Abu abdulloh muhammad ibn muso al – xorazmiy Abu nasr al – farobiy



Download 273 Kb.
bet3/9
Sana20.07.2022
Hajmi273 Kb.
#828960
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
dorlfnun

ABU NASR AL – FAROBIY.
Al-Farobiy Sirdaryo bo‘yidagi qadimgi O‘tror (Farob) shahriga yaqin Vasidi qal’asida dunyoga keldi. Farobiy uning taxallusi bo‘lib, to‘liq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug‘ Tarxon – jahon madaniyatiga katta hissa qo‘shgan o‘rta osiyolik mashhur faylasuf, qomusiy olim.O‘rta asrlarning bir qancha ilmiy yutuqlari, umuman Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida taraqqiyparvar ijtimoiy-falsafiy tafakkur rivoji uning nomi bilan bevosita bog‘liqdir. Jahon xalqlari uni ikkinchi muallim deb ataydilar. Uning 70 dan ortiq tillarda erkin so‘zlashgani haqida rioyatlar bor. Farobiyga qadar fizika tabiat haqidagi fan deb qaralib boshqa tabiiy fanlar bilan birga o‘rganilib kelingan.
Farobiy fizika faniga ta’rif berib, uni boshqa fanlardan ajratdi va alohida fan sifatida shaklanishiga zamin yaratib berdi. bo‘lgan.
Farobiy o‘rta asr tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlarining qariyib bircha sohalarida 160 dan ortiq asar yaratgan. U turli bilimlarning nazariy tomonlari falsafiy mazmuni bilan ko‘proq qiziqqanligi uchun uning asarlarini ikki guruhga ajratish mumkin:
1) yunon faylasuflari,tabiatshunoslarining ilmiy merosini izohlash, targ‘ib qilish va o‘rganishga bag‘ishlangan asarlari;
2) fanning turli sohalaridagi mavzularga oid asarlar
Shuningdek, Farobiy qadimgi yunon mutafakkirlari – Platon,Aristotel, Evklid, Ptolomeylarning asarlariga sharhlar yozgan. Ayniqsa, Aristotel asarlari (“Metafizika”, “Etika”, “Ritorika”,“Sofistika” va b.) ni batafsil izohlab, qiyin joylarini tushuntirib bera olgan, kamchiliklarini ko‘rsatgan, ayni vaqtda bu asarlarning umumiy mazmunini ochib beruvchi maxsus asarlar yaratgan. Farobiy sharhlari O‘rta va Sharq ilg‘or mutafakkirlarining dunyoqarashini shakllantirishda, ularni Aristotel g‘oyalari ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega. Farobiyning “Moddiyat”(Materiya) va shakl, tovush tezligi, tovushning to‘lqin tabiati, tovush chastotasi, tovush to‘lqinining uzunligi va ana shularga asoslanib yaratilgan musiqa notasi, shuningdek, optikaga oid ko‘pgina ishlari ham jahon fanining rivojlanishiga qo‘shilgan bebaho hissasidir.
Farobiyning tabiiy-ilmiy fanlar haqidagi qarashlari “Ilmlarining kelib chiqishi va tasnifi” asarida batafsil yoritilgan. Kitobda O‘rta asrda ma’lum bo‘lgan 30 dan ortiq fanning ta’rifi, ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Bunda barcha fanlar 5 guruhga ajratiladi:

  • til haqidagi ilm (7 bo‘lim-gramatika, orfografiy,she’riyat);

  • mantiq va uning birliklari;

  • matematika (arifmetika, geometriya, optika/ astronomiya/ muzika/

  • og‘irliklar haqidagi ilm/ mexanika);

  • tabiatshunoslik va metofizika (8 bo‘lim-bashorat qilish, tibbiyot,

  • alkimyo);

  • shahar haqidagi fanlar-siyosiy ilm, fiqx, kalom (etika, pedagogika).

Fanlarning bu tasnifi o‘z davrida ilmiy bilimlarning keyingi rivoji uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Shu narsa diqqatga sazovorki, Farobiy tabiiy va ijtimoiy fanlarni vazifasidan kelib chiqib to‘g‘ri farqlagan. Uning talqinicha matematika, tabiatshunoslik, metofizika fanlari inson aqlini bilimlar bilan boyitish uchun xizmat qilsa, gramatika, mantiq, she’riyat kabi ilmlardan to‘g‘ri foydalanish bilimlarni boyitishga ya’ni aqliy tarbiya uchun xizmat qilgan. Farobiy “Yulduzdar haqidagi qoidalarda nima to‘g‘ri va nima noto‘g‘riligi to‘g‘risida” risolasida osmon jismlari bilan yerdagi hodisalar o‘rtasidagi tabiiy aloqalarni xususan bulutlar va yomg‘irlar paydo bo‘lishining Quyosh issiqligi ta’sirida bug‘lanishga sababiy bog‘liqligini yoki oy tutilishi, Yerning Quyosh va oy o‘rtasiga tushib qolishiga bog‘liq ekanligini ko‘rsatgan edi, bu bilan u osmon jismlariga qarab “Fol ochuvchilar” ni fosh qildi. Shuningdek, arzon metallarni qimmatbaho metallarga aylantiruvchilarni tanqid qilib, kimyoga tabiiy ilmlarning bir qismi sifatida qaradi.
Farobiy tabiblik bilan bevosita shug‘ullanmagan bo‘lsada, nazariy tibbiyotni yaxshi bilgan. Uning tibbiy qarashlari “Inson a’zolari haqida” risolasida bayon qilingan U inson a’zolarini turli xil kasalliklar sababini, ularning paydo bo‘lish sharoitlarini alohida-alohida o‘rganishni, organizmning salomatligini tiklash uchun oziq- ovqatlarga e’tibor berishni qayd etadi.
Farobiy o‘z zamonasi ilmlarining barcha sohasini mukammal bilganligi va bu ilmlar rivojiga kata hissa qo‘shganligi, yunon falsafasini sharhlab, dunyoga keng tanitganligi tufayli Sharq mamlakatlarida uning nomi ulug‘lanib, “Al Muallim as-Soniy” – “Ikkinchi muallim” Aristoteldan keyingi sharq Arastusi deb ham yuritilgan.
Farobiy dunyoqarashining shakllanishiga asosan Sharqning qadimgi ilg‘or madaniyati a’analari, arab xalifaligiga qarshi hatti-harakatlari, o‘rta asr tabiiy-ilmiy tafakkur yutuqlari, Yunonistonning falsafiy me’rosi ta’sir ko‘rsatdi.
Farobiy o‘z davridayoq buyuk olim sifatida dunyoga mashhur bo‘lgan. Sharq halqlarida u haqda turli hikoya, rivoyatlar vujudga kelgan. O‘rta asr olimlaridan ibn Xallikon, ibn Boja, ibn Rushd, ibn Xaldun kabi mutafakkirlar Farobiy ijodini o‘rganib, uning g‘oyalarini rivojlantirganlar.
Taraqqiyparvar insoniyat Farobiy ijodiga hurmat bilan qarab, uning me’rosini chuqur o‘rganadi. Yevropa va sharq olimlari Farobiyning ilmiy me’rosini o‘rganishga muayyan hissa qo‘shdilar. Keyingi yillarda uning ijodi va ta’limotiga bag‘ishlangan bir qancha tadqiqotlar, asarlar yuzaga keldi. Farobiy 949-950 yillarda Misrda, so‘ng Damashqda yashab, shu yerda vafot etdi va “Bob as-sag‘ir” qabristoniga dafn qilingan deyiladi.

Download 273 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish