Quyosh sistemasi – quyosh va uning atrofida aylanuvchi barcha osmon jismlaridir. Unga 8 yirik sayyoralardan bo’lgan sayyoramiz - Yer ham kiradi.
Sayyoralar
Merkuriy
Venera
Yer
Mars
Yupiter
Saturn
Uran
Neptun
Pluton
Quyoshga eng yaqin va eng kichik sayyoradir. Uning diametri 4865 km, massasi 3,304 – 1023 kg. Merkuriy Yerdan 20 marta kichik. U quyosh atrofini 88 kunda bir marta aylanib chiqadi.
Merkuriy
Venera yoki Zuhra yulduzi – Quyosh tizimining Quyoshdan uzoqligi bo’yicha 2-sayyoradir.U yorqinligi bo’yicha Quyosh va Oydan keyin osmondagi uchinchi jism. U Quyosh atrofini 224 sutka 14 soat 49 minutda bir marta to’la aylanib chiqadi.
Yer
Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatidan uchunchi sayyora. Yerning massasi 5976-6021 kg. Yer bilan Quyosh orasidagi masofa yil davomida 147117 mln kmdan (perigeliylya) 152083 mln kmgacha (afeliyaa) o’zgarib turadi. Yer Quyosh atrofini 365 kun 6 soatda bir marta aylanib chiqadi va bu 1 yil deb hisoblanadi.
Yupiter Yupiter Quyosh tizimidagi eng katta sayyora hisoblanadi. Olimlarning aytishicha, agar ushbu sayyora boʻlmaganida, Yerda hayot vujudga kelmas ekan. Chunki Yupiter Yerga kelib urilishi mumkin boʻlgan turli fazoviy jismlarni oʻziga tortib oladi
Mars Mars Yer sayyorasidan ikki barobar kichik Olimlarning taxminicha, bir paytlar Marsda daryo va koʻllar, hatto dengizlar ham boʻlgan. Oradan million yillar oʻtib sayyoradagi suv bugʻlanib ketgan. Marsning “Qizil sayyora” degan ham nomi bor.
Saturn Saturnni ulkan halqa o‘rab turishini 1610-yilda Galileo Galiley aniqlagan. U o‘zi yasagan sodda teleskop yordamida sayyorani kuzatgan. Demak, Saturnning “belbog‘ini” oddiy durbin bilan ham ko‘rsa bo‘ladi. Kattaligi jihatidan Saturn Quyosh tizimida faqatgina Yupiterdan keyingi o‘rinda turadi. Lekin sayyora katta ko‘rinsa ham, uning sirti qattiq emas.
Uran 1850-yilda Gershel kashf etgan bu sayyoraga Uran nomi berildi. Sayyoradagi sutka uzunligi Yerdagi 17 soatga teng. Ammo uning bir yili bizning 84 yilimizga to‘g‘ri keladi. Shu sababli sayyoraning ba’zi hududlariga quyosh nuri 42 yil degandagina tushadi, xolos.
Neptun Neptun sayyoramizdan 12 marta katta. Uning 13 ta yo‘ldoshi bo‘lib, eng ulkani Triton Yerimizdan salgina kichikroq, xolos. Neptundagi yil davomiyligi bizdagi 164 yilga to‘g‘ri keladi. Chunki sayyora Quyosh atrofida judayam sekin aylanadi. Neptun sayyorasining bir yoshga ulg‘ayishini olimlar 1846-yildan 2011-ilgacha kutishgan.
“Badargʻa” qilingan Pluton haqida
Xalqaro Astronomlar Birlashmasi uch mezon asosida osmon jismlariga sayyora maqomini beradi:
1. Muayyan orbita boʻylab harakatlanadi;
2. Dumaloq shaklga kirish uchun yetarlicha tortishish kuchiga ega boʻladi;
3. Oʻz orbitasidagi boshqa jismlardan ustun boʻladi.
Ammo Pluton shu soʻnggi talabga javob bermaydi. Xullas, 2006-yil 14-25 avgust kunlari Pragada oʻtkazilgan Xalqaro Astronomlar Birlashmasining XXVI assambleyasida bu masala ovozga qoʻyiladi va Pluton sayyoralar safidan “badargʻa” qilinadi.