Ibn Sino Beruniyning savoliga javobini yuborib:
- «Arastu fikricha, ko‘rish ravshanlikning ko‘zdan chiqishi, emasdir. Ko‘rish -ravshanlikning ko‘zdan chiqishi, deyish ulug‘ Aflotun (Platon )ning so‘zidir. Arastu va Aflotuning so‘zlari to‘planganda ikki fikr orasida farq yo‘qdir. Albatta, Aflotun bu so‘zni ko‘pchilik uchun dastur sanaladigan bir darajada mutloq va umumiy qilib aytdi. Ustoz Abu Nasr Forobiy ikki so‘z orasida farq yo‘qligini, ikki hakim, (ya’ni Arastu va Aflotun) fikrlarning birlashuvi haqidagi taklifni o‘z kitobida bayon va ravshan qildi. Lekin Arastu fikricha ko‘z nuri bilan ko‘rish - ko‘z ichidagi tabiiy rutubatning ta’sirlanishidir. U rutubat ko‘z ichida nozik, tiniq sathga tutunuvchi, u sath, hamma ranglar holiga o‘ta oluvchi ranglarni qabul qiluvchi, ranglarning turini topshiruvchi jismga ro‘baro‘ bo‘lish bilan ranglarning topshirilishi o‘rinlidir. Tabiiy jild rutubatli nozik tiniq bo‘lgan bir turdan ikkinchi turga o‘tadi va rangdan ta’sirlanadi. Shu rutubat qachon bir turdan ikkinchi turga o‘tsa, ko‘ruvchi quvvatning his etilmagani uchun vosita qilinadi. Bu rutubat o‘zida paydo bo‘lgan ta’sirlanishni idrok qiladi. Mana shu hodisa ko‘rishdir. Buning bayoni faylasufning «Kitob-ul-Nafs» asarining ikkinchi maqolasida yozilgan. Tafsirida hamda uning kitobi tafsirlarida bordir. Endi ahvol shunday bulsa hamda havo nozik jism bo‘lib, ranglarning ko‘rish xossalariga topshiruvchi bo‘lsa, savoldagi shubha ko‘tariladi, ya’ni tiniq suvning tagidagi narsa ko‘rinadi»;
Javobdan ko‘rinib turibdiki ibn Sino garchand Aflotunning ko‘rish sabablari haqidagi, ya’ni «Ko‘rish ravshanligi (nur)ning ko‘zdan chiqishidir» degan so‘zlarni umumiy tarzda aytilgan deb qarasa ham ko‘prok Arustuning fikrini sharhlab, uning fikrlariga suyanadi. Ibn Sino o‘zining «Fizika», «Tib qonunlari» nomli yirik asarlarida bu masalaga yanada aniqlik kiritib. «Agar ko‘zimizdan nur chiqib, buyumlarni yoritadigan va oqibatida biz buyumlarni ko‘radigan bo‘lsak nima uchun kechasi ko‘rmaymiz? Nahotki ko‘zimizdan chiqqan nur
Moddaning ohangrabo (Magnit) hossalari Odamlar qadim zamonlardanoq ohangrabo kompas (qiblanoma)dan safar vaqtlarida tomonlarni aniqlashda, shuningdek o‘zlarining turmushlarida foydalanib kelganlar. Biroq oxangraboning kuchi, qutblarning o‘zaro qarama-qarshi ta’sirining mavjudligi oxangrabo kuchi ta’sirining muhitga bog‘likligi kabi muammolar Ovropada XV-XVI asrlardan boshlab o‘rganila boshlandi. Keyingi tekshirishlar bu masalalar ham o‘zbek halqining buyuk farzandi Beruniyning e’tiboridan chetda qolmaganligini ko‘rsatdi. Beruniy ohangraboni «temirni tortuvchi» - deb ataydi. U Jobir ibn Hayyomning quyidagi tajriba va xulosalarini ma’qullab, Jobir ibn Hayyomga aytadi: «Bizning» mig‘notsimiz bo‘lib, vazni 100 dirham keladigan temirni ko‘tarar edi. So‘ngra bir zamon o‘tgach, o‘zining vazni kamaymagani holda 80 dirhamga teng vaznli temirni ko‘tara olmadi va quvvati shuncha kamaydi. Bu esa bizning oftob va havoda ochiq qolgan mig‘notisning quvvati kamaydi, degan so‘zimizga muvofiqdir. Yana Jobir ibn Hayyom aytadiki, mig‘notisning 30 istorligi 600 dirham vazndagi temirni tortadi. Demak, o‘zidan 4,6 marta og‘ir bo‘lgan temirni tortish kuchiga ega. Bundan mig‘notis juda kam topiladigan narsa 1 dirham - 3,125 g. (2,975 g.) istor - 20 g. (17 g.)Beruniy bu masalada Jobir ibn Hayyomning tajriba va kuzatishlarinitasdiqlaydi. «Sarroflar, - deb yozadi Beruniy - tuproq aralash oltin zarralaridan qora va og‘ir qum (temirni) ajratib olishda barmoqqa o‘xshash uzunchoq mig‘notisdan foydalanib, boshqa asbobga muhtoj bo‘lmaydilar va shunchaki uzunchoq, mig‘notisni tuproq aralash oltin ichiga suqib kovlasalar, u, qora va og‘ir qumlar (temir), mig‘notisga yopishib chiqadi». Xolbuki, yuvgan bilan oltin bu og‘ir qora qumdan toza bo‘lmas edi. Beruniy o‘zining har bir ilmiy xulosasida ishonchli manba’larga, kuzatish, tajriba va o‘tkir mantiqka suyanadi. Umuman Beruniy bilim manbai sifatida tajribani birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bir xil ismli ohangrabo qutblarining o‘zaro itarilishi va turli jismli ohangrabo qutblarining o‘zaro tortilishi xususiyatini ilk bor Beruniy o‘zining quyidagi tajribasida aniqlaydi.
«Menga Buxorodan bir bo‘lak mig‘notis keltirdilar, aning barcha atrofida kuchli joziba quvvati bor edi. Mening oldimda hunarmandlardan biri ishlar edi. Kovlash va taroshlash asbobini atrofi silliqlangan po‘lat bo‘lib, temir emas edi. Men esa u asbobni do‘ng narsaning ustiga qo‘yib, harakatlanishini ko‘zdan kechirar edim. So‘ngra u asbobni birini ikkinchisiga yaqinlashtirar edim. Shunda narsaning bir tomoni o‘ziga tortib, ikkinchi tomoni qaytarar edi. Bir narsada ham tortish, ham qaytarish quvvatining to‘planishi hech bir kishiga ko‘ringan emas» Ohangrabo qutblarining o‘zaro ta’siri, ya’ni bir xil ismlik, qutblarning o‘zaro tortilishi haqidagi fikrlar Ovro‘poda ancha keyin ma’lum bo‘ldi.
Beruniy o‘z tajribasida do‘ng narsaning ustiga temirni emas, balki po‘lat buyumni qo‘yib tekshirishi ham g‘oyat muhimdir. Chunki po‘lat o‘zidagi ohangrabo xossasini uzoq vaqt saqlab qoladi. Agar Beruniy po‘latning o‘rnida temirni qo‘yib tajriba o‘tkazganda edi, uning bu tajribasi muvaffaqiyatsiz chiqqan bo‘lar edi. Chunki temir ohangraboning har ikkala qutbiga bir xilda tortiladi. Ohangrabolangan po‘lat esa, o‘xshash qutblardan itarilib qarama –qarshi tashqi kuchlar ta’sir etmasa, u jism o‘zining avvalgi tinchlik holatini saqlar ekan. Endi jismga boshqa kuchlar ta’sir etgan xolatda o‘zgarishlarni ko‘rib chiqaylik. Masalan: Bir bola chanadagi yukni qiynalib juda sekin tortib borayotgan edi. Chanani ikki kishilashib torta boshladilar. Bu holda chanadagi yukning vazni o‘zgarmagani holda, ularning harakat tezliklari ikki marta ortganini ko‘ramiz.
Demak, jismning massasi o‘zgarmagan vaqtda u jismga ta’sir etuvchi kuchlar necha marta orttirilsa, jismning tezligi yoki tezlanishi ham shuncha marta ortar ekan. Demak, massa o‘zgarmas bo‘lganda tezlik jismga ta’sir etuvchi kuchga to‘g‘ri proporsional bo‘lar ekan. Ikkinchi bir misolni ko‘raylik: Bola chanadagi yuk og‘ir bo‘lganligi uchun uni zo‘rg‘a tortib kelayotgan edi. Shundan so‘ng bola yukni ikkiga bo‘lib, shu yukning yarmini bir gal, qolgan ikkinchi yarmini ikkinchi gal qaytib kelib olib ketmoqchi bo‘ldi. Bola shunday qilganda chananing siljish tezligi ikki marta ortadi. Bu misolda bolaning kuchini o‘zgarmas deb qabul qilsak, massaning kamayishi bilan tezlik ortar ekan. Bundan yukning massasi necha marta kamaysa, tezlik shuncha marta ortadi degan xulosaga kelish mumkin.
Tabiatning bu qonunini buyuk ingliz olimi Isaak Nyuton ham o‘rganib bu bog‘lanish ya’ni kuch, massa va tezlanish orasidagi munosabatni kuch o‘zgarmas bo‘lgan holda quyidagicha ifodalaydi
G‘ = t .a
Bunda «G‘»-kuch, «a»-tezlanish, «t» - massani ifodalaydi. Shuning uchun bu qonun Nyutonning ikkinchi qonuni deb yuritiladi. Tabiatning buajoyib qonuni xam buyuk ibn Sinoning nazaridan chetda qolmagan ekan. Ibn Sino «Fizika» kitobida bu qonunini quyidagicha ifodalaydi. Ikkita shar olgin, bu sharlarning kattaliklari bir xil bo‘lsin - (t1 va t2) sabab bir xil bo‘lgan vaqtda, ularning oqibatlari har xil bo‘ladi. Birinchi sharikkinchisidan necha marta katta bo‘lsa, uning oqibati ikkinchi sharga nisbatan shuncha marta kichik bo‘ladi yoki aksincha, birinchi shar ikkinchi shardan necha marta kichik bo‘lsa uning oqibati ikkinchi sharning oqibatidan shuncha martta katta bo‘ladi. Ibn Sino sabab deb kuchni, oqibat deb, hozirgi termin bilan aytadigan bo‘lsak, tezlik yoki tezlanishni ko‘zda tutadi. Ibn Sinoning yuqorida keltirilgan so‘zlarini umumiy holda quyidagicha ifodalash mumkin. Kuch o‘zgarmas bo‘lganda, tezlik yoki tezlanish massasiga teskari proporsional bo‘ladi
Al-Beruniyning mashhur asarlari qatoridan «Mineralogiya” va “Shifobahsh moddalar haqidagi kitob” asarlari ham munosib o‘rin egallaydi. Al-Beruniy 1048 yil 13 dekabrda olamdan o‘tadi (ba’zi manbalarda 1050 yoki 1051 yillar ko‘rsatilgan). Beruniy ko‘p qirrali, o‘z zamonasining ilm-fanidan boxabar, birinchi navbatda fizika-matematika sohasida katta ilmiy ishlar qilgan, buyuk tabiatshunos, ensiklopedist olim bo‘lgan. Fan va texnikaning yutuqlarida moziyda yashab o‘tgan buyuk bobokolonlarimizning zahmatli mehnatlari yotganligini bir dam ham esdan chiqarmasligimiz lozim. Insoniyat, bu ulug‘ allomalarimizning buyuk xizmatlari-yu, ajoyib kashfiyotlari oldida hamisha qarzdor bo‘lib qolaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |