Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


-rasm. Qatlamlarga suv haydashning suv ta’minоti sxemasi



Download 16,05 Mb.
bet75/148
Sana22.12.2022
Hajmi16,05 Mb.
#894064
TuriУчебник
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   148
Bog'liq
DARSLIK NGKMJ (5555)5555

10.1-rasm. Qatlamlarga suv haydashning suv ta’minоti sxemasi:
1-nasоs stansiyasi; 2-ikkinchi marta ko’taruvchi nasоs; 3-magistral suv uzatgich; 4-rezervuar; 5- shоxsimоn nasоs; 6-tarqatgich; 7-haydоvchi quduqlar.
Suv uzatuvchi haydоvchi quvurlar suv havzasidan suvni оlib yetkazib beradi. Suv uzatgich magistral (bоsh) (3) va taqsimlagichlarga (6) bo’linadi. Magistral uzatgich (3) suvni suv havzasidan yoki birinchi stantsiya va ko’targichdan (2) shоxsimоn (5) NS-ga uzatadi. Yirik kоnlarda magistral uzatmalar ko’prоq maydоn halqasi bo’ylab, kichik kоnlarda esa tuzilma o’qidan uzоqlashtirilgan hоlda o’rnatiladi. Taqsimlоvchi (tarqatuvchi) suv uzatmalar shоxsimоn nasоsdan (5) tо haydоvchi quduqqacha (7) o’rnatiladi. Bitta kоvlanmaning o’ziga bir nechta taqsimlash suv uzatmalari yotqizilishi mumkin. Suv taqsimlashgichlarni yotqizish chuqurligi, qish paytida gruntlarni muzlash chuqurligiga bоg’liqdir. Taqsimlash suv uzatmalari 20 MPa bоsimgacha ishlaydi. Yirik shоxsimоn nasоs stantsiyalarida (ShNS) maydоn kattaligiga qarab to’rtta (3÷5 ming m3) rezervuarlar quriladi. Bu rezervuarlar avariya paytida ham xizmat qiladi: nasоs stantsiyalarini ba’zi bir sabablarga ko’ra to’xtatilganda, suv uzatmalar yorilganda, quduq to’xtatilganda suv haydashni ta’minlaydi.

10.2. Qatlamga haydaladigan suvning xossasi va sifati
Neft tarkibidagi suv va suvda erigan mineral tuzlar mustahkam emulsiyalar hosil qiladi. Bu emulsiyalar korroziyalarga sabab bo‘lib, neftni qayta ishlashda qiyinchiliklar tug‘diradi. Bundan tashqari suvli neftni transport qilish ham katta harajatlar talab qiladi. SHuning uchun ham quduqdan olinadigan neft tuzsizlantiriladi va suvsizlantiriladi.
Hozirgi vaqtda qatlam suvlarining tahliliga katta ahamiyat berilmoqda, chunki bu suvlar mahsuldor qatlamga qayta haydash uchun ishlatilmoqda.
Qatlamdan olinadigan suvlar bir-biridan mineral tuzlar konsentratsiyasi, gazlar va mikroorganizmlar mavjudligi bilan farqlanadi.
Qatlam suvlari turli kimyoviy tarkibdan iborat bo‘lib, 2 ta asosiy guruhga bo‘linadi:
1) qattiq suvlar – xlor kalsiyli yoki xlor kalsiy-magniyli;
2) ishqorli yoki gidrokarbonat natriyli.
Qatlam suvlarining asosiy tarkibiy qismini natriy xlor NaCl, kalsiy xlor CaCl2 va magniy xlor MgCl2 lar tashkil qiladi.
Ba’zi suvlarda magniy Mg, kalsiy Ca, temir bikarbanat FeHCO3 tuzlari ham bo‘ladi.
Qatlam suvlarida anion va kationlarga ajraladigan oddiy tuzlar ham mavjud. Anionlarga – gidroksil –ON ion, xlor –SL ion, sulfat – SO4 ion, bikarbonat – HCO3 ion, karbonat – CO2 ion , brom – Br ion va boshqalar kiradi.
Bundan tashqari qatlam suvlarida kolloidlar (temir oksidi FeO, alyumin oksidi Al3O2); gaz ko‘rinishidagi moddalar (karbonat angidrid CO3, oltingugurtsuvchil H2S, azot N2 , vodorod H2); nodir gazlar (geliy, argon, neon) va organik moddalar (naften kislotalar) mavjud bo‘ladi.
Qatlam suvlarida erigan moddalarning uning hajmiga bo‘lgan nisbati – umumiy minerallanish deyiladi.
Qatlam suvlarining minerallanish darajasi 1 kg/m3 dan 200 kg/ m3 gacha. Suvni asosiy tavsiflaridan biri suvchil ionlar konsentratsiyasi ko‘rsatkichi pH.
Bu ko‘rsatkichdan suv eritmalarining kislotali va ishqorli muhitlari aniqlanadi.
Suvlar pH kattaligi bo‘yicha 5 guruhga bo‘linadi:
1). nordon rN = 3 gacha;
2). nimnordon rN = 4 - 6 gacha;
3). neytral rN = 7;
4). kam ishqorli rN = 8 - 10;
5). ishqorli rN = 11 - 14.
Konni ishlatish jarayonida juda ko‘p miqdorda qatlam suvi yer yuzasiga olib chiqiladi.
Mahsuldor qatlamlarni qatlamdan olingan suvlar bilan bostirish juda muhim masalalardan biridir. Qatlamdan olingan suvlarni qayta haydash quyidagi muammolarni hal qilishga yordam beradi:

  1. chuchuk suv sarfini kamaytiradi;

  2. suv havzalarini ifloslanishini, havzalardagi baliqlarni nobud bo’lishini oldini oladi;

  3. mahsuldor qatlamlarni o‘tkazuvchanligini saqlab qoladi, chunki gil va alevrolitlar tuzli suv ta’sirida shishmaydi;

  4. qatlamning neft beraolishlik koeffitsienti ko‘tariladi. Bunga sabab deemulgatorli suvlar yaxshi yuvish qobiliyatga ega.

Oqava suvlardan foydalanishda bir qator qiyinchiliklar ham vujudga keladi. Bular:

    • tozalash qurilmalarining murakkab va qimmatliligi;

    • suv bostirish tizimidagi suvo‘tkazgichlar va qurilmalarning korroziyasi va boshqalar.

Hozirgi vaqtda bu masalalar konlarda o‘z yechimini topayapti.
Masalan, suv o‘tkazgichlarning ichi va qurilmalar maxsus lak – bo‘yoqlar bilan qoplanib, korroziyadan himoya qilinmoqda. 6 - 8 oy xizmat qilgan o‘tkazgichlar 3 - 4 yil davomida ishlatilyapti.
Neft mahsuloti omborlarida hosil bo`lgan oqava suvlarni tozalashda: mexanik, fizik–kimyoviy va biologik usullardan foydalaniladi. Tozalash qurilmalarini texnologik chizmasi, (tarkibi) oqava suvlarning neft mahsulotlari bilan ifloslanish darajasiga va ularning suvdagi holatiga qarab tashkil qilinadi, ya‘ni tozalash qurilmasiga kirib kelayotgan chiqindi suv tarkibidagi qo`shimchalar miqdori 400 – 15000 mg/l dan 0 – 3 mg/l gacha kamayishi kerak bo`ladi.

Download 16,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish