Metallar
|
Oltin
|
Simob
|
Kumush
|
Qo‘rg‘oshin
|
Mis
|
Temir
|
Beruniyning natijalari. (g/sm3)
|
19.8
|
13.55
|
10.42
|
11.47
|
8.71
|
7.98
|
Hozirgi qabul qilingan qiymat (g/sm3)
|
19.3
|
14.19
|
10.5
|
11.34
|
8.89
|
7.83
|
Beruniyning ilmiy yondashish jihatidan berilgan amaliy ko‘rsatmalaridan biri etiborga sazovor. Moddalarning zichligini aniqlashda suvning tozaligiga, uning holati va temperaturasiga hamda suvni bitta manbadan, bir xil sharoitda olinish zarurligini ko‘rsatgan. Bu zaruriyat suvning hususiyatlari yilning to‘rt fasli, havoning holati va uning suvga ta’siridan kelib chiqadi. Bu esa Beruniyning tajriba jarayonida suvning holatiga qo‘yiladigan talablarni to‘g‘ri tushinganligini isbotlaydi. Amerikadagi rus konsuli N.Xanikov 1857 yilda al-Xaziniyning «Donishmandlik tarozisi haqidagi kitobi» nomli qo‘lyozmasini topdi. Bu qo‘lyozmada Beruniyning «Metallar va noyob qimmatbaho toshlarning hajmlari o‘rtasidagi munosabatlar» degan kitobidan ayrim hikmatli ko‘chirmalar, zichlikni o‘lchaydigan asbobning Beruniy talqinidagi tasvirnomasi hamda u tomonidan olingan tajriba natijalari keltirilgan. Shuningdek, Beruniy tomonidan boshlangan o‘lchovlarni Al-Xaziniy «Donishmandlik tarozisi» deb nom bergan, loyihalashtirgan va o‘zi yasagan tarozi yordamida, davom ettirganligi haqidagi ma’lumotlar mavjud.
Beruniy aniq astronomik va geografik o‘lchovlarni ham olib borgan:
Ekliptikaning ekvatorga nisbatan qiyalik burchagini hamda uning asrlik o‘zgarishini o‘lchadi (1020 yil uchun uning o‘lchovlari 23°34’0" natijani berdi. Zamonaviy ma’lumotga ko‘ra 1020 yil uchun olingan aniq natija 23°34’45"),
Hindistonga qilgan safarida Yerning radiusini aniqlash metodini ishlab chiqdi (uning o‘lchovlaridan Yer radiusi 1081,66 farsaxga yoki taxminam 6490 km ga teng),
Oy tutilishi paytida uning rangining o‘zgarishi, Quyosh tutilishida uning toji paydo bo‘lishini kuzatib bordi, keyinchalik ularni bayon etdi,
Yerning Quyosh atrofida aylanishi hamda geotsentrik sistemaning zaifligi haqida o‘z fikrlarini bildirdi,
Hindiston haqida juda keng yozuvlar tayyorladi,
Yevklidning «Boshlang‘ichlar» va Ptolomeyning «Almagest» asarlarini tarjima qilgan.
Beruniy Hindistonga qilgan safari (13 yil) ilmiy jihatdan juda sermaxsul bo‘lsada (tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra moddalarning zichligini aniqlash o‘lchovlarini u aynan shu paytda o‘tkazgan bo‘lishi mumkin), lekin safar majburiy edi. 1017 yilda Xuroson va Afg‘oniston Hukmdori Xorazmga urush e’lon qiladi va Xorazmni bosib oladi. Asirga tushganlar orasida Beruniy ham bor edi. Beruniy boshqa asirdagilar bilan birga G‘aznaga u yerdan esa - Hindistonga badarg‘a qilinadi. Og‘ir sharoitga qaramay Beruniy o‘zining ilmiy izlanishlarini to‘xtatmaydi. Astronomiya va geografiya sohasidan qator ilmiy ma’lumotlarni va o‘zining mashhur “Hindiston” asarini yozadi. Beruniy “Hindiston” asarini oxirlab qolganida vaziyat yana o‘zgaradi. Xorazmda hokimiyat yangilandi. Beruniyning hayotiga hamda taqdiriga bu voqea keskin ta’sir ko‘rsatdi. Taxtga Maxmudning o‘g‘li Ma’sud o‘tiradi. U Beruniy ijodiga hayrixohlik bildirib, uni o‘z himoyasiga oladi va davlat arbobi etib tayinladi. Beruniy siyosat bilan birgalikda ilmiy faoliyatni ham olib boradi.
Ma’sud ilm-fanni qadrlaydigan shahs bo‘lgan. Shuning uchun, Beruniy astronomiya va sferik trigonometriya sohasida qilingan ishlari haqidagi o‘zining asarini Ma’sudga bag‘ishlagan va “Ziji-Ma’sudiy” deb nomlangan.
Shu yillarda Beruniy va qadimiy Buxoroning buyuk olimi Abu Ali Ibn Sino (Avitsena, 980—1037) o‘rtasida keng yozishma boshlandi. Ularda Aristotelning fizikasi va boshqa qator tabiiy-ilmiy masalalar muhokama qilingan edi. Bu munozoralarda Beruniy Aristotelning ko‘pgina fikrlarini qattiq tanqid qilgan bo‘lsa, Ibn Sino esa ko‘proq Aristotelni himoya qilar edi. Yuqorida ismlari zikr qilingan allomalarning ishlaridan ayrim namunalarni keltiramiz:
Solishtirma og‘irlikni o‘lchash Sizga ma’lumki solishtirma og‘irlik va zichliklarni o‘lchash bir-biriga yaqin bo‘lgan bilan ular mazmun jihatdan bir-biridan farq qiladi. Zichlik – hajm jism birlik hajmiga to‘g‘ri keluvchi og‘irlik tushuniladi. Beruniy, Ibn Sinolar masalani og‘irlik nuqtai nazaridan taxlil qilib yechimini aniqlaganlar.
Ma’lumki, fanga massa tushunchasi kiritilishi Nyuton bilan bog‘langan. Shunga ko‘ra Beruniy, Ibn Sinolar aniqlagan hajm birligi modda miqdori, modda og‘irligi nuqtai nazaridan qaralgan va shunga ko‘ra ular aniqlagan qiymat solishtirma og‘irlik deb tushunilishi kerak.
Beruniy tomonidan 50 dan ortiq moddalarning solishtirma og‘irliklari aniqlangan. Alloma tomonidan aniqlangan qiymatlar aniqligi jihatidan hozirgi kun aniqlik darajasiga yaqin bo‘lgan. Bu esa Beruniy tajribalarining juda nozik amalga oshirilganligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |