ABU RAYHON IBN AHMAD BERUNIY.
O‘rta acr sharq olimlari orasida Abu Rayxon Beruniyning ilmiy merosi alohida o‘rin tutadi. Abu Rayhon ibn Ahmad Beruniy 973 yilning 4 sentabrida Xorazmning qadimiy poytaxti Qiyot shahrida tug‘ilgan (hozirgi Qoraqolpog‘iston Respublikasi, Beruniy shahrida).
Beruniy olimning tahallusi bo‘lib, forschada “Berun” (tashqari ya’ni Beruniy so‘zi shahar tashqarisidan kelgan degan ma’noni bildiradi. Abu Rayhon esa uning laqabidir. Olimning otasini Ahmad ibn Muhammad deb atardilar. Yoshlik davridayoq unda ilm fanga katta qiziqish yuqori darajada bo‘lib, Xorazmdagi olimlar bilan aloqada bo‘lgan. Beruniy 21—22 yoshlarda astronomik kuzatishlarni diametri 15 cho‘zimga (uzunlik o‘lchovi, taxminan 0,5 m) teng doira va boshqa zaruriy asboblar yordamida o‘tkazgan.
Abu Rayxon Beruniy o‘sha davrlarda mashhur bo‘lgan Muhammad Horazmiy, Al-Farg‘oniy, Farobiy singari olimlarning asarlarini mustaqil o‘rgandi. Uning birinchi ustozi matematika olimi Abu Nocip ibn Iroq bo‘lgan.
Hozirgacha Beruniyning 152 asari ma’lum bo‘lib, bizgacha uning faqat 30 tasi saqlanib kelgan. Jami asarlarining 70 tasi astronomiyaga, 20 tasi matematikaga, l2 tasi geografiyaga va geodeziyaga, 4 tasi minerologiyaga, 1 tasi fizikaga, 1 tasi dorishunoslikka, l5 tasi tarix va etnografiyaga, 4 tasi falsafaga, 18 tasi adabiyotga bag‘ishlangandir.
Beruniy o‘z ona tilisidan tashqari qadimiy sanskritda, eron ilmiy adabiyoti va tilini bilar edi, fors, arab, yahudiy, grek tillarida bemalol ilmiy ishlarini olib borar edi.
Beruniy yashagan davrda eksperimental fanlar bilan shug‘ullanish keng rivojlangan. Beruniyning fizika sohasidagi bajargan ishlari mexanika, akustika, issiqlik, yorug‘lik, elektr, magnetizm masalalariga bag‘ishlangan edi.
Beruniy:
- o‘lchov birliklari;
- tezlik, chiziqli va burchak tezlik;
- og‘irlik, solishtirma og‘irliklar bo‘yicha, tajribalar olib borgan;
- tutash idishlar, favvora, artezian quduqlari va oddiy mehanizmlarning ishlash prinsiplarini o‘rgandi;
- bo‘shliq (vakuum), atmosfera bosimi, konvensiya, suyuqlik, zarrachalari orasidagi tortish kuchi, inersiya, ta’sir, jismlarning erkin tushishi haqida o‘z fikrlarini bildirgan.
Beruniy yorug‘likning tabiati haqida fikr yuritar ekan, u yorug‘lik nurini moddiy zarrachalar dastasi deb ta’kidlaydi. Yorug‘lik tezligini tovush tezligi bilan taqqosladi, yorug‘likning sinishi, qaytishi, ranglarga bo‘linish hodisalarini tushuntirishga urindi.
Beruniy magnit qutblari, magnit hossasining tashqi kuch ta’sirida o‘zgarishi haqidagi fikrlarini olg‘a surdi.
U “Minerallar haqida”gi acarini yozdi va unda ishqalanish tufayli ayrim moddalar yengil narsalarni (somonga, sochga o‘xshash) o‘ziga torta olish xossasiga egaligini tushintirish maqsadida «qahrabo» so‘zini kiritib, unga izoh bergan («kahrabo» so‘zi fors tilidan olingan bo‘lib, «kah-osmon», «rabo-o‘g‘irlagich» degan ma’noni biladiradi). Beruniyning izohiga ko‘ra «qahrabo» so‘zining zamonaviy analogi “elektron” yoki elektr zaryad tushunchasiga yaqin keladi.
Beruniy gidrostatik usul bilan 50 dan ortiq, moddaning solishtirma og‘rligini o‘lchashga muvaffaq bo‘ldi. U o‘z qo‘li bilan yasagan asbob yordamida moddalarning, shu jumladan, ko‘pgina metallarning zichligini juda katta aniqlik bilan o‘lchagan.
Beruniy yasagan konus shakldagi asbob aslida yuqoriga asta sekin torayib boradigan va silindr bo‘yincha bilan yakunlangan shisha bo‘lgan. Bo‘yincha o‘rtasida kichkina dumaloq teshik qilingan va unga tegishli kattaliktagi bukilgan trubka kavsharlangan. Idishga suv solingandan so‘ng unga zichligi aniqlanadigan metall parchalari tushiriladi. O‘rganilayotgan metall hajmida trubkadan oqib tushgan ortiqcha o‘lchaniladi. Trubkaning bo‘g‘inchasi deyarli tor bo‘lishi («kichik barmoq qalinligida»), hattoki undan kichik (bug‘doy donasi) hajmidagi suv o‘tsada tadqiqotchi uni sezishi zarur. Keyinchalalik suv yaxshi oqishi uchun trubka kichkina tarnovcha bilan almashtirildi.
Zamonaviy o‘lcham birliglarida (g/sm3) oltin zichligi uchun Beruniy topgan qiymat 19,5 teng, simob zichligi esa - 13,56 tashkil etdi. Quyida yana bir necha misolni keltiramiz:
Beruniy aniqlangan qiymatlar zamonaviy natijalardan juda kam farq qiladi. Yevropaga bu natijalar juda kech ma’lum bo‘ldi va kirib keldi.
Jadval 1.
Do'stlaringiz bilan baham: |