Chortoq tumani xalq ta`limi bo`limiga qarashli 53-IDUM fizika fani o‘qituvchisi Boymirzayeva Zuhraning fizika fanidan 6-sinflar uchun “ZICHLIK VA UNING BIRLIKLARI” mavzusidagi 1 soatlik
Darsningmavzusi: Zichlik va uning birliklari .Beruniy va Xozinning Zichlikni aniqlash usullari.
Darsning ta`limiy maqsadi:o‘quvchilarga modda zichligi haqida va zichlikni XBSdagi o‘lchov birligiga oid bilimlar berish; buyuk allomalarimizning zichlik va uni o‘lchash uchun yaratgan asboblari bilan tanishtirish ;zichlik, massa va hajmni bog‘lovchi formulaga oid masalalar yechish ko nikmasini shakllantirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi:buyuk allomalarimiz Abu Rayhon Beruniy va Abdurahmon Xozinning ishlarini tushuntirish orqali o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, o‘quvchilarda do‘stlik, bir- birini o‘zaro hurmat qilish kabi yuksak axloqiy fazilatlarni tarbiyalash.