Abu abdulloh muhammad ibn muso al – xorazmiy Abu nasr al – farobiy



Download 273 Kb.
bet7/9
Sana20.07.2022
Hajmi273 Kb.
#828960
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
dorlfnun

Tajriba ikki usulda amalga oshirilgan:
1) Teng hajmdagi og‘irlikni solishtirma orqali va teng
og‘irlikdagi jismlarning hajmlarini solishtirish orqali;
2) Gidrostatik tortish usuli (Demak, alloma Arximed yaratgan qonun bilan ham tanish bo‘lgan).
1-usulda alloma maxsus xilma-xil qoliplar yasagan. Tekshiriladigan moddalarni eritib shu qoliplarga quygan. Bir xil qolipga xar hilmoddalarning erigan miqdorini quyish bilan ularning bir xil xajmigaerishgan. So‘nga ularni aniq tarozida o‘lchab og‘irliklarini, nihoyatsolishtirma og‘irlikni aniqlagan.
2-usulda sinchkov alloma suyuqliklar bilan suyuqlikka botirilgan jismlarni muvozanatini aniqlash usulidan foydalangan. Bunda u maxsus asbob yaratdi. U bilan suvga tushirilgan jism xajmini aniq o‘lchash imkoniga ega bo‘ldi:
Beruniy o‘zining «Ma’danshunoslik»(«Minerologiya») kitobida shunday yozadi: «Men uni (oltinni)» besh marta eritish orqali tozaladim so‘ngra har xil og‘irlik birliklarida o‘lchab, 10 marta tekshirdim, natijalarini bir xil miqdorda, ya’ni 100 misqol og‘irligiga tenglashtirish uchun o‘zaro taqqosladim. Ishni mahsus sinchkovlik bilan o‘tkazishimga qaramay, har takrorlanishdagi siqib chiqarilgan suvning miqdori ham turlicha bo‘ldi.
Tarnovchadagi suvning namligini hisobga olgan holda, besh misqol bir danak, 2 tasuj chamasidagi o‘rtacha raqamda to‘xtashga majbur bo‘ldim. Jismlar hajmini aniq o‘lchash uchun Beruniy maxsus asbob yasadi. Uning bu asbobi o‘sha davrdagina emas, balki hozirgi kunda ham diqqatga sazovardir. U ana shu sabob (idish)ni suyuqlik bilan to‘ldirib, unga teng og‘irlikdagi jismlarni navbatma-navbat tushirish orqali shu jismlarning siqib chiqarilgan suvga nisbatan hajmini aniqlagan. Beruniy 18 ta suyuqlik, 15 ga yaqin ma’dan va boshqa jismlarning solishtirma og‘irliklarini o‘lchaydi.
«Ma’danshunoslik» kitobini «Turli suvlar haqida ko‘rsatma va qo‘llanma» 1 bo‘limida toza suvdan sho‘r suv, shuningdek buloq, dengiz, suvlarini farq qilgan holda, ularning fasl va havo holatiga qarab o‘zgarishi haqida ham yozilgan. Olimning bu fikrlari Beruniydan ikki asr keyin o‘rta osiyolik olim Abdurahmon Hozin asarlarida ham qayd etilgan. Beruniy 5 xil suvning solishtirma og‘irligini aniqlagan. Uning bodring va qovun suvlari, sirka, musallas, sigir suti, o‘simlik moyi, asal, tovuq tuxumining oqi,odam qoni va siydikning issiq hamda sovuq holatidagi solishtirma og‘irliklarni aniqlash faqat (fizikada emas, tibbiyot,biologiya va texnikada ham katta ahamiyatga ega. «Hindiston» asarida Beruniy «O‘lchanadigan ikkita narsa bir jinsdan bo‘lganda ikkovining hajmi barobar bo‘lsa, og‘irliklari ham barobar bo‘ladi. Agar o‘lchanadigan ikki narsaning jinslari har xil bo‘lsa, faqatgina hajmida bir-biriga barobar bo‘ladi, xolos» - deb yozadi. Ayni shu asarida u: «Bunday joylar (daryolarning dengizga quyiladigan joyi) kemalar uchun havfli bo‘lishi undagi suv mazasi jihatidandir, chunki mazali (chuchuk) suv og‘ir narsalarni sho‘r suv ko‘targanday ko‘tara olmaydi» - deb ta’kidlaydi.
Demak, Beruniy Arximedning suyuqliklarning o‘ziga botirilgan jismga nisbatan ko‘rsatadigan itarish kuchi haqidagi qarashlarini sho‘r va chuchuk suvlarning solishtirma og‘irliklarini taqqoslash orqali izohlaydi. Bu narsa Beruniyning o‘zidan oldin o‘tgan olimlarning ishlarini aynan takrorlamasdan, ularga ijodiy yondoshganligini ko‘rsatadi.
Richag va tishli uzatmalar xaqida.
Ar-Roziy atomning bo‘linishi xaqidagi Arastuning nazariyasini tasdiqlash bilan birga, atomdan keyingi bo‘lakchalari orasida bo‘shliq mavjud bo‘lib, bo‘lakchalarning ham hammasi harakatda va bo‘lakchalarning orasida o‘zaro ta’sir kuchlari mavjud deb hisoblaydi. Ar-Roziy o‘zining anashu buyuk kashfiyoti uchun atomistik nazariyash asoschisi va otasi degan sharafli nomga tamomila haqlidir. Roziyning bu nazariyasi Beruniy va ibn Sino tomonidan o‘rganilib, yanada boyitildi. Beruniy o‘zining ibn Sinoga yo‘llagan savollaridan birida: «Ba’zi faylasuflar atom bo‘linmaydi, undan kichikroq bo‘lakchalar yo‘q» - deb aytadilar, bu nodonlikdir. Ikkinchi guruh faylasuflar esa, atom bo‘linaveradi, bulinishga chegara yo‘q deb qayd qiladilar. Bu esa o‘ta ketgan nodonlikdir. Chunki atomning bo‘linishi cheksiz bo‘lsa materiya, (moddiyat) yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Bu bo‘lishi mumkin emas, chunki moddiyat - (materiya) abadiydir. Bu masalada sening fikring qanday?» - deb so‘raydi.
Ibn Sino o‘zining Beruniyga yo‘llagan javobida ustoz Arastu va Ar-Roziyning atomning bulinaverishi haqidagi fikrlarni eslatib uni cheksiz,- deb tushunmaslik kerakligini, aksincha, atomning bo‘linishi mumkinligi va ma’lum chegara mavjudligini qayd etadi.
Beruniy esa ibn Sinoga yo‘llagan o‘zining e’tirozlaridan birida uning (ibn Sinoning) ustoz Arastu va Ar-Roziy fikrlarini takrorlagani uchun biroz koyib, mustaqil fikrlashga da’vat etadi va quyidagi savolni yo‘llaydi: «Faraz qilaylik, atom ikki bo‘lakka bo‘linadi. Bu bo‘lakchalar orasida bo‘shliq mavjud bo‘lib u bo‘lakchalar doimiy harakatda va ular orasida ta’sir kuchlar mavjuddir. Bu bo‘lingan bo‘lakchilarning o‘lchami ular orasidagi bo‘shliqqa nisbatan necha marta katta yoki kichikligi haqida fikr yuritsang yaxshiroq bo‘lur edi», - deb eslatadi. Beruniyning bu savolni yaxshiroq tushunmoq uchun vodorod atomining tuzilishini ko‘z oldimizga keltiraylik Hozirgi termin bilan aytganimizda, atomdan keyingi bo‘lakchalar yadrodagi musbat zaryadli proton bilan orbitadagi manfiy zaryadli zarracha – elektroni eslatadi. Binobarin, bu bo‘lakchalar o‘lchamlarining oraliq bo‘shliqqa nisbatan necha marta kichikligi masalasi hozirgi kunning ham muammolaridan biri hisoblanadi.
Jismlarning issiqlikdan kengayib, sovuklikdan torayishlari hakidagi tushunchalar qadim zamonlardonok ma’lum. Biroq suvning issikqlikdan kengayib, sovuqlikdan torayishidagi alohida xususiyati va uning sabablari ancha qiyinroqka, ya’ni Beruniy bilan ibn Sinoga kelib taqaladi. Beruniy suvning sovuqlikdan muzlashi natijasida uning hajmi toraymasdan, aksincha kengayishini kuzatadi va bu masalada ibn Sinoning fikrini bilish uchun unga quyidagi savol bilan murojaat qiladi: «Agar jismlar issiqlik sababli kengaysa va sovuqlik tufayli toraysa va boshqa idishlarning sinishi uning ichidagi narsalarning kengayishi sababidan bo‘lsa-yu nima uchun ichida suv muzlab qolgan idish yoriladi. Sinadi?»
Beruniyning bu savoliga Ibn Sino quyidagicha javob beradi: «Jism qizish orqasida kengayib, kengroq joy talab qilsa-yu ko‘zani sindirsa bas: shunga o‘xshash jism sovushi bilan kichikroq joyni egallab olgach idishda bo‘shliq paydo bo‘ladi. Shuning natijasida sovuqlik idishni sindirgandir. Bunga tabiatda har xil o‘zgarishlar mavjud bo‘lib, misollar ko‘pdir. Hosil bo‘ladigan ko‘p hodisalarga o‘shalar sababchidir. Lekin biz zikr qilgan so‘z masalaning javobiga kifoyadir». Tabiiyki, Beruniy ibn Sinoning javobidan qanoatlanmaydi.
O‘z fikrini tasdiqlash uchun yana ushbu savol bilan ibn Sinoga murojaat etadi: «Nima uchun muz suv yuzida bo‘ladi, xolbuki, muz sovuqlik sababli qotgani uchun Yer tabiatiga yaqinroq edi-ku?».
Ibn Sino Beruniyning bu savoliga: «Suv muzlagan vaqtda suvda havo bo‘laklari qamalib qolib muzni suv tubiga cho‘kishdan saqlab qoladi» - deb javob qaytaradi. Ibn Sino o‘zining ana shu javoblarida Arastuning ta’limotiga suyanadi.
Beruniy ibn Sinoning javoblariga e’tiroz bildirib:“Agar ko‘za ichki tomonga qarab singanda edi, u holda aytilganlar to‘g‘ri bo‘lur edi. Lekin haqiqatning bunga qarama-qarshi kelishi ravshandir. Men idish tashqariga qarab sinishini kuzatganman. Shunday qilib idishning hajmi ichidagidek emasligidan guvohlik beradi”, - deydi.
Beruniy, muzning suv yuzida bo‘lish sababining suv muzlagan vaqtda hajmining kengayishi sababli zichligi kamayadi va binobarin o‘z hajmiga barobar suvning og‘irligiga nisbatan yengillashganligi sababli muzning suv yuzida bo‘lishini ilmiy asosda izohlaydi. Beruniy suvning 5 xil holatidagi zichligini tajriba asosida o‘lchaydi.
Uning hisobi: buloq suvi - 1; qaynoq suv - 0,959; erib turgan suv -0,965; Dengiz suvi - 1,14. Beruniyning bu ajoyib ilmiy tekshirishlari undan 600 yil keyin mashhur Italiya olimi G.Galileyning tajribalarida qaytarilib isbotlanganligini eslang!
Ibn Sinoning javoblaridagi ayrim noaniqliklar keyinchalik uning o‘zi tomonidan «Qurozai tabbiyot» nomli asarida to‘ldirib tuzatiladi. Beruniy va ibn Sino Yerning turli iqlimlarida ob- havoning turlicha bo‘lish sabablarini Yer shaklining dumaloqligi, ya’ni sharsimon bo‘lganligi sababli Quyosh nurining tik yoki yotiq qiyalanib tushushi tufayli ekanligidan deb izohlaydilar. Bundan tashqari Beruniy, ibn Sino va Umar Chag‘miniy «atmosferaning turli balandliklarida, masalan: tog‘ tepaliklarida haroratning pasayishiga ko‘ra atmosferadagi suv bug‘lari hajmining sovuqlikdan, shuningdek, turlicha haroratda turlicha o‘zgarish sabablari tufayli yomg‘ir, qor, do‘lga aylanishlari yuz beradi» - deb izohlaydilar. Ibn Sino o‘zining fizika kitobida Yerda ko‘tarilgan suv bug‘lari sovuqlik tufayli bulutlarga aylanadi, tog‘ tepalarida haroratning pastligi natijasida yanada quyuqlashib (zichlashib) qor, yomg‘ir va do‘lning paydo bo‘lishi esa, haroratning yuqori va pastlik darajasiga bog‘liq deb tushuntiradi. Ibn Sino do‘lning ko‘proq bahor va kuz fasllarida bo‘lishini eslatib o‘tadi. Umar Chag‘miniyning ob-havo haqidagi xulosalarni ham Beruniy va ibn Sino qarashlariga juda o‘xshab ketadi. Chag‘miniy uzining «Mulihyasfai—Hayatiya Bayeita» degan kitobida «Havo yer kurrasini o‘rab olgan. Havoning Quyosh nuri bilan isishi natijasida unda bug‘lar paydo bo‘ladi. Issiqlikdan yerdagi suv bug‘lari yuqoriga ko‘tariladi va natijada bulutlar hosil bo‘ladi. Havoning sovuqlik darajasiga qarab goh yomg‘ir, goh qor, goh do‘l bo‘lib yerga tushadi», - deb yozadi. Ibn Sinoning fikricha tabiatda issiqlik va sovuqlikning tabiiy va sun’iy manbalari bor. Issiqlikning tashqi sababi uchtadir, -deydi. Birinchi issiq jismning yaqinligi sovuq jismni isitadi. Masalan: o‘t-olov suvni isitadi. Ikkinchidan: harakat va ishqalanish. Masalan: suvni chayqasang isiydi, toshni-toshga ishqalasang isiydi, olov chiqadi deganida, harakat va ishqalanish tufayli issiqlikning uzatilishi va mexanik energiyaning issiqlik energiyasiga aylanishi haqida fikr yuritish bilan birga shu kitobning keyingi sahifasida, agar havo issiq bo‘lmaganida edi u yuqoriga ko‘tarilmas edi, - deb eslatib o‘tadiki, uning bu so‘zlari hozirgi termin bilan konveksiya hodisasini taqozo qiladi. Uchinchidan yoritilgan har qanday jism yoritilmaganga nisbatan issiqroqdir, shuningdek yoritilgan lupaning kuydirishi mumkin» - deydi. Bunda issiqlikning nurlanishi yo‘li bilan tarqalishi haqida fikr yuritiladi. Bundan tashqari lupadan o‘tgan nurlarning aks nuqtasida to‘planish va kuydirish haqida ham eslatib o‘tadiki, bu hodisa undan ancha keyin Abdurahmon Hozin asarlarida uchraydi.
Yorug‘lik hodisalari Mashhur daniyalik olim Reomer o‘lchash natijalarining noaniqligidan qat’iy nazar o‘zining astronomik kuzatishlaridan foydalanib yorug‘lik tezligini o‘lchashga muvaffaq bo‘ldi. Bunda eng muhimi bir tomondan uning yorug‘lik tezligini o‘lchashdagi o‘ziga xos yangi usul bo‘lsa, ikinchi tomonidan yorug‘likning tarqalish vaqti mavjud ekanligi haqidagi xulosasi edi.
Buyuk ingliz olimi Isaak Nyuton yorug‘likni Quyosh tanasidan ketma-ket chiqib kelayotgan yorug‘lik zarralarning oqimi deb qarab, bu zarralarning tarqalishi harakatini to‘g‘ri chiziqli deb hisoblaydi. Bu ta’limot Nyutonning korpuskulyar nazariyasi deb ataladi.
Mashhur daniyalik olim Gyugens esa Nyutonning yorug‘lik Quyosh tanasidan ketma-ket chiqib kelayotgan zarralar oqimi ekani haqidagi qarashini rad etish bilan birga, bu zarralarning to‘g‘ri chiziqli harakatini ham qattiq tanqid qiladi. U Quyoshdan bizgacha hech qanday yorug‘lik zarralari yetib kelmaydi deb hisoblab, bo‘shliqni inkor qilgani holda Quyosh to‘lqinlari o‘z navbatida teplorodni tebrantirish natijasida bizga yetib keladi degan xulosaga keladi. Gyugens Ovrupa olimlari ichida birinchilardan bo‘lib, yorug‘likning to‘lqin hosasiga ega ekanligi haqidagi ta’limotni yaratdi.
Haqiqatda esa yorug‘lik Isaak Nyuton aytganidek, Quyosh jismidan ketma-ket chiqib kelayotgan yorug‘lik zarralari (hozirgi atamada yorug‘lik kvanti yoki fatonlari) oqimining to‘lqin shaklida yetib kelishi tufayli ekanligi bizning asrimizda ma’lum bo‘ldi. Shu narsa hayratomuzki, buyuk bobokolonimiz bo‘lmish Beruniy bilan ibn Sino dunyo olimlarini XX asrgacha chalg‘itib kelgan bu jumboqlarni X-X1 asrlardayoq ilmiy bashorat qilib qo‘yganliklarini o‘zi ham ularni ulug‘lardan ekanliklaridan nishonadir. Beruniy o‘zining «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» nomli kitobida (bu kitob yozilgan vaqtda Beruniy 25-26 yoshlarda bo‘lgan) bu masalalarni quyidagicha bayon kiladi.
«Quyosh nuri haqida ko‘p gapirilgan. Birovlar u nur Quyoshning o‘ziga o‘xshash olovsimon zarralar bo‘lib, Quyosh tanasidan chiqadi desa, boshqa birovlar esa, havo olovga ro‘para kelganida isigani singari Quyoshga ro‘para kelib isiydi degan. Bu Quyosh olovdek issiq deguvchining fikriga o‘xshaydi. Shuningdek, Quyosh nurining harakati masalasida ham ixtiloflar bor», - deb yozadi Beruniy.
Ba’zilar: «u zamonsizdir, chunki jism emas - desa, ba’zilar esa uning zamoni tez lekin undan ham tezroq biror narsa yo‘k, va nur tezligini sezib bo‘lmaydi. Chunonchi, taqillagandagi ovoz harakati nur harakatidan og‘irrok, (sekinroq)dir, nur shu jihatdan unga qiyos qilinib, zamoni u bilan bilinadi».
Beruniy yana shunday yozadi: - «Quyosh nuridagi mavjud haroratning sababi haqida ba’zilar, bunga sabab nur desalar, ba’zilar esa nur aksi - burchaklarining o‘tkirligi sabab deganlar. Unday emas balki nurning o‘zida harorat mavjud, - deydilar» Beruniyning yorug‘likning tabiati haqidagi aytgan quyidagi so‘zlari ayniqsa diqqatga sazovordir. «Quyosh jismi (zarralari) va uning shu’lasi to‘lqinning yaqin kelishi Yerdagi harorat (issiqlik)ning dastlabki sabablaridan» - deydi. Buyuk alloma o‘zining shu so‘zlari orqali ulug‘ Nyuton va atoqli olim Gyugensning kamchiliklarni to‘g‘rilash bilan shu xaqda XX asr xulosasini asoslab beraganga o‘xshaydi.
Beruniy o‘zining buyuk zamondoshi ibn Sinoga yo‘llagan quyidagi savoli ayniqsa muhimdir. «Agar issiqlik (yorug‘lik) markazdan tarqaluvchi bo‘lsa, u holda nima uchun yorug‘lik bizga Quyoshdan yetib keladi. Yorug‘lik moddami arazlarmi (boshqa narsalarmi?)» Beruniy o‘zining ana shu savoli orqali ikkita muhim masalani o‘rtaga tashlaydi. Birinchidan, Arastu va boshqalarning: olamning markazida Yer turadi, butun olam Yerning atrofida aylanadi, - degan geotsentrik ta’limotlariga qarshi o‘laroq, ularning, yorug‘lik markazidan tarqaladi, - degan so‘zlariga munosabat bildirib, geliotsentrik, ya’ni Quyosh markazlik ta’limotiga da’vo qilgan bo‘lsa ikkinchi tomondan, yorug‘likning tabiati haqidagi ibn Sinoning fikrini ham bilgisi keladi». Ibn Sino issiqlikning markazidan tarqalishini rad qilish bilan birga quyosh nuri haqidagi Arastuning fikrini tasdiqlaydi. Beruniyning Quyosh markazlik nazariyasiga oid fikrlari, undan 500 yil keyin buyuk polyak olimi Kopernik tomonidan tasdiqlanadi. Shu narsa qiziqki, hatto Kopernik ham sayyoralarning Quyosh atrofida harakatini aylana shaklida deb hisoblagani holda, Beruniy sayyoralar Quyoshning atrofida bir marotaba to‘liq aylanib kelganida ikki marta Quyoshga yaqinlashib, ikki marta Quyoshdan uzoqlashadi», - deb ta’kidlaydi. Uning bu olamshumul bashorati esa Kepler tomondan isbotlangan.
Yorug‘likning to‘g‘ri chiziqli tarqalishi. Oy va Quyoshning tutilishi haqida Yorug‘likning to‘lqin tabiati deyilganda, yorug‘lik zarralarini to‘lqinsimon harakat qilishi ko‘zda tutiladi. Ammo yorug‘lik to‘lqinlarining tarqalish yo‘nalishi esa to‘g‘ri chiziqli yo‘nalishda bo‘ladi. Shuning uchun bundan keyingi keltirilgan misollarda yorug‘likning tarqalishini to‘g‘ri chiziqli deb qabul qilamiz. Chunki yoruqlik zarralarining tarqalishidagi to‘lqinli holatni oddiy ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi. Buning sababi, yorug‘lik to‘lqinlarining juda qisqa bo‘lishi tufaylidir. Interferensiya va difraksiya hodisalarini o‘rganish jarayonida yorug‘lik to‘lqinlari haqida aniqroq tushuncha olish mumkin. Soya va yarim soyalarning paydo bo‘lishi, Oy va Quyosh tutilishi kabi hodisalar bizga yorug‘lik to‘lqinlarining to‘g‘ri chiziqli tarqalish hodisasini anglab yetishimizga misol bo‘la oladi. Beruniy Oy va Quyosh tutilishining sabablarini quyidagicha izohlaydi: «Oyning tutilishiga sabab uning Yer soyasiga kirishidir. Quyosh tutilishi Oy bilan Quyoshning bizdan tutilishi (ya’ni Quyosh bilan Yerning orasiga Oyning kirib qolishi) tufaylidir. Shuning uchun Oyning qorayishi G‘arb tomondan va Quyoshning tutilishi esa Sharq tomondan boshlanmaydi. Yerning soyasi daraxt soyasi singari fazoda cho‘zilgan bo‘ladi. Oy Quyoshga nisbatan yettinchi burjda (180°) bo‘lganda, Oyning kenglamasi shimol yoki janubga tomon ko‘paymasa, Yerning soyasi ichiga kiradi va tutiladi. Quyosh tutilishi oldidan Oy g‘arb tomondan kelib bir parcha bulut berkitgandek uni (Quyoshni) to‘sadi. Turli joy (shahar)larda berkitiladigan sathi turlicha bo‘ladi. Ammo, Quyoshning berkituvchisi (Oy) katta emasdir. Oyni berkituvchisi (Yer) kattadir».
Beruniy va Ibn Sino yorug‘likning sinishi, linza, ko‘z, ko‘zda tasvirni hosil bo‘lishi, to‘r parda, ikki ko‘z bilan ko‘rish, uzoqdagi buyumlarning kichrayib ko‘rinish sabablari, ko‘rish burchagi haqidagi fikrlari e’tiborli. Tasvirlarning linza yordamida kattalashib ko‘rinishi sabablarining ilk bor ochilishi, ulug‘ ingliz olimi Bekonga (X111 asr) tegishli deb qayd etiladi. Shuningdek, Bekon – yumaloq tiniq shisha orqali qaraganda, harflarning kattalashib ko‘rinishini birinchilaridan bo‘lib payqagan va yozib qoldirgan deyiladi. Buni e’tiborga olganimizda Beruniyning ibn Sinoga yo‘llagan quyidagi savollari va ibn Sinoning javoblari ilmiy jihatdan g‘oyat muhimdir.
Beruniy shunday deb so‘raydi: - «Oq, yumaloq, tiniq bir shishani tiniq suv bilan to‘ldirilsa, kuydirishda bamisoli yumaloq tosh xizmatini bajaradi. Agar u shisha suvdan bo‘shatilib havo bilan to‘ldirilgan bo‘lsa, kuydirmaydi va Quyosh shu’lasini to‘plamaydi. Nima uchun shunday bo‘ladi? YA’ni suvli shishada kuydirish kuchi Quyosh shu’lasini to‘plash quvvati qanday paydo bo‘ladi?»
Uning ushbu savoliga ibn Sino quyidagicha javob beradi: - «Albatta suv qalin, vazmin, zich tiniq bir jism bo‘lib, uning zotida rang bordir.Shunday sifatdagi har qanday narsadan yorug‘lik akslanadi (sinadi). Shuning uchun suv bilan to‘ldirilgan dumaloq shishada yorug‘lik akslanadi. Shu’laning to‘planishidan kuydirish quvvati paydo bo‘ladi. Ammo havodagi shu’la kuchli akslanmaydi. Chunki havo aqiqatdan nozik (siyrak) va tiniqdir. Agar o‘sha yumaloq shisha havo bilan to‘ldirilsa, shishadan kuchli akslanish, (sinish) hosil bo‘lmaydi» - Haqiqatdan ham, nur zichligi kam bo‘lgan muhitdan zichligi ko‘proq bo‘lgan muhitga (tiniq jismlarda) o‘tgan vaqtda yoki aksincha, zichligi ko‘p bo‘lgan muhitdan zichligi kamroq bo‘lgan muhitga o‘tgan vaqtida o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradi. Fizikada bu hodisani yorug‘likning sinishi deyiladi. Qabariq linzalardan yondosh (parallel) nurlar o‘tgan vaqtda esa bu nurlar bir nuqtada to‘planadi va kuydirish quvvatiga ega bo‘ladi. Bu nuqta linzaning fokus nuqtasi deyiladi. Agar Beruniy, ibn Sinoning yuqorida zikr qilingan qarashlarini zamonamiz fizikasining qonunlari bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, bobokalonlarimizning bu masalada ham tamomila haq ekanliklariga ishonch hosil qilamiz.
Beruniy ibn Sinoga ko‘rish va ko‘rishning sabablari haqida uning fikrini bilish uchun quyidagi savolni yuboradi: «Ko‘z nuri vositasi bilanidrok qilish -ko‘rish qanaqa, nima uchun tiniq suvning tagidagi narsa ko‘rinib turadi, holbuki, ko‘z nurining ravshanligi tiniq jismlardan akslanadi (sinadi)? Suvning sathi sillik, va yaltiroqku»

Download 273 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish