxs bilan har doim yonma-yon turadi. Har bir firma, tadbirkor shaxs biror xildagi ishlab chiqarish yoki xizmat kо‘rsatish faoliyatini olib borishni kо‘zda tutganida uning oldida mavjud resurslardan qaysi birini tanlash imkoniyati turadi, chunki bozorda turli xildagi resurslar bо‘ladi, ularning bahosi turlicha.
Masalan, birorta hovli kо‘rmoqchisiz. Uyni g‘ishtdan, (pishiq g‘isht, xom g‘isht, shlakbeton g‘isht va h.z.) yog‘ochdan, sementdan, toshdan qurish mumkin. Qaysi birini tanlash kerak. Siz sotib olgan resurs bahosi “boy berilgan imkoniyatga” teng bо‘lishi mumkin, chunki siz boshqa resurslar о‘rniga shuni tanladingiz. Xuddi shunga о‘xshash misol korxona, firmaga ham taaluqli. Chunonchi, deraza, eshik va umuman mebel fabrikasi qaysi yog‘ochni tanlashi kerak? Qizil yog‘och, bereza, dub va h.z. Yog‘och olib kesish kerakmi yoki tayyor taxtami? Qaysi biri afzal.
Bunga о‘xshash misolni ishchilarni yollashga ham bog‘lash mumkin. Siz aynan tanlangan ishchingiz boshqa siz tanlamagan ishchiga kо‘ra yomon ishladi va h.z.
Yuqorida keltirilgan misollar tashqaridan sotib olinadigan resurslarga taaluqli. Korxonaning ichki resurslaridan foydalanishga taaluqli bо‘lgan “boy berilgan imkoniyatlar harajati” ham mavjud.
Masalan, korxonada bino-inshootlar, turli mashina-uskunalar, stanoklar, hamda uning schyotida pul mablag‘lari mavjud. Ayrim hollarda korxonada yil davomida faoliyat yurgizadi yil oxirida daromadi uchma-uch yoki hattoki ziyon kо‘radi. Buning о‘rniga balki bu korxona imoratini, turli uskunalarini ijaraga berganda, bank schyotlaridagi pullarini qarzga berganda ulardan kо‘proq daromad qilishi mumkin edi. Demak, bu yerda ham berilgan imkoniyatlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |